🇺🇿 Hurmatli yurtdoshlar, aziz temiryo‘lchilar!
Sizlarni xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va qadrli sana — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan “Temiryo‘linfratuzilma” aksiyadorlik jamiyati nomidan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!
Mustaqillik — bu, avvalo, o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, Vatanimiz kelajagini bunyod etish va farzandlarimiz uchun munosib hayot barpo etish imkoniyatidir.
O‘tgan 35 yil davomida yurtimiz hayotining barcha jabhalarida ulkan o‘zgarishlar, bunyodkorlik va yangilanishlar amalga oshirildi. Bugun O‘zbekiston o‘zining mustahkam iqtisodiy salohiyati, zamonaviy infratuzilmasi va taraqqiyotga intilayotgan xalqining fidokorona mehnati bilan yangi marralar sari dadil qadam tashlamoqda.
Bu buyuk taraqqiyot yo‘lida temir yo‘l sohasi ham o‘zining munosib va muhim o‘rniga ega. Mamlakatimiz hududlarini o‘zaro bog‘lab turuvchi temir yo‘llar, har kuni minglab insonlar va millionlab tonna yuklarni manziliga yetkazayotgan poyezdlar — bularning barchasi yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligiga xizmat qilmoqda.
Temir yo‘l infratuzilmasining barqaror va xavfsiz faoliyat yuritishi ortida esa minglab fidoyi temiryo‘lchilarning fidokorona mehnati mujassam. Tun-u kun, har qanday ob-havo sharoitida o‘z vazifasini sidqidildan bajarib kelayotgan har bir soha xodimining mehnati Vatanimiz ravnaqiga qo‘shilayotgan munosib hissadir.
Qadrli temiryo‘lchilar!
Bugungi qutlug‘ ayyomda barchangizga, avvalo, tinchlik va xotirjamlik, mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat va farovon hayot tilaymiz.
Yurtimiz taraqqiyoti yo‘lidagi ezgu maqsadlarimiz, bunyodkorlik ishlarimiz va katta rejalarimiz hamisha xalqimiz manfaatiga xizmat qilsin. Mustaqil O‘zbekistonimizning kelajagi yanada porloq, osmonimiz doimo musaffo bo‘lsin!
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Mustaqilligimizning 🇺🇿 yilligi muborak bo‘lsin!
Hurmat va ehtirom bilan
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ boshqaruvi raisi
S.A. Norqabilov
🌎
https://railwayinfra.uz/ ❤️🔥 ❤️🔥
https://www.facebook.com/infratuzilma ❤️🔥
https://www.instagram.com/infratuzilma/