1/14Bugun, Yoshlar ishlari agentligi press-klubida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda davlat tilini rivojlantirish va yoshlar orasida keng targ‘ib qilishga qaratilgan loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish, ta’lim va raqamli makonda o‘zbek tilidagi sifatli kontentni kengaytirish hamda yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Tadbir doirasida “Yoshlar uchun 1000 kitob”, “Ibrat farzandlari” loyihasining o‘zbek tili yo‘nalishi, “Wikimarafon”, “Bek va Lola” multseriali hamda “Mutolaa” loyihalari taqdim etildi.
Shuningdek, loyihalarning maqsad va vazifalari, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ularning o‘zbek tilidagi ta’limiy va ma’rifiy kontentni rivojlantirishdagi ahamiyati haqida ma’lumot berildi.
Mazkur tashabbuslar yoshlarning ona tiliga bo‘lgan hurmatini oshirish, bilim va dunyoqarashini kengaytirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda davlat tilining zamonaviy axborot va ta’lim muhitidagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.
🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt





![НАБОР В АДМ× 𝒀𝒖𝒓𝒊 𝑪𝒐𝒏𝒇𝒆𝒔𝒔𝒊𝒐𝒏 & 𝑫𝒂𝒊𝒍𝒚 ✿ [🔪💜] Telegram channel](https://cdn.tgdio.com/channels/2026/08/YuriDDLCConfession.webp)






