Javonsher Rustamov | Tahliliy Huquq Telegram channel photo

Javonsher Rustamov | Tahliliy Huquq

@javonsherlawPublic Channel

Huquqshunos, advokat va siyosiy tahlilchi. Kanalda qonunchilik, sud amaliyoti va tizimli muammolar tahlil qilinadi. Murojaat uchun @JavonsherRustamov_bot

1.8k

Last views

1.5k (1,519 subscribers)
A'zolar
—
Rating
40
Total Posts
Oct 16, 2026, 7:33 PM
Yangilangan
Apr 20, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameJavonsher Rustamov | Tahliliy Huquq
Username@javonsherlaw
CategoryVirusli videolar
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar1,519
Channel TypePublic Channel
Created20-apr, 2026
Last Updated16-okt, 2026 • 6 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#13817-1
Til reytingi
#152-1
Toifa reytingi
#811+2

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 1.5K30 Days growth: +31526.2%
09/1709/2209/2710/0210/0710/1210/16
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
17:09:20261,204
18:09:20261,204
19:09:20261,197
20:09:20261,197
21:09:20261,197
22:09:20261,197
23:09:20261,197
24:09:20261,197
25:09:20261,197
26:09:20261,197
27:09:20261,197
28:09:20261,197
29:09:20261,197
30:09:20261,197
01:10:20261,197
02:10:20261,197
03:10:20261,197
04:10:20261,197
05:10:20261,197
06:10:20261,197
07:10:20261,197
08:10:20261,197
09:10:20261,197
10:10:20261,197
11:10:20261,197
12:10:20261,197
13:10:20261,197
14:10:20261,197
15:10:20261,197
16:10:20261,519
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 20:04:20261,177
Week of 27:04:20261,177
Week of 04:05:20261,169
Week of 11:05:20261,169
Week of 18:05:20261,169
Week of 25:05:20261,169
Week of 01:06:20261,169
Week of 08:06:20261,169
Week of 15:06:20261,169
Week of 22:06:20261,169
Week of 29:06:20261,169
Week of 06:07:20261,192
Week of 13:07:20261,192
Week of 20:07:20261,192
Week of 27:07:20261,192
Week of 03:08:20261,192
Week of 10:08:20261,192
Week of 17:08:20261,204
Week of 24:08:20261,204
Week of 31:08:20261,202
Week of 07:09:20261,204
Week of 14:09:20261,197
Week of 21:09:20261,197
Week of 28:09:20261,197
Week of 05:10:20261,197
Week of 12:10:20261,519
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20261,177
May 20261,169
June 20261,169
July 20261,192
August 20261,202
September 20261,197
October 20261,519
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20261,519

So'nggi postlar

Video
Davlat xizmati nega sharafli, bilasizmi?

Chunki uning badali bor. Ha, buning uchun badal to'laysiz. Oilangizdan uzoqda yashaysiz. Farzandlaringiz ulg'ayadi, siz esa ularning tarbiyasida yonlarida bo'lolmaysiz. Ba'zan oilangizdan ham ayrilasiz. Qarindoshlaringiz bilan silai rahm qilishga vaqt topolmaysiz, to'y-marosimlarda xizmatda turolmaysiz.

Bu badal og'ir. Uning qanchalik og'irligini faqat to'laganlar biladi.

Davlat idoralarida xizmat qilayotgan barchaga sharafli ishlarida muvaffaqiyat, oilalariga tinchlik va xotirjamlik tilayman.

Manba

@Javonsher Rustamov
1,7700014
Qo'rquv, boylikka intilish va shuhratparastlikdan iborat inson tabiati nizolar va zo'ravonlikka olib keladi.

©Fukidid

Robert Kaplan "Geografiya qasosi" asaridan

@Javonsher Rustamov
994009
"O‘ziga yolg‘on gapirib, o‘z yolg‘oniga quloq soladigan odam bora-bora na o‘zida, na atrofida haqiqatni ajrata oladigan holga tushadi. Natijada o‘zini ham, boshqalarni ham hurmat qilmay qo‘yadi.

Hech kimni hurmat qilmagach, sevishdan ham to‘xtaydi. Muhabbatsiz qolganida esa o‘zini ovutish, chalg‘itish uchun ehtiroslarga va tuban lazzatlarga beriladi. Shu tariqa o‘z illatlari ichida butunlay hayvoniy holga tushadi.

Bularning bari tinimsiz yolg‘on gapirishdan — odamlarga ham, o‘ziga ham yolg‘on gapirishdan kelib chiqadi"

©F. M. Dostoyevskiy
"Aka-uka Karamazovlar"

@Javonsher Rustamov
1,0000017
Photo1/2
Misrga sayohat endi dam olish emas, uch bosqichli imtihon: yosh, oilaviy holat va naqd pul.

Fir'avnlar ham abadiyatga ketish uchun buncha hujjat yig'magan bo'lsa kerak.

Yaxshiyamki Chorvoq bor. U yerga vizasiz, oilasiz va 5000 dollarsiz ham kiritishadi. Hozircha. 😌

@Javonsher Rustamov
1,0200013
Photo1/2
O’zbekistonda pornografik mahsulotni tayyorlash, mamlakatga olib kirish, tarqatish, reklama qilish va namoyish etish taqiqlangan. Bu yerda “tarqatish” deganda faqat sotish tushunilmaydi. Telegram kanalga joylash, guruhga yoki shaxsiy xabarda boshqa odamga yuborish ham tarqatish hisoblanadi. Qonun ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari va Internetni alohida tilga oladi. Pul olgan yoki olmaganingiz ahamiyatga ega emas.

Birinchi marta qo’lga tushgan shaxs Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 189-moddasi bo’yicha javob beradi. Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 400 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 100 baravaridan 450 baravarigacha jarima solinadi. Bu oddiy jarima emas, eng yuqori chegarasi o’nlab million so’mni tashkil qiladi. Bundan tashqari, pornografik mahsulotning o’zi va uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish yoki namoyish etishda foydalanilgan vositalar musodara qilinadi. Bu vosita sizning telefoningiz yoki kompyuteringiz bo’lishi mumkin.

Agar odam ma’muriy jazodan keyin yana shu ishni qilsa, endi gap Jinoyat kodeksining 130-moddasiga o’tadi. Bunda katta miqdordagi jarima, majburiy jamoat ishlari yoki axloq tuzatish ishlari tayinlanishi mumkin.

Eng og’ir holat voyaga yetmaganlar bilan bog’liq. Voyaga yetmagan shaxs tasvirlangan yoki tavsiflangan pornografik mahsulot uchun Jinoyat kodeksida alohida 129-1-modda bor. Bunda “birinchi marta” degan yengillik yo’q, hatto bunday materialni saqlashning o’zi ham jinoyat hisoblanadi va ozodlikdan mahrum qilishgacha bo’lgan jazo nazarda tutilgan.

Manba #

@Javonsher Rustamov
840000
Photo1/2
Qonun posbonining o‘zi qonunni buzsa-chi?

Prezident Xalq qabulxonasi 2026-yilning to‘qqiz oyi bo‘yicha murojaatlar statistikasini e’lon qildi. Ko‘zdan kechirib o‘tirib bitta jadvalda to‘xtab qoldim. Muddatlari buzilgan murojaatlar bo‘yicha tashkilotlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda Bosh prokuratura turibdi, 270 ta. Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ijtimoiy himoya agentligi undan keyin.

“Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunni ochib qarasangiz, prokuraturaning asosiy vazifasi qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish deb yozilgan. Bosh prokuror va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar butun respublikada qonunlar aniq va bir xilda bajarilishini nazorat qiladi. Boshqacha aytganda, kimdir qonunni buzsa birinchi bo‘lib aralashadigan idora shu.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 43-moddasida esa murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatini uzrli sababsiz buzgan, javob yubormagan yoki qonunga zid qaror chiqargan mansabdor shaxsga bir baravardan uch baravargacha BHM miqdorida jarima solinishi belgilangan. Moddada hech qanday istisno yo‘q, hamma mansabdorga birdek tegishli.

Qiziq tomoni shundaki, bu modda bo‘yicha ishni odatda kim qo‘zg‘atadi? Prokuratura. Murojaatlar to‘g‘risidagi qonun qanday bajarilayotganini kim tekshiradi? Yana o‘sha prokuratura.

Xo‘sh, o‘sha 270 ta murojaat ortidagi mansabdorlardan birortasi jarima to‘ladimi? To‘lagan bo‘lsa nega bu haqda hech narsa eshitmaymiz. To‘lamagan bo‘lsa unda qonun hamma uchun bir xil degan gap qayerda qoldi?

Bu raqamlarning har biri ortida odam turibdi. Kimdir farzandi uchun yozgan, kimdir buzilgan huquqini tiklatmoqchi bo‘lgan, kimdir oylab javob kutib yurgan. Odamlar prokuraturaga ko‘pincha oxirgi umid bilan murojaat qiladi. O‘sha joyda ham javob o‘z vaqtida kelmasa, inson keyin qayerga borishini bilmay qoladi.

O‘zim prokuraturada ishlaganman, ish hajmi qanchalik og‘irligini yaxshi bilaman. Lekin og‘ir yuklama qonunni buzishga bahona bo‘lolmaydi. Biz buni oddiy fuqaroga ham, tadbirkorga ham har kuni aytamiz-ku.

Qonunni qo‘riqlaydiganlarning o‘zi uni buzsa, ularni kim javobgarlikka tortadi? Shu savolga aniq javob bo‘lmas ekan, qonun ustuvorligi haqidagi gaplar qog‘ozda qolaveradi.

@Javonsher Rustamov
658003
Shaxsiy maʼlumotlarimizni kim koʻryapti?

YHXB xodimi sizni toʻxtatib, planshetiga qaraganda u yerda faqat guvohnomangiz chiqmaydi. Oilangizda kimlar borligi, nomingizdagi uy, ish joyingiz, hatto daromadingiz ham chiqadi. Yoʻl harakati xavfsizligiga bularning nima aloqasi bor?

Bugun YHXBda yoki profilaktika inspektorida tanishi bor odam pasport raqamingiz yoki mashina raqamingiz bilan siz haqingizda deyarli hamma narsani bilib olishi mumkin. Buni xodimlar kamera oldida ham bemalol koʻrsatib berishyapti.

Firma ochib koʻring. Roʻyxatdan oʻtganingizdan bir-ikki daqiqa oʻtib buxgalterlar va banklar qoʻngʻiroq qila boshlaydi. Siz raqamingizni ularga bermagansiz. Demak, kimdir maʼlumotingizni sotyapti.

Qonun bunga yoʻl qoʻymaydi. Konstitutsiyaning 31-moddasi va “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonun maʼlumotlarimizni himoya qiladi. Muammo shundaki, fuqaro oʻz maʼlumoti kim tomonidan, qachon va nima uchun koʻrilganini bilmaydi. Bilmagan narsasini esa isbotlay olmaydi.

Shu masala boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma tayyorladim. Asosiy taklifim:

🔹 har bir organ faqat oʻz funksiyasiga tegishli maʼlumotni koʻrsin;
🔹 maʼlumotingiz koʻrilsa, my.gov.uz orqali sizga kim, qachon, qanday asosda ko`rganligi haqida xabarnoma kelsin;
🔹 shu xabarnoma bilan sudga murojaat qila olasiz, sudda esa xodim maʼlumotingizni nima uchun koʻrganini oʻzi isbotlab bersin.

Hujjatni toʻliq oʻqib chiqing, fikringizni yozing. Masalaga tegishli organlar ham eʼtibor qaratadi degan umiddaman.

📎 Tahliliy maʼlumotnoma ilova qilinadi.

@Javonsher Rustamov

Javonsher Rustamov

Shaxsga doir maʼlumotlardan davlat organlari tomonidan foydalanish amaliyoti va uni takomillashtirish — Javonsher Rustamov

Davlat organi xodimi oʻz vazifasiga aloqasi boʻlmagan maʼlumotlarni ham erkin koʻra oladi, fuqaro esa buni bilmaydi. Amaldagi tartib, aniqlangan muammolar va qonunchilikka takliflar.

1,1400024
2020-yilda Oliy sud Plenumi bitta muhim qoidani belgilab qo'ygan edi. Ommaviy axborot vositalari sudda ko'rilayotgan ish bo'yicha natijani oldindan bashorat qilishga yoki sudga boshqacha tarzda ta'sir o'tkazishga haqli emas. Sudya ham qarori kuchga kirmagan ish yuzasidan intervyu bera olmaydi. Bu Plenumning 2020-yil 21-fevraldagi 4-son qarorining 5-bandida yozilgan.

Lekin shu paytgacha bu qoida ko'proq tushuntirish darajasida qolib ketdi. Uni buzgan odamga qanday javobgarlik bo'lishi aniq emas edi. Jurnalist yoki bloger ish hali sudda turganida kim aybdor, kim haq, sud qanday qaror chiqarishi kerak, deb bemalol yozaverardi. Huquqiy oqibati deyarli yo'q edi.

11-sentabr kuni Jinoyat kodeksining 236-moddasiga o'zgartirish kiritildi.

Endi sud ishlarini hal etishga aralashish, ya'ni ishning har tomonlama, to'la va xolis ko'rilishiga to'sqinlik qilish yoki adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim chiqarilishiga erishish maqsadida sudyaga yoki xalq maslahatchisiga har qanday shaklda qonunga xilof ta'sir o'tkazish uch yilgacha axloq tuzatish ishlari, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Mansabdor shaxs sodir etsa, jazo besh yilgacha boradi.

Bu yerda asosiy so'z har qanday shaklda degan ibora. Ilgari ta'sir deganda ko'pincha telefon qilish, tanish orqali gap yetkazish, kabinetga kirib iltimos qilish tushunilardi. Hozir esa sudyaga bosim ijtimoiy tarmoqlar orqali ham o'tadi. Ish bo'yicha videolar, postlar, izohlar, ommaviy chaqiriqlar, sudyaning ismini ko'rsatib yozilgan fikrlar. Bularning hammasi endi sudyaga bosim sifatida baholanishi mumkin.

Demak, sudda ko'rilayotgan ish haqida yozishdan oldin o'ylab ko'rish kerak. Faktni yetkazish, sud majlisi qachon bo'lishini xabar qilish, jarayonni xolis yoritish bu oshkoralik. Plenum qarori ham buni himoya qiladi. Ammo hukmni sud o'rniga oldindan e'lon qilish, sudyaga qanday qaror chiqarishi kerakligini ko'rsatish, auditoriyani bir tomonga qarshi uyushtirish endi boshqa narsa. Bu jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin bo'lgan harakat.

Albatta, savollar ham bor. Oddiy fikr bildirish bilan bosim o'tkazish o'rtasidagi chegarani kim va qanday aniqlaydi. Maqsad belgisini isbotlash qanchalik oson bo'ladi. Bu norma so'z erkinligini cheklash vositasiga aylanib qolmasligi kerak. Shu sababli sud amaliyoti qanday shakllanishini diqqat bilan kuzatish lozim.

Hozircha bir narsa aniq. Sudda turgan ish haqida ijtimoiy tarmoqda yozilgan har bir gap endi oddiy fikr emas, huquqiy oqibati bo'lishi mumkin bo'lgan harakat.

@Javonsher Rustamov
1,100003
So'nggi oylarda Toshkentda kuryerlarga qarshi reydlar odatiy manzaraga aylandi. Bir kuni chiroq yo'qligi uchun, ertasiga nur qaytargich yoki tonirovka uchun, keyin yo'lovchi olib yurgani uchun jarima. Skuter jarima maydonchasiga ketadi, kuryer esa o'sha kuni pulsiz qoladi.

Shu fonda bir savol tug'ildi. Elektrosamokat yoki elektrovelosiped minish uchun ham endi "prava" kerakmi? Javob oddiy emas. Uni topish uchun 2024 yildan beri qabul qilingan hukumat qarorlarini birma-bir ochib ko'rishga to'g'ri keldi.

Bu hujjatda uch narsani ko'rsatmoqchiman. Talab qaysi hujjatlar bilan va qanday yo'l bilan kiritilgan. Va eng muhimi, bu asoslarni raqamlar tasdiqlaydimi yoki yo'qmi.

Bu talab bitta qaror bilan emas, ikki yil davomida bosqichma-bosqich, deyarli sezdirmasdan kiritilgan. Zanjir quyidagicha.

@Javonsher Rustamov

Javonsher Rustamov

Kuryerlar, skuterlar va A1 toifa — Javonsher Rustamov

Elektrosamokat yoki elektrovelosiped minish uchun ham endi "prava" kerakmi? Talab qaysi qarorlar bilan kiritilgan.

776005
Bozor yonadi, javobgar topilmaydi

Kecha kechqurun Buxorodagi "Karvon" bozorida yong'in chiqdi. Signal soat 21:49 da kelgan, olov faqat yarim tunda, 00:12 da to'liq o'chirildi. Xudoga shukr, jabrlanganlar yo'q. Lekin qancha do'kon yongani, zarar qancha ekani va yong'in nimadan chiqqani hozircha aytilmadi.

Bu bir yil ichidagi to'rtinchi yirik bozor yong'ini. O'tgan yil avgustda "Uch qahramon"da 137 tadbirkorning do'koni kulga aylandi, zarar 74 milliard so'm bo'ldi. Keyin Aviasozlar, aprelda Beshqo'rg'on yondi. Har safar ssenariy bir xil. Avval FVV xabari, keyin "sabablar aniqlanmoqda" degan jumla, so'ng sukut. "Uch qahramon" bo'yicha jinoyat ishi bir yildan beri qanday tugagani noma'lum, qolganlari bo'yicha esa ish qo'zg'atilgani ham e'lon qilinmagan.

Bu orada tadbirkorlar yonib ketgan tovar uchun kredit to'lashda davom etmoqda, chunki tovon masalasi tergov natijasiga bog'lab qo'yilgan. Buxorolik savdogarlarni ham shu yo'l kutmayaptimi?

Yangi maqolamda yong'inlardan keyin bozorlar va tadbirkorlarning taqdiri nima bo'lganini nega tekshiruvlar ko'payib, javobgarlik esa ko'rinmayotganini tahlil qildim.

To'liq o'qish uchun 👉

@Javonsher Rustamov

Javonsher Rustamov

Bozor yonadi, javobgar topilmaydi — Javonsher Rustamov

2025-yil 11-avgust tunida Toshkent tumanidagi “Uch qahramon” bozorida olov chiqdi. Ikki soatdan ko‘proq vaqt ichida bozorning 8 ming kvadrat metri kulga aylandi, 137 nafar tadbirkorning 181 ta do‘koni

1,040007
"Oʻgʻlimning muhtaram oʻqituvchisi!

...Men oʻgʻlimga hayotni boʻyab-bejab koʻrsatishingizni istamayman. U hayotda hamma ham adolatli va samimiy boʻlavermasligini bilishi shart.

Siz unga hayotda ablahlar ham qahramonlarga aylantirilishi mumkinligini, uquvsiz va takabbur rahbarlarga ham sodiq xodimlar uchrashi mumkinligini tushuntirishdan qoʻrqmang.

Unga uqtiringki, modomiki dushmanlari bor ekan, demak doʻstlari ham boʻladi.

Bilaman, bunga ancha vaqt sarflanadi, lekin imkoningiz boʻlsa, unga nohalol yoʻl bilan topilgan oʻn dollardan koʻra, halol yoʻl bilan topilgan bir dollar koʻproq foyda keltirishini oʻrgating.

Shunday taʼlim beringki, u gʻalaba nashidasini surish uchun oldin yutqazish alamini totib koʻrish kerakligini anglasin.

Qoʻlingizdan kelsa, uning tabiatiga hasad chang solmasligining chorasini koʻring.

Unga maqtanchoq odamlar ustidan gʻalaba qozonish juda ham oson boʻlishini his etishga sharoit yarating.

Yana imkoningiz boʻlsa, uni kitoblarga oshno qiling...

Shunday taʼlim beringki, u jasur, kuchli, temir irodali yigit boʻlib ulgʻayish bilan birga, koʻkdagi qushlardan, qirlar uzra ochilgan gullardan va bu gullardan bol yigʻib yurgan asalarilardan, qoʻyingchi tabiatning betakror goʻzalliklaridan taʼsirlana oladigan nozik qalbga ham ega boʻlsin.

Shunday oʻqitingki, u hayotdagi eng mayda holatlar yuzasidan ham mulohaza qilib koʻrishni oʻrgansin.

Men uning shu kichik yoshidanoq hayotda qalloblik qilib gʻalabaga erishgandan koʻra, halollik tufayli omadsizlikka uchrash afzal ekanini anglab yetishini istayman.

Uni atrofdagilar har qancha oʻz yoʻriqlariga yurgizishga urinishmasin, oʻz shaxsiy fikrlarida sobit tura olishga ham oʻrgatasiz, degan umiddaman. Uni yumshoq feʼllilar bilan – yumshoq, qahrlilar bilan qahrli boʻlishga oʻrgating.

Oʻgʻlimga mohiyatni anglamasdan turib, gʻalaba qozonganlar tarafiga oʻtib ketadigan olomonga ergashmaslikni uqtirishga harakat qiling. Uni hammani eshitishga va har bir eshitganlarini mulohaza qilib, haqiqatni ajratib olishga oʻrgating.

Oʻrgata olsangiz, mahzun vaqtda kulish kerakligiga oʻrgating.

Vaqti kelganda koʻz yoshi toʻka bilishni va buning hech uyatli emasligini oʻrgating.

Unga oʻziga ortiqcha zeb bermaslik kerakligini oʻrgating.

Zarurat boʻlganida oʻz aqli va tanasidagi mushaklar kuchini eng qimmat narxda sotishi mumkin-u, lekin oʻlsa ham yuragi, ruhi, vijdonini sotishga haqqi yoʻqligini anglating.

Unga jasur boʻlish uchun eng avvalo sabrli boʻlish lozimligini uqtiring. Oʻtda qattiq toblangan poʻlatgina yuqori sifatga ega boʻlishini tushuntiring.

Unda oʻziga ishonch hissini shakllantiring, shundagina u boshqalarga ham ishonch bilan munosabatda boʻladi.
U bilan yumshoq, lekin ortiqcha muloyimliksiz muomala qiling.
...Bilaman, Sizdan istayotganlarimni bajarish oson ish emas, lekin, har holda soʻraganlarim orasidan qoʻlingizdan nima kelishini ajratib olsangiz ham boʻladi.

U ajoyib bola, yaxshi bola — mening oʻgʻlim!..

Balki u ham kelajakda dunyoning yetakchi liderlaridan boʻlar...
Sizga cheksiz hurmat va ishonch bilan Abram Linkoln, 1855 yil".

AQShning oʻn oltinchi prezidenti Abram Linkolnning besh yoshli oʻgʻli Uilyamning oʻqituvchisiga yozgan maktubi.

PS: Linkolnga nisbat beriladi, ammo tarixiy fakt yo'q, aynan shu maktub Linkoln tomonidan yozilganligiga


@Javonsher Rustamov
1,030008
Photo1/2
Oq uyda sun'iy intellekt bo'yicha hujjat imzolandi.

"Frontier" modellarni yaratayotgan kompaniyalar to'rt narsaga va'da berdi. Birinchisi, o'z modellarini ichkaridan kuzatib borish. Ya'ni kiberxavfsizlik, biologik va kimyoviy tahdidlar nuqtai nazaridan model nimaga qodir, texnik tizimlarni ko'zda tutilmagan yo'l bilan buzib qo'ymaydimi. Ikkinchisi, shu ish bilan shug'ullanadigan alohida ichki jamoa. Uchinchisi, mustaqil tashqi auditor. To'rtinchisi, direktorlar kengashidagi mustaqil qo'mita nazorati. Bundan tashqari, kompaniyalar muntazam yig'ilib, umumiy standartlar ishlab chiqmoqchi.


Bu hujjat na shartnoma, na qonun. Oddiy niyat bayonoti. Sanksiya yo'q, muddat yo'q, ijroni kuzatadigan davlat organi yo'q. Auditorni ham kompaniyaning o'zi tanlaydi.

Tekshiriladigan tomon tekshiruvchini o'zi tanlasa, mustaqillik haqida gapirish qiyin. Tramp hujjatni "axloqan majburiy" dedi, Spiker Mayk Jonson esa "tamoyillar bayonoti" deb atadi. Ikkovi ham haq. Muammo ham aynan shunda.

Aslida mas'uliyat davlatdan kompaniyalarning o'ziga o'tkazilyapti. Ya'ni o'zingni o'zing nazorat qil.

22 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi minbarida Tramp AIni endi "super intelligence" deb atashlarini e'lon qildi va sun'iy intellektni nazorat qilishga qaratilgan har qanday "globalistik sxema"ni rad etdi.

Undan bir kun oldin esa yigirmadan ortiq davlat rahbarlari, asosan Yevropadan, ilg'or AI uchun majburiy xavfsizlik choralarini talab qilgan edi. Bayonotni Finlyandiya prezidenti e'lon qildi, imzolaganlar orasida Germaniya, Ispaniya, Niderlandiya, Norvegiya, Kanada, Avstraliya rahbarlari va Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen bor. AQSh va Xitoy qo'shilmadi.

Vashington boshqa yo'lni tanladi. Xalqaro tartibga solish o'rniga milliy darajadagi ixtiyoriy cheklov. Sababi sir emas, Xitoy bilan poygada bir qadam ham ortda qolmaslik.

Tarixda sanoatning o'zini o'zi tartibga solishi odatda birinchi jiddiy inqirozgacha yashagan.

@Javonsher Rustamov
772002
Sudlarda hali ham shunday manzarani ko'rasiz. Kodeksga navbatdagi o'zgartirish kiritildi, xodim o'sha qonunni chop etadi, kerakli joyini qirqib olib kodeksning tegishli sahifasiga yopishtiradi. Sabab so'ralsa, Adliya vazirining 2021-yil 18-iyundagi buyrug'i bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlarning hisobini yuritish qoidalari ko'rsatiladi (ro'yxat raqami 3311). Unda nazorat nusxasini yuritish deganda hujjat matniga unga o'zgartirish kiritgan hujjatlar haqidagi ma'lumotni kiritib borish tushuniladi.

Lekin shu buyruqning o'zi qog'ozdan voz kechish haqida. Unga ilova qilingan rasmiy sharhda yozilishicha, qog'oz jurnallar bekor qilingan, nazorat nusxalarini yangilash elektron shaklga o'tkazilgan, ilgarigi yopishtirish usuli o'rniga esa o'zgartirgan hujjatlar ro'yxatini ilova qilish tartibi joriy etilgan. Ya'ni hujjat yo'nalishni aniq ko'rsatgan, amaliyot esa hamon eski odat bilan yashayapti.

Muammo buyruqning bitta bandida emas, yondashuvda. Qonunchilik bugun shunday tezlikda o'zgaryaptiki, qog'oz unga yetib ulgurmaydi. Birgina Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksni olsak, Lex.uz ma'lumotlariga ko'ra so'nggi bir yilda uning matni 38 marta o'zgargan. Bu o'rtacha har o'n kunda bir marta degani. Yana bir tahriri dekabrda kuchga kiradi. Sudya esa yana bir necha kodeks bilan ishlaydi. Bunday sharoitda qog'oz nusxani qo'lda yangilab borish samarasiz, xavfli ham. Bitta o'zgarish tushib qolsa, eskirgan norma qo'llanadi.

Yana bir nozik jihat bor. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 9-moddasiga ko'ra shaxs huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtda amal qilgan qonun bo'yicha javobgarlikka tortiladi, javobgarlikni yengillashtiruvchi normalar esa orqaga qaytish kuchiga ega. Demak sudyaga faqat bugungi matn emas, muayyan sanadagi matn ham kerak. Yopishtirilgan kodeks buni ko'rsatib bera olmaydi. Lex.uz esa har bir moddaning oldingi tahririni, qaysi hujjat bilan va qachon o'zgarganini bir bosishda ko'rsatadi.

Xo'sh, nima qilish kerak? Menimcha bir necha oddiy qadam yetarli.

Birinchisi, sudlar uchun kodekslarning nazorat nusxasi Lex.uz'dagi elektron nusxa ekanini rasman belgilab qo'yish. Shunda tekshiruvlarda yopishtirilmagan sahifa kamchilik sifatida qayd etilmaydi.

Ikkinchisi, har bir sudya va sud majlisi zalini milliy bazaga barqaror kirish imkoni bilan ta'minlash.

Uchinchisi, sudlarning elektron ish yuritish tizimlarini Lex.uz bilan bog'lash. Sud hujjatida modda tilga olinganda, o'sha moddaning huquqbuzarlik sanasidagi tahririga havola avtomatik qo'yilsa, xatolik ehtimoli ancha kamayadi.

To'rtinchisi, sudya ishlaydigan kodekslarga o'zgartirish kiritilganda unga avtomatik xabar yuborish. Bu texnik jihatdan murakkab emas, lekin sudyaning vaqtini tejaydi va ishonchni oshiradi.

Raqamlashtirish haqida ko'p gapiramiz. Uning eng oddiy va eng ko'p foyda beradigan joylaridan biri aynan shu. Sudyaning vaqti yelimga emas, odil sudlovga ketishi kerak.

@Javonsher Rustamov
547006
Yaqinda bir qurilish kompaniyasi meni ustimda Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga shikoyat qildi. Ular bilan sudda nizolashayotgan vaqtimizda mijozimni himoya qilyayotgan vaqtda yozgan.
660005
XXI asr boshida Turkiya siyosiy sohada hukmron boʻlgan joʻshqin islomiy harakat bilan faxrlana olardi. U Yaqin Sharqdagi deyarli barcha mamlakatlardan, ehtimol, Isroildan tashqari, ustun boʻlgan ulkan harbiy salohiyatga ega edi. Shuningdek, uning iqtisodiyoti har yili 8 foizlik oʻsishni koʻrsatib, jahon inqirozi davrida ham 5 foizdan ortiq oʻsishga erishgan edi.

Bundan tashqari, mamlakat Eron va Saudiya Arabistoni neft resurslariga egalik qilgani kabi, Turkiyani suv resurslari egasiga aylantirgan toʻgʻonlar tizimi bilan gʻururlanishi mumkin edi. Ushbu koʻzga koʻringan va koʻrinmas omillar Turkiyaning musulmon dunyosida yetakchilik va hokimiyat uchun Eron bilan raqobatlashishiga imkon berardi.

#geografiyaqasosi

@Javonsher Rustamov
718000
Photo1/2
Bolalarga nisbatan jinsiy zo'ravonlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi!

Ijtimoiy himoya milliy agentligi mas'ul idoralar bilan birgalikda bir necha oy davomida qonunchilikka o'zgartirishlar kiritish bo'yicha takliflar ustida ish olib bordi. Tayyorlangan takliflar ko'rib chiqish uchun allaqachon taqdim etildi.

Shuningdek, biz ota-onalarning bolalarga g'amxo'rlik qilmagani uchun, pedagoglarning esa zo'ravonlik va kamsitish holatlariga yo'l qo'ygani uchun javobgarligini kuchaytirishni, jabrlangan bolalarga tergov va sud jarayonining har bir bosqichida huquqiy yordam va himoya ta'minlanishini taklif etmoqdamiz.


@Javonsher Rustamov
603000
Farmonning bitta band ijrosi monitoringgi

Murojaatlar bilan ishlash tizimi haqida gap ketganda, odatda "davlat choralar ko'ryapti" degan javobni eshitamiz. To'g'ri, ko'ryapti. Shu yil 1-aprelda PF-51-son Farmon qabul qilindi va unda ancha jiddiy talablar bor. Lekin farmonning qabul qilinishi bir gap, bajarilishi boshqa gap.

Men shu farmondan bitta bandni oldim-da, ijrosini o'zim tekshirib ko'rdim. Bu 3-bandning "j" kichik bandi. Unda yozilishicha, Qoraqalpog'iston Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shahar hokimlari har chorakda kamida bir marta OAV yoki ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali murojaatlar bilan ishlash faoliyati haqida "keng jamoatchilikka batafsil axborot" berishi kerak.

Nega aynan shu band? Chunki uni tekshirish uchun hech kimdan ruxsat so'rash shart emas. Hisobot bo'lsa, u ochiq sahifada turadi. Bo'lmasa, yo'q.

#tahlil

@Javonsher Rustamov

Javonsher Rustamov

Farmonning bitta band ijrosi monitoringgi — Javonsher Rustamov

PF-51-son Farmon hokimlardan har chorakda murojaatlar bo'yicha ochiq axborot berishni talab qiladi. 222 ta hokimlikning Telegram kanallarini tekshirdim: II chorakda talab 5,9 foiz, III chorakda 12,2 foiz bajarilgan.

689000
Yangi loyiha boshladim — «Advokat bilan».

Ancha vaqtdan beri shu haqda o’ylab yurgandim. Men huquq haqida yozaman, tahlil qilaman — lekin ko’pchilik uchun qonun hali ham begona, tushunarsiz tilda qolmoqda. Odamning o’z huquqini bilmagani uchun yutqazganini ko’p ko’rganman.

Shuning uchun kamera oldiga o’tirib, hamkasb advokatlar bilan oddiy tilda suhbat qura boshladim. Har son — bitta mavzu, boshidan oxirigacha.

Birinchi son tayyor. Mavzu — nikoh, mol-mulk va ajrashuv. Mehmonim — «Partners of LawPower» advokati Sherzod Maxamadjonov.

Ajrashganda uy kimga qoladi? Nikoh davomida ishlamagan xotin mol-mulkka haqlimi? Nikoh shartnomasiga nimani yozib bo’ladi, nimani yo’q? Shu savollarga aniq javob berdik.

Ko’ring, fikringizni ayting. Foydali bo’lsa — yaqinlaringizga ulashing.

📱 https://youtu.be/lPO5nY5zzIo?si=n8G0c5Prn0Jb6MBF

📱 https://podcasts.apple.com/uz/podcast/javonsher-rustamov-tahliliy-huquq/id1817623587?i=1000785538553
Video Thumbnail
7600017
Yangi tadqiqot: nima uchun ro'mol o'rash ommalashdi?

Naila Shofia - Singapur Milliy universiteti (NUS) professori, yetakchi ilmiy jurnallaridan birida: Review of Economic Studiesda chop etilgan tadqiqotida qiziq xulosaga kelibdi: ayollarni an'anaviy uy-ro'zg'or rolidan uzoqlashtiradigan yangi iqtisodiy imkoniyatlarning paydo bo'lishi diniy sabablarga ko'ra ro'mol o'rashning tarqalishiga sezilarli ta'sir ko'rsatgan.

Buni o'lchash uchun tadqiqotchi 1995–2015 yillar oralig'ida Indoneziya davlat maktablarining bitiruv albomlaridan chorak millionga yaqin fotosuratni qo'lda kodlab chiqishgan. Shu yo'l bilan mamlakat tumanlari kesimida yosh ayollar orasida ro'mol o'rash darajasi yigirma yildan ortiq davr uchun o'lchangan.

Bu yerda tadqiqot natijasi oddiy korrelyatsiya emas, aynan sababiy bog'liqlik. Uni aniqlash uchun Indoneziya mahsulotlariga bo'lgan xalqaro talab keltirib chiqargan tashqi o'zgarishlar mahalliy sanoat va sohalarning gender va sohaviy tarkibi bilan kesishtirilgan. Ya'ni bir tumanda ayollar ko'p ishlaydigan tarmoq eksport bo'yicha yuksalsa, u yerdagi ayollar uchun ish imkoniyati mustaqil ravishda ko'payadi. Natijada, kuchliroq ijobiy iqtisodiy shokka duch kelgan tumanlarda ro'mol o'rash darajasi yuqoriroq bo'lib kelgan. Xulosa shuki, ro'mol yosh ayollar uchun ikki xohishni birlashtirish usulidek ko'rilgan: rasmiy mehnat bozoriga chiqish va ayni paytda jamiyatdagi shaxsiy hamda ijtimoiy o'rnini saqlab https://t.me/iqtisodchi_kundaligi.

https://www.restud.com/why-veil-religious-headscarves-and-the-economic-role-of-women/
619008
Ruhiy intellekt — qalb

To‘rtinchi sanoat inqilobida kontekstual va hissiy intellekt bilan bir qatorda to‘g‘ri yo‘lni topish uchun zarur bo‘ladigan yana bir muhim tarkibiy qism bor. Ruhiy intellekt. Kelib chiqishi lotin tilidagi «nafas olmoq» ma’nosini anglatuvchi “spirare” so‘zi bilan bog‘liq ruhiy intellekt doimiy ravishda maqsad va ma’no izlashni anglatadi. U e’tiborni yaratuvchanlikni kuchaytirish hamda insoniyatni umumiy taqdir tuyg‘usiga asoslangan yangi jamoaviy va axloqiy ong darajasiga ko‘tarishga qaratadi.

Baham ko‘rish bundagi asosiy g‘oyadir. Avval aytib o‘tganimdek, texnologiya — «men-markazli» jamiyat sari harakatlanayotganimiz sabablaridan biri. Shunday ekan, ushbu trendning yakdil maqsadlar bilan yo‘g‘rilishini ta’minlash juda muhim. Barchamiz bir kemadamiz. Agar umumiy maqsad tuyg‘usini yarata olmasak, to‘rtinchi sanoat inqilobi keltirib chiqargan muammolarni hal qilishda qiynalishimiz va uning imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalana olmay qolishimiz mumkin.

Buni amalga oshirishda ishonch muhim. Kuchli ishonch hamkorlik va jamoa bo‘lib ishlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Hamkorlik asosiga qurilgan innovatsiyaga tayangan to‘rtinchi sanoat inqilobida bu katta ustunlik beradi. Ishtirokchilar va masalalar juda ko‘p bo‘lgani sababli to‘rtinchi sanoat inqilobidagi hamkorlik faqat ishonch muhitidagina kuzatiladi. Oxir- oqibat innovatsiyalar barchaga foyda keltirishini ta’minlashda manfaatdor tomonlar ma’lum bir rolni o‘ynaydi. Agar qaysidir asosiy manfaatdor tomon jarayon hammaga foyda keltirmayapti deb topsa, ishonch yo‘qoladi.

Hech narsa muqim bo‘lmagan dunyoda ishonch eng muhim xislatlardan biriga aylanadi. Qaror qabul qiluvchilar jamoaning bir qismi bo‘lishi va shaxsiy manfaatlarni emas, balki ko‘pchilikning foydasini o‘ylab harakat qilishi bilangina ishonch qozonish va uni saqlab qolish mumkin.

©️ Klaus Shvab: To‘rtinchi sanoat inqilobi
827005
Photo
https://javonsher.uz/post/eronning-yangi-buyuk-strategiyasi-geosiyosiy-transformatsiya-geografiya-qasosi

2026-yilgi urush kutilgan rejim qulashi o‘rniga Eronning misli ko‘rilmagan institutsional, harbiy va ijtimoiy transformatsiyasini keltirib chiqardi. Eng muhim va hal qiluvchi o‘zgarish — bu siyosiy elita ichidagi avlodlar almashinuvidir.

Eronning strategik kursi uch avlod tafovutida qanday o‘zgardi?

Birinchi avlod (asoschilar): Ularga mafkuraviy qat’iylik va o‘z qonuniyligini isbotlash zarurati xos edi. Natijada mafkurani himoya qilish milliy manfaatlar bilan aralashib ketdi.

Ikkinchi avlod (hozirgi rahbariyat): Dunyoqarashi Eron–Iroq urushi xandaqlarida toblangan. Ular inqilob bilan davlat boshqaruvini bir-biridan ajratdi va e’tiborni milliy mudofaa hamda strategik sabr-toqatga qaratdi.

Uchinchi avlod (bugungi ofitserlar va byurokratiya): Ular faqat inqilobdan keyingi Eronda ulg‘aygani sababli, ularda texnokratik madaniyat va ma’muriy ishonch kuchli. Ular davlatga samarali boshqarilishi kerak bo‘lgan apparat sifatida qaraydi.

Shu tariqa, urush xalq qo‘zg‘olonini emas, balki kuchli millatchilik reaksiyasini qo‘zg‘atdi. Eronning yangi texnokratik rahbariyati ijtimoiy shartnomani qayta yozishga kirishdi: endi davlatning qonuniyligi islomiy mafkuraga emas, vatanni himoya qilish va infratuzilmani tiklash qobiliyatiga asoslanadi.

Eronning qat’iyligini mafkuraviy turg‘unlik deydiganlar adashadi — bugungi Eron rahbariyati mamlakat imkoniyatlari va zaif tomonlarini hushyor baholaydigan pragmatik millatchilardir.

#tahlil #geosiyosiydeterminant
8400012
Video
Biz ko'pincha najotni mukammal huquqiy normalardan, yirik geosiyosiy kelishuvlardan yoki xalqaro strategiyalardan qidiramiz.

Huquq tizimlari jamiyatni tartibga soladi, siyosiy qarorlar esa barqarorlik va muvozanatni ushlab turishga xizmat qiladi.

Qog'ozdagi qonunlar va sovuq hisob-kitoblar qanchalik mukammal bo'lmasin, insoniyatni jarlikdan olib qoladigan narsa — bu oddiy insoniy yaxshilik. Adolatning o'zagi ham, har qanday to'g'ri yozilgan qonunning ruhi ham asli shu qadriyatga borib taqaladi.

Bu dunyoni faqat yaxshilik qutqaradi.

Bu shunchaki chiroyli utopiya yoki quruq ibora emas. Bu har qanday murakkab siyosatdan ko'ra kuchliroq, eng qorong'u kunlarda ham biz suyanishimiz mumkin bo'lgan yagona poydevordir.

Har kunlik tanlovlarimizda, yozayotgan so'zlarimizda va atrofdagilarga munosabatimizda shu yaxshilikni asrab qolsak, bas. Shundagina hech qanday inqiroz bizni o'zligimizdan ayira olmaydi.

PS: har qanday kuchli nazariya, tizim, qonun va geografiik joylashuv inson omilini, uning harakatlarini inkor qila olmaydi, Kaplan va boshqa olimlar ta`kidlaganidek, bular faqat shart-sharoitlar majmuasidir.
905007
Yaqinda bitta e'tiborga molik https://youtu.be/E3a5dKLMewE?si=mGuc9PfOipVizvIV ko'rib chiqdim va undagi bir jihat juda tanish bo'lib ko'rindi. Suhbat davomida siyosatshunos olim voqelikni fundamental fan nazariyalari, xalqaro munosabatlar va davlatlar mantig'i asosida qanchalik tushuntirishga urinmasin, boshlovchilar buni qabul qilishni xohlashmaydi. Ular tushunmaydi yoki shunchaki inkor qilib, yana o'zlarining tor qoliplariga qaytaverishadi.

Bu kadrlar orqali biz bitta global muammoning yaqqol guvohi bo'lamiz: Ommaviy axborot vositalari (OAV) ma'lumotlari asosida shakllangan dunyoqarash va haqiqiy fan nazariyalari bilan fikrlash o'rtasidagi jiddiy jarlik.

Media odatda voqealarni hissiyotlar, shov-shuvlar va shaxslarning xarakteri orqali yetkazadi. Kunlik xabarlar oqimida yashaydigan ong jarayonlarning faqat yuzasini ko'radi va hamma narsani oq-qora ranglarda qabul qiladi. Ammo siyosiy jarayonlar, mojaro va inqirozlar ortida har doim sovuqqon mantiq, geografik omillar, tarixiy qonuniyatlar va davlatlarning pragmatik manfaatlari (realpolitik) yotadi.

Siyosatni hissiyotlar bilan tahlil qilib bo'lmaydi. Voqealarning asl, chuqur sabablarini tizimli ravishda tushuntirmoqchi bo'lganingizda, asosan "yangiliklar" bilan oziqlangan ommaviy ong buni shunchaki hazm qila olmaydi, chunki bu ularning qulay emotsional dunyoqarashini buzib yuboradi.

Ushbu podkastni shunchaki ma'lumot olish uchun emas, balki aynan mana shu farqni — voqealarga ilmiy-tahliliy yondashuv hamda yuzaki-jurnalistik qarash o'rtasidagi to'qnashuvni o'z ko'zingiz bilan ko'rish uchun tomosha qilishni tavsiya qilaman.

Siyosiy jarayonlarni anglash uchun avvalo axborot shovqinidan uzoqlashish va fundamental asoslarga tayanishni o'rganishimiz kerak.
Video Thumbnail
9680016
Photo
https://javonsher.uz/post/uyatli-xonadon-ramziy-jazo-mamuriy-ozboshimchalik
Xonadonlarga https://x.com/javonsher_r/status/1974489481521553686?s=46 ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlik haqidagi taxtachalarni yopishtirishdek ramziy rag‘batlantirish amaliyotining aksi o‘laroq, turli sabablarga ko‘ra mahalliy hokimiyat vakillari nazdida talablarni bajarmagan fuqarolarning eshigiga "Uyatli xonadon" yozuvli taxtachalar yopishtirish tashabbusi siyosiy-huquqiy tizimdagi jiddiy muammolarni yuzaga chiqaradi.

Ushbu amaliyotni shunchaki ma'muriy tizimdagi "sallani desa kallani olib kelish" sindromi sifatida emas, balki huquqiy davlat poydevoriga tahdid soluvchi tizimli oqibatlar nuqtai nazaridan tahlil qilish lozim.

#tahlil
8050010
Photo
https://javonsher.uz/post/qurilish-sohasidagi-noqonuniy-holatlar-va-nazorat-mexanizmlari-tahlili

OAVda va ijtimoiy tarmoqlarda ko'tarilayotgan asosiy masalalardan biri — nega bino qurib bo'lingunicha noqonuniy qurilish aniqlanmaydi?

Ruxsatnomasiz yoki loyihaga xilof ravishda qo'shimcha qavatlar qo'shib qurilgan obyektlar faqatgina rahbarlar tashrifidan so'ng, aniqrog'i bino qad rostlab bo'lganidan keyingina to'xtatilayotgani keng muhokama qilinmoqda. Ushbu paradoksning kelib chiqish sabablari mavjud normativ-huquqiy baza va amaliyotdagi statistik ma'lumotlar asosida tahlil qilinadi.

#tahlil
880001
Photo
ngbirinchi bobi (Bosniyadan Bag`dodgacha)da shunday jumlalar bor:

Frensis Fukuyamaning "Tarix intihosi?" nomli maqolasini e`lon qildi. Unda ta`kidlanishicha, dunyoda hali ham urushlar va qurolli qo`zg`olonlar sodir bo`lsa-da, Gegel nazariyasidagi tarix allaqachon tugagan, chunki liberal-demokratik tuzumdagi kapitalistik mamalakatlarning muvaffaqiyati insoniyat uchun qaysi boshqaruv shakli eng maqbul ekanligi haqidagi bahslarga yakun yasagan.

Bu jumlani tushunish uchun albatta ushbu maqolani o`qish undagi https://ru.wikipedia.org/wiki/Гегель,_Георг_Вильгельм_Фридрихning aytmoqchi bo`lgan fikrlarini anglash lozim bo`ladi.

Shu sababli https://ru.wikipedia.org/wiki/Фукуяма,_Фрэнсисning https://pages.ucsd.edu/~bslantchev/courses/pdf/Fukuyama-EndofHistory.pdf maqolasini o`zbek tiliga o`girdik va maqolani https://javonsher.uz/post/tarixning-intihosi sahifasida o`qishingiz mumkin.
942005
"Geografiya qasosi" bo‘yicha muhokamalarni boshlaymiz

Kitobni qo'lga olib, mutolaani boshlagan bo'lsangiz kerak. Robert Kaplanning bu asari shunday yozilganki, uning dastlabki sahifalaridanoq o'quvchida jiddiy savollar va murakkab o'ylar paydo bo'lishiga shubham yo'q.

Geosiyosiy haqiqatlar doim ham biz o'rganib qolgan qoliplarga tushavermaydi va doim ko'plab savollarni keltirib chiqaradi.

Shu sababli, o'qish jarayonida tug'ilgan, sizni qiziqtirgan yoki o'ylantirib qo'ygan barcha savollaringizni Substack'dagi chatimizda qoldirib borishingizni so'rayman.

Asarni o'qish davomida quruq mutolaa bilan cheklanmay, birgalikda qizg'in muhokamalar olib boramiz. Siyosiy jarayonlar va voqelikni pragmatik tahlil qiluvchi auditoriya sifatida, bu mavzudagi shaxsiy fikrlaringiz va yondashuvlaringiz men uchun juda muhim.

Keling, shunchaki o'qimaymiz — xarita va siyosat ortidagi asl ma'nolarni birgalikda chaqamiz. Savol va mulohazalaringizni chatda kutaman.

💬 https://open.substack.com/pub/javonsherrustamov/chat?r=2i7lgs&utm_medium=ios&utm_source=share
881004

Showing 30 of 40 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Javonsher Rustamov | Tahliliy Huquq Telegram kanali nima haqida?+

Javonsher Rustamov | Tahliliy Huquq (@javonsherlaw) — tgdio da Virusli videolar toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 1 519 obunachi bor.

Javonsher Rustamov | Tahliliy Huquq (@javonsherlaw) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @javonsherlaw ga bepul obuna bo‘ling.

Javonsher Rustamov | Tahliliy Huquq yaxshi Virusli videolar kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Javonsher Rustamov | Tahliliy Huquq reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 1 519 obunachi bor. O‘xshash Virusli videolar kanallar bilan solishtiring.

Javonsher Rustamov | Tahliliy Huquq statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @javonsherlaw sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.