Jondor tumani Kengashi Telegram channel photo

Jondor tumani Kengashi

@jondorkengashiPublic Channel

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining rasmiy telegram kanali

27

Last views

686 (686 subscribers)
A'zolar
—
Rating
28
Total Posts
Oct 16, 2026, 9:16 PM
Yangilangan
Apr 21, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameJondor tumani Kengashi
Username@jondorkengashi
CategoryKuzatuv kameralari (Spy Cam)
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar686
Channel TypePublic Channel
Created21-apr, 2026
Last Updated16-okt, 2026 • 6 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#5867-11
Til reytingi
#59O'zgarish yo'q
Toifa reytingi
#65-3

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 68630 Days growth: +26763.7%
09/1709/2209/2710/0210/0710/1210/16
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
17:09:2026419
18:09:2026419
19:09:2026722
20:09:2026722
21:09:2026722
22:09:2026722
23:09:2026722
24:09:2026722
25:09:2026722
26:09:2026722
27:09:2026722
28:09:2026722
29:09:2026722
30:09:2026722
01:10:2026722
02:10:2026722
03:10:2026722
04:10:2026722
05:10:2026722
06:10:2026722
07:10:2026722
08:10:2026722
09:10:2026722
10:10:2026722
11:10:2026722
12:10:2026722
13:10:2026722
14:10:2026722
15:10:2026722
16:10:2026686
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 20:04:2026382
Week of 27:04:2026382
Week of 04:05:2026381
Week of 11:05:2026381
Week of 18:05:2026381
Week of 25:05:2026381
Week of 01:06:2026381
Week of 08:06:2026381
Week of 15:06:2026381
Week of 22:06:2026381
Week of 29:06:2026381
Week of 06:07:2026390
Week of 13:07:2026390
Week of 20:07:2026390
Week of 27:07:2026390
Week of 03:08:2026390
Week of 10:08:2026390
Week of 17:08:2026427
Week of 24:08:2026427
Week of 31:08:2026426
Week of 07:09:2026419
Week of 14:09:2026722
Week of 21:09:2026722
Week of 28:09:2026722
Week of 05:10:2026722
Week of 12:10:2026686
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 2026382
May 2026381
June 2026381
July 2026390
August 2026426
September 2026722
October 2026686
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
2026686

So'nggi postlar

Jondor tumani Kengashi logo
Jondor tumani Kengashi

20-okt, 2026, 18:54

Photo1/2
#eʻtirof

Mulk huquqlari qonuniy tartibda eʻtirof etilmoqda

2026-yil 16-oktabr kuni хalq deputatlari viloyat Kengashining 35-sessiyasida qabul qilingan VII-35-92-2-0-K/26 qaror bilan tuman (shahar)larda yashovchi yana 1598 nafar fuqaroning oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlari eʻtirof etildi.

Natijada Jondor tumani boʻyicha oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ulardagi qurilmalarga nisbatan huquqlari tan olingan fuqarolar soni 2310 nafarga yetdi.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt
27000
Jondor tumani Kengashi logo
Jondor tumani Kengashi

20-okt, 2026, 18:46

Photo1/8
🔰Deputat so‘rovlari ijrosi va fuqarolar murojaatlari — deputatlik nazoratida

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov Jondor tumani hokimi o‘rinbosari, Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i X. Bafoyev bilan hamkorlikda deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida va asoslantirilgan javob qaytarish, saylovchilar murojaatlarini ijobiy hal etish masalalarini muhokama qildi.
➡️O‘rganish davomida kommunal tashkilotlar rahbarlariga yuborilgan deputat so‘rovlarining ijro holati, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqildi.
➡️Deputat I. Xolov murojaatlarni e’tiborsiz qoldirmaslik, har bir so‘rov yuzasidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda javob berish hamda ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechimiga erishish muhimligini ta’kidladi.
➡️Deputatlik nazorati — murojaatga javob berish bilangina cheklanmay, muammoning amalda hal etilishini ta’minlashni ham talab etadi. Shu bois mas’ul tashkilotlar faoliyatida ijro intizomini kuchaytirish va fuqarolar manfaatlarini ustuvor vazifa sifatida belgilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt
27000
Jondor tumani Kengashi logo
Jondor tumani Kengashi

20-okt, 2026, 17:42

Photo1/16
➡️1-son texnikumning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputat nazoratida

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati G‘. Hamroyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida “Zarafshon” mahallasi hududida joylashgan 1-son texnikumning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

➡️O‘rganish davomida ta’lim muassasasida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar va pedagoglar uchun qulay hamda xavfsiz sharoit yaratish, isitish tizimining sozligi va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.

➡️Deputat G‘. Hamroyev ta’lim muassasasida mavsumga tayyorgarlik ishlarini o‘z vaqtida va sifatli yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berdi.

➡️Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — ta’lim muassasalarida munosib sharoit yaratish va o‘quv jarayonining uzluksizligini ta’minlashdir.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt
38000
Jondor tumani Kengashi logo
Jondor tumani Kengashi

20-okt, 2026, 17:31

Photo1/2
🔰#munosabat

🇺🇿O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarning e’tirof etilishi muhim ahamiyatga ega.

🌏Prezidentimiz tomonidan Marko Rubioga “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni, Serjio Gorga esa “Do‘stlik” ordenining topshirilishi O‘zbekiston–AQSH munosabatlarida o‘zaro ishonch va do‘stlik mustahkamlanib borayotganining yorqin ifodasidir.

🌏Ishonchim komilki, bunday e’tirof va yuksak ishonch ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, xalqimiz manfaatlariga xizmat qiladigan yangi imkoniyatlarni yaratishga zamin bo‘ladi.

👉Ahmadov Behruz,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt
39000
Jondor tumani Kengashi logo
Jondor tumani Kengashi

20-okt, 2026, 17:28

Photo1/8
🔰Deputatlik maqomi va mas’uliyati — doimiy e’tiborda

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L. Behbudova tashabbusi bilan Zarafshon mahallasi hududida joylashgan 1-son texnikumda barcha deputatlar hamda tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi ishtirokida targ‘ibot yig‘ilishi o‘tkazildi.
🏦Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrdagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi 706-II-sonli Qonuni mazmun-mohiyati, uning ijrosini tumanda ta’minlash hamda deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
🏦Ta’kidlanganidek, deputatning o‘z huquq va vakolatlarini chuqur bilishi, saylovchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lishi, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganishi hamda ularning yechimi yuzasidan ta’sirchan deputatlik nazoratini amalga oshirishi muhim ahamiyatga ega.
🏦Shuningdek, deputatlik so‘rovlaridan samarali foydalanish, saylovchilar oldidagi mas’uliyatni yanada oshirish, qonunchilikda belgilangan vakolatlarni to‘liq ro‘yobga chiqarish borasida fikr va mulohazalar bildirildi.
🏦Yig‘ilish yakunida Qonun talablariga qat’iy rioya etish, deputatlik faoliyatida qonuniylik, ochiqlik va natijadorlikni ta’minlash, aholi muammolarini hal etishda deputatlik nazoratini kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
🏦Qonun ijrosi — mas’uliyat va natijadorlik garovi!

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt
47000
Jondor tumani Kengashi logo
Jondor tumani Kengashi

19-okt, 2026, 18:28

Photo1/2
🔰#munosabat

➡️Xalqaro investitsiyalar – iqtisodiy taraqqiyot va yangi imkoniyatlar omili

🏦Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Franklin Templeton” kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Jenni Jonson bilan uchrashuvi mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, davlat korxonalarini modernizatsiya qilish va korporativ boshqaruvni takomillashtirish yo‘lidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biridir.

🏦Deputat sifatida ta’kidlamoqchimanki, xalqaro moliyaviy hamkorlikning asosiy natijasi iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishi, yangi ish o‘rinlarining yaratilishi va aholi farovonligining oshishida namoyon bo‘lishi lozim.

🏦Shu bois, jalb etilayotgan investitsiyalarning samaradorligi, davlat korxonalari faoliyatining shaffofligi va iqtisodiy islohotlarning hududlar rivojiga ta’siri doimiy e’tiborda bo‘lishi zarur.

🏦Ishonamanki, xalqaro hamkorlikning kengayishi O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyatini mustahkamlash, iqtisodiy imkoniyatlarini yanada kengaytirish hamda xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Quvondiq Safarov,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining мahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt
81000
Jondor tumani Kengashi logo
Jondor tumani Kengashi

05-sen, 2026, 02:39

Photo
🔰#munosabat

🇺🇿Samarqandda dunyoning turli mamlakatlaridan yosh parlamentariylarni birlashtirgan XII global konferensiyaning o‘tkazilayotgani O‘zbekistonning parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish va yoshlarning siyosiy jarayonlardagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratayotganidan dalolatdir.
🌏Prezidentimiz tabrigining konferensiya ishtirokchilariga yetkazilishi ham yosh parlamentariylarga bildirilayotgan yuksak ishonch va e’tiborning yorqin ifodasidir.
🌏Bugungi yosh parlamentariylar — ertangi siyosiy qarorlar, ijtimoiy adolat va inson huquqlarini ta’minlash yo‘lidagi islohotlarning faol ishtirokchilari. Bunday xalqaro muloqotlar yosh avlodning tajriba almashishi, yangi tashabbuslarni ilgari surishi va global muammolarga birgalikda yechim topishi uchun muhim maydon yaratadi.
🌏Ishonamanki, Samarqanddagi ushbu konferensiya yosh parlamentariylarning salohiyatini yanada namoyon etish, parlamentlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va yoshlarning ovozini xalqaro maydonda yanada kengroq eshittirishga xizmat qiladi.

I.Xolov, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati
https://kengash.gov.uz/news/55191🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉 ▶️ https://www.youtube.com/@XalqdeputatlariJondortumaniKen 📷 http://www.instagram.com/xdtkjondor2023 🗳 http://www.fb.com/xalq.deputatlari.jondor.tumani.kengashi🌐 https://kengash.gov.uz/news/56488
20000
Jondor tumani Kengashi logo
Jondor tumani Kengashi

05-sen, 2026, 02:39

Photo
🔰Elektr ta’minotidagi muammo deputat e’tiborida

⚡️Fuqarolarning murojaat va takliflarini o‘rganish, aholini qiynayotgan muammolarni joyida aniqlash va ularning yechimini ta’minlash — xalq deputatlari Kengashi deputatlarining muhim vazifalaridan biridir.
⚡️Shu maqsadda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov tomonidan Zarafshon MFY Xalqobod ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholining elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammosi o‘rganildi.
⚡️O‘rganishlar davomida mazkur hududda elektr energiyasi ta’minotida yuzaga kelayotgan muammolar aholi uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarayotgani aniqlandi.
⚡️Mazkur masalani ijobiy hal etish, hududda elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida deputat I. Xolov tomonidan tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari O. Usmonov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
⚡️Deputatlik so‘rovida Xalqobod ko‘chasidagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.
⚡️Mazkur masalaning ijobiy hal etilishi hudud aholisining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini yanada sifatli qondirish, ta’minot barqarorligini ta’minlash va fuqarolarning kundalik turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi.
⚡️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlariga e’tibor qaratish, mavjud muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
https://kengash.gov.uz/news/55191🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉 ▶️ https://www.youtube.com/@XalqdeputatlariJondortumaniKen 📷 http://www.instagram.com/xdtkjondor2023 🗳 http://www.fb.com/xalq.deputatlari.jondor.tumani.kengashi🌐 https://kengash.gov.uz/news/56488
21000
Jondor tumani Kengashi logo
Jondor tumani Kengashi

05-sen, 2026, 02:39

Photo
🔰E’tibor va ko‘mak — inson qadri uchun

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini hal etishga ko‘maklashish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
🔵Shu maqsadda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati E.Tursunov Luҡmon MFY, Luҡmon qishlog‘ida yashovchi, «Ayollar daftari»ga kiritilgan M.Sharipovaning xonadondagi sharoitini o‘rgandi.
O‘rganish davomida fuqaroning uy-joyini ta’mirlash va yashash sharoitini yaxshilash uchun qurilish materiallariga ehtiyoj borligi aniqlandi.
🔵Mazkur masalani ijobiy hal etish maqsadida deputat E.Tursunov tomonidan tuman hokimi o‘rinbosari Sh.Raxmonova nomiga deputatlik so‘rovi yuborilib, M.Sharipovaning uy-joyini ta’mirlash uchun zarur qurilish materiallari bilan ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatish so‘raldi.
🔵Deputatlik so‘rovi orqali aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning munosib turmush sharoitini ta’minlashga qaratilgan amaliy choralarni kuchaytirish ko‘zda tutilgan.
🔵Zero, inson qadrini ulug‘lash, ehtiyojmand oilalar muammosiga befarq bo‘lmaslik va har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini anglash — deputatlik faoliyatining muhim mezonidir.
https://kengash.gov.uz/news/55191🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉 ▶️ https://www.youtube.com/@XalqdeputatlariJondortumaniKen 📷 http://www.instagram.com/xdtkjondor2023 🗳 http://www.fb.com/xalq.deputatlari.jondor.tumani.kengashi🌐 https://kengash.gov.uz/news/56488
26000
Jondor tumani Kengashi logo
Jondor tumani Kengashi

05-sen, 2026, 02:39

Photo
📌 Kambag‘allikdan chiqarish — e’tibor va amaliy yondashuvni talab etadi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati N.Fatullayeva hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov hamkorligida Zarafshon mahallasida aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔹 O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, ularni daromadli mehnatga jalb etish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ehtiyojmand oilalarga ko‘mak ko‘rsatish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
🔹 Shuningdek, fuqarolarning muammo va takliflari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Asosiy maqsad — har bir xonadonning daromadini oshirish, aholi farovonligini ta’minlash va oilalarni kambag‘allikdan chiqarishdir.
https://kengash.gov.uz/news/55191🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉 ▶️ https://www.youtube.com/@XalqdeputatlariJondortumaniKen 📷 http://www.instagram.com/xdtkjondor2023 🗳 http://www.fb.com/xalq.deputatlari.jondor.tumani.kengashi🌐 https://kengash.gov.uz/news/56488
78000
Jondor tumani Kengashi logo
Jondor tumani Kengashi

05-sen, 2026, 02:39

Photo
🔰Narx-navo va mahsulotlar yetarliligi — deputatlar e’tiborida

♻️Bozordagi narx-navo — aholi turmush farovonligiga bevosita ta’sir qiladigan muhim masalalardan biri. Shu bois, aholining kundalik ehtiyojlari uchun zarur mahsulotlar narxlarining barqarorligi, bozordagi mahsulotlar yetarliligi hamda iste’molchilar uchun munosib sharoit yaratilishi deputatlar e’tiborida bo‘lib kelmoqda.
♻️Shu maqsadda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi H.Karayeva hamda doimiy komissiya a’zolari tomonidan bozorda aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlarning narx-navolari va yetarliligi holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
♻️O‘rganish jarayonida kundalik ehtiyojdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari, savdo rastalaridagi mahsulotlar zaxirasi hamda aholi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
♻️Shuningdek, sotuvchilar va xaridorlar bilan muloqot qilinib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
♻️Aholi dasturxoni to‘kinligi, narxlar barqarorligi va iste’mol bozorida yetarlilikni ta’minlash — xalq deputatlari nazoratidagi muhim vazifalardan biridir.
https://kengash.gov.uz/news/55191🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉 ▶️ https://www.youtube.com/@XalqdeputatlariJondortumaniKen 📷 http://www.instagram.com/xdtkjondor2023 🗳 http://www.fb.com/xalq.deputatlari.jondor.tumani.kengashi🌐 https://kengash.gov.uz/news/56488
95000
Jondor tumani Kengashi logo
Jondor tumani Kengashi

26-apr, 2026, 19:31

Photo
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 27-30-aprel va 1-may kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi ⚡️⚡️

✔️27-aprel kuni
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishini tashkil qilish va xujjatlarini rasmiylashtirish.
Masʼul: R.Murodov

✔️28-aprel kuni
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishini tashkil qilish va xujjatlarini rasmiylashtirish.
Masʼul: J.Norov

✔️29-aprel kuni
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 26-sessiyasini o‘tkazish.
Masʼul: I.Xolov, R.Murodov , J.Norov.

✔️30-aprel kuni
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 26-sessiyasi hujjatlarini rasmiylashtirish.
Masʼul: I.Xolov, R.Murodov, J.Norov

✔️1-may kuni
Hududdagi investitsiyalar boʻyicha holatini joyiga chiqib o‘rganish.
Masʼul: R.Murodov

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉 ▶️ https://www.youtube.com/@XalqdeputatlariJondortumaniKen 📷 http://www.instagram.com/xdtkjondor2023 🗳 http://www.fb.com/xalq.deputatlari.jondor.tumani.kengashi🌐 https://kengash.gov.uz/news/33482
107000
Jondor tumani Kengashi logo
Jondor tumani Kengashi

26-apr, 2026, 19:31

Photo
🔽#sessiya_26

⚡️RASMIY XABAR

🇺🇿Joriy yilning 29-aprel kuni soat 10:00da tuman hokimligi binosining katta majlislar zalida Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi oʻtkaziladi.
Sessiya kun tartibidan...
- Jondor tumanida 1-choragi davomida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Nosirovning hisoboti;
- Jondor tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida 2025-yil yakunlari hamda 2026-yil birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar;
- Jondor tumanida 2026-yil 1-choragi davomida tumandagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jondor tumanidagi Xalq qabulxonasining axboroti;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-47-sonli qarorining Jondor tumanida ijrosi;
- Jondor tumani hududidagi ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash;
- Jondor tumani mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish ;
- Jondor tumani budjetining qo‘shimcha manbalarini aniqlash hamda ulardan foydalanishni tartibga solishni takomillashtirish kabi masalalari o‘rin olgan.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇

👉 ▶️ https://www.youtube.com/@XalqdeputatlariJondortumaniKen 📷 http://www.instagram.com/xdtkjondor2023 🗳 http://www.fb.com/xalq.deputatlari.jondor.tumani.kengashi🌐 https://kengash.gov.uz/news/30437
98000
Jondor tumani Kengashi logo
Jondor tumani Kengashi

26-apr, 2026, 19:31

Photo
#hafta_ichida

🗓Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida (20-24-aprel)

🔸20.04.2026 y

🔸21.04. 2026 y

🔸22.04. 2026 y .

🔸23.04. 2026 y

🔸24.04. 2026 y
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉 ▶️ https://www.youtube.com/@XalqdeputatlariJondortumaniKen 📷 http://www.instagram.com/xdtkjondor2023 🗳 http://www.fb.com/xalq.deputatlari.jondor.tumani.kengashi🌐 https://kengash.gov.uz/news/34944
109000
Jondor tumani Kengashi logo
Jondor tumani Kengashi

26-apr, 2026, 19:31

Photo
🔽Saylovchilar bilan ochiq muloqot — muammolar va yechimlar muhokama markazida⚡️

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 5-Oydin saylov okrugidan saylangan deputat O.Muzaffarova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov hamkorligida tumandagi 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
✔️Mazkur uchrashuvda “Oydin” mahalla yettiligi vakillari, mahalla hokim yordamchisi hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Tadbir davomida hududda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, ayniqsa aholini kambagʻallikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
✔️Mahalla hokim yordamchisi tomonidan taqdim etilgan hisobotda oilalarni daromad manbai bilan ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunar o‘rgatish va subsidiya berish asosida qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida erishilgan natijalar alohida ta’kidlandi. Shuningdek, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularga manzilli yordam ko‘rsatish va doimiy monitoring olib borish tizimi haqida ham batafsil ma’lumot berildi.
✔️Uchrashuv jarayonida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar, taklif va mulohazalarini ochiq bayon etdilar. Saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaatlar belgilangan tartibda o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
✔️Tadbir yakunida aholi bilan bunday ochiq va samimiy muloqotlar hududlarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etishi alohida qayd etildi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉 ▶️ https://www.youtube.com/@XalqdeputatlariJondortumaniKen 📷 http://www.instagram.com/xdtkjondor2023 🗳 http://www.fb.com/xalq.deputatlari.jondor.tumani.kengashi🌐 https://kengash.gov.uz/news/35280
109000
Jondor tumani Kengashi logo
Jondor tumani Kengashi

26-apr, 2026, 19:31

Photo
TABRIKLAYMIZ!

🔹Bugun hurmatli deputatimiz Behruz Ahmadov tavallud topgan kun.

🔹Shukrona kun  munosabati bilan
Sizga, mustahkam sogʻlik, uzoq umr, oilaviy baxt saodat, yurtimiz rivoji va taraqqiyoti yoʻlidagi kelgusi ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Hurmat va ehtirom ila, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati jamoasi

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉 ▶️ https://www.youtube.com/@XalqdeputatlariJondortumaniKen 📷 http://www.instagram.com/xdtkjondor2023 🗳 http://www.fb.com/xalq.deputatlari.jondor.tumani.kengashi🌐 https://kengash.gov.uz/news/34944
126000
Jondor tumani Kengashi logo
Jondor tumani Kengashi

26-apr, 2026, 19:31

Photo
🔽#Sayyor qabul ⚡️

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L.Behbudova hamda tuman hokimi J.Xudoyevlar hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasida fuqarolarning sayyor qabuli tashkil etildi.
✔️Mazkur sayyor qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarga tezkor va samarali yechim topishdan iboratdir. Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, uy-joy, bandlik, kommunal xizmatlar, yer va mulk masalalariga oid bir qator murojaatlar bildirildi.
✔️Mutasaddi rahbarlar har bir murojaatni alohida o‘rganib, ularning qonuniy yechimini ta’minlash bo‘yicha tegishli tashkilot va idoralarga aniq topshiriqlar berdilar. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olindi.
✔️Shuningdek, sayyor qabul davomida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi. Bu kabi uchrashuvlar fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, joylardagi muammolarni tizimli hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
✔️Jondor tumanida bunday sayyor qabullarni muntazam ravishda tashkil etish orqali aholi dardini eshitish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉 ▶️ https://www.youtube.com/@XalqdeputatlariJondortumaniKen 📷 http://www.instagram.com/xdtkjondor2023 🗳 http://www.fb.com/xalq.deputatlari.jondor.tumani.kengashi🌐 https://kengash.gov.uz/news/35267
120000
Jondor tumani Kengashi logo
Jondor tumani Kengashi

26-apr, 2026, 19:31

Photo
“Ayollar daftari” 7-bosqichini shakllantirish jarayonlari o‘rganildi

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 1-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat I.Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Norovlar tomonidan tumanda “Ayollar daftari”ning 7-bosqichini shakllantirish jarayonlari o‘rganildi.
✔️O‘rganish davomida mazkur ro‘yxatni shakllantirish, ma’lumotlarni to‘plash hamda ularni elektron platformaga yuklash ishlari bilan yaqindan tanishildi. Jarayonlarda aniqlik va shaffoflikni ta’minlash, ehtiyojmand xotin-qizlarni to‘g‘ri aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✔️Shuningdek, mutasaddi xodimlarga hujjatlarni belgilangan tartib asosida rasmiylashtirish va ularni o‘z vaqtida Xalq deputatlari tuman Kengashiga taqdim etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Mazkur ishlar xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉 ▶️ https://www.youtube.com/@XalqdeputatlariJondortumaniKen 📷 http://www.instagram.com/xdtkjondor2023 🗳 http://www.fb.com/xalq.deputatlari.jondor.tumani.kengashi🌐 https://kengash.gov.uz/news/34944
135000
Jondor tumani Kengashi logo
Jondor tumani Kengashi

21-apr, 2026, 04:32

Photo
🔽#deputat_faoliyati ⚡️

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov hamda tuman elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i O.Usmonovlar hamkorligida aholidan kelib tushayotgan murojaatlar asosida elektr ta’minoti sohasidagi dolzarb muammolar tahlil qilindi.
✔️Xususan, 2026 yil davomida deputatlar tomonidan tuman elektr ta’minoti korxonasi faoliyatiga oid jami 11 ta deputat so‘rovi kiritilgan bo‘lib, mazkur so‘rovlarning ijrosi atroflicha ko‘rib chiqildi. Tahlillar davomida elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar, texnik nosozliklar, tarmoqlarni modernizatsiya qilish zarurati kabi masalalar asosiy muammolar sifatida qayd etildi.
✔️Mas’ullar tomonidan har bir deputat so‘rovi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va hali yechim talab etayotgan masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusida bunday muammolarni bartaraf etish, aholiga sifatli va uzluksiz elektr ta’minotini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
✔️Bu kabi tahliliy o‘rganishlar hududdagi muammolarni tizimli hal etishga, aholi murojaatlariga tezkor va samarali javob qaytarishga xizmat qiladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉 ▶️ https://www.youtube.com/@XalqdeputatlariJondortumaniKen 📷 http://www.instagram.com/xdtkjondor2023 🗳 http://www.fb.com/xalq.deputatlari.jondor.tumani.kengashi🌐 https://kengash.gov.uz/news/34004
62000
Jondor tumani Kengashi logo
Jondor tumani Kengashi

21-apr, 2026, 04:32

Photo
🔽#doimiy komissiya faoliyati ⚡️

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi O.Sherov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolovlar tomonidan doimiy komissiya ishini hamkorlikda samarali tashkil etish yuzasidan hujjatlar tahlil qilindi.
✔️Doimiy komissiya hujjatlari bilan tizimli ishlash, uning faolligini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tasdiqlangan ish reja asosida nazorat tadbirlarini izchil amalga oshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
✔️Doimiy komissiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida hisobot berib borishga kelishib olindi. Bu esa ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, shu bilan birga komissiya faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
✔️Shu bilan birga doimiy komissiyasi raisi O.Sherov “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan Yoshlar ishlari tuman bo‘limi boshlig‘i L.Ro‘ziyev nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉 ▶️ https://www.youtube.com/@XalqdeputatlariJondortumaniKen 📷 http://www.instagram.com/xdtkjondor2023 🗳 http://www.fb.com/xalq.deputatlari.jondor.tumani.kengashi🌐 https://kengash.gov.uz/news/34004
71000
Jondor tumani Kengashi logo
Jondor tumani Kengashi

21-apr, 2026, 04:32

Photo
🔽#deputat_faoliyati ⚡️

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 23-Ko‘liyon saylov okrugidan saylangan deputat U.Ro‘ziyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov, bosh mutaxassis R.Murodovlar “Hazorman” mahallasida bo‘lib, saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
✔️Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan muammolar, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va ularni hal etish yuzasidan takliflar muhokama qilindi. Shuningdek, mahallada yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratilib, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi hisobot tinglandi.
✔️Muloqot jarayonida yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholandi. Shu bilan birga, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
✔️Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, saylovchilar murojaatlari yuzasidan tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari O.Usmonov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉 ▶️ https://www.youtube.com/@XalqdeputatlariJondortumaniKen 📷 http://www.instagram.com/xdtkjondor2023 🗳 http://www.fb.com/xalq.deputatlari.jondor.tumani.kengashi🌐 https://kengash.gov.uz/news/34004
99000
Jondor tumani Kengashi logo
Jondor tumani Kengashi

21-apr, 2026, 04:32

Photo
🔽#deputat_faoliyati ⚡️

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 3-Romish saylov okrugidan saylangan deputat R.Bozorova hamda tuman Kengashi deputati Sh.Boboyevlar Oqtepa mahallasida bo‘lib, “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Uchrashuv davomida aholini ijtimoiy himoya qilish, ayniqsa ehtiyojmand fuqarolarga manzilli yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.
✔️O‘rganishlar natijasida 1964 yilda tug‘ilgan fuqaro Fozilova Bibigul Ashurovnaning sog‘ligi holati inobatga olinib, belgilangan tartib asosida 2-guruh nogironligidan 1-guruh nogironligiga o‘tkazilganligi, uning parvarishi uchun F.Hroyeva rasman qarovchi sifatida biriktirilganligi joyida borib ko‘rildi.
✔️Mazkur amaliy ishlar aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇

👉 ▶️ https://www.youtube.com/@XalqdeputatlariJondortumaniKen 📷 http://www.instagram.com/xdtkjondor2023 🗳 http://www.fb.com/xalq.deputatlari.jondor.tumani.kengashi🌐 https://kengash.gov.uz/news/34004
119000
Jondor tumani Kengashi logo
Jondor tumani Kengashi

21-apr, 2026, 04:32

Photo
TAVALLUD KUN!

🗓 18-aprel - Hurmatli deputatimiz Nilufar Baxtiyorovna tavallud topgan kun!

Deputatimizni Xalq deputatlari tuman kengashi jamoasi nomidan  mazkur sana bilan qutlab, uzoq umr, sihat-salomatlik tilab, doimo chehrangizdan tabassum aslo arimasligini kunlaringiz baxtiyor onlardan iborat bo'lishini chin yurakdan tilab qolamiz!

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇

👉 ▶️ https://www.youtube.com/@XalqdeputatlariJondortumaniKen 📷 http://www.instagram.com/xdtkjondor2023 🗳 http://www.fb.com/xalq.deputatlari.jondor.tumani.kengashi🌐 https://kengash.gov.uz/news/33482
176000
Jondor tumani Kengashi logo
Jondor tumani Kengashi

21-apr, 2026, 04:32

Photo
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 20-24-aprel kunlariga moʻljallangan ish rejasi bilan tanishing. ⚡️⚡️⚡️

✔️20-aprel kuni
“Hazorman” MFY da saylovchilar bilan uchrashish va yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi yuzasidan hisobotini eshitish.
Masʼul: I.Xolov

✔️21-aprel kuni
“Qovchin” mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga koʻrsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash haqida hisobotini eshitish.
Masʼul: R.Murodov

✔️22-aprel kuni
Shu oyda sessiyaga kiritiladigan masalalarni qoida tariqasida joyiga chiqib oʻrganish.
Masʼul: J.Norov, tegishli doimiy komissiyalar

✔️23-aprel kuni
Parklar, hiyobonlar, bogʻlarning holatini joyiga chiqib oʻrganish .
Masʼul: I.Xolov, R.Murodov

✔️24-aprel kuni
“Oydin” MFY da saylovchilar bilan uchrashish, hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambagʻallikdan chiqarish bo‘yicha hisobotini eshitish.
Masʼul: J.Norov

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇

👉 ▶️ https://www.youtube.com/@XalqdeputatlariJondortumaniKen 📷 http://www.instagram.com/xdtkjondor2023 🗳 http://www.fb.com/xalq.deputatlari.jondor.tumani.kengashi🌐 https://kengash.gov.uz/news/33482
205000
Jondor tumani Kengashi logo
Jondor tumani Kengashi

21-apr, 2026, 04:32

Photo
#hafta_ichida

🗓Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida (13-17-aprel)


🔸13.04.2026

🔸14.04.2026

🔸15.04.2026

🔸16.04.2026

🔸17.04.2026 https://t.me/XDBVK

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʻzo boʻling!👇👇👇

👉 ▶️ https://www.youtube.com/@XalqdeputatlariJondortumaniKen 📷 http://www.instagram.com/xdtkjondor2023 🗳 http://www.fb.com/xalq.deputatlari.jondor.tumani.kengashi🌐 https://kengash.gov.uz/news/33482
145000

Showing 28 of 28 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Jondor tumani Kengashi Telegram kanali nima haqida?+

Jondor tumani Kengashi (@jondorkengashi) — tgdio da Kuzatuv kameralari (Spy Cam) toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 686 obunachi bor.

Jondor tumani Kengashi (@jondorkengashi) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @jondorkengashi ga bepul obuna bo‘ling.

Jondor tumani Kengashi yaxshi Kuzatuv kameralari (Spy Cam) kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Jondor tumani Kengashi reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 686 obunachi bor. O‘xshash Kuzatuv kameralari (Spy Cam) kanallar bilan solishtiring.

Jondor tumani Kengashi statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @jondorkengashi sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.