Koson.uz | Koson tumani hokimligi Telegram channel photo

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

@kosontumani_uzPublic Channel

Qashqadaryo viloyati Koson tumani hokimligining rasmiy telegram kanaliga xush kelibsiz! Tuman hayotiga oid aniq, xolis va tezkor xabarlarni birinchi bizda kuzating! Sayt: https://gov.uz/uz/koson Korrupsiya haqida xabar bering: @xabaryoz

2.1k

Last views

9.8k (9,837 subscribers)
A'zolar
—
Rating
58
Total Posts
Oct 22, 2026, 6:08 AM
Yangilangan
Apr 5, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameKoson.uz | Koson tumani hokimligi
Username@kosontumani_uz
CategoryDunyo yangiliklari
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar9,837
Channel TypePublic Channel
Created5-apr, 2026
Last Updated22-okt, 2026 • 2 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#368716-834
Til reytingi
#1826-13
Toifa reytingi
#3057-3

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 9.8K30 Days growth: -2242.2%
09/2309/2810/0310/0810/1310/1810/22
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
23:09:202610,061
24:09:202610,061
25:09:202610,061
26:09:202610,061
27:09:202610,061
28:09:202610,061
29:09:202610,061
30:09:202610,061
01:10:202610,061
02:10:202610,061
03:10:202610,061
04:10:202610,061
05:10:202610,061
06:10:202610,061
07:10:202610,061
08:10:202610,061
09:10:202610,061
10:10:202610,061
11:10:202610,061
12:10:202610,061
13:10:202610,061
14:10:20269,891
15:10:20269,891
16:10:20269,891
17:10:20269,891
18:10:20269,891
19:10:20269,891
20:10:20269,891
21:10:20269,891
22:10:20269,837
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 30:03:202610,048
Week of 06:04:202610,022
Week of 13:04:202610,022
Week of 20:04:202610,022
Week of 27:04:20269,964
Week of 04:05:20269,964
Week of 11:05:20269,910
Week of 18:05:20269,910
Week of 25:05:20269,910
Week of 01:06:20269,877
Week of 08:06:20269,877
Week of 15:06:20269,877
Week of 22:06:20269,877
Week of 29:06:20269,743
Week of 06:07:20269,743
Week of 13:07:20269,743
Week of 20:07:20269,651
Week of 27:07:20269,651
Week of 03:08:20269,848
Week of 10:08:20269,848
Week of 17:08:20269,855
Week of 24:08:202610,119
Week of 31:08:202610,119
Week of 07:09:202610,099
Week of 14:09:202610,061
Week of 21:09:202610,061
Week of 28:09:202610,061
Week of 05:10:202610,061
Week of 12:10:20269,891
Week of 19:10:20269,837
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20269,964
May 20269,910
June 20269,743
July 20269,651
August 202610,119
September 202610,061
October 20269,837
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20269,837

So'nggi postlar

Video
Davlatimiz rahbariga Yangi Qarshi loyihasi va Qarshi davlat universitetining talabalarga xizmat ko‘rsatish markazi taqdimot qilindi.
—
Главе нашего государства представлены проект Нового Карши и центр обслуживания студентов Каршинского госуниверситета.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2,120004
Photo1/2
Qashqadaryo aholisi ko‘paygani sari zamonaviy uy-joylarga talab ham ortib bormoqda. Shu bois, Qarshi shahri, Ko‘kdala va Qarshi tumani chegarasida 5 ming gektar maydonda 500 ming aholiga mo‘ljallangan Yangi Qarshi shahri barpo etiladi. Qarshi tumanidagi kanal bo‘yida esa 235 gektarlik “Yangi Nasaf” ekomajmuasining qurilishi boshlanadi.

Nufuzli arxitektura kompaniyalari jalb etilib, ikki oyda ilg‘or shaharsozlik yechimlarini qamrab olgan bosh reja ishlab chiqiladi. Uni tayyorlash uchun dastlab 20 milliard so‘m ajratiladi. Yangi hududlarda ko‘p qavatli binolar, savdo va biznes markazlari, uy-joylar “yashil” va “aqlli” shahar tamoyillari asosida quriladi.

Viloyatda ko‘chat ekish va yashil hududlarni ko‘paytirish bo‘yicha ham “Qashqadaryo tajribasi” yaratiladi. Har yili Navro‘z arafasida “Eng yashil mahalla” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar elektromobil hamda boshqa qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Yig‘ilish yakunida viloyat va tumanlar hokimlarining axboroti tinglandi, faollar bilan muloqot qilindi.

Facebook|Instagram|X
2,180008
Photo1/2
Qashqadaryo yoshlari taʼlim va intellektual musobaqalarda yuqori natijalarga erishmoqda. Qarshi shahridagi Prezident maktabi “Cambridge” imtihonlarida 98 foiz natija bilan respublikada birinchi bo‘ldi. Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari “Zakovat” turnirida g‘olib chiqdi.

Kosonlik 11-sinf o‘quvchisi Murodjon Xalimov SAT imtihonida maksimal 1600 ballni qo‘lga kiritdi. Davlatimiz rahbari bunday iqtidorli yoshlar ko‘pligini, ularga aniq fanlarni xorijiy tillarda o‘rgatish imkoniyati yaratilsa, yuqori natijalar har bir tumanda bo‘lishini taʼkidladi. Kelasi yildan barcha tumanlarda bittadan maktabda aniq fanlarni chet tilida o‘qitish boshlanadi.

Shu bilan birga, o‘zbekistonlik yoshlar robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi. Yil yakunigacha har bir tumanda robototexnika to‘garagi ochilib, jihozlanadi. Har yili mart oyida o‘quvchilar o‘rtasida viloyat chempionati o‘tkaziladi. Birinchi o‘rin egasiga 30 million, ikkinchi o‘ringa 20 million, uchinchi o‘ringa 10 million so‘m mukofot beriladi.

Facebook|Instagram|X
1,970002
Photo1/2
Prezidentimiz Qarshi shahridagi Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi tajribasiga to‘xtaldi. Uning 32 nafar ustasi yaqinda Germaniyada malaka oshirib qaytdi va hozir viloyatdagi 57 ta texnikum ustalariga o‘z bilimlarini yetkazmoqda.

Har yili 10-11-sinflarning 2,5 ming nafar o‘quvchisi mazkur texnikumda hunar o‘rganib, attestat bilan birga kasbiy sertifikat ham oladi. Germaniyalik o‘qituvchilar esa yiliga 1,5 ming yoshga nemis tili va kasb o‘rgatmoqda.

Davlatimiz rahbari loyihaning birinchi bitiruvchilari bilan suhbatlashganini aytdi. Ularga Yevropada oyiga 3-5 ming yevro maosh to‘lanadigan ish o‘rinlari taklif qilinmoqda.

Endi tumanlardagi maktab o‘quvchilarini Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va yangicha metodika asosida ishlayotgan 57 ta texnikumga jalb qilishning aniq yo‘nalishlarini ishlab chiqishga topshiriq berildi.

Facebook|Instagram|X
1,880004
Photo1/2
Qashqadaryoga yiliga 6 million turist jalb qilish uchun barcha imkoniyat bor. Yil boshidan viloyatga 2,5 million sayyoh kelgan, birgina G‘elon qishlog‘iga tashrif buyurganlar soni 500 mingga yetgan.

Tatariston bilan hamkorlikda G‘elondagi tog‘-chang‘i kurortining birinchi bosqichini kelasi yil ishga tushirish rejalashtirilgan. Tabiati bilan G‘elonga o‘xshash Chiroqchidagi Tarag‘ay, Kitobdagi Bashir va Yakkabog‘dagi Tatar qishloqlarini ham etnoturizm markazlariga aylantirish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tildi. Shahrisabz tumanidagi Sayyod va Suvtushar qishloqlarida tog‘ daryolari negizida rafting va sport turizmini rivojlantirish mumkin.

Mutasaddilarga ushbu olti qishloq bo‘yicha bir oyda master-reja tayyorlab, 1-martdan 50 million dollarlik loyihalarni boshlash topshirildi.

Shuningdek, har bahor G‘uzorda “Lola va kabob”, Ko‘kdalada “Chiyal yaxna” gastronomik festivallarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

Facebook|Instagram|X
1,840003
Photo1/2
Prezidentimiz banklar aholi va tadbirkorlar loyihalariga resurs yetkazishda amaliy natija ko‘rsatishi zarurligini taʼkidladi. Andijonda kreditni faqat garovga bog‘lamasdan, pul oqimi va aniq buyurtmaga qarab ajratish uchun 20 ta yangi moliyaviy mahsulot yaratish topshirilgan edi. Mazkur yondashuv Qashqadaryoda ham natija berishi kerak.

Banklar faoliyati yangi mahsulotlar soni bilan emas, ular yordamida resurs olgan korxonalar va biznesning o‘sishi bilan baholanadi.

Kreditlashdagi ortiqcha talablarni bekor qilish vazifasi qo‘yildi. Hozir kredit olish uchun 102 turdagi hujjat so‘ralmoqda. Shularning 53 tasi axborot tizimlarida mavjud, yana 22 tasining kreditga aloqasi yo‘q.

Bu o‘zgarishlar mahallalardagi tashabbuslarni moliyalashtirish va yangi ish o‘rinlari yaratishni tezlashtirishi kerakligi qayd etildi.

Facebook|Instagram|X
1,880005
Photo1/2
Qamashi tumanidagi Chim mahallasi zamonaviy mahalla qanday bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib berdi. Bu yerda 640 o‘rinli maktab, 240 o‘rinli bog‘cha qurildi, oilaviy poliklinika jihozlandi. Yangi mahalla binosi, yoshlar markazi, sport majmuasi va istirohat bog‘i barpo etildi.

Eng muhimi, mahallada kambag‘al oila ham, ishsiz aholi ham qolmagani taʼkidlandi. Prezidentimiz kelgusi yil Mustaqillik bayramigacha ushbu tajriba asosida har bir tumanda ikkitadan zamonaviy mahalla markazini tashkil etish vazifasini qo‘ydi.

Mirishkor tumanida ham Chim tajribasi qo‘llanadi. Bu yerda 20 gektarda limonchilik issiqxonalari, yana 30 gektarda intensiv baliqchilik xo‘jaligi va 50 gektarda bodom bog‘i tashkil etiladi.

Bahorda ijaraga berilgan yerlarning 8 ming gektarida intensiv bog‘lar, 3 ming gektarida issiqxonalar barpo etiladi. Qolgan 11 ming gektarda kooperatsiya asosida yuqori daromadli ekinlar yetishtiriladi. Mutasaddilarga har bir tumanda bu ishlarni boshlash topshirildi.

Facebook|Instagram|X
1,840003
Photo1/2
Qashqadaryoda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ham yirik loyihalar amalga oshiriladi. Osiyo taraqqiyot banki bilan A-380 avtomobil yo‘lining viloyatdan o‘tuvchi 100 kilometr qismini rekonstruksiya qilish boshlanadi. Loyiha qiymati 350 million dollar.

Qarshi shahrining aylanma yo‘li 5,5 kilometrga uzaytirilib, mazkur magistralga ulanadi. Masʼullarga texnik-iqtisodiy asoslarni shu yil yakunlab, yanvardan qurilishga kirishish topshirildi.

“Qarshi – Pomuq” va “G‘uzor – Beynau” yo‘llaridagi temir yo‘l kesishmalarida poyezd o‘tayotgan vaqtda katta tirbandlik yuzaga kelmoqda. Bu joylarda qiymati 250 milliard so‘m bo‘lgan ikkita zamonaviy yo‘l o‘tkazgich quriladi.

Facebook|Instagram|X
1,810005
Photo1/2
Davlatimiz rahbari Qashqadaryo uchun eng dolzarb masalalardan biri aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash ekanini ta’kidladi.

Joriy yil ajratilgan 1 trillion so‘m hisobidan 747 kilometr suv va kanalizatsiya tarmog‘i hamda 43 ta inshoot qurilishini ikki oyda yakunlash topshirildi. Natijada 200 ming aholi toza ichimlik suvidan bahramand bo‘ladi.

Hisorak suv omboridan Qarshi shahri, Qamashi, G‘uzor va Qarshi tumaniga tarmoq tortish loyihasini boshlash uchun 100 milliard so‘m ajratildi. Yana 210 million dollar jalb etib, loyihani sifatli amalga oshirish vazifasi qo‘yildi. B orqali 350 ming aholi toza suv bilan ta’minlanadi.

Nishon, Kasbi, Mirishkor, Muborak va Qarshi tumanidagi yana 700 ming aholining suv ta’minotini yaxshilash maqsadida Tolimarjon – Muborak suv tizimini rekonstruksiya qilish loyihasi boshlanmoqda. Uning texnik-iqtisodiy asoslarini 1-aprelgacha yakunlash va loyihaga 150 million dollar jalb etish rejalashtirilgan.

Facebook|Instagram|X
1,870008
Photo1/2
Kosmik ma’lumotlar asosida Qashqadaryoda foydalanishga kiritish mumkin bo‘lgan yana 30 ming gektar yer aniqlandi. Uning eng katta qismi Muborak, Koson va Ko‘kdalaga to‘g‘ri keladi. Nishon, Qamashi, Qarshi, Mirishkor, G‘uzor, Yakkabog‘, Kitob, Chiroqchi va Shahrisabzda ham qo‘shimcha maydonlar o‘zlashtiriladi. Bu ishga Misrdan o‘n nafar doimiy maslahatchi jalb etiladi.

Prezidentimiz Qashqadaryoda ekin maydonlariga suv yetkazish murakkab va qimmatga tushayotganiga e’tibor qaratdi.

Kelasi yil 265 kilometr kanal betonlashtiriladi, 20 ta nasos yangilanadi. Bu ishlarga 550 milliard so‘m ajratiladi. 2027-yilda fermerlar bilan birga 75 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalar joriy etiladi.

Bu yil Koson, Nishon, Qamashi va Mirishkorda sig‘imi 50 ming kub metrdan bo‘lgan to‘rtta kichik suv hovuzi qurildi. Mazkur tajriba kengaytirilib, 1-iyungacha Koson, Nishon, Mirishkor, Qamashi va Yakkabog‘ning har birida yana ikkitadan shunday hovuz barpo qilinadi.

Facebook|Instagram|X
1,900005
Photo1/2
Qashqadaryo qishloq xo‘jaligining o‘zida qo‘shimcha 200 ming kishini daromadli qilish imkoniyati bor. Shu maqsadda Jahon banki bilan Misr tajribasi asosida sakkizta tumandagi 100 ming gektar yaylovga dronlar yordamida qurg‘oqchilik va sho‘rga chidamli chorva ozuqasi ekish boshlanadi.

Bu ishlar Nishon, G‘uzor, Muborak, Ko‘kdala, Koson, Mirishkor, Qamashi va Dehqonobodda olib boriladi. Mazkur tumanlarda 10 ming boshdan yirik va 50 ming boshdan mayda shoxli chorva komplekslarini tashkil etish vazifasi qo‘yildi. Import qilingan chorvani aholiga sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘ining nol stavkasi qo‘llanadi.

G‘uzor tumanida 10 ming gektar yer foydalanishga kiritiladi. Yerning yarmida paxta, qolgan qismida ozuqa ekinlari yetishtiriladi. Yerlar dehqonlarga berilib, klaster tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Yerlarni xo‘jalik aylanmasiga kiritish uchun bir haftada imtiyozlar paketini ishlab chiqish topshirildi.

Facebook|Instagram|X
1,750000
Photo1/2
Qashqadaryo sanoatida yirik korxonalar atrofida kooperatsiya zanjirlarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Yil yakunigacha G‘uzor, Sho‘rtan, Muborak, Dehqonobod va Nishonda oltita sanoat klasteri tashkil etish, Sho‘rtan, Muborak, Yakkabog‘ va Kosonda “Qashqadaryo” erkin iqtisodiy zonasi filiallarini ochish vazifasi qo‘yildi. Infratuzilma uchun dastlab 250 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Shuningdek, Xitoyning “FM World” korxonasida yig‘ilayotgan zamonaviy traktor va qishloq xo‘jaligi texnikalarini mahalliylashtirish, mazkur korxonada agrodronlar ishlab chiqarish loyihalarini boshlash belgilandi.

Prezidentimiz o‘tgan hafta energetika sohasidagi yirik investorlarning tashabbuslarini birma-bir eshitganini qayd etdi. “Masdar” kompaniyasi kelasi yil Qashqadaryoda 300 megavattli quyosh elektr stansiyasi va 75 megavattli energiya saqlash quvvatini ishga tushiradi. Ushbu loyiha qiymati 250 million dollar.

Qarshi tumanida xitoylik hamkor ishtirokida chiqindidan elektr energiyasi olish bo‘yicha 45 megavattli loyiha yakunlanmoqda. Elektr tarmoqlarini mustahkamlash uchun Nishon va Ko‘kdalada ikkita yirik podstansiya qurilishiga 70 million dollar jalb qilinadi. Ularni kelasi yil ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.

Tolimarjon – So‘g‘diyona yo‘nalishidagi 245 kilometr yangi elektr tarmog‘iga 150 million dollar ajratilgan. Mutasaddilarga ushbu loyihani kelasi yil yakunlash topshirildi.

Facebook|Instagram|X
1,820003
Photo1/2
Qashqadaryoda yilning to‘qqiz oyida sanoat 8,4 foiz, xizmatlar 16,6 foiz, qishloq xo‘jaligi 4,9 foizga o‘sdi. Shu bilan birga, davlatimiz rahbari hozirgi natijalar bilan viloyatning mavjud salohiyati o‘rtasida hali katta farq borligini ko‘rsatib o‘tdi.

Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari bo‘yicha viloyat respublikada yettinchi, xizmatlar bo‘yicha to‘qqizinchi, qishloq xo‘jaligi va qurilish hajmi bo‘yicha o‘n birinchi o‘rinda. Prezidentimiz tuman hokimlari va banklar “bilimga – rag‘bat, mehnatga – imkoniyat, tashabbusga – madad” beradigan muhit yaratsa, Qashqadaryo bir-ikki yilda eng ilg‘or hududlar qatoriga chiqishi mumkinligini ta’kidladi.

Sanoatda yangi bosqichga o‘tish uchun viloyatda yetarli resurs bor. Gaz, elektr va yer osti boyliklarini daromadli ish o‘rinlari hamda yuqori qo‘shilgan qiymatga aylantirish vazifasi qo‘yildi.

“GTL” zavodida qiymati 300 million dollar bo‘lgan uchta yirik loyiha tayyor. Zavoddan olinadigan 430 ming tonna nafta asosida yangi polimerlar va neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha 1,5 milliard dollarlik loyihani amalga oshirish mumkin. Dehqonobod kaliy zavodi quvvatini 365 ming tonnadan 600 ming tonnaga yetkazish imkoniyati, kichik tonnajli kimyo yo‘nalishida esa 830 million dollarlik 30 dan ortiq loyihaviy taklif bor.

Viloyatga tayinlangan loyiha menejeri va boshqa mas’ullarga 20 milliard dollarlik loyihalar va 50 ming ish o‘rnini qamrab oladigan uch yillik dastur tayyorlash topshirildi.

Facebook|Instagram|X
1,990005
Photo1/16
Koson tumani tibbiyot birlashmasi Korrupsiyaga qarshi qanday kurashadi?

Bundan tashqari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov Koson tuman tibbiyot birlashmasiga ham tashrif buyurdi. Mazkur muassasada tibbiyot tizimidagi shaffoflikni ta’minlovchi zamonaviy “D-MED” raqamli tizimining ishlash jarayoni hamda barcha jarayonlarni onlayn nazorat qiluvchi “Situatsion markaz” faoliyati yaqindan o‘rganildi.

Tizimda korrupsiyaviy xavflarni to‘liq bartaraf etish, byurokratiyaga chek qo‘yish va sun’iy navbatlarning oldini olish maqsadida muhim tavsiyalar berildi. Xususan, endilikda shifoxonaga kelayotgan har bir bemorni ro‘yxatga olish jarayoniga Face-ID (yuzni tanish) texnologiyasini integratsiya qilish va bu orqali inson omilini minimal darajaga tushirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

👉🏻 @Kosontumani_uz
3,3000011
Photo1/18
Bog‘cha taomnomasi yashirin bo‘lmaydi

Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov tumandagi 46-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasada bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yaqindan ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida bolalar ta’minotidagi shaffoflikni ta’minlash va har qanday suiiste’molchiliklarning oldini olish maqsadida mas’ullarga muhim tavsiyalar berildi. Xususan, endilikda kunlik oziq-ovqat mahsulotlari menyusi ota-onalar uchun eng ko‘rinarli joyga joylashtiriladi. Mahsulot saqlash xonalari va omborxonalarga yaxlit kuzatuv kameralari o‘rnatilib, jarayon to‘liq nazoratga olinadi. Eng muhimi, muassasada oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish tizimini yanada shaffoflashtirish uchun autsorsing xizmatini yo‘lga qo‘yish choralari ko‘riladi.

👉🏻 @Kosontumani_uz
2,980006
Photo1/16
Koson dehqon bozorida "Raqamli bozor" platformasi va "Vaziyatlar markazi" faoliyati o'rganildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov Koson dehqon bozorida bo'lib, bozorda yashirin iqtisodiyot va maishiy korrupsiyaning oldini olish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, Koson dehqon bozori va avtoturargohda o'rnatilgan kameralar orqali tushumlarning to'liq kirim qilinayotganligi, bozorda tashkil etilgan “Vaziyatlar markazi” faoliyati hamda “Raqamli bozor” platformasi bilan tanishildi. Shuningdek, bo'sh rastalarni tadbirkorlar uchun ijtimoiy tarmoqlar orqali e'lon qilib borish bo'yicha mas'ullarga ko'rsatmalar berildi.

👉🏻 @Kosontumani_uz
2,490004
Photo
КОСОН ТУМАНИ ҲОКИМИ ВА ЎРИНБОСАРЛАРИ ТОМОНИДАН ТУМАН ХАЛҚ ҚАБУЛХОНАСИ БИНОСИДА ЖИСМОНИЙ ВА ЮРИДИК ШАХСЛАРНИ
ҚАБУЛ КИЛИШ ЖАДВАЛИ

👉
391000
Photo
Hokim o‘rinbosarlarining qabullari — murojaatlar yechim topmoqda

Koson tumanida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolarini tinglash va amaliy yechim topish maqsadida tuman hokimi o‘rinbosarlari tomonidan muntazam ravishda fuqarolar qabullari o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi o’tkazilgan qabullar davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan bevosita mas’ullarga murojaat qilib, muammolarini ochiq bayon etish imkoniga ega bo‘ldi.

Murojaatlarning har biri tegishli tartibda o‘rganilib, vakolat doirasida joyida hal etish choralar ko‘rildi. Qo‘shimcha vaqt va o‘rganishni talab qiladigan masalalar esa mas’ullarga biriktirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

Bunday qabullar aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni manzilli hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Zero, har bir murojaat — e’tibor va yechim talab qiladigan masala.

👉🏻
516000
Video
#shukronalik
📹 “Yangi bog’cha qishlog’imiz uchun katta sovg’a bo’ldi”

Koson tumani “Gala” mahallasida yangidan tashkil etilgan va yangidan qurilgan 49-DMTT mudirasi fikrlari

Batafsil videoda☝🏻

👉
3,2400011
Video
#shukronalik
📹 O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan o’qituvchi: “Aholining yashash tarzi tubdan o’zgardi”

Koson tumani “Gala” mahallasida istiqomat qiluvchi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan o’qituvchi, faxriy ustoz Dilmurod bobo Xolmurodov fikrlari

Batafsil videoda👆

👉
3,120009
Photo
Prezident Shavkat Mirziyoyev aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash tizimini isloh qilish yuzasidan takliflar https://president.uz/oz/lists/view/9583 bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился https://president.uz/ru/lists/view/9583 предложений по реформированию системы обеспечения населения сжиженным газом.

#Mirziyoyev #taqdimot #energetika #suyultirilgangaz

https://president.uz/| https://www.facebook.com/Mirziyoyev/| https://www.instagram.com/mirziyoyev_sh/| https://www.youtube.com/channel/UC61Jnumjuz8NXhSuLoZD2xg| https://x.com/president_uz
2,820006
Photo
Suv xo'jaligi vaziri Kosonda sayyor qabul o'tkazdi

Bugun Suv xo'jaligi vaziri Shavkat Xamrayev Koson tumaniga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida vazir ishtirokida kosonlik fermer va dehqonlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Qabulda dastlab suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo'yicha bajarilgan ishlar hamda Prezidentimiz tashabbuslari bilan Koson tumanida kanallarni betonlashtirish yuzasidan amalga oshirilgan islohotlar bo'yicha ma'lumot berildi.

Shundan keyin vazir murojaatlarni tingladi. Har bir masalani o'z nazoratiga olib, bu bo'yicha mas'ullarga zarur topshiriqlar berdi.Bundan tashqari, sohani isloh etish yuzasidan takliflar ham tinglandi.

👉
3,6800010
Photo
Косон тумани ҳокими яна бир юксак мукофот билан тақдирланди

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз беш йиллиги муносабати билан давлат хизматчилари ҳамда ишлаб чиқариш ва ижтимоий-иқтисодий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида”ги Фармони қабул қилинди.

Фармон билан мамлакатимиз тараққиёти ва халқимиз фаровонлиги йўлида фидокорона меҳнат қилиб келаётган бир гуруҳ юртдошларимиз муносиб тақдирланди.

Улар орасида Косон тумани ҳокими Бойкараев Асрол Рузиевич ҳам бор.

Туман ҳокими юксак давлат мукофоти — «Меҳнат шуҳрати» ордени билан тақдирландилар.

Косон тумани ҳокимлиги ва кенг жамоатчилик номидан Асрол Рузиевични ушбу юксак мукофот билан самимий муборакбод этамиз!

Ушбу эътироф туман равнақи ва халқ фаровонлиги йўлидаги масъулиятли ҳамда фидокорона меҳнатингизга берилган юксак баҳодир.

Юксак мукофот муборак бўлсин!

👉
4,93000149
Photo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi https://president.uz/oz/lists/view/9518

https://president.uz/| https://www.facebook.com/Mirziyoyev/| https://www.instagram.com/mirziyoyev_sh/| https://www.youtube.com/channel/UC61Jnumjuz8NXhSuLoZD2xg| https://x.com/president_uz
3,230006
Photo
🚀 Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar!
Bugun Tuman Madaniyat markazida tadbirkorlik qilish, o‘z biznesini boshlash va rivojlantirish istagida bo‘lgan yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
🤝 Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda tumandagi tijorat banklari — Xalq banki, Mikrokreditbank, Agrobank, shuningdek viloyatdagi Aloqabank va Milliy bank mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
📌 Tadbirda DXX tuman bo‘limi boshlig‘i, tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hamda viloyat banklari rahbariyatining mas’ul xodimlari qatnashib, yoshlarni qiynayotgan masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
👥 Ochiq muloqotda 150 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida 30 nafardan ortiq yoshlarning kredit olish bilan bog‘liq muammolari hal etildi.
💡 Shuningdek, mas’ullar tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozli kreditlar, tadbirkorlikni boshlash va biznes loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi.
3,4100010
Photo
“Guvalak” mahallasini rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi

Koson tumanidagi “Guvalak” mahallasi tayanch mahalla sifatida tanlab olinib, uning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirish, aholi bandligini ta’minlash va mavjud muammolarni aniqlash maqsadida aholi hamda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Unda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, Respublika Agrobank ATB boshqaruvi o‘rinbosari, tegishli tashkilotlar rahbarlari va mahalla yettiligi ishtirok etdi.

Muloqotlar davomida aholi va tadbirkorlarning taklif hamda muammolari o‘rganilib, ularni hal etish va mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

👉
3,950005
Photo
Xalq deputatlari Koson tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-fevraldagi “Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”dagi PQ-44-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, Koson tumanida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligini yaxshilash bo‘yicha 2026-yil 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari bo’yicha hisobot berildi.

Sessiya yakunida tegishli qaror qabul qilindi.

👉
3,6000013
Photo
Xalq deputatlari Koson tuman Kengashining VII chaqiriq 25-sessiyasi bo'lib o'tdi

Bugun Xalq deputatlari Koson tuman Kengashining navbatdagi VII chaqiriq 25-sessiyasi o'tkazildi.

Sessiya kun tartibida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, aholini qiynayotgan muammolar yechimi hamda boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, mutasaddi tashkilot rahbarlari hamda tegishli soha vakillari ishtirok etdi.

👉
1,620007

Showing 30 of 58 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Koson.uz | Koson tumani hokimligi Telegram kanali nima haqida?+

Koson.uz | Koson tumani hokimligi (@kosontumani_uz) — tgdio da Dunyo yangiliklari toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 9 837 obunachi bor.

Koson.uz | Koson tumani hokimligi (@kosontumani_uz) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @kosontumani_uz ga bepul obuna bo‘ling.

Koson.uz | Koson tumani hokimligi yaxshi Dunyo yangiliklari kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Koson.uz | Koson tumani hokimligi reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 9 837 obunachi bor. O‘xshash Dunyo yangiliklari kanallar bilan solishtiring.

Koson.uz | Koson tumani hokimligi statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @kosontumani_uz sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.