1/20🗓 21-oktabr — Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan Toşkent şahridagi Adiblar xiyobonida buyuk mutafakkir, davlat arbobi va özbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi Alişer Navoiy haykali poyiga gul qoyiş marosimi tashkil etildi.
💻 Mazkur tantanali marosimda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti mas’ullari hamda talaba-yoşlari ham faol iştirok etib, buyuk ajdodimiz xotirasiga va ona tilimizga bölgan yuksak hurmat-ehtiromlarini namoyon etdilar.
✨ Tadbirda universiteti mas’ullari, professor-öqituvchilar, talabalar hamda keng jamoatçilik vakillari jam bölib, özbek tilining milliy özligimiz, ma’naviyatimiz va madaniy merosimizdagi beqiyos örnini yana bir bor e’tirof etdilar.
🎭 Bayram dasturi davomida universitet jamoasi tomonidan atoqli özbek yozuvçisi, dramaturg Said Ahmad hamda taniqli şoira Saida Zunnunovaning hayoti va ijodiga bağişlangan ma’naviy-ma’rifiy badiiy çiqişlar, şe’riy kompozitsiyalar va sahna körinişlari namoyiş etildi.
🎓 Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir talaba-yoşlarda milliy ğurur va iftixor tuyg‘ularini yuksaltiriş, buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmatni mustahkamlaş hamda ona tilimizni asrab-avaylaş va uning nufuzini oşirişga bölgan mas’uliyatni yanada kuçaytirişga xizmat qildi.
🇺🇿 Özbek tilim — millatim faxri, qalbim iftixori!
✈️ Telegram 🌐 Veb-sayt









