🔴 Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya
Hurmatli ilmiy xodimlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va tadqiqotchilar!
Toshkent Xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti (TIFT), O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda 2026-yil 24-oktyabr kuni “Zamonaviy matematika va uning tadbiqlari” mavzusida xorijlik olimlar ishtirokidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazadi.
Konferensiyaning asosiy maqsadi — zamonaviy matematikaning ilmiy natijalari va ularning tatbiqlarini muhokama qilish, matematika sohasidagi ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat.
📚 Konferensiyaning asosiy sho‘balari:
- Algebra va analiz;
- Differensial tenglamalar va dinamik sistemalar;
- Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika;
- Hisoblash matematikasi;
- Geometriya va topologiya;
- Mexanika va matematik modellashtirish;
- Iqtisodiyot, moliya va biznesda matematik modellashtirish.
🌐 Konferensiyaning ishchi tillari: o‘zbek, ingliz va rus tillari.
📌 Muhim sanalar:
- Arizalar va ma’ruza tezislarini qabul qilish — 2026-yil 1-oktyabrgacha
- Ma’ruzaning konferensiya dasturiga kiritilgani haqida xabarnoma — 2026-yil 10-oktyabrgacha
- Ishtirokni tasdiqlash — 2026-yil 15-oktyabrgacha
- Konferensiya — 2026-yil 24-oktyabr
📝 Tezislarni rasmiylashtirish talablari:
Tezislar 2 betdan oshmagan hajmda, TEX matn muharririda belgilangan talablar asosida tayyorlanishi lozim.
Dasturiy qo‘mita taqdim etilgan barcha tezislarni ko‘rib chiqadi. Konferensiya mavzusiga mos kelmaydigan yoki rasmiylashtirish talablariga javob bermaydigan tezislar qabul qilinmasligi mumkin.
▪️ Mahalliy ishtirokchilar uchun — 200 000 so‘m
▪️ Xorijiy ishtirokchilar uchun — 50 AQSH dollari
📧 Ariza va tezislarni yuborish uchun:
Pochta:
[email protected]Aloqa uchun:+998 88 781-88-11
Konferensiya manzili:
Toshkent Xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti, “Matematika” kafedrasi.
100047, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 15-uy.
✅
http://mathnet.uz/ - Milliy matematika onlayn platformasi
💻 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
|
https://www.youtube.com/channel/UCFyqX003P0aMsMqTytqLjjg