1/10🇺🇿 ONA TILI — MILLAT KO‘ZGUSI!
📚 Xalq deputatlari Mirzacho‘l tumani Kengashiga O‘zMTDPdan saylangan 13-Guliston saylov okrugi deputati S.Usarova tomonidan O‘zbek tili bayrami munosabati bilan dars jarayonida o‘quvchilarga davlat tili haqida tushunchalar berildi.
📝 Dars davomida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishining tarixiy ahamiyati, davlat tilining jamiyat hayotidagi o‘rni hamda ona tilimizni asrab-avaylash va e’zozlashning ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.
🌿 Shuningdek, o‘quvchilarda ona tiliga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat va milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
💙 Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz va ma’naviy boyligimiz! Uni asrash va qadrlash barchamizning burchimizdir.
#O‘zbekTiliBayrami #OnaTilim #DavlatTili #Mirzacho‘lTumani #O‘zMTDP #Ma’naviyat 🇺🇿
Mirzacho'l tuman deputatlar kengashi
https://t.me/mirzachuldeputatlari
Web sayt |📘facebook | ▶️youtube |📲telegram |📲instagram









