Musayev blogi Telegram channel photo

Musayev blogi

@musayev_blogiPublic Channel

Tengdoshlarim uchun foydali deb bilganlarim — Professional, Ilmiy va Shaxsiy rivojlanish — Maqsad va rejalar — Vaqtni boshqarish — Chet el hayoti Sifatli kontentni qadrlaganlar uchun! Takliflar @JanobMusayev Co-founder of @eventgouz & @grantgouz

1.4k

Last views

4.1k (4,136 subscribers)
A'zolar
—
Rating
40
Total Posts
Oct 16, 2026, 11:41 AM
Yangilangan
Apr 15, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameMusayev blogi
Username@musayev_blogi
CategoryBlog yuritish
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar4,136
Channel TypePublic Channel
Created15-apr, 2026
Last Updated16-okt, 2026 • 7 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#10643-1
Til reytingi
#122-2
Toifa reytingi
#64O'zgarish yo'q

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 4.1K30 Days growth: +1.0K33.9%
09/1709/2209/2710/0210/0710/1210/16
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
17:09:20263,090
18:09:20263,090
19:09:20263,873
20:09:20263,873
21:09:20263,873
22:09:20263,873
23:09:20263,873
24:09:20263,873
25:09:20263,873
26:09:20263,873
27:09:20263,873
28:09:20263,873
29:09:20263,873
30:09:20263,873
01:10:20263,873
02:10:20263,873
03:10:20263,873
04:10:20263,873
05:10:20263,873
06:10:20263,873
07:10:20263,873
08:10:20263,873
09:10:20263,873
10:10:20263,873
11:10:20263,873
12:10:20263,873
13:10:20263,873
14:10:20263,873
15:10:20263,873
16:10:20264,136
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 13:04:20263,174
Week of 20:04:20263,174
Week of 27:04:20263,146
Week of 04:05:20263,146
Week of 11:05:20263,146
Week of 18:05:20263,146
Week of 25:05:20263,146
Week of 01:06:20263,146
Week of 08:06:20263,146
Week of 15:06:20263,146
Week of 22:06:20263,146
Week of 29:06:20263,138
Week of 06:07:20263,138
Week of 13:07:20263,138
Week of 20:07:20263,138
Week of 27:07:20263,138
Week of 03:08:20263,138
Week of 10:08:20263,138
Week of 17:08:20263,072
Week of 24:08:20263,072
Week of 31:08:20263,084
Week of 07:09:20263,090
Week of 14:09:20263,873
Week of 21:09:20263,873
Week of 28:09:20263,873
Week of 05:10:20263,873
Week of 12:10:20264,136
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20263,174
May 20263,146
June 20263,146
July 20263,138
August 20263,084
September 20263,873
October 20264,136
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20264,136

So'nggi postlar

Musayev blogi logo
Musayev blogi

07-okt, 2026, 17:25

Talabalar uchun "ultimate guide"lar to'plami O'tgan yillarda talaba bo'lgan uka-singillarimiz uchun bir, ikki va uchinchi kurslarni qanday o'tkazish va ba'zi boshqa tavsiyalar yozilgan postlar yozgandim. Bugun shularni hammasini bitta postga jamlab qo'ymoqchiman.…
1,3500026
Musayev blogi logo
Musayev blogi

07-okt, 2026, 17:19

Nega hamma 4-kursda so'raydi nima qilish kerakligini?

10 ta gapdan iborat savol keladi. 1 ta gapdan iborat javob beraman: "Va alaykum assalom, 4 yil nima qildingiz?".

Bizning diyorlarda universitetga kirgan inson xursand bo'lishi kerak. "O'qish", "Kasb", "Diplom" uchun emas, 4 yillik bo'sh vaqt yutib olgani uchun. Bu degani, 4 yil sizni ota-onangiz bezovta qilmaydi. O'sish, rivojlanish uchun eng to'g'ri davr.

Siz universitetda nechinchi kursda o'qiysiz? Iloji bo'lsa, shuni 1-2-kurs tanishlaringizga yuborib qo'ying. Anavi xoli bor bola aytdi, nimadir qilishing kerak ekan deng )

@mukhammadkarim_tukhtaboev
1,1900011
Musayev blogi logo
Musayev blogi

28-sen, 2026, 19:06

Bugun DAAD G‘oliblari Masterklasslar Seriyamizning so‘nggi suhbati! Yakuniy masterklassimizda Kompyuter lingvistikasi va Tilshunoslik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan, DAAD (2022) yarim finalisti va NSP (2022) g‘olibasi Mohiyaxon Uzoqova bilan suhbatlashamiz.…
2,6900025
Musayev blogi logo
Musayev blogi

28-sen, 2026, 19:00

Photo1/2
Bugun DAAD G‘oliblari Masterklasslar Seriyamizning so‘nggi suhbati!

Yakuniy masterklassimizda Kompyuter lingvistikasi va Tilshunoslik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan, DAAD (2022) yarim finalisti va NSP (2022) g‘olibasi Mohiyaxon Uzoqova bilan suhbatlashamiz.

Suhbat davomida:

— Kompyuter lingvistikasi aslida nima va bu yo‘nalishda nimalar o‘rganiladi
— Filologiya va Lingvistika yo'nalishlari o‘rtasidagi asosiy farqlar
— Tilshunoslikka qiziqqanlar uchun Kompyuter lingvistikasi qanday imkoniyatlar berishi
— Mohiyaxonning shu yo‘nalishdagi o‘qish va rivojlanish tajribasi
— Xalqaro ta’lim va grantlar uning akademik yo‘lida qanday o‘rin tutgani

🗓 28-sentabr, dushanba | 20:00
📍 Eksklyuziv Telegram kanalida
💰 Bepul ishtirok

🔔 Masterklassga qo'shiling va so'nggi darsni o'tkazib yubormang

👉 Masterklassga qo‘shilish

#magistratura #daad #kompyuterlingvistikasi #tilshunoslik #grant

MentorGO | GrantGO | EventGO
1,680001
Musayev blogi logo
Musayev blogi

27-sen, 2026, 16:58

♟🔥 O'zbekiston terma jamoasi Samarqandda o'tkazilayotgan butunjahon shaxmat olimpiadasi g'olibi.

Har bir doskadagi yigitlarimiz judayam kerakli g'alabalarni taqdim qilishdi. Butun jamoa ajoyib turnir o'tkazdi.

Hammasining ota-onasiga mingdan-ming rahmat.

👑 Endi navbat Javohirdan jahon chempionligiga

@Musayev_blogi
1,6800063
Musayev blogi logo
Musayev blogi

24-sen, 2026, 03:58

Qudratxo'ja Musayev o'zi kim? O'ylab qarasam oxirgi marta tanishuv postini yozganimga ham salkam 2 yil bo'libdi. 2 yil davomida hayotimda juda ko'p narsalar o'zgardi, hayotim atrofida ham. Shaxsiy blogim esa bu vaqt davomida ancha tinch bo'ldi. Yaqinda…
2,1600043
Musayev blogi logo
Musayev blogi

24-sen, 2026, 03:30

Tanishuv V5.0 Assalomu alaykum. Men Musayev Qudratxo'ja, asli Farg'onadanman. Hozirda Microsoft Dublin ofisida dasturiy muhandis bo'lib ishlayman. GrantGO, EventGO va MentorGO kabi loyihalar ham-asoschisiman. Onajonimni juda yaxshi ko'raman Yomon jihatlarim…
1,6500024
Musayev blogi logo
Musayev blogi

22-sen, 2026, 21:29

Photo1/2
🇩🇪 Germaniyaning eng nufuzli granti — DAAD g'oliblari masterklasslari

🔥 MentorGOda DAAD granti bo'yicha eng keng mashtabdagi masterklasslar seriyasi. DAAD granti 11 nafar g'olibi 6 kun davomida 6 xil soha: iqtisod, tibbiyot, ta'lim, IT, huquq va tilshunoslik yo'nalishlarida g'oliblik tajribalarini ulashishadi.

🎓 Mentorlarimiz masterklasslar davomida yuqoridagi yo'nalishlarda o'zlarining akademik yutuqlari, DAADga tayyorgarlik tajribasi va aynan qaysi jihatlari ularga g'oliblikda bo'lishda yordam bergani haqida maslahatlar berishadi.

📃 Masterklasslar amaliy qismida esa ular o'zlarining CVlarini tahlil qilib Germaniyada shu yo'nalishda qanday universitetlar borligini ko'rsatib beradilar.

Masterklasslar jadvali
📈 Iqtisod va Moliya yo'nalishida — Timur Akmalov va Ismoil Karimov; 23-sentabr 21:30
🩺 Farmasevtika va Sog'liqni saqlash yo'nalishida — Azizaxon Yusupova va Barno Kamilova; 24-sentabr 21:00
👩‍🏫 Ta'lim boshqaruvi yo'nalishida — Sevara Khamdamova; 25-sentabr 20:00
💻 IT va Kompyuter ilmi yo'nalishida — Mavlyudabegim Mexrilloyeva va Ozodaxon Shahobiddinova; 26-sentabr 21:00
⚖️ Xalqaro huquq yo'nalishida — Mahmudxo'ja Mirzayev va Quvonchbek Otabekov; 27-sentabr 20:30
🗣 Kompyuter Lingvistikasi yo'nalishida — Mohiyaxon Uzoqova; 28-sentabr 20:00

🗓 23.09-28.09.2026
📍 Online
💰 Bepul ishtirok mavjud

👉 Masterklassga qo'shilish

#magistratura #daad #toliq_talim

💼 MentorGO | GrantGO | EventGO
1,4700013
Musayev blogi logo
Musayev blogi

06-sen, 2026, 13:06

6 oyli bolaga o'yinchog'ini bersangiz va u teskari qarab ketsa, demak u hayolida "Bu narsani yeb ko'rib bo'lganman" deb o'ylayotgan bo'ladi. Unga yeb ko'rish uchun doimiy yangi narsa topib berib turishingiz kerak.

#fatherhood_life

@Musayev_blogi
3,8000082
Musayev blogi logo
Musayev blogi

05-sen, 2026, 20:59

Photo
MentorGO qaytmoqda... Oxirgi 3 oyda bosh vaqtim bo'ldi deguncha asosiy e'tibor qaratayotgan ishim — bu loyihalarimizga yangi qon olib kirish, ular aslida boshidan qanday bo'lishini orzu qilgan bo'lsak shunday darajaga olib chiqish bo'lyapti. Aynan shu sababga…
2,0100016
Musayev blogi logo
Musayev blogi

05-sen, 2026, 20:59

Photo
📣 Siz kutgan DAAD Mentorlik Kursi 2027 mavsumi

🇩🇪 Germaniyaning eng nufuzli DAAD grantida g'olib bo'lishga astoydil harakat qilayotgan qadrli nomzodlar, biz bu yo'lda sizga yordam berish yetib kelmoqdamiz. Bittagina emas, 9 ta tajribali mentordan iborat jamoa.

Kurs davomida
➡️ 10 bo'limdan iborat video-darslar
➡️ Har haftalik jonli savol-javob sessiyalar
➡️ Portfolio va karyera rejangiz tahlili
➡️ Hujjatlar bo'yicha mentor maslahati
➡️ Hamda ularni batafsil tekshirib berish
➡️ Mentorlar bilan 10 soatgacha individual sessiyalar

🎓 Mentorlar yo'nalishi
➡️ Iqtisod va Moliya
➡️ Axborot tizimlari va kompyuter ilmi
➡️ Huquq
➡️ Sog'likni saqlash & Farmasevtika
➡️ Ta'lim boshqaruvi

Biz hozirgacha
✅ 300+ talabani o'qitdik
✅ 50 ga yaqin g'oliblikka ko'mak berdik
✅ 3000 yaqin talaba yig'ilgan bepul hamjamiyat tuzdik
✅ 10 dan ortiq bepul chatlar o'tkazdik
✅ Har bir o'quvchiga kelajagiga boshqa nigoh bilan qarashga ko'maklashdik

Biz kursimiz orqali sizga g'oliblik va'dasini bermaymiz. Ammo bu yo'lni yolg'iz bosib o'tmasligingiz uchun bor tajribamiz va kuchimiz bilan yordam beramiz.

🫴 https://t.me/mentorgouz_bot

#DAAD #magistratura #mentorlik_kursi

💼 https://t.me/mentorgouz | https://t.me/grantgouz
2,4300021
Musayev blogi logo
Musayev blogi

05-sen, 2026, 20:59

MentorGO qaytmoqda...

Oxirgi 3 oyda bosh vaqtim bo'ldi deguncha asosiy e'tibor qaratayotgan ishim — bu loyihalarimizga yangi qon olib kirish, ular aslida boshidan qanday bo'lishini orzu qilgan bo'lsak shunday darajaga olib chiqish bo'lyapti.

Aynan shu sababga ko'ra ham blog uchun deyarli vaqt ajratmayapman. Ish, oiladan ortganda qoladigan 1-2 soat vaqtga yoki yozish yoki loyihalar ustida ishlashni tanlash qolyapti. Yozishni, fikrlarim, xulosalarimni odamlar bilan ulashishni va ularni eshitishni yaxshi ko'raman.

Lekin yaqinda shuni tushundimki, yozishdan ham ko'ra bunyod qilishni ko'proq yaxshi ko'rar ekanman. Oddiy qilib aytganda men har doim harakatlari va qilgan ishlari gaplaridan ko'ra kattaroq bo'lgan inson bo'lishni xohlaganman.

May oyi davomida ta'tilda bo'lsam ham asosiy vaqtimni https://grantgo.uz/ to'liq qayta qurib chiqishga sarfladim. Hali o'ylagan ko'p narsalarim oldinda bo'lsa ham, bu o'zgarish loyihani qaytadan tug'ilishi uning buyog'iga yashab ketishi uchun muhim edi.

Oxirgi 2 haftadan beri esa salkam 5 yildan beri yig'ilgan tajribalar asosida mentorlik kurslarini MentorGO saytiga olib o'tyapman. Yo'q, maqsad shunchaki kursga sayt orqali yozilishni qo'shish emas, mustaqil mentorlar uchun chinakam ochiq platforma tuzish.

Maqsad odamlarimizdagi chetda o'qish, til o'rganish, karyera qurish va sayohat qilish orzusini liberallashtirish. Qandaydir to'g'ri kelgan agentlikka oylab topgan pulini qo'shqo'llab topshirmasdan, aynan shu yo'lni bosib o'tgan odamlardan yordam olish imkonini yaratish.

Buni amalga oshirishda esa oxirgi vaqtlarda sun'iy intellekt o'rni beqiyos bo'lyapti. O'zim qilsam yillab vaqt olishi mumkin ishlarni haftalarda bitiryapman. Bugun esa MentorGO strategiyasi haqida suhbatlashayotgan paytda juda yaxshi narsani eslatib yubordi:

Sening kuchli tomoning — bu shunchaki kurslarni sotish emas. Bu sendagi filosofiya. Raqobatchilaring odamlarga "Biz javobni bilamiz" degan g'oyani sotishga urinadi. Sen esa odamlarga "Biz sizga javobni topishingizda yordam beramiz" deysan. Ana shu narsa sendagi har bir elementda aks etishi kerak...

Ha, bizning maqsadimiz boshidan odamlarga tayyor javobni berish bo'lmagan. Biz ularga javobni topishda yordam beramiz.

MentorGO ham aynan shu maqsad bilan qaytmoqda! Tez kunlarda...

#EffortTeam
2,5200051
Musayev blogi logo
Musayev blogi

05-sen, 2026, 20:59

Zubayr bilan aylanishga chiqqanimizda shu gulga ko'zimiz tushdi. Parkimizda kimnidir nomiga qo'yilgan o'rindiqlar juda ko'p va bu yaxshi deb o'ylayman. Charchagan, o'tirgisi kelgan odam hordig'ini chiqaradi, bu ham o'tgan odam uchun katta savob.

Oddiy misol, O'zbekistonda mahallalarda suv kranti tashqariga o'rnatilgan edi, keyin ko'pchilik uyini ichkarisiga ko'chirdi. Lekin tashqarida tursa, chanqagan odam chanqog'ini bosishi mumkin.

Oldingilar ko'chaga mevali daraxtlar ekishgani ham bejizga emas...

https://t.me/dur_bola
2,6600047
Musayev blogi logo
Musayev blogi

05-sen, 2026, 20:59

Photo
Adashmasam 10 yoshlarda Ronaldo bilan birga rasmga tushgandim. Mana oradan salkam 20 yil o'tib Ronaldoga qarshi O'zbekiston o'yinini ko'rib o'tiribman... 🥲

Heyterlar rasmni Photoshop deyishadi :)
3,02000129
Musayev blogi logo
Musayev blogi

05-sen, 2026, 20:59

Urishga urar ekansan, hech bo'lmaganda 1000-golingni ursang bo'lmasmidi a?! 🥲
2,9200027
Musayev blogi logo
Musayev blogi

05-sen, 2026, 20:59

#hayotiy Shu kunlarda blue collar jobs qilishga majbur bo’lyapman. Doimiy jismoniy toliqish, issiq ob-havo va jarohat olish ehtimoli yuqori. Ammo, qilmasak ham bo’lmaydida. Yashab qolish kerak. E’tibor berganim, birga ishlaydigan bollar orasida 5 minut tanaffus…
4,7900047
Musayev blogi logo
Musayev blogi

05-sen, 2026, 20:59

#hayotiy

Shu kunlarda blue collar jobs qilishga majbur bo’lyapman. Doimiy jismoniy toliqish, issiq ob-havo va jarohat olish ehtimoli yuqori. Ammo, qilmasak ham bo’lmaydida. Yashab qolish kerak.

E’tibor berganim, birga ishlaydigan bollar orasida 5 minut tanaffus vaqtida qo’liga kitob olib, o’qib o’tiradiganlar bor. Boshqasi esa Ipad’ini olib ozgina bo’lsayam dars qilib oladi. O’zim esa bir ikkita boshqa bollar bilan shaxmat o’ynayman. 2000+ ELOlari bor.

Aytmoqchi bo’lganim, mana shu yigitlardayam top universitetlarga kiradigan, xalqaro olimpiadalarni yutadigan potensial bor. O’sha yutuqlarga erishganlardan hech qanaqa kam joylari yo’q.

Faqatgina taqdir hammani bir xil siylamaydi. Kimdirda kerakli kurslarga borish uchun sharoit bo’lmagan. Kimdir esa imkoniyatlardan boxabar bo’lib turish uchun networking kruglari bo’lmagan. Kimdir esa tengdoshlari xorijiy tillarni o’rganayotganda majburlikdan bozorda arava yetaklagan.

Albatta, men muvaffaqqiyatga erishgan tengdoshlarimni bunga loyiq emas edi demoqchi emasman. Ularni judayam xurmat qilaman. Harakat va intilishga yarasha natijalar ham keladi. Faqat, bir narsani unutmasligimiz kerakki, barchamiz qaysidir nuqtada biroz omadli bo’lib qolganmiz.

Bizni eng yaxshi kurslarda o’qitgan ota-onalarimiz borligi, chekka tog’-u toshlarda emas, shahar markazi yoki obod qishloqlarda yashashimiz, tajribali ustozlar yo’limizdan chiqib qolgani. Bularning hammasi taqdirning sovg’alari. Sovg’a kim uchundir yirik, kim uchundir kichkina bo’ladi. Yokida, umuman boshqa shakl va tamoyilda keladi.

Bir tomondan, taqdirimiz uchun shukr qilib ko’ngilni xotirjam qilish eng to’g’risi. Boshqa tomondan esa, o’sha ko’ngil, gohi-gohida, “nega men emas” deb so’rab ham qoladi.

June 17, 2026
Incheon, South Korea
2,1300036
Musayev blogi logo
Musayev blogi

05-sen, 2026, 20:59

Oila — quvvat zanjiri

Erkak uyga charchab kelganda unga talpinib kutib oladigan bolalaridan quvvat oladi.

Bola har safar oldiga borganda uni bag'riga oladigan onasidan quvvat oladi.

Ayol yelkasiga bemalol boshini qo'yib o'zini xotirjam his qila oladigan umr yo'ldoshidan quvvat oladi.

Ammo shu zanjirning qaysidir bo'g'ini uzilsa, undan hamma zarar ko'radi. Oila hech kim uchun quvvat manbayi bo'lmay qoladi. Uzilgan bo'g'inning o'zi uchun ham...

Oila zanjirini uzadigan bo'g'in bo'lmang!

#family_life
2,94000103
Musayev blogi logo
Musayev blogi

29-avg, 2026, 13:59

DAAD grantiga topshirish uchun 1 oy tayyorgarlik yetarlimi?

DAAD grantiga qiziqish bildirayotgan ko'pchilikdan "Hozirda X narsa bilan bandman. Harakatni oktabr oyidan boshlasam ham tayyorlanib ulguramanmi?" degan savollarni eshitib qolaman. Texnik tomondan olib qaraganda bir oy yetarli bo'lishi mumkin. Lekin men bu narsani bir necha sababga ko'ra tavsiya qilmayman.

1. Germaniyada o'zingizga mos universitet topish oson jarayon emas. Germaniya universitetlari magistraturada o'qish uchun yo'nalish mos kelishini, aniq fanlardan minimum kreditlarni va ma'lum darajada til sertifikati (ingliz tili B2 yoki nemis tili C1) so'raydi. Shu sababdan o'zingizga mos, talablariga javob beradigan va aynan o'zingiz xohlagan yo'nalishdagi universitet va yo'nalishni qidirish va topishga odatda 3-4 hafta vaqt ketib qolishi mumkin. Agar ishni Oktabrdan boshlasangiz, unda tanlov qilish va hujjat tayyorlash o'rtasida qolib ketasiz.

2. Ikkilamchi hujjatlarni tayyorlashga ham 2-3 hafta vaqt ketishi mumkin. Masalan, CV, diplom va baholar tarjimalari, tavsiyanomalarni yaxshilab tayyorlash uchun odatda 1 oy vaqt ketadi. Bularni tayyorlashda odatda universitet yoki tavsiyanoma beruvchi bilan gaplashish va ulardan imzo olish kerakligini hisobga olsak, bu ham qo'shimcha vaqt va stress talab qiladigan jarayon. Agar tavsiyanoma beradigan o'qituvchingizni Oktabr oyida topa olmay qolsangiz yoki boshqa sabablarga ko'ra hujjatlaringiz kechiksa, shuncha qilgan harakatlaringiz zoe ketib qolishi mumkin.

3. Asosiy hujjatlarni tayyorlash o'zi 3-4 hafta talab qiladigan jarayon. Ko'pchilik o'quvchilar harakatni kech boshlashi natijasida yuqoridagi hujjatlarni qilishga asosiy vaqtini sarflab yuboradi. Ularni qilib ulgurgan taqdiringizda ham sizda yakuniy motivatsion xatni yozish va qayta ishlash uchun 3-4 kun vaqt qolishi mumkin. Motivatsion xat esa sizdagi asosiy hujjatlardan biri hisoblanadi. Birinchi marta yozayotgan odam uchun uning ustida 2-3 hafta ishlash va kamida 4-5 ta versiya qilib yaxshilab chiqish tavsiya qilinadi.

4. Oktabrda hujjatlaringizni tekshirtirishga tajribali mentor topolmay qolishingiz mumkin. Ko'pchilik hujjatlari tayyor bo'lgandan keyin uni avval ishonchli mentor bilan tekshirtirib olishni xohlaydi. Ammo oktabr oyiga kelib bunday mentorlar jadvali to'lib ketgan bo'lishi mumkin. Shu sababdan sizda hujjatlarni tekshirtirmasdan yoki AI orqali tekshirtirib topshirish yo'li qoladi. Albatta, hozirgi kunda DAAD g'oliblari ko'p lekin ularning hammasi ham professional tarzda mentorlik qilmasligi yoki aynan mentorlik bo'yicha yetarli tajribaga ega bo'lmasligi mumkin.

5. Mentorlik kursiga qo'shilsangiz, darslarni ko'rib chiqishga vaqtingiz yetmaydi. Oktabr oyida mentorlik kursiga qo'shilsangiz ham sizda vaqt kamligi sababli u yerdagi darslarni vaqtida ko'rib chiqishga vaqtingiz yetmaydi va asosiy e'tiborni hujjatlarni tayyorlashga qaratasiz. Darslarni ko'rib chiqmagangiz sababli bu ishni o'zingiz bilgandek yoki AI orqali tezda qilib yuborasiz. Natijada kursga qo'shilganingizdan yetarli foyda olmaysiz. Agar yakunda natija ko'ngildagidek bo'lmasa "Kurs foyda bermadi" deb xafa bo'lishingiz ham mumkin

Tavsiya
Harakatni eng kamida 2 oy oldin, sentabr oylaridan kechiktirmay boshlang. Agar hozirda boshqa ish bilan band bo'lsangiz ham kamida ular bilan parallel tarzda universitetlarni tanlash, diplom, baholar tarjimasi, CV va universitet tanlovi hujjatlarini tayyorlab turish bilan shug'ullaning. Agar kursga qo'shilgan bo'lsangiz, darslarni ovozli holda quloqchinda bo'lsa ham eshitib yuring. Shunda sizda tavsiyanoma va motivatsion xat kabi muhim hujjatlarni tayyorlashga ham kamida bir oy vaqtingiz qoladi.

P.S: Post to'liq qo'lda, AI yordamisiz yozildi. Yozilish uslubi o'xshab qolgan bo'lsa ham 🙂

#DAAD #faq #tavsiya

@Musayev_blogi
3,9700035
Musayev blogi logo
Musayev blogi

25-avg, 2026, 22:40

Video
MentorGO va GrantGO loyihalarida birga ishlash uchun shogirdlik e'loni

Ancha uzoq tanaffusdan keyin "Effort Team" jamoasini kengaytirish va loyihalardagi jarayonlarni jiddiy tarzda tezlashtirish maqsadida MentorGO loyihasiga mentorlar va mentorlik kurslari menejer-kordinatorligiga shogird izlayapman.

Oldindan ogohlantiraman — bu vaqtinchalik volontyorlik yoki CVga qo'shib qo'yish uchun chiroyli ko'rinadigan amaliyot dasturi emas, kelajakdagi rejalari shu sohada bo'lgan, ishga jiddiy va mustaqil yondosha oladiganlar uchun biz bilan yonma-yon ishlash imkoniyati.

Aynan kimni izlayapman
— Loyihadagi vazifalarga talabalik vaqtidagi bir martalik kurs ishidek emas, loyiha uchun uzoq mudatli ahamiyatga ega qadamlardek qaray oladigan
— Mas’uliyatli, barqaror ishlaydigan va ishni oxirigacha olib bora oladigan
— GrantGO va MentorGO loyihalarini kuzatib kelayotgan, u yerdagi bo'layotgan ishlardan qisman xabardor va o'zi ham shu sohaga aloqador va qandaydir shaxsiy (blog, mentorlik, kurslar) yoki professional loyihalarda qatnashgan
— Loyihalardagi ayni paytdagi holat, asosiy prioritetlar va muammolarni minimal tushuntirish bilan mustaqil tahlil qilib ular atrofida reja tuzish va shu rejani amalga oshirishga qodir, menejerlik salohiyatiga ega
— AI va boshqa zamonaviy texnologik vositalardan faqat savol-javob uchun emas, balki brainstorming, rejalashtirish va samaradorlikni oshirish uchun foydalana oladigan va u yerda balansni ushlay oladigan
— O'z fikrlarini yozma va og'zaki ravon yetkaza oladigan, o'zbek tilida bexato yoza oladigan. Kopirayting yoki toza blog yuritish bo'yicha tajribaga ega
— Turli g'oya, tushuncha va ish jarayonlarini boshqalarga taqdimot qilib tushuntirib bera oladigan
— Yangi texnologiyalar, CRM va admin panellarida ishlab ko'rgan yoki ularni tez o'rganib keta oladigan
— Yuqoridagilar bo'yicha rasmiy tajriba shart emas. Umuman rasmiy tajriba talab qilinmaydi. Faqatgina shunday nomzod ekaningizni saralashda ko'rsatib bera olsangiz bo'ldi

Asosiy vazifalar
— Loyiha uchun mentorlarni topish, saralash, ular bilan muloqot olib borish va MentorGO loyihasiga jalb qilish. Ularni to'liq jarayon davomida qo'llab-quvvatlashga tayyor bo'lish
— Mentorlarga loyiha g'oyasi, missiyasi va mentorlar uchun nima bera olishi hamda shartlarini yetkaza olish
— Platformadan foydalanish bo'yicha taqdimot, yo‘riqnoma, tutorial va boshqa materiallarni tayyorlash
— Profil, xizmat va kurslarni platformaga joylashtirishda mentorlarga yordam berish
— Yaqinlashayotgan grantlarni tahlil qilib tashkil qilinishi mumkin bo'lgan mentorlik kurslari rejasini tayyorlash
— Mentorlar bilan ovozli chatlar, masterklasslar tashkil qilish va kurs tashkiliy ishlarida yordamlashish
— Mentorlarning savollariga javob berish, texnik muammolarini hal qilish va platformadan qoniqishini kuzatib borish
— Ushbu yo‘nalishni yaxshilash bo‘yicha yangi tashabbuslar taklif qilish

Boshlanishiga nimalar taklif qila olaman
Dastlabki 2–3 oy davomida:
— Haftasiga o‘rtacha 12–15 soat oladigan masofaviy va moslashuvchan jadvalli ish
— Shaxsan o'zim bilan haftasiga taxminan 2 soatlik loyihadagi vazifalar bo'yicha professional mentorlik
— Grantlar, xorijda ta’lim, jamoa boshqaruvi, startup va texnologiyalar bo‘yicha tajribamni bo‘lishish
— O'zim tashkil qilgan mentorlik kurslaridan to'liq bepul foydalana olish va bu bo'yicha mendan maslahatlar olish imkoniyati
— Oz bo'lsada, shaxsiy xarajarlarni qoplashga yetadigan stabil oylik va qo'shimchasiga natijalarga qarab bonuslar
— Bevosita boshqarilgan kurs va masterklasslardan MentorGO oladigan sof daromadning 10% miqdorida bonus
— Natijaga qarab yangi yildan vazifalar va maosh oshirilish imkoniyati

Agar yuqoridagilar sizga mos va qiziq tuyilgan bo'lsa, albatta ro'yxatdan o'ting yoki mos deb bilgan odamingizga yuboring qo'ying

▶️ https://forms.gle/FUbFQ5pps8f7p9hW7

#vakansiya #EffortTeam #MentorGO #GrantGO

@Musayev_blogi
6,7900026
Musayev blogi logo
Musayev blogi

24-avg, 2026, 18:12

Chetda o'qish va umuman o'qish haqida gap ketganda yoshlar beradigan savollar katta qismi til sertifikati haqida aylanmasdan chinakamiga grant yoki universitet muhim talablari va mezonlari haqida bo'ladigan paytlarni ko'rishni xohlayman.

Til sertifikati va umuman sertifikat va qog'ozlarga qandaydir ilohiy maqsad yoki hayotdagi muvaffaqiyat kalitidek qaraladigan davrdan shunchaki bor bilimlarini ko'rsatadigan rasmiyatchilikdek qaraladigan zamonlarni.

#til_sertifikatlari #IELTS #qogoz

@Musayev_blogi
2,2400028
Musayev blogi logo
Musayev blogi

09-avg, 2026, 17:07

📣 Siz kutgan DAAD Mentorlik Kursi 2027 mavsumi 🇩🇪 Germaniyaning eng nufuzli DAAD grantida g'olib bo'lishga astoydil harakat qilayotgan qadrli nomzodlar, biz bu yo'lda sizga yordam berish yetib kelmoqdamiz. Bittagina emas, 9 ta tajribali mentordan iborat jamoa.…
3,1800034
Musayev blogi logo
Musayev blogi

05-avg, 2026, 01:09

Photo1/6
Birinchi shaxmat taxtam

Oxirgi 90 kundagi shaxmatdagi erishgan o'sishim sababli o'zimga-o'zim mana shunday ajoyib ko'rinishdagi shaxmat taxtasini sovg'a qildim 🙂

#chess_life

@Musayev_blogi
2,7700044
Musayev blogi logo
Musayev blogi

30-iyl, 2026, 14:58

Uzbda velosport bilan shug'ullanayotganlar orasida kaska (dubulg'a) kiymaydiganlar ancha ko'p ekan.
3,0800026
Musayev blogi logo
Musayev blogi

27-iyl, 2026, 15:09

2023 oxirgi choragi uchun asosiy reja - 2021-yilgi shaxsiy rekordlarni yangilab, eng yuqori darajaga chiqish Rasmda ToDoist ilovasi, 2019-yil blogni ochishimdan biroz oldin ishlatishni boshlaganman. Enlightenedga chiqish 5 yil vaqt oldi ) #time_management…
2,9300034
Musayev blogi logo
Musayev blogi

20-iyl, 2026, 01:29

Bolalik unutilmas xotiralari

Yoshligimdan galaktiko vaqtidan beri "Real Madrid", hali "Manchester"dalik paytidaligidayoq CR7 muxlisi bo'lganman.

O'tkir burchakdan jarima zarbasini golga aylantirganini ko'rib turgan 7-8 yoshli bola qanday qilib muxlis bo'lib qolganini o'zi ham sezmagan.

Messini esa 2009-yil "Oltin to'p"ni qo'lga kiritmaguncha deyarli tanimasdim. Ashaddiy Ronaldo muxlisiga aylanib ulgurgan bolakay uchun o'sha vaqt Messini "yomon ko'rib qolish" nuqtasi bo'lgan.

Ronaldo "Real"ga o'tishi esa bu olovni yanada alanga oldirdi. Boshqa tomondan uyda Akam qaysidir nuqtada Messi muxlisiga aylangan edi.

Keyingi 3 yil men uchun oson kechmadi. Messi qayta-qayta "Oltin to'p" yutishini har safar Ronaldo o'rnida o'tirgandek kuzatdim. "Barcelona" "Real"ni yer bilan bitta qilib, yanchib tashlagan o'yindan keyin, Messi Chempionlar Ligasida butun "Real" himoyasini aldab o'tib gol urgandan keyin yig'lagudek bo'lib, qachondir biz ham ana shunday dominantlik qilishimizga ishonib uxlab qolganman.

Oradan vaqt o'tib, ana shunday davr ham keldi. Universitetda o'qib yurgan vaqtim 2017-yil "Real Madrid" 2 marta ketma-ket ChLni yutganda "Barcelona"ni 10 kishi bo'lib ham
yuta olishimizga ishonardim (shunday bo'lgan ham).

Ulg'aygan sarim esa Messi o'yinlarini qiziqish bilan kuzata boshladim. Unga nisbatan hurmat paydo bo'ldi. 2014-yildagi finalda yutqazganda ham yetakchilik ruhiyati yetishmaganiga achindim.

2022-yili finalda esa chinakamiga muxlislik qildim. Ronaldo muxlisi sifatida Ronaldo va Messi erasi jahon chempionligi bilan tugashi kerak edi. Tarixdagi eng qiziqarli bo'lgan finalda Messi avlodlar qarama-qarshiligida g'olib ham bo'ldi.

Bugun ham Ronaldo muxlisi sifatida Argentina va Messi 3-avlod qarama-qarshiligida g'olib bo'lishini xohlab o'tiribman. Aslida ikkala afsona ham isbotlashi shart bo'lgan narsa qolmagan bo'lsa ham.

Akam ikkimiz uchun bolalikning unutilmas xotiralarini taqdim qilgan era eng cho'qqida yakunlanishini xohlayman. Ayniqsa, men 3 karra boydada, Akam esa kichik malika otasiga aylangan ushbu ajoyib kunda )
Qachondir bu gapni aytishimga ishonmasdim.

Olg'a Messi!

@Musayev_blogi
3,2500043
Musayev blogi logo
Musayev blogi

28-apr, 2026, 20:28

Tata Steel Masters 2026 so'nggi turi Yuqorida oxirgi turdan oldingi holat. Bugun Nodirbek 13-o'rindagi Arjun Erigaisi bilan, Javohir 14-o'rindagi Van Ngyuen bilan o'ynaydi. Nodirbek raqibi aslida ancha kuchli, faqat bu turnirda yaxshi formada emasdek. Javohirniki…
3,6100039
Musayev blogi logo
Musayev blogi

28-apr, 2026, 20:28

Photo
Tata Steel Masters 2026 so'nggi turi

Yuqorida oxirgi turdan oldingi holat. Bugun Nodirbek 13-o'rindagi Arjun Erigaisi bilan, Javohir 14-o'rindagi Van Ngyuen bilan o'ynaydi.

Nodirbek raqibi aslida ancha kuchli, faqat bu turnirda yaxshi formada emasdek. Javohirniki esa nisbatan oson. Lekin har holda 2656 reyting osmondan tushmagan.

Javohir kecha tur boshidayoq o'yinni durang qilib oxirgi turga energiya saqladi. Nodirbek daxshat o'ynab yutib ketdi.

Agar bugun Nodirbek durang o'ynab, Javohir g'alaba qozonsa Tie-breakda ikki o'zbek shaxmatchisi ishtirokida "dream final" ko'ramiz. O'tgan yili huddi shunday vaziyat Hindistonlik Prag va Gukesh o'rtasida bo'lgandi.

Albatta, ikki shaxmatchimiz ham g'alabaga loyiq va g'alaba tilaymiz. Lekin muxlis sifatida baribir yakunda intriga kutadi odam 😅

#chess_life
3,6500047
Musayev blogi logo
Musayev blogi

28-apr, 2026, 20:28

🇮🇪 Irlandiya hukumati granti va mentorlik kursiga qabul ochildi!

Men dunyoning bir chetidagi kichik orolchaga kelib qolishimga sabab bo'lgan Irlandiya hukumati grantiga (GOI-IES Scholarship) https://t.me/grantgouz

Grant dedlayni 12-mart bo'lgani bilan unga topshirish uchun avval Irlandiya universitetlari kamida biridan qabul xati olish kerak bo'ladi. Uning uchun esa harakatni hozirdan kechiktirmay boshlash shart!

Irlandiyada o'qishga qiziqqanlar va grantga topshirmoqchi bo'lganlar uchun GOI-IES 2026 mentorlik kursimga qabul e'lon qilmoqchiman. Vaqt va imkoniyatimdan kelib chiqib kursga faqat 8 ta o'quvchi qabul qilaman. Va ular quyidagi talablarga javob berishi kerak.

Kurs kim uchun (talablar)
➡️ Irlandiyada magistratura o'qishga astoydil qiziqish (bakalavrlarga berilmaydi)
➡️ Irlandiya universitetlariga topshirishda application fee uchun €50-100 atrofida sarflashga tayyor bo'lishi (kurs narxidan tashqari)
➡️ 1-fevralgacha Irlandiya universitetlaridan kamida biriga hujjat topshirishga ulgurish
➡️ Quyidagi grant haqidagi tanishuv videosi bilan tanishib chiqish

Kurs tarkibi
➡️ GOI-IES granti bo'yicha onlayn videodarslar
➡️ Magistratura grantlari uchun "Universal Mentorlik Kursi" darslari
➡️ Hujjatlarni tekshirib berish uchun 2 ta individual sessiya

Kurs narxi 999,000 so'm. Ikkiga bo'lib to'lash mumkin

Grant bilan tanishuv videosi
😎 https://youtu.be/AxHyCjNliVw

Murojaat uchun
👉️️️️️️ https://t.me/mentorgo_sarvinoz

#GOI_IES #Irlandiya #Magistratura
Video Thumbnail
3,8700017

Showing 30 of 40 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Musayev blogi Telegram kanali nima haqida?+

Musayev blogi (@musayev_blogi) — tgdio da Blog yuritish toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 4 136 obunachi bor.

Musayev blogi (@musayev_blogi) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @musayev_blogi ga bepul obuna bo‘ling.

Musayev blogi yaxshi Blog yuritish kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Musayev blogi reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 4 136 obunachi bor. O‘xshash Blog yuritish kanallar bilan solishtiring.

Musayev blogi statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @musayev_blogi sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.