Namangan yoshlari | Yoshlar ittifoqi Telegram channel photo

Namangan yoshlari | Yoshlar ittifoqi

@namanganyoshlari_yiPublic Channel

🇺🇿 Namangan yoshlari hayotiga oid so'ngi yangiliklar va foydali ma'lumotlarni bizning sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin. ©️ O'zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi

135

Last views

2k (1,997 subscribers)
A'zolar
—
Rating
36
Total Posts
Oct 20, 2026, 2:08 AM
Yangilangan
Mar 24, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameNamangan yoshlari | Yoshlar ittifoqi
Username@namanganyoshlari_yi
CategoryBiznes yangiliklari
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar1,997
Channel TypePublic Channel
Created24-mar, 2026
Last Updated20-okt, 2026 • 2 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#448688-521
Til reytingi
#2346-8
Toifa reytingi
#6923-26

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 2.0K30 Days growth: -974.6%
09/2009/2509/3010/0510/1010/1510/19
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
20:09:20262,094
21:09:20262,094
22:09:20262,094
23:09:20262,094
24:09:20262,059
25:09:20262,059
26:09:20262,059
27:09:20262,059
28:09:20262,059
29:09:20262,059
30:09:20262,059
01:10:20262,059
02:10:20262,059
03:10:20262,059
04:10:20262,059
05:10:20262,059
06:10:20262,059
07:10:20262,059
08:10:20262,059
09:10:20262,059
10:10:20262,059
11:10:20262,059
12:10:20262,016
13:10:20262,016
14:10:20262,016
15:10:20262,016
16:10:20262,016
17:10:20262,016
18:10:20262,016
19:10:20261,997
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 23:03:2026623
Week of 30:03:2026601
Week of 06:04:2026592
Week of 13:04:2026567
Week of 20:04:2026566
Week of 27:04:2026566
Week of 04:05:2026562
Week of 11:05:2026562
Week of 18:05:2026562
Week of 25:05:2026556
Week of 01:06:2026556
Week of 08:06:20261,940
Week of 15:06:20261,940
Week of 22:06:20262,896
Week of 29:06:20262,896
Week of 06:07:20262,896
Week of 13:07:20262,446
Week of 20:07:20262,389
Week of 27:07:20262,331
Week of 03:08:20262,331
Week of 10:08:20262,225
Week of 17:08:20262,225
Week of 24:08:20262,149
Week of 31:08:20262,107
Week of 07:09:20262,107
Week of 14:09:20262,094
Week of 21:09:20262,059
Week of 28:09:20262,059
Week of 05:10:20262,059
Week of 12:10:20262,016
Week of 19:10:20261,997
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
March 2026623
April 2026566
May 2026556
June 20262,896
July 20262,331
August 20262,149
September 20262,059
October 20261,997
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20261,997

So'nggi postlar

Photo
14-18 yosh toifasidagi yoshlar o'rtasida o'tkazilgan tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra:

🥇1-o‘rinni Mingbuloq tumani jamoasi qo‘lga kiritdi;

🥈2-o‘rinni To‘raqo‘rg‘on tumani jamoasi egalladi;

🥉3-o‘rin esa Namangan tumani jamoasiga nasib etdi.

Faol ishtirok etgan hamda g'olib jamoalarga hamkor tashkilotlar vakillari tomonidan diplom, kitoblar jamlanmasi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

💐Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgan Mingbuloqlik g'oliblarimizga keyingi bosqichda ham omadlar tilaymiz!

Bizning sahifalarimiz:
📱Telegram | 📱Instagram| 📱Facebook
135000
Photo
⚖️ “Yoshlar va Qonun” tanlovida yakuniy shart — “Sud majlisi modeli”!

Namangan viloyat Yoshlar markazida bo‘lib o‘tayotgan “Yoshlar va Qonun” tanlovining viloyat bosqichida 14–18 yosh toifasidagi ishtirokchilar yakuniy — 4-shart “Sud majlisi modeli” bo‘yicha o‘zaro bellashmoqda.

Ushbu shartda jamoalar sud jarayonini sahnalashtirib, sudya, prokuror, advokat va boshqa protsess ishtirokchilari rollarini ijro etish orqali o‘zlarining huquqiy bilimlari, nutq madaniyati hamda qonunlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini namoyish etishmoqda.

Qizg‘in bahslarga boy tanlovning ushbu yakuniy sharti ishtirokchilarning huquqiy savodxonligi va jamoaviy ishlash mahoratini yana bir bor sinovdan o‘tkazmoqda!

Bizning sahifalarimiz:
📱Telegram | 📱Instagram| 📱Facebook
115000
Photo
⚖️ “Yoshlar va Qonun” tanlovida 3-shart — “Konstitutsiya bilimdonlari” bellashuvi!

Namangan viloyat Yoshlar markazida bo‘lib o‘tayotgan “Yoshlar va Qonun” tanlovining viloyat bosqichida 14–18 yosh toifasidagi ishtirokchilar o‘rtasida uchinchi shart — “Konstitutsiya bilimdonlari” bellashuvi davom etmoqda.

📚Ushbu shartda ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazib, huquqiy savodxonliklari va qonunchilik bo‘yicha bilimlarini namoyon etishmoqda.

🏆 Barcha jamoalarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

Bizning sahifalarimiz:
📱Telegram | 📱Instagram| 📱Facebook
99000
Video
🚦 “Yo‘lovchi” — xavfsizlik sari bir qadam!

🇺🇿🇺🇿O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi va viloyat YHXB hamkorligida, Namangan davlat texnika universitetining Transport fakultetida “Yo‘lovchi” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

🖐 Piyodaning o‘ng qo‘lini yuqoriga ko‘tarishi — haydovchiga “Yo‘l bering!” degan aniq ishora.
Oddiy ishora — katta e’tibor.
Katta e’tibor esa — inson hayoti xavfsizligi!

🚸 Yo‘lda e’tiborli bo‘ling. Hayotga yo‘l bering!

Bizning sahifalarimiz:
📱 | 📱 https://www.instagram.com/namangan_yoshlari_yi?igsh=aGQwcXh6dDFscmV6| 📱 https://www.facebook.com/share/1GpN3nnFyv/
207004
Photo
🚦 “Yo‘lovchi” — yo‘l harakati xavfsizligi yoshlar nigohida

🙋‍♂️👮‍♂️Yo‘l harakati xavfsizligi madaniyatini yuksaltirish, yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni targ‘ib etish hamda piyodalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi tashabbusi bilan Namangan davlat texnika universitetining Transport fakultetida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

👍 Viloyat YHXB hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlarga “Yo‘lovchi” loyihasining mazmun-mohiyati, maqsadi va ahamiyati haqida batafsil tushuncha berildi.

👥 Tadbirda piyodalar yo‘lni kesib o‘tish vaqtida haydovchi bilan o‘zaro tushunishni ta’minlashga xizmat qiluvchi “o‘ng qo‘lni yoki chap qoʻlni yuqoriga ko‘tarib, yo‘l bering” ishorasiga alohida e’tibor qaratildi.

🏞 Oddiy ko‘ringan ushbu ishora — yo‘l harakati ishtirokchilari o‘rtasida e’tibor, hurmat va xavfsiz muloqotni shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim vositalardan biridir.

🙋‍♂️ Uchrashuv davomida talabalar ishtirokida interaktiv savol-javoblar o‘tkazilib, yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha muhim tavsiya va tushunchalar yetkazildi.

Xavfsiz yo‘l — to‘g‘ri munosabat va mas’uliyatdan boshlanadi! 🚸

Bizning sahifalarimiz:
📱 | 📱 https://www.instagram.com/namangan_yoshlari_yi?igsh=aGQwcXh6dDFscmV6| 📱 https://www.facebook.com/share/1GpN3nnFyv/
214004
Photo
#YoshlarOvoziGazetasi

🙋‍♂️ Mamlakatimiz va yoshlar hayotidagi eng muhim yangiliklar, dolzarb mavzular, ijtimoiy-siyosiy voqealar hamda qiziqarli ma’lumotlarni o‘tkazib yubormang.

📰 “Yoshlar ovozi” gazetasining yangi soni bilan tanishing!
☑️ Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasi
☑️ “Shuhrat”li yetakchi
☑️ Mintaqa yoshlari bilan ochiq muloqot
☑️ Subsidiya: aslida kimga foyda?
☑️ Ish ko‘p, mutaxassis yo‘q... Dunyoga qaysi kasb egalari kerak?
☑️ Tug‘ilishlar soni 2050-yilgacha o‘sadi
☑️ Qiziltepaliklar “Zakovat”da tengsiz
☑️ Maktabda dars taqsimoti — masalaga qonuniy yechim bor
☑️ Toshkent xalqaro yarim marafoni
Yashil kelajak
☑️ “Kampirning dardi g‘o‘zada” emas
☑️ “Eng innovatsion g‘oya” tanlovi

🗞 https://drive.google.com/file/d/1Q1IOVupy379AToaqF32_gP5etkiFi4up/view?usp=sharing

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar https://t.me/yoshlarittifoqi_uz “Yoshlar ovozi” gazetasining https://t.me/yoshlarovozi sahifasiga obuna bo‘ling va voqealar rivojini kuzatib boring.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ https://t.me/yoshlarittifoqi_uz 2️⃣ http://instagram.com/yoshlarittifoqi.uz
3️⃣ http://facebook.com/yoshlarittifoqi.uz 📺 https://www.youtube.com/@yoshlarittifoqi/
156000
Video
#Yoʻlovchi #PiyodalarXavfsizligi

🙋‍♂️ O‘zbekistonda yangi yo‘l harakati https://t.me/yoshlarittifoqi_uz shakllanmoqda!

‼️ Poytaxtimizda piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tishda qo‘lni baland ko‘tarib, haydovchi e'tiborini jalb qilishga asoslangan yangi xavfsizlik madaniyatining namunalari davom etmoqda. Bu shunchaki harakat emas, balki “Men piyodaman, meni ko‘rdingiz va menga yo‘l bering” degan muhim ishoradir.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ https://t.me/yoshlarittifoqi_uz 2️⃣ http://instagram.com/yoshlarittifoqi.uz
3️⃣ http://facebook.com/yoshlarittifoqi.uz 📺 https://www.youtube.com/@yoshlarittifoqi/
157000
Photo
NAMANGANDA “JASORAT MAKTABI”NING NAVBATDAGI MAVSUMIGA START BERILDI

Jasorat — qo‘rqmaslik emas, Vatan va xalq oldidagi mas’uliyatni chuqur anglashdir!

Namangan viloyatida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning jismoniy va ma’naviy tayyorgarligini oshirish, mustahkam iroda hamda liderlik fazilatlarini shakllantirishga qaratilgan “Jasorat maktabi”ning navbatdagi mavsumiga start berildi.
Tantanali ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Xasanbayevich Bazarov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi mas’ul xodimlari, keng jamoatchilik vakillari hamda faol yoshlar ishtirok etdi.
🎖 “Jasorat maktabi” — bu oddiy o‘quv yig‘ini emas.
Bu maskanda yoshlar:
▪️ harbiy hayot va intizomning mazmun-mohiyatini anglaydi;
▪️ jismoniy chiniqish va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadi;
▪️ jamoada harakat qilish, mas’uliyatni his etish va yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantiradi;
▪️ Vatan himoyachilarining sharafli kasbi bilan yaqindan tanishadi;
▪️ milliy qadriyatlar, vatanparvarlik va fuqarolik burchi haqida chuqur tushunchaga ega bo‘ladi.

Jasoratli yoshlar — kuchli jamiyat, mustahkam Vatan va porloq kelajak kafolatidir!

Bizning sahifalarimiz:
📱 | 📱 https://www.instagram.com/namangan_yoshlari_yi?igsh=aGQwcXh6dDFscmV6| 📱 https://www.facebook.com/share/1GpN3nnFyv/
242005
Photo
🇺🇿YUKSAK E’TIROF

🏅Axralova Marg'uba Akmalxanovna O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi Farmoniga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

🎉Mazkur yuksak mukofot — mamlakatimiz mustaqilligi va taraqqiyoti yo‘lida olib borilayotgan fidokorona mehnat hamda munosib faoliyatga berilgan e’tirofdir.
Taqdir muborak bo‘lsin!

#Mustaqillik35Yilligi #YuksakEtrof #Taqdirlash

Bizning sahifalarimiz:
📱 | 📱 https://www.instagram.com/namangan_yoshlari_yi?igsh=aGQwcXh6dDFscmV6| 📱 https://www.facebook.com/share/1GpN3nnFyv/
93001
Photo
Tarixdan saboq, kelajakka ishonch!
Vatanparvarlik — Vatanga bo‘lgan cheksiz sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va ajdodlar merosiga munosib voris bo‘lish tuyg‘usidir.

Mudofaa vazirligiga qarashli Namangan garnizonida joylashgan harbiy qismlardan birida yosh harbiy xizmatchilarning vatanparvarlik ruhini yanada yuksaltirish, ularda milliy g‘urur va ajdodlarimiz jasoratiga munosib bo‘lish tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida “Tarixdan saboq, kelajakka ishonch”, “Mard ajdodlar yo‘li — bizning yo‘limiz”, “Elim uchun jon bergan jadidlarim bor mening” kabi mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida ajdodlarimizning mardlik va jasoratga boy hayot yo‘li, yurt ozodligi va ravnaqi yo‘lida amalga oshirgan fidokorona xizmatlari, milliy qadriyatlarimiz hamda tarixiy merosimiz haqida atroflicha fikr yuritildi.

Shuningdek, ishtirokchilar bilan xotira kechalari, davra suhbatlari va mazmunli uchrashuvlar o‘tkazilib, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, ona yurtga sadoqat, milliy g‘urur va daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Bizning sahifalarimiz:
📱 | 📱 https://www.instagram.com/namangan_yoshlari_yi?igsh=aGQwcXh6dDFscmV6| 📱 https://www.facebook.com/share/1GpN3nnFyv/
123003
Photo
University of Business and Science Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti faoliyati tahlil qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 17-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida TUniversity of Business and Sciencega ishchi guruh tashrif buyurdi.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi boʻlim boshliqlari Marjona Axralova, viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi mas’ul xodimi Ahrorbek Akbarov, NamDTU boʻlim boshligʻi Diyorbek Soataliyevlardan iborat ishchi guruh tomonidan boshlangʻich tashkilot faoliyatini oʻrganildi.

Ishchi guruhni universitet prorektori Fahriddin Asqarov kutib oldi. Tanqidiy-tahliliy o‘rganish jarayonida yoshlar yetakchisi faoliyati va ish samaradorligi, yoshlar muammolarini aniqlash va ularga manzilli ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bizning sahifalarimiz:
📱 | 📱 https://www.instagram.com/namangan_yoshlari_yi?igsh=aGQwcXh6dDFscmV6| 📱 https://www.facebook.com/share/1GpN3nnFyv/
135001
Photo
Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti Namangan manzilida Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti faoliyati tahlil qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 17-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida TITU Namangan manziliga ishchi guruh tashrif buyurdi.

Ishchi guruh tomonidan tanqidiy-tahliliy o‘rganish jarayonida yoshlar bilan ishlash tizimi, yoshlar yetakchisining faoliyati va ish samaradorligi, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy, yoshlar muammolarini aniqlash va ularga manzilli ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yoshlar yetakchisi va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faoliyatidagi ijobiy natijalar bilan bir qatorda, mavjud muammo va kamchiliklar ham tahlil qilinib, ularni bartaraf etish hamda faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Bizning sahifalarimiz:
📱 | 📱 https://www.instagram.com/namangan_yoshlari_yi?igsh=aGQwcXh6dDFscmV6| 📱 https://www.facebook.com/share/1GpN3nnFyv/
189000
Photo
Qahramon xotirasi — xalq qalbida mangu

Vatan himoyasi yo‘lida jon fido qilgan o‘g‘lonlar xotirasi hech qachon unutilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Vatanga sadoqat, harbiy burchga fidoyilik va qahramon ajdodlar xotirasiga hurmat ruhidagi ezgu tashabbus amalga oshirildi.

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi, Namangan harbiy prokuraturasi hamda Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy qism vakillari hamkorligida xizmat burchini bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan harbiy xizmatchi Muhammadaliyev Muhammadvali Muhammad o‘g‘lining xonadoniga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida marhum qahramonning oila a’zolari holidan xabar olinib, ularga samimiy e’tibor va ko‘mak ko‘rsatildi. Suhbatlar davomida marhum harbiy xizmatchining Vatan oldidagi fidokorona xizmati, jasorati va yorqin xotirasi yodga olindi.

Bunday tashriflar — Vatan himoyasi yo‘lida jonini fido qilgan qahramonlarimiz xotirasiga bo‘lgan yuksak hurmat, ularning oilalariga esa xalqimizning e’tibori va minnatdorligining amaliy ifodasidir.

Zero, o‘z hayotini Vatan tinchligi va xalq osoyishtaligi uchun baxshida etgan mard o‘g‘lonlarning nomi hamisha e’zozda.

Bizning sahifalarimiz:
📱 | 📱 https://www.instagram.com/namangan_yoshlari_yi?igsh=aGQwcXh6dDFscmV6| 📱 https://www.facebook.com/share/1GpN3nnFyv/
259000
Photo
Namangan davlat universitetida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 10 apreldagi PF-58-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 17-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan davlat universitetida yoshlar yetakchisi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faoliyati tanqidiy-tahliliy o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida yoshlar bilan ishlash tizimi; yoshlar yetakchisining faoliyati va ish samaradorligi; talabalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash; yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish; ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, sport va intellektual tadbirlar; yoshlar muammolarini aniqlash va ularga manzilli ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yoshlar yetakchisi va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faoliyatidagi ijobiy natijalar bilan bir qatorda, mavjud muammo va kamchiliklar ham tahlil qilinib, ularni bartaraf etish hamda faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Bizning sahifalarimiz:
📱 | 📱 https://www.instagram.com/namangan_yoshlari_yi?igsh=aGQwcXh6dDFscmV6| 📱 https://www.facebook.com/share/1GpN3nnFyv/
69000
Photo
YOSHLAR YETAKCHILARI FAOLIYATI — YANGI BOSQICHDA

📝 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining tegishli xatiga muvofiq, oliy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari faoliyatini tanqidiy-tahliliy o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularning ish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilash vazifasi ko‘zda tutilgan.

🎓 Mazkur vazifa yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, yoshlar yetakchilarining mas’uliyati va tashabbuskorligini oshirish maqsadida Namangan davlat pedagogika institutida o‘rganish ishlari olib borildi.

✨Samarali faoliyat — faol yoshlar, kuchli ta’lim muhiti va munosib kelajak garovidir!

Bizning sahifalarimiz:
📱 | 📱 https://www.instagram.com/namangan_yoshlari_yi?igsh=aGQwcXh6dDFscmV6| 📱 https://www.facebook.com/share/1GpN3nnFyv/
168001
Video
#Mustaqillik_35_yil #NamDTU

MUSTAQILLIK — YUKSAK G‘URUR, BUYUK KELAJAK!

Mustaqillik — bu shunchaki bayram emas. Bu ozod va obod Vatan, yuksak orzular, katta imkoniyatlar hamda kelajakka dadil intilayotgan yoshlar timsolidir.

Namangan davlat texnika universitetining iqtidorli va tashabbuskor talabalari Mustaqillik bayramini ko‘tarinki kayfiyat, cheksiz g‘urur va Vatanga bo‘lgan mehr bilan qarshi olmoqda.

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan tayyorlangan videorolik orqali universitetimiz yoshlarining bayramona kayfiyati va mustaqillik ruhini his eting!

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Bizning sahifalarimiz:
📱 | 📱 https://www.instagram.com/namangan_yoshlari_yi?igsh=aGQwcXh6dDFscmV6| 📱 https://www.facebook.com/share/1GpN3nnFyv/
226000
Photo
🇺🇿YAGONA VATAN — YAGONA XALQ!

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi hamkorligida harbiy qismda yoshlarni Vatanga va burchga sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni asrab-avaylash, shuningdek, xalq va armiyaning jipsligini yanada mustahkamlash maqsadida “Uch avlod” uchrashuvi hamda “Faxriylar o‘giti” davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir davomida harbiy xizmatchilar va yoshlar ishtirokida Vatanga muhabbat, ajdodlar merosiga hurmat, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, “Yangi O‘zbekiston”da amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga daxldorlik va shukronalik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan samimiy suhbatlar tashkil etildi.

Uch avlod vakillarining uchrashuvi orqali yoshlar qalbiga hayotiy tajriba, ibrat va vatanparvarlik saboqlari yetkazildi.

Bizning sahifalarimiz:
📱 | 📱 https://www.instagram.com/namangan_yoshlari_yi?igsh=aGQwcXh6dDFscmV6| 📱 https://www.facebook.com/share/1GpN3nnFyv/
313002
Photo
📚Kitobxonlar safini yanada kengaytirish, aholiga loyiha imkoniyatlarini yaqindan tanishtirish maqsadida bir guruh volontyorlar ishtirokida Namangan shahri ko‘chalarida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

📚Targ‘ibot davomida fuqarolarga “Mutolaa” loyihasi va mobil ilovasining imkoniyatlari, undan foydalanish tartibi hamda kitob o‘qishning inson tafakkuri va dunyoqarashini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

📖Yoshlar bilan bir qatorda turli yoshdagi fuqarolar ham loyihaga qiziqish bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis va volontyorlardan javob oldilar.

🔖Shuningdek, “Mutolaa” ilovasidan faol foydalanib kelayotgan kitobxonlar e’tirof etilib, ularning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida rag‘batlantirildi.

Bizning sahifalarimiz:
📱 | 📱 https://www.instagram.com/namangan_yoshlari_yi?igsh=aGQwcXh6dDFscmV6| 📱 https://www.facebook.com/share/1GpN3nnFyv/
77001
Photo
Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish — muhim vazifa

Namangan garnizonida joylashgan harbiy qismda harbiy xizmatchilar o‘rtasida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etish hamda transport vositalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbir harbiy prokuratura, Yo‘l-patrul xizmati hamda Harbiy avtomobil nazorati xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Unda yo‘l-transport hodisalarining asosiy sabablari, ularning oldini olish, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilish hamda haydovchilarning mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilarga yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish va belgilangan tartib-qoidalarga rioya etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar.

Bizning sahifalarimiz:
📱 | 📱 https://www.instagram.com/namangan_yoshlari_yi?igsh=aGQwcXh6dDFscmV6| 📱 https://www.facebook.com/share/1GpN3nnFyv/
77000
Photo
“Harbiy qismda bir kun – yoshlar uchun unutilmas tajriba!”

Yoshlar oyligi hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi hamkorligida Pop tumanida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismda “Harbiy qismda bir kun” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Pop tumani Yoshlar ishlari bo‘limi vakillari, Pop tumani 3-son texnikumi talabalari hamda bir guruh yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida yoshlar harbiy qism faoliyati, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur tadbir yoshlarning harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash hamda harbiy xizmat haqida amaliy tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qildi.

Bizning sahifalarimiz:
📱 | 📱 https://www.instagram.com/namangan_yoshlari_yi?igsh=aGQwcXh6dDFscmV6| 📱 https://www.facebook.com/share/1GpN3nnFyv/
86000
Photo
🇺🇿 “Shunqorlar” harbiy-sport oʻyinlarining Namangan viloyati bosqichi yakunlandi!

🙋 Qizgʻin va murosasiz kechgan bahslar natijasiga koʻra, Chortoq tumani yoshlari tarkibidagi “Temurbeklar” jamoasi faxrli 🥇-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

🖋 Endilikda gʻolib jamoa respublika final bosqichida Namangan viloyati sharafini himoya qiladi.

💬 Musobaqa davomida faol ishtirok etgan barcha jamoalar hamda sovrindorlar “Vatanparvar” tashkiloti va hamkor tashkilotlar tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Bizning sahifalarimiz:
📱 | 📱 https://www.instagram.com/namangan_yoshlari_yi?igsh=aGQwcXh6dDFscmV6 | 📱 https://www.facebook.com/share/1GpN3nnFyv/
47000
Photo
🏬 Namangan viloyatida “Vatanparvarlik – oliy maqsadimiz!” shiori ostida “Shunqorlar” harbiy-sport oʻyinlarining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi

💬 Musobaqaning tantanali ochilish marosimida viloyat hokimligi, Yoshlar ittifoqi, “Vatanparvar” tashkiloti hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi

🗂 Tadbir davomida yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini mustahkamlash, ularni harbiy-amaliy koʻnikmalar va jismoniy tayyorgarlik asosida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida taʼkidlandi

🙋 Musobaqada viloyatning shahar va tumanlaridan saralangan 14 ta jamoa, jami 140 nafar yosh uchta shart boʻyicha oʻzaro bellashmoqda

Bizning sahifalarimiz:
📱 | 📱 https://www.instagram.com/namangan_yoshlari_yi?igsh=aGQwcXh6dDFscmV6 | 📱 https://www.facebook.com/share/1GpN3nnFyv/
52000
Photo
Tarixni anglagan askar — Vatan himoyasida mustahkam!

🏛 Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli 99216-harbiy qism boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi tashabbusi bilan yosh harbiy xizmatchilar uchun Qo‘qon shahridagi tarixiy AL-JOME madrasasiga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
📚Sayohat davomida yosh harbiylar ushbu muqaddas maskanning boy tarixi, milliy me’morchilik an’analari hamda ajdodlarimiz qoldirgan bebaho meros bilan yaqindan tanishdilar. Ekskursiya va ma’ruzalar orqali ular nafaqat tarixiy bilimlarini mustahkamladi, balki Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlar va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘ularini yanada chuqur his etdilar.
✨Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh harbiy xizmatchilar qalbida vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, tarixiy xotirani asrash hamda milliy g‘ururni yuksaltirishga xizmat qiladi.

Bizning sahifalarimiz:
📱 | 📱 https://www.instagram.com/namangan_yoshlari_yi?igsh=aGQwcXh6dDFscmV6 | 📱 https://www.facebook.com/share/1GpN3nnFyv/
201000
Photo
🏫 Namangan viloyati Pop tumanidagi 1-sonli maktabda 7552-harbiy qism Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi, leytenant A.N. Sharobov tomonidan yoshlar bilan mazmunli uchrashuv tashkil etildi.

🤝 Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Har bir yoshning kelajagi o‘z qo‘lida ekani, to‘g‘ri yo‘lni tanlash esa bugungi kundagi eng muhim vazifa ekani ta’kidlab o‘tildi.

🧠 Shuningdek, yoshlarga turli yot g‘oyalardan ogoh bo‘lish, qonunlarga hurmat bilan yondashish va jamiyatda o‘z o‘rnini topish bo‘yicha zarur tavsiyalar hamda yo‘riqnomalar berildi.

Bizning sahifalarimiz:
📱 | 📱 https://www.instagram.com/namangan_yoshlari_yi?igsh=aGQwcXh6dDFscmV6 | 📱 https://www.facebook.com/share/1GpN3nnFyv/
79001
Photo
#Suvnibirgalikdaasraymiz

🇺🇿 https://t.me/yoshlarittifoqi_uzMarkaziy Kengashi tashabbusi bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligida “Suvni birgalikda asraymiz” ekologik loyihasini targ‘ibot aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

🙋Aksiya jarayonida talabalar orasida suvga bo‘lgan e’tibor va ekologik madaniyatni shakllantirish maqsadida maxsus brendlangan stakanlar tarqatildi.

👥Har bir talaba ushbu stakanchalardan foydalanishi orqali suvni tejash, isrofgarchilikka chek qo‘yish va ekologik mas’uliyatni o‘z hayot tarziga singdirishga undalmoqda. Bu tashabbus nafaqat talabalarga, balki keng jamoatchilikka ham suvni tejashning oddiy, ammo samarali usullarini ko‘rsatib beradi.

👥Suvni tejash ekologiyaga balki iqtisodiyotimizga ham foyda keltiradi shuning uchun - Suvni birgalikda asraymiz!

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ https://t.me/yoshlarittifoqi_uz 2️⃣ http://instagram.com/yoshlarittifoqi.uz
3️⃣ http://facebook.com/yoshlarittifoqi.uz 📺 https://www.youtube.com/@yoshlarittifoqi/
115000
Photo
✅ Bugun xizmat yakuni emas — yangi marralarning boshlanishi!

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasida muhim va unutilmas tadbir bo‘lib o‘tdi.

🗓 Bir yil davomida Vatan sharafini munosib himoya qilgan, har bir kunini jasorat, sabr va sadoqat bilan o‘tkazgan muddatli harbiy xizmatchilar bugun yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda.
Ular nafaqat xizmatni ado etdilar
💬 ular o‘zlarini tarbiyaladi, irodasini chiniqtirdi va hayotga boshqacha nigoh bilan qarashni o‘rgandi. Tadbir davomida harbiy xizmatchilarga oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun imtiyozli sertifikatlar topshirildi.

🙋 Bu — ularning kelajagi uchun ochilgan yangi eshik, yangi imkoniyat, yangi orzular sari yo‘l demakdir. Shuningdek, ular tantanali ravishda Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatilib, o‘z yaqinlari bag‘riga — doimiy yashash manzillariga kuzatildi.

Bizning sahifalarimiz:
📱 | 📱 https://www.instagram.com/namangan_yoshlari_yi?igsh=aGQwcXh6dDFscmV6 | 📱 https://www.facebook.com/share/1GpN3nnFyv/
9210010
Photo
NamDU tadqiqotchisi Namangan davlat pedagogika instituti tajriba-sinov ishlarini o‘tkazdi

NamDU mustaqil tadqiqotchisi Margʻuba Axralova “Talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda oliy oʻquv yurtlari va yoshlar tashilotlari hamkorligining pedagogik texnologiyalari (Pedagogika yoʻnalishi talabalari misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi ilmiy natijalarini amaliyotga joriy etish maqsadida Namangan davlat pedagogika instituti talabalari uchun tajriba-sinov ishlarini o‘tkazdi.

Mazkur tadqiqot doirasida loyihaviy yondashuv asosida ishlab chiqilgan o‘qitish metodikasining samaradorligi, talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish darajasini aniqlash va texnologiyalarni joriy etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Tajriba-sinov ishlari natijalari ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, shuningdek, pedagogika sohasi uchun raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

Bizning sahifalarimiz:
📱 | 📱 https://www.instagram.com/namangan_yoshlari_yi?igsh=aGQwcXh6dDFscmV6 | 📱 https://www.facebook.com/share/1GpN3nnFyv/
124000
Photo
#Namangan
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Harbiy_vatanparvarlik
#Otaliqqa_olingan_yoshlar

Milliy gvardiya Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasida Namangan viloyati prokuraturasi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashi bilan hamkorlikda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning harbiy xizmatga boʻlgan qiziqishini oshirish hamda Qurolli Kuchlar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” hamda “Harbiy vatanparvarlik” tadbirlari tashkil etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇
https://t.me/namangan_milliygvardiya
53005
Photo
🇺🇿🇹🇯O‘zbekiston va Tojikiston yoshlar tashkilotlari forumi

➡️Joriy yilning 26-mart kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida https://t.me/yoshlaragentligi https://t.me/yoshlarittifoqi_uz hamda Tojikiston hukumati huzuridagi yoshlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etildi va unda 200 nafardan ortiq yoshlar, mutaxassislar va tashkilot vakillari ishtirok etdi.
🗂Forum doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyati, “Raqamli kelajak: IT, innovatsiyalar va tadbirkorlik” hamda “Ijtimoiy faollik va media hamkorlik” mavzularida sessiyalar tashkil etildi.
🗂Shuningdek, tadbir doirasida qo‘shma loyihalar bo‘yicha ikki qardosh mamlakat yoshlar tashkilotlari o‘rtasida protokol imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
📌Unga ko‘ra yoshlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, startaplar va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda media sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ https://t.me/yoshlarittifoqi_uz 2️⃣ http://instagram.com/yoshlarittifoqi.uz
3️⃣ http://facebook.com/yoshlarittifoqi.uz 📺 https://www.youtube.com/@yoshlarittifoqi/
81000

Showing 30 of 36 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Namangan yoshlari | Yoshlar ittifoqi Telegram kanali nima haqida?+

Namangan yoshlari | Yoshlar ittifoqi (@namanganyoshlari_yi) — tgdio da Biznes yangiliklari toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 1 997 obunachi bor.

Namangan yoshlari | Yoshlar ittifoqi (@namanganyoshlari_yi) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @namanganyoshlari_yi ga bepul obuna bo‘ling.

Namangan yoshlari | Yoshlar ittifoqi yaxshi Biznes yangiliklari kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Namangan yoshlari | Yoshlar ittifoqi reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 1 997 obunachi bor. O‘xshash Biznes yangiliklari kanallar bilan solishtiring.

Namangan yoshlari | Yoshlar ittifoqi statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @namanganyoshlari_yi sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.