NamDTU | Yoshlar ittifoqi Telegram channel photo

NamDTU | Yoshlar ittifoqi

@namdtuyoshlariPublic Channel

Namangan davlat texnika universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti rasmiy kanali Murojaat uchun: @Namdtuyoshlari_bot

Networkingo‘zbekOʻzbekiston

194

Last views

1.3k (1,318 subscribers)
A'zolar
—
Rating
18
Total Posts
Sep 20, 2026, 9:35 AM
Yangilangan
Apr 27, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameNamDTU | Yoshlar ittifoqi
Username@namdtuyoshlari
CategoryNetworking
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar1,318
Channel TypePublic Channel
Created27-apr, 2026
Last Updated20-sen, 2026 • 31 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#108444+357
Til reytingi
#768-3
Toifa reytingi
#2271+3

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 1.3K30 Days growth: +221.7%
08/2208/2709/0109/0609/1109/1609/20
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
22:08:20261,296
23:08:20261,296
24:08:20261,296
25:08:20261,296
26:08:20261,296
27:08:20261,296
28:08:20261,296
29:08:20261,296
30:08:20261,296
31:08:20261,296
01:09:20261,272
02:09:20261,272
03:09:20261,272
04:09:20261,272
05:09:20261,272
06:09:20261,272
07:09:20261,272
08:09:20261,272
09:09:20261,272
10:09:20261,297
11:09:20261,297
12:09:20261,297
13:09:20261,297
14:09:20261,297
15:09:20261,297
16:09:20261,297
17:09:20261,297
18:09:20261,297
19:09:20261,297
20:09:20261,318
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 27:04:2026676
Week of 04:05:2026667
Week of 11:05:2026667
Week of 18:05:2026667
Week of 25:05:2026667
Week of 01:06:2026667
Week of 08:06:2026667
Week of 15:06:2026667
Week of 22:06:2026667
Week of 29:06:2026667
Week of 06:07:20261,509
Week of 13:07:20261,509
Week of 20:07:20261,509
Week of 27:07:20261,509
Week of 03:08:20261,509
Week of 10:08:20261,509
Week of 17:08:20261,296
Week of 24:08:20261,296
Week of 31:08:20261,272
Week of 07:09:20261,297
Week of 14:09:20261,318
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 2026676
May 2026667
June 2026667
July 20261,509
August 20261,296
September 20261,318
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20261,318

So'nggi postlar

NamDTU | Yoshlar ittifoqi logo
NamDTU | Yoshlar ittifoqi

20-okt, 2026, 23:11

Video
🇺🇿 TIL — MILLAT KO‘ZGUSI

Transport va logistika fakulteti talabalari o‘zbek tilining go‘zalligi, boyligi va jozibasini tarannum etuvchi she’rlari orqali ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtiromlarini namoyon etdilar.

✨ Ona tilimizni asrash va rivojlantirish — barchamizning muqaddas burchimiz!
194000
NamDTU | Yoshlar ittifoqi logo
NamDTU | Yoshlar ittifoqi

20-okt, 2026, 23:06

Photo1/14
TALABA QIZLAR BILAN OCHIQ MULOQOT

Namangan davlat texnika universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti koordinatorlari tomonidan 3-sonli talabalar turar joyida talaba qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqotda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti talaba qizlar koordinatori Abduxamitova Iroda, Iqtisodiyot fakulteti koordinatori Alijonov Ilyosbek hamda Biznesni boshqarish fakulteti koordinatori Yo‘ldoshev Islombek ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida talaba qizlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, talabalar turar joyida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish hamda yoshlarning faolligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Bunday ochiq muloqotlar talaba-yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yoshlar ittifoqi — yoshlar manfaatlari yo‘lida!
225000
NamDTU | Yoshlar ittifoqi logo
NamDTU | Yoshlar ittifoqi

20-okt, 2026, 20:53

Video
📚 “O‘ZINGIZNI KITOBDAGI QAYSI QAHRAMONGA O‘XSHATASIZ?”

📍 Namangan davlat texnika universitetida talabalar o‘rtasida “O‘zingizni kitobdagi qaysi qahramonga o‘xshatasiz?” mavzusida so‘rovnoma o‘tkazildi.

🎤 So‘rovnoma davomida talabalar o‘zlari sevib mutolaa qilgan kitoblardagi sevimli qahramonlari, ularning o‘ziga xos fazilatlari hamda nima sababdan aynan shu qahramonni tanlaganliklari haqida fikr bildirdilar.

📖 Mazkur video Namangan davlat texnika universiteti Yoshlar ittifoqi media koordinatori Abdumominov Jamshidbek tashabbusi bilan tayyorlandi.

✨ Ushbu tashabbus talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda yoshlarning dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan.
355003
NamDTU | Yoshlar ittifoqi logo
NamDTU | Yoshlar ittifoqi

20-okt, 2026, 19:26

Video
🇺🇿 ONA TILIM — FAXRIM!

Namangan davlat texnika universiteti Transport va logistika fakulteti talabalari 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan ona tilimizga bag‘ishlangan she’rlarni ifodali tarzda ijro etishdi.

🎙️ Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va faxrimiz timsolidir!
330004
NamDTU | Yoshlar ittifoqi logo
NamDTU | Yoshlar ittifoqi

20-okt, 2026, 18:35

Video
🇺🇿 21-OKTYABR — O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN!

🏛 Namangan davlat texnika universiteti Biznesni boshqarish fakulteti

1989-yil 21-oktyabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Ushbu tarixiy sana milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizni ulug‘lashda muhim ahamiyatga ega.

Ona tilimiz — millatimiz faxri, g‘ururi va ma’naviy boyligidir!

O‘zbek tili — ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan bebaho xazina, milliy o‘zligimizning yorqin ifodasidir. Uni asrab-avaylash, sofligini saqlash, to‘g‘ri va ravon so‘zlash hamda kelajak avlodga yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir.

Namangan davlat texnika universiteti Biznesni boshqarish fakulteti jamoasi ona tilimizni qadrlash, uning nufuzini yuksaltirish va yoshlar o‘rtasida davlat tiliga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlashni muhim vazifa deb biladi.

Tilimizni qadrlaylik, ona tilimizda faxr bilan so‘zlaylik va uning ravnaqi yo‘lida birlashaylik!
355000
NamDTU | Yoshlar ittifoqi logo
NamDTU | Yoshlar ittifoqi

20-okt, 2026, 18:35

Video
🇺🇿 ONA TILI — MILLAT KO‘ZGUSI

Namangan davlat texnika universiteti Iqtisodiyot fakulteti koordinatori va faol talabalari 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromlarini namoyon etdilar.

Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va ajdodlarimizdan qolgan bebaho merosdir. Uni asrab-avaylash, rivojlantirish va kelajak avlodlarga yetkazish barchamizning muqaddas burchimizdir.

Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz va faxrimiz!
289000
NamDTU | Yoshlar ittifoqi logo
NamDTU | Yoshlar ittifoqi

20-okt, 2026, 18:35

Video
ONA TILIM — QALBIM FAXRI!

Namangan davlat texnika universiteti Yashil transformatsiya va texnologiya fakulteti Yoshlar ittifoqi faol talabasi ijrosida ona tilimizga bag‘ishlangan samimiy she’r orqali milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat va ehtirom ifoda etildi.

Ona tilimiz — millatimizning ruhi, qalbimizning ovozi, ajdodlarimizdan qolgan bebaho merosdir. Uni sevish, ardoqlash va kelajak avlodlarga sof holda yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir.

Zero, ona tiliga bo‘lgan muhabbat — Vatanga bo‘lgan muhabbatning yorqin ifodasidir!
284001
NamDTU | Yoshlar ittifoqi logo
NamDTU | Yoshlar ittifoqi

20-okt, 2026, 16:19

Video
🇺🇿 ONA TILIM — MILLATIM FAXRI !

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Namangan davlat texnika universiteti Mexanika va yengil sanoat muhandisligi fakulteti Yoshlar ittifoqi faol talabalari ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtiromlarini she’riy satrlar orqali namoyon etdilar.

Talabalarimiz o‘z chiqishlari orqali ona tilimizning betakror jozibasi, boy tarixi va bebaho qadriyatlarini tarannum etib, milliy tilimizga bo‘lgan yuksak hurmat va samimiy muhabbatlarini ifoda etdilar.
Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz, ma’naviyatimiz va o‘zligimiz timsolidir! Uni asrab-avaylash, qadrlash va kelajak avlodlarga sof holda yetkazish har birimizning muqaddas burchimizdir!
339002
NamDTU | Yoshlar ittifoqi logo
NamDTU | Yoshlar ittifoqi

20-okt, 2026, 16:03

Photo1/10
ONA TILIM — MILLATIM FAXRI, G‘URURIM!

Namangan davlat texnika universiteti Yashil transformatsiya va texnologiya fakultetida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Yoshlar ittifoqi faol talabalari tashabbusi bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar o‘z faolligi, ona tilimizga bo‘lgan chuqur hurmati va milliy qadriyatlarimizga sadoqatini namoyon etdilar. Ular o‘zbek tilining millatimiz hayotidagi beqiyos o‘rni, uning boyligi va go‘zalligini namoyon etish orqali ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtiromlarini ifoda etdilar.

Bunday tadbirlar yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ona tilimizga bo‘lgan muhabbatini mustahkamlash hamda milliy o‘zligimizni anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz, ma’naviy boyligimiz va kelajagimiz poydevoridir!
391002
NamDTU | Yoshlar ittifoqi logo
NamDTU | Yoshlar ittifoqi

03-sen, 2026, 21:01

Photo
OLIYGOHLAR – STARTAPLAR GENERATORI dasturiga start berildi

Namangan davlat texnika universitetida yangi dastur ishga tushdi!
💡 Innovatsion g‘oyalaringizni startapga aylantiring!
Talabalar, magistrantlar va yosh olimlar ishtirok etishga taklif etiladi.
📅 Ro‘yxatdan o‘tish 1-sentabrdan boshlanadi.
🔥 Eng yaxshi loyihalar:
• Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga
• Xalqaro stajirovkaga
• Investitsiyaga tavsiya etiladi
📞 Startap menejer: Jahongir Rajabov
📱 +998 91 570 01 00
🌐 http://www.namdtu.uz/

Yangi g‘oyalar. Yangi imkoniyatlar. Yangi kelajak!
130000
NamDTU | Yoshlar ittifoqi logo
NamDTU | Yoshlar ittifoqi

03-sen, 2026, 21:01

Photo
#YoshlarOvoziGazetasi

🙋‍♂️ Mamlakatimiz va yoshlar hayotidagi eng muhim yangiliklar, dolzarb mavzular, ijtimoiy-siyosiy voqealar hamda qiziqarli ma’lumotlarni o‘tkazib yubormang.

📰 “Yoshlar ovozi” gazetasining yangi soni bilan tanishing!
☑️ Bilimlar kuni
☑️ Jurnalist baxti
☑️ Mustaqillik mujdalari
☑️ Yetakchilar uchun seminar
☑️ Bitiruvchilar necha kunda ish topadi?
☑️ P2P: Komissiyalar qanchalik adolatli?
☑️ Nam salfetka qachon taqiqlanadi?

🗞 https://drive.google.com/file/d/1vJHlQOhT3STn0x0brGDB9D21YV9apsx8/view?usp=sharing

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar https://t.me/yoshlarittifoqi_uz “Yoshlar ovozi” gazetasining https://t.me/yoshlarovozi sahifasiga obuna bo‘ling va voqealar rivojini kuzatib boring.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ https://t.me/yoshlarittifoqi_uz 2️⃣ http://instagram.com/yoshlarittifoqi.uz
3️⃣ http://facebook.com/yoshlarittifoqi.uz 📺 https://www.youtube.com/@yoshlarittifoqi/
148000
NamDTU | Yoshlar ittifoqi logo
NamDTU | Yoshlar ittifoqi

03-sen, 2026, 21:01

Video
#Mustaqillik35 #YangiOʻzbekiston

🏞 Mustaqillik — xalqimizning mashaqqatli o‘tmishi, bukilmas irodasi va asriy orzulari tantanasidir.

🎉 Eng ulug‘, eng aziz bayram — Mustaqillik kuni muborak bo‘lsin! Yurtimiz tinch, istiqlolimiz abadiy bo‘lsin!

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ https://t.me/yoshlarittifoqi_uz 2️⃣ http://instagram.com/yoshlarittifoqi.uz
3️⃣ http://facebook.com/yoshlarittifoqi.uz 📺 https://www.youtube.com/@yoshlarittifoqi/
219000
NamDTU | Yoshlar ittifoqi logo
NamDTU | Yoshlar ittifoqi

03-sen, 2026, 21:01

Photo
YOSHLAR — MUSTAQIL YURTNING BUNYODKOR KUCHI!

🇺🇿Sizlarni xalqimiz hayotidagi eng buyuk va sharafli sana — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman!

🧒Mustaqillik — bu shunchaki sana emas. U bizning erkin fikrlashimiz, orzu qilishimiz, bilim olishimiz, o‘z qobiliyatimizni namoyon etishimiz va kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan barpo etishimiz uchun yaratilgan ulkan imkoniyatdir.

🇺🇿Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning markazida inson, ayniqsa, yosh avlodning ta’lim olishi, kasb egallashi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi masalasi turibdi. Bu esa biz — yoshlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.

Aziz talaba-yoshlar!

📝Sizlarning har biringizda yurtimiz kelajagiga daxldor ulkan imkoniyat bor. Kimdir ilm-fan orqali, kimdir texnologiya, tadbirkorlik, muhandislik, san’at yoki sport orqali O‘zbekiston taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shadi.

⏰Eng muhimi — izlanishdan to‘xtamaslik, bilim olishga intilish va o‘z oldimizga katta maqsadlar qo‘yishdir.

Bugungi talaba — ertangi muhandis, olim, rahbar, tadbirkor va jamiyatning faol bunyodkoridir. Shunday ekan, universitetda o‘tkazayotgan har bir kunimizni kelajak uchun qo‘yilayotgan muhim qadamga aylantiraylik.

Hurmatli ustozlar!

✅Sizlarning mehnatingiz, sabr-toqatingiz va bizga berayotgan bilimingiz yoshlarning kelajagini belgilashda beqiyos o‘rin tutadi. Sizlarga ta’lim va tarbiya yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda kuch-g‘ayrat, mustahkam sog‘lik va yangi yutuqlar tilayman.

🔷Namangan davlat texnika universiteti yoshlari bundan buyon ham Vatanga sadoqat, ilmga intilish, tashabbuskorlik va bunyodkorlik ruhida harakat qilib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishiga ishonaman.

➡️Zero, mustaqil yurtning kuchi — uning bilimli, ma’rifatli va vatanparvar yoshlaridadir.

Fursatdan foydalanib, barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan yana bir bor muborakbod etaman!

Mustaqilligimiz mustahkam, kelajagimiz porloq, yoshlarimizning qadami qutlug‘ bo‘lsin!

Yangi O‘zbekistonning buyuk kelajagini birgalikda bunyod etamiz!

Hurmat bilan,
Diyorbek Soataliyev
Iqtdiorli yoshlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi boshligʻi
221001
NamDTU | Yoshlar ittifoqi logo
NamDTU | Yoshlar ittifoqi

03-sen, 2026, 21:01

Photo
Namangan davlat texnika universiteti jamoasidan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlanganlar:

Ergashev Jamoliddin Samatovich — universitet professori;

Abdulboqi Raxmonov — universitet dotsenti;

Polvonov Abdijalil Sattorovich — universitet dotsenti;

Dedaxanov Bahodir — universitet dotsenti;

Maqsudov Abdusalam Nuralievich — Jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i;

Nazarova Matluba Abdurashid qizi — universitet dotsenti;

Shermatova Dilfuza Yakubjonovna — universitet dotsenti;

Xusanov Muhammadali Avliyoxonovich — universitet dotsenti;

Ismatov Rahmatulla Oltinovich — universitet dotsenti (marhum);

Bekmirzayev Mirzohid Adashaliyevich — O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i;

Akramjon Sarimsakov — universitet dotsenti;

Ergashev Ma’murjon Maqsud o‘g‘li — Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i;

Muxtorjonov Ahmadjon Farhodjon o‘g‘li — stajyor-tadqiqotchi;

Isoqjonov Abdulloh Ayubxon o‘g‘li — Texnologiya fakulteti 4-bosqich talabasi.

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan berilgan ushbu e’tirof taqdirlanganlarning o‘z sohasidagi faoliyati, ta’lim-tarbiya, ilm-fan va universitet hayotidagi xizmatlariga bildirilgan yuksak bahodir.

Kengash yig‘ilishida mazkur esdalik nishoniga sazovor bo‘lgan jamoa vakillarining faoliyati alohida qayd etildi. Universitet jamoasi nomidan ularning mamlakatimiz va ta’lim tizimi rivojiga qo‘shayotgan hissasi e’tirof etildi.

Namangan davlat texnika universiteti jamoasi ushbu yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan barcha hamkasblari va universitet vakillarini muborakbod etadi.

NamDTU rasmiy axborot kanallari:
http://namdtu.uz/? |  https://t.me/namdtuuz |   https://www.instagram.com/namdtu_uz_?igsh=MWhnMzRjcTU4YXk5eQ==&utm_source=qr  |  https://x.com/NamanganU63395
https://www.facebook.com/share/1ceVKqk7x7/?utm_source=chatgpt.com |  https://www.youtube.com/@Namangandavlattexnikauniversit |  https://www.linkedin.com/in/sevara-rustamova-8142a3424 |
410002
NamDTU | Yoshlar ittifoqi logo
NamDTU | Yoshlar ittifoqi

03-sen, 2026, 21:01

Photo
Namangan davlat texnika universitetining bir guruh vakillari “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi

Namangan davlat texnika universiteti Kengashining 1 - yig‘ilishida tashkiliy masalalar jamoa uchun muhim xabar bilan boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 22-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, Namangan davlat texnika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari, xodimlari, tadqiqotchisi va talabasi mazkur esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

NamDTU rasmiy axborot kanallari:
http://namdtu.uz/? |  https://t.me/namdtuuz |   https://www.instagram.com/namdtu_uz_?igsh=MWhnMzRjcTU4YXk5eQ==&utm_source=qr  |  https://x.com/NamanganU63395
https://www.facebook.com/share/1ceVKqk7x7/?utm_source=chatgpt.com |  https://www.youtube.com/@Namangandavlattexnikauniversit |  https://www.linkedin.com/in/sevara-rustamova-8142a3424 |
311000
NamDTU | Yoshlar ittifoqi logo
NamDTU | Yoshlar ittifoqi

03-sen, 2026, 21:01

Photo
YOSHLAR KUNI MUNOSABATI BILAN REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

Yoshlar kuni munosabati bilan Namangan davlat texnika universitetida universitet rektori, professor Oybek Ergashev yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda viloyat hokimining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi Sherzod Tursunov ham ishtirok etdi.

Suhbat markazida bugungi mehnat bozori talab qilayotgan zamonaviy kasblar, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni puxta o‘zlashtirish, startap g‘oyalarni real loyihalarga aylantirish masalalari bo‘ldi.

Uchrashuv davomida Namangan davlat universiteti magistranti M.Sheraliyevaning faoliyati ham alohida e’tirof etildi. Rektor Oybek Ergashev uning raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va innovatsion tashabbuslarni ilgari surish borasidagi faolligi hamda qo‘shayotgan hissasini munosib baholab, taqdirladi.

Ochiq muloqotda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar berib, fikr va takliflarini bildirdilar.

NamDTU rasmiy axborot kanallari:
http://namdtu.uz/? |  https://t.me/namdtuuz |   https://www.instagram.com/namdtu_uz_?igsh=MWhnMzRjcTU4YXk5eQ==&utm_source=qr  |  https://x.com/NamanganU63395
https://www.facebook.com/share/1ceVKqk7x7/?utm_source=chatgpt.com |  https://www.youtube.com/@Namangandavlattexnikauniversit |  https://www.linkedin.com/in/sevara-rustamova-8142a3424 |
245003

Showing 18 of 18 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

NamDTU | Yoshlar ittifoqi Telegram kanali nima haqida?+

NamDTU | Yoshlar ittifoqi (@namdtuyoshlari) — tgdio da Networking toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 1 318 obunachi bor.

NamDTU | Yoshlar ittifoqi (@namdtuyoshlari) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @namdtuyoshlari ga bepul obuna bo‘ling.

NamDTU | Yoshlar ittifoqi yaxshi Networking kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin NamDTU | Yoshlar ittifoqi reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 1 318 obunachi bor. O‘xshash Networking kanallar bilan solishtiring.

NamDTU | Yoshlar ittifoqi statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @namdtuyoshlari sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.