Yurtimiz bo‘ylab ma’rifat, tafakkur va ezgu tashabbuslar haftaligi!
🗓 Joriy yilning oktabr–dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida "Ma’rifat - kelajak kodi" haftaligi doirasida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy loyihalar amalga oshiriladi.
⚡️Bu safar hammasi boshqacha! Chunki bu safar ma’rifat odamlar orasiga kirib boradi, ziyolilar va yoshlar bir maydonda uchrashadi, dolzarb masalalar ochiq muhokama qilinadi, yangi g‘oyalar va ezgu tashabbuslarga keng yo‘l ochiladi.
❕Bu shunchaki tadbirlar haftaligi emas. Bu - jamiyatda ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, inson qadrini yuksaltirish, ilm-fan va ma’rifatning hayotimizdagi o‘rnini mustahkamlash, odamlarni ezgu maqsadlar atrofida birlashtirishga qaratilgan yangi yondashuvdir.
Haftalik doirasida:
➡️ Mahallalarda ochiq va interaktiv muloqotlar. Taniqli olimlar, ziyolilar va jamoatchilik vakillari ishtirokida jamiyatni o‘ylantirayotgan masalalar muhokama qilinib, ularning yechimiga qaratilgan taklif va tashabbuslar ilgari suriladi.
➡️ Yoshlar uchun o‘quv treninglar. Yoshlarning mustaqil fikrlashi, tanqidiy tafakkuri, hayotiy ko‘nikmalari va ijtimoiy faolligini rivojlantirishga e’tibor qaratiladi.
➡️ Tafakkur maydoni. Yozuvchi, shoir va ijodkorlar bilan uchrashuvlar, kitoblar muhokamasi hamda adabiy muloqotlar orqali kitobxonlik madaniyati va badiiy tafakkurni yuksaltirish ko‘zda tutiladi.
➡️ Madaniy immunitet. Konsert dasturlari va madaniy-ma’rifiy chiqishlar orqali milliy qadriyatlar, ma’naviy meros va ijodiy salohiyat keng targ‘ib etiladi.
➡️ Kreativ g‘oyalar. Ijtimoiy faollik, hamjihatlik, o‘zaro hurmat va jamoatchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan taqdimotlar va loyihalar amalga oshiriladi.
«MA’RIFAT - KЕLAJAK KODI» - tafakkurni uyg‘otadigan, g‘oyalarni birlashtiradigan va birdamlikka chorlaydigan haftalik!
Rasmiy sahifalarimiz👇
Veb-sayt |
Telegram |
Facebook |
YouTube |
Instagram