http://telegraph.controller.bot/files/5911880457/AgACAgIAAxkBAAIJaGqVj7_KzZ0ENeeFUcUntf_A4nQUAAJhJGsb8AyxSJDgmYnD7FisAQADAgADeAADPQQYasharmoq va yashamoq bir narsami?
Yo‘q, bunday emas, ular ikki xil ma‘noni beruvchi fe‘llardir. Keling ,ularning farqlarini ko‘rib o‘rganib olamiz.
I. Yasharmoq (Qiyofasi yangilanmoq, yosh ko‘rinmoq)
Bu so‘zning tarixiy va hozirgi tarkibiy tuzilishi quyidagicha:
Yosh (ot) — inson yoki mavjudotning umr davri, yoshi.
-ar (fe’l yasovchi qo‘shimcha) — otga qo‘shilib, "o‘sha holatga o‘tish" yoki "o‘shanday tus olish" ma’nosidagi fe’lni yasaydi (masalan: ko‘k-armoq).
Tarixiy ma’nosi: "Yosh holatga qaytmoq", ya’ni qiyofasi yangilanmoq, go‘zallashmoq, qayta kuchga kirmoq.
Masalan, "Tabiat yashardi" deganda uning yashil va yangi holatga kelgani tushuniladi.
II. Yashamoq (Biror joyda istiqomat qilmoq, umr kechirmoq)
Bu so‘z ham tilshunoslikda aynan "yosh" (umr birligi) so‘zidan kelib chiqqan deb qaraladi:
Yosh (ot) — umr, hayot yillari.
-a (fe’l yasovchi qo‘shimcha) — otlardan fe’l yasaydi (masalan: o‘yin - o‘ynamoq). Tarixiy jarayonda so‘z tarkibidagi "o‘" tovushi "a" tovushiga almashgan (yosh + a = yashamoq).
Tarixiy ma’nosi: "Yosh o‘tkazmoq", "yoshiga yosh qo‘shmoq", ya’ni hayot kechirmoq, tirik bo‘lmoq. Keyinchalik bu ma’no kengayib, ma’lum bir joyda istiqomat qilmoq ma’nosini ham ifodalaydigan bo‘lgan.
Demak, ikki so‘zning morfemik tahlili ham turlicha. Yosh+ar tarkibida -ar so‘z yasovchi. Zamon yoki sifatdosh emas. Yosh+a, so‘z yasovchi. Zamon yoki ravishdosh emas.
📍Iltimos, nusxa olganda kanal manbasi qolsin