
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga yetkazganiga shukr!
Mustaqillik — xalqimizning eng ulug‘ va bebaho ne’mati, milliy g‘ururimiz va erkin kelajagimizning mustahkam poydevoridir. Shu ulug‘ ayyom arafasida Vatanimizda tinchlik va osoyishtalik, xalqimiz hayotida farovonlik va xotirjamlik hukm surib turganiga shukronalar aytamiz.
Yurtimizga ko‘z tegmasin, osmonimiz doimo musaffo, yurtimiz tinch va xalqimiz omon bo‘lsin!
So‘nggi yillarda yurtimizda ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilib, yoshlarning sifatli ta’lim olishi, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayniqsa, nodavlat oliy ta’lim muassasalarining rivojlanishi ta’lim tizimida sog‘lom raqobatni kuchaytirib, yoshlar uchun yangi tanlov va imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Bugun xususiy universitetlar ham davlat oliy ta’lim muassasalari qatori mamlakatimiz ta’lim tizimining muhim va ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Bu esa yoshlarimizga o‘z qiziqishi va salohiyatidan kelib chiqib, sifatli ta’lim olish uchun yanada keng imkoniyatlar bermoqda.
Bunday ezgu islohotlarning bosh maqsadi — bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladigan, yurtimiz kelajagini o‘z qo‘liga olishga qodir yosh avlodni tarbiyalashdir.
Mustaqilligimiz sharofati bilan yurtimizda bunyodkorlik, yangilanish va taraqqiyot yo‘li izchil davom etsin!
Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, yoshlarimiz ilmli va baxtli, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 🇺🇿
Talabalarimiz safiga qo'shilish uchun quyidagi link orqali ro'yxatdan o'ting: 👇
https://orientaluni.uz/r/9ZJVPF42
📞 Murojaat uchun: (55) 702-09-09
📍Manzil: Samarqand shahri, Spitamenshoh ko'chasi, 270-uy
🌐 🌐 https://www.instagram.com/oriental_uni?igsh=MW9tOGV0b252eXdiZg== 🌐 https://www.facebook.com/oriental.uni 🌐 http://orientaluni.uz/









