Bor Onangni ko'ngliga qara...
Yugurasan pulning ortidan,
Oyoqlaring bo'lguncha yara.
Madori yo'q, g'amlar dastidan,
Bor Onangni ko'ngliga qara...
Safolarga ajratib vaqting,
Tillo qilding o'tirgan taxting,
Axr uyda seni chin baxting,
Bor Onangni ko'ngliga qara...
E'tiboring qora qoshlarda,
Dil og'ritar bag'ritoshlarda,
Oqayapsan ko'zda yoshlarda,
Bor Onangni ko'ngliga qara...
Kunlariga tunlarni ulab,
Seni kutar eshikka qarab,
Yonida bo'l, ahvolin sorab,
Bor Onangni ko'ngliga qara...
Qolib ketar topgan davlating,
O'yin kulgi, qilgan ishrating,
Axr udir sening savlating,
Bor Onangni ko'ngliga qara...
Duo qilar seni tinmayin,
Boshing silar qo'llari mayin,
Eh yuribsan qadrin bilmayin,
Bor Onangni ko'ngliga qara...
Bolam deydi, bilaman deydi,
Ishlaring ko'p sezaman deydi,
Shu holda ham, g'amingni yeydi,
Bor Onangni ko'ngliga qara...
Ko'r bo'lasan bilmasang qadrin,
Borib olgin yurakda dardin,
Topolmaysan undayin mardin,
Bor Onangni ko'ngliga qara...
Qo'llarin o'p bosib bag'ringa,
Men sababchi degin jabringga,
Qoyil qoldim deya sabringga,
Bor Onangni ko'ngliga qara...
Қадрдонларга меҳр улашувчи каналдасиз!
Оқибатли қадрдонлар бу ерда
❤️
T.me/+YH1kouOYiHdiNmEyЭнг чиройли табриклар бу ерда!!!
❤️
T.me/+p50YWfICg_4yZWE6