OTFIV | Toshkent Telegram channel photo

OTFIV | Toshkent

Toshkent shahar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi. Manzil: Olmazor tumani, Chimboy ko'chasi 96-uy Murojaat uchun telefon: 55-511-55-44. Boshqarma boshlig’iga murojaat: @OTFIV_Tashkent_bot

Tibbiyoto‘zbekOʻzbekiston

199

Last views

9.6k (9,552 subscribers)
A'zolar
—
Rating
81
Total Posts
Oct 22, 2026, 4:10 PM
Yangilangan
Apr 7, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameOTFIV | Toshkent
Username@otfiv_toshkent_boshqarmasi
CategoryTibbiyot
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar9,552
Channel TypePublic Channel
Created7-apr, 2026
Last Updated22-okt, 2026 • kecha
StatusActive

Reyting

Global reyting
#11007+472007
Til reytingi
#126+2645
Toifa reytingi
#250+11280

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 9.6K30 Days growth: +2.4K33.1%
09/2309/2810/0310/0810/1310/1810/22
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
23:09:20267,174
24:09:20267,174
25:09:20267,174
26:09:20267,174
27:09:20267,174
28:09:20267,174
29:09:20267,174
30:09:20267,174
01:10:20267,174
02:10:20267,174
03:10:20267,174
04:10:20267,174
05:10:20267,174
06:10:20267,174
07:10:20267,174
08:10:20267,174
09:10:20267,174
10:10:20267,174
11:10:20267,174
12:10:20267,174
13:10:20267,174
14:10:20266,623
15:10:20266,623
16:10:20266,623
17:10:20266,623
18:10:20266,623
19:10:20266,623
20:10:20266,623
21:10:20266,623
22:10:20269,552
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 06:04:20266,556
Week of 13:04:20266,556
Week of 20:04:20266,556
Week of 27:04:20266,654
Week of 04:05:20266,654
Week of 11:05:20266,479
Week of 18:05:20266,479
Week of 25:05:20266,479
Week of 01:06:20266,441
Week of 08:06:20266,441
Week of 15:06:20266,441
Week of 22:06:20266,441
Week of 29:06:202611,417
Week of 06:07:202611,417
Week of 13:07:202611,417
Week of 20:07:202610,799
Week of 27:07:202610,799
Week of 03:08:20269,815
Week of 10:08:20269,815
Week of 17:08:20269,206
Week of 24:08:20267,731
Week of 31:08:20267,731
Week of 07:09:20267,388
Week of 14:09:20267,174
Week of 21:09:20267,174
Week of 28:09:20267,174
Week of 05:10:20267,174
Week of 12:10:20266,623
Week of 19:10:20269,552
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20266,654
May 20266,479
June 20266,441
July 202610,799
August 20267,731
September 20267,174
October 20269,552
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20269,552

So'nggi postlar

OTFIV | Toshkent logo
OTFIV | Toshkent

23-okt, 2026, 10:09

Viktorina ğoliblari aniqlandi!

Tasodifiy raqamlar generatsiyasi orqali ötkazilgan tanlov natijasiga köra, quyidagi iştirokçilar esdalik sovğalarga ega böldilar:

🏆 Ğoliblar:

1. 2-sonli Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi öquvçisi- Muxlisa Bahtiyorova

2. Toşkent şahar pedagogika texnikumi öquvçisi - Mehriniso Mavlonova

3. Toşkent şahar yuridik texnikumi öquvçisi - Sardorjon Mamayusupov

Barça iştirokçilarga faol qatnaşgani uçun minnatdorlik bildiramiz!

Ğoliblarni esa çin dildan tabriklaymiz!

Boşqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook | Threads | Linkedin | Telegram-bot
2,5800014
OTFIV | Toshkent logo
OTFIV | Toshkent

22-okt, 2026, 16:26

Photo1/2
#Qonunçilikdagi_yangiliklar

❗️Hukumat qarori (577-son, 19.10.2026 y.) bilan Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat röyxatidan ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Unga köra, 2027/2028-öquv yilidan boşlab tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi kasbiy ta’lim taşkilotlari bitiruvçilarining bilimlari maxsus imtihon orqali mustaqil baholanadi va davlat röyxatidan ötkaziladi.

📌 Asosiy tartiblar:

Ötiş mezoni — maksimal ballning kamida 60 foizi.

✔️Imtihondan muvaffaqiyatli ötganlarga 5 yil muddatga davlat röyxatidan ötkazilganlik guvohnomasi berilib, kasbiy faoliyat yuritişga ruxsat etiladi.

Imtihon va davlat xizmati uçun tölov — 1 BHM.

Imtihondan öta olmagan talabgorlar 2 oy içida qayta topşirişi mumkin.

👥 Amaldagi xodimlarga imtihondan öta olmagan taqdirda 1 yil muddatga vaqtinçalik guvohnoma berilib, qayta imtihon topşiriş imkoniyati yaratiladi.

Boşqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook | Threads | Linkedin | Telegram-bot
3,390007
OTFIV | Toshkent logo
OTFIV | Toshkent

22-okt, 2026, 10:45

Video
▶️ Qöşimça qabul parametrlari doirasida saralaş imtihonlari va öquv jarayonining boşlaniş sanalari belgilandi

➖ Imtihon sanalari: 2026-yil 23–24-oktyabr kunlari — yozma imtihonlar ötkaziladi.

➖ Öquv jarayonining boşlanişi: saralaş imtihonlari natijalariga köra, 2026-yil 26-oktyabr kunidan boşlanadi.

Boşqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook | Threads | Linkedin | Telegram-bot
5,4800013
OTFIV | Toshkent logo
OTFIV | Toshkent

22-okt, 2026, 10:18

Photo1/2
#JadidlarMerosi

A’zam Ayubov 1904-yil 21-avgustda Toşkent şahrining Rais köça mahallasida tavallud topgan. Yoşligidan ilmga, kitob mutolaasiga qiziqqan A’zam Munavvarqori Abduraşidxonovning “Namuna” maktabida tahsil olgan, Fitrat va Qayum Ramazon kabi ma’rifatparvarlardan saboq olgan.

U mehnat faoliyatini matbuot sohasida boşlagan. “Iştirokiyun”, “Tong”, “Kambağal dehqon” va “Qizil Özbekiston” kabi naşrlarda faoliyat yuritgan. Şuningdek, “Yer yuzi” jurnalida mas’ul kotib, keyinçalik “Maş’ala” va “Guliston” jurnallarida muharrir örinbosari bölib işlagan. Adabiyot va san’atga oid maqolalari hamda taqrizlari bilan davriy matbuot rivojiga hissa qöşgan.

Afsuski, uning hayoti qatağon qurboniga aylandi. 1937-yilda hibsga olingan A’zam Ayubov soxta siyosiy ayblovlar bilan ta’qib qilinib, 1938-yilda vafot etgan.

Boşqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook | Threads | Linkedin | Telegram-bot
2,7200013
OTFIV | Toshkent logo
OTFIV | Toshkent

21-okt, 2026, 19:23

Photo1/2
Yangi alifbo uçun maxsus sayt va bot işga tuşdi!

⚠️ Undov.uz sayti va @undovbot orqali amaldagi lotin, kirill hamda yangi alifbodagi matnlarni bir-biriga tez va oson ögirişingiz mumkin. Servis matnlar bilan birga hujjat fayllarini ham transliteratsiya qiladi.

Eng muhimi — xizmat mutlaqo bepul!

Sayt va bot serverlarida foydalanuvçilarning matn hamda fayllari saqlab qolinmaydi. Şu sababli saytdagi transliteratsiya xizmati oflayn rejimda ham tez işlaydi.

✔️ www.undov.uz
✔️ @undovbot

Boşqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook | Threads | Linkedin | Telegram-bot
4,740009
OTFIV | Toshkent logo
OTFIV | Toshkent

21-okt, 2026, 19:12

Photo1/2
Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun, 21-oktyabr kuni lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladi.

Amaldagi barça hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi. Darsliklar, peşlavha va körsatkiçlar esa yaroqlilik muddati tugagaç, bosqiçma-bosqiç almaştiriladi.

Boşqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot
5,320007
OTFIV | Toshkent logo
OTFIV | Toshkent

21-okt, 2026, 17:07

Photo1/14
🚘🚘🚘🚘🚘🚘🚘
Hamkorlik sari muhim qadam!

Chilonzor tuman 3-son texnikumi o‘qituvchilari va o‘quvchilari Jizzax shahridagi Jizzax avtomobilsozlik sohasidagi muhandislik maktabiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida ishtirokchilar muhandislik va avtomobilsozlik yo‘nalishlarida yaratilgan zamonaviy sharoitlar, ilg‘or texnologiyalar hamda ta’lim jarayonining tashkil etilishi bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar jarayoni, kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan yondashuvlar yuzasidan fikr almashilib, o‘zaro tajriba almashish va hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilash masalalariga e’tibor qaratildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot
2,4900013
OTFIV | Toshkent logo
OTFIV | Toshkent

21-okt, 2026, 14:09

Photo1/2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Pedagog va o‘quvchilar bir o‘quv yilida kamida bir marotaba psixologik diagnostikadan o‘tkaziladi

"Uzluksiz ta’lim tizimida psixologik xizmat sohasini ilmiy asosda rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori (PQ–379-son, 19.10.2026 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, barcha ta’lim tashkilotlarining pedagog (tarbiyachi) va o‘quvchilari (tarbiyalanuvchilari, talabalari) bir o‘quv yilida kamida bir marotaba maqsadli psixologik diagnostikadan o‘tkaziladi.

Bunda ushbu tizim:
🔹 birinchi bosqichda — 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida;

🔹 ikkinchi bosqichda — 2027/2028 o‘quv yilidan boshlab o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlarida joriy etiladi.

Psixologik diagnostika quyidagi tartibda tashkil etiladi:
➖ diagnostika Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan maxsus elektron platformada yuritiladi, shaxsga doir ma’lumotlar va diagnostika natijasida ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarning sir saqlanishi ta’minlanadi;

➖ natijalar sun’iy intellekt texnologiyalari orqali tahlil qilinib, pedagog va o‘quvchilar "psixologik barqaror", "psixologik qo‘llab-quvvatlashga muhtoj" va "faol psixologik qo‘llab-quvvatlash zarur" guruhlariga ajratiladi;

➖ "psixologik qo‘llab-quvvatlashga muhtoj" guruhiga kiritilganlarga ta’lim tashkilotining psixologi, "faol psixologik qo‘llab-quvvatlash zarur" guruhiga kiritilganlarga esa tegishli hudud bo‘yicha mentor psixolog biriktiriladi.

Kaskadli malaka oshirish kursiga o‘qituvchi sifatida jalb etilgan psixologlarga bu davrda asosiy ish joyidagi lavozim maoshiga nisbatan 20 foiz miqdorida ustama to‘lanadi.

🏅 O‘quv yili davomida psixologik barqarorlikni ta’minlashda yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan 150 nafar mentor psixolog mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 20 barobari miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantiriladi.

🎓 Ta’lim tashkilotlari psixologik xizmat xodimlari besh yilda kamida bir marotaba malakasini oshirishi shart etib belgilanadi.

🏛 Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi negizida Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi va Ta’lim va ilm-fan vazirligi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi.

Institutda 2027-yil 1-yanvardan boshlab Raqamli psixologiya va sun’iy intellekt, Ta’lim psixologiyasi va psixologik xizmat, Psixologik salomatlik va profilaktika laboratoriyalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot
2,0100010
OTFIV | Toshkent logo
OTFIV | Toshkent

21-okt, 2026, 12:27

Photo1/2
✔️ 13 nafar pedagogga to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka toifasi berildi

Ta’lim va ilm-fan vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, pedagog kadrlar attestatsiyasiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka toifalariga ega bo‘ldi.

📌 Mazkur qaror asosida Toshkent shahridagi 13 nafar texnikum va akademik litsey pedagoglari quyidagi mezonlar asosida malaka toifasiga sazovor bo‘ldi.

— PhD, DSc darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodiin, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan pedagog kadrlar;

— sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika va hududiy sport musobaqalari g’olibini tayyorlagan pedagog kadrlar;

— pensiya yoshiga yaqin pedagoglar

✏️ Ushbu e’tirof pedagoglarning fidokorona mehnati va kasbiy mahoratiga berilgan munosib bahodir.

Ro‘yxat bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot
3,6500010
OTFIV | Toshkent logo
OTFIV | Toshkent

21-okt, 2026, 12:01

Video
100 dan ortiq mamlakat vakillari Samarqandda bolalar kelajagini muhokama qiladi

21–22-oktabr kunlari Samarqandda o‘tkaziladigan Jahon sammitida 100 dan ortiq mamlakatdan siyosiy yetakchilar, vazirlar, xalqaro tashkilotlar, ekspertlar, biznes va fuqarolik jamiyati vakillari, shuningdek, bolalar va o‘smirlar ishtirok etadi.

Sammitning rasmiy ochilish marosimi va panel sessiyalaridan tashqari, ishtirokchilar O‘zbekistondagi ijtimoiy soha obyektlariga ham tashrif buyuradilar.

Panel sessiyalarida bolalar farovonligi bilan bog‘liq eng muhim masalalar muhokama qilinadi:

• bolalar va oilalarni ijtimoiy himoya qilish;
• bolalarni himoya qilish va ularga zarur xizmatlarni ko‘rsatish;
• bolalar salomatligi va sog‘liqni saqlash;
• bolalar onkologiyasi;
• erta bolalik rivoji;
• inklyuziv ta’lim.

Sammit doirasida II xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi ham o‘tkaziladi.

Turli mamlakatlarning tajribasi va yondashuvlari bir maydonda jamlanib, bolalar uchun yanada samarali tizim va yechimlarni shakllantirish masalalari muhokama qilinadi.

Samarqand ikki kun davomida bolalar farovonligi bo‘yicha xalqaro muloqot markaziga aylanadi.

📍 21–22-oktabr, 2026-yil
Samarqand, O‘zbekiston
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot
3,270007
OTFIV | Toshkent logo
OTFIV | Toshkent

19-okt, 2026, 11:12

Video
⏩⏩Prezident va nomli davlat stipendiyalari uchun test natijalari e’lon qilindi

2026/2027-o‘quv yili uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalarning maxsus test sinovlari natijalari e’lon qilindi. Natijalardan norozi bo‘lgan talabgorlar my.edu.uz orqali apellyatsiya arizasi yuborishlari mumkin.

2026-yil 10-oktyabr kuni bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun o‘tkazilgan maxsus test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tashkil etildi.

Sinovlar O‘zbekiston tarixi, axborot texnologiyalari va xorijiy tillar fanlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazilgan.

Talabgorlar test sinovlari natijalari bilan my.edu.uz elektron tizimidagi shaxsiy kabinetlari orqali tanishishlari mumkin.

Ta’lim va ilm-fan vazirligi xabariga ko‘ra, test natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar 20-oktyabr kuni soat 10:00 ga qadar my.edu.uz orqali apellyatsiya arizasi yuborishlari mumkin. Arizada aynan qaysi fan va qaysi savol bo‘yicha natijadan norozi ekani aniq ko‘rsatilishi lozim.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot
71005
OTFIV | Toshkent logo
OTFIV | Toshkent

19-okt, 2026, 09:47

Photo1/2
National Poetry Competition: havaskor va professional shoirlar uchun sheʼrlar tanlovi!

Tanlovda butun dunyodan 18 yoshga toʻlgan havaskor va professional shoirlar qatnashishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida topshirilishi kerak.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 5000 funt-streling.
– 2-oʻrin: 2000 funt-sterling.
– 3-oʻrin: 1000 funt-sterling.
– Alohida eʼtirof etilgan sheʼrlar mualliflari: 500 funt-sterling.

Sheʼrlar qabuli 2026-yil 31-oktyabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/national-poetry-competition-havaskor-va-professional-shoirlar-uchun-sherlar-tanlovi/

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot
350005
OTFIV | Toshkent logo
OTFIV | Toshkent

18-okt, 2026, 21:49

Photo1/2
#OnlaynViktorina
Onlayn viktorinada ishtirok eting va esdalik sovg‘alarini qo‘lga kiriting!

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Toshkent shahar Kasbiy ta’lim boshqarmasi tomonidan onlayn viktorina tashkil etilmoqda!

Viktorina sanasi: 18–21-oktyabr kunlari.

✍️ Ishtirok etish shartlari:
🔹 10 ta savolning barchasiga to‘g‘ri javob bering
🔹 Barcha savollarga to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar orasidan g‘oliblar tasodifiy raqamlar generatsiyasi orqali aniqlanadi.

🏆 Sovrinlar:
10 ta savolning barchasiga to‘g‘ri javob bergan 3 nafar ishtirokchiga boshqarma tomonidan esdalik sovg‘alari topshiriladi.

📢 G‘oliblar 22-oktyabr kuni aniqlanadi!

🔗 Viktorinada ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali botga kiring: https://t.me/otfiv_tanlov_bot

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot
7,430008
OTFIV | Toshkent logo
OTFIV | Toshkent

18-okt, 2026, 16:13

Photo1/2
#HaftalikDayjest

📌 Toshkent shahar kasbiy ta’lim tizimida hafta davomida amalga oshirilgan muhim voqealar, yangiliklar va tadbirlar

Sevimli kasb — bu shunchaki ish emas, balki o‘z qiziqishi, iste’dodi va salohiyatini namoyon etish, orzular sari dadil qadam tashlash imkoniyatidir.

Toshkent noshirlik-matbaa texnikumida “Zamonaviy texnikum — zamonaviy mutaxassis” shiori ostida o‘quvchilarning kasbiy mahoratini namoyon etishga qaratilgan oshpazlik ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

Texnikumlarda “Kelajak soati” darslari o‘tkazildi.

Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarini boshqarish tizimi takomillashtiriladi.

Kasb egalla — daromadga chiq!

OTFIV Toshkent — endi rasmiy tasdiqlangan kanal!

Kasbiy ta’lim muassasalarida inson resurslarini boshqarish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.

21-oktyabr — o‘zbek tili bayrami: texnikumlarda umummilliy diktant o‘tkaziladi.

GIZ loyihasi doirasida Moldova, Gruziya, Qirg‘iziston, Germaniya va Ruminiyadan tashrif buyurgan loyiha tashkilotchilari Shayxontohur tumani texnikumi faoliyati bilan tanishdilar.

Respublika musiqa va san’at texnikumi dutorchi qizlar — milliy san’atimiz iftixori!

O‘quvchilarning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularga qo‘shimcha bilim olish imkoniyatini yaratish maqsadida Shayxontohur tuman texnikumida xitoy tili mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilgan.

Dunyo ko‘zgulari – asli ustozlar, Toshkent ma’rifat maskanida.

Talabalar bilan ochiq muloqot: muammolar tinglanib, takliflar o‘rganildi.

Dunyo ko‘zgulari – asli ustozlar, Toshkent ma’rifat maskanida.

Shayxontohur tuman texnikumining “Yangi energiyali avtomobillar texnologiyasi” yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilari hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari Samarqand viloyatida joylashgan “Samarqand avtomobil zavodi” MCHJga tashrif buyurdilar.

Texnikumlarda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.

Toshkent shahridagi kasbiy ta’lim muassasalarida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda texnikumlarda mehnat yarmarkalari o‘tkazildi.

“Mening kasbim — mening kelajagim”!

Bir haftada - bir media mahsulot.

Har bir o'quvchining xavfsizligi barchamizning mas’uliyatimiz!

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot
714004
OTFIV | Toshkent logo
OTFIV | Toshkent

17-okt, 2026, 20:10

Video
🎬 Bir haftada - bir media mahsulot

📹 Shayxontohur tuman texnikumi media jamoasi navbatdagi media mahsulotni taqdim etadi!

📌 Siz ham chetda qolmang! Texnikumingiz media jamoasi bilan hamkorlikda so‘nggi trendlar asosida qiziqarli videolar tayyorlang va hafta yakunida boshqarma Telegram kanalida namoyish eting!

🚀 G‘oyangizni videoga aylantiring, ijodingizni namoyon eting va texnikumingizni keng auditoriyaga taniting!

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot
1,0200016
OTFIV | Toshkent logo
OTFIV | Toshkent

17-okt, 2026, 16:54

Photo1/2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Toshkent xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi

"Toshkent xalqaro moda akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida"gi Prezident qarori (PQ–378-son, 16.10.2026 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, Toshkent xalqaro moda akademiyasi davlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi va Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tizimida faoliyat yuritadi.

🎓 2027/2028 o‘quv yilidan boshlab yengil sanoat sohasi uchun kadrlar tayyorlovchi texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan va ballar o‘rtacha qiymati Akademiya tomonidan belgilangan ko‘rsatkichdan kam bo‘lmagan bitiruvchilarga bakalavriatning uchinchi bosqichidan o‘qishni to‘lov-kontrakt asosida davom ettirishga ruxsat beriladi.

🌐 Akademiyaga jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar, ma’muriy xodimlar, ularning oila a’zolariga hamda Akademiyaga qabul qilinadigan xorijiy talabalarga Akademiyaning talabnomalariga muvofiq ko‘p martalik viza berilishi (muddati uzaytirilishi) hamda turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilishi (muddati uzaytirilishi) belgilangan tartibda ta’minlanadi.

🏠 Qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturida Akademiya talabalari uchun davlat-xususiy sheriklik asosida 400 o‘rinli talabalar turar joyini qurib, foydalanishga topshirish (2028-yil yakuniga qadar) nazarda tutilgan. Ungacha Institutdan Akademiyaga o‘qishi ko‘chirib o‘tkaziladigan talabalarga Institut talabalar turar joyidan belgilangan tartibda foydalanishga ruxsat beriladi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot
931004
OTFIV | Toshkent logo
OTFIV | Toshkent

16-okt, 2026, 21:27

Video
“Mening kasbim — mening kelajagim”

Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi. Kasb — inson kelajagining poydevori! Har bir yosh o‘z qiziqishi va qobiliyatiga mos kasbni egallab, hayotda o‘z o‘rnini topishi muhimdir.

Imkoniyatlar turlicha bo‘lishi mumkin, ammo bilim olish, kasb egallash va orzular sari intilish har bir inson uchun muhimdir. Kasb-hunar yoshlarga o‘z salohiyatini namoyon etish, mustaqil hayotga qadam qo‘yish va kelajagini qurish imkonini beradi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot
760006
OTFIV | Toshkent logo
OTFIV | Toshkent

16-okt, 2026, 17:21

Photo1/20
#MehnatYarmarkasi

Mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda texnikumlarda mehnat yarmarkalari o‘tkazildi.

Yarmarkalarda oliy va kasbiy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etib, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ishga joylashish imkoniyatlari hamda ish beruvchilar tomonidan taklif etilayotgan vakansiyalar bilan tanishdilar.

Tadbirlarning asosiy maqsadi — yoshlar bandligini ta’minlash, ularning mehnat bozoriga kirib borishiga ko‘maklashish hamda ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot
742008
OTFIV | Toshkent logo
OTFIV | Toshkent

16-okt, 2026, 16:10

Photo1/12
#BeshTashabbus #SportMusobaqalari

🏆 “Besh tashabbus” olimpiadasi: sport musobaqalari qizg‘in davom etmoqda!

🏃‍♂️ Toshkent shahridagi kasbiy ta’lim muassasalarida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

⚽️ Musobaqalar davomida o‘quvchi-yoshlar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, sport mahorati, chaqqonligi va jamoaviylik ko‘nikmalarini namoyon etmoqdalar.

Mazkur sport bellashuvlari yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, iste’dodli sportchilarni aniqlash hamda do‘stona muhitni mustahkamlashga qaratilgan.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook |  Threads | Linkedin | Telegram-bot
3,790005
OTFIV | Toshkent logo
OTFIV | Toshkent

08-sen, 2026, 01:40

Photo
#Qabul2026

🔹 Toshkent pedagogika texnikumida xalqaro ta’lim dasturi!

📌 Toshkent pedagogika texnikumi 2026/2027-o‘quv yilidan Xitoyning Wuwei Vocational and Technical universiteti bilan hamkorlikda “Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi” kasbi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida, to‘lov-kontrakt asosida o‘quvchilarni qabul qiladi.

⏩ Hujjatlar 2026-yil 10-sentabrgacha http://my.edu.uz/ elektron platformasi orqali qabul qilinadi.

Murojaat uchun manzil: Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 186-uy. Telefonlar: 78-278-55-64, 78-278-55-86

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
| https://www.instagram.com/otfiv_toshkent?igsh=dHByNXpqOWs3eWR0 | https://www.facebook.com/profile.php?id=100092411636880&mibextid=ZbWKwL | https://t.me/OTFIV_Tashkent_bot https://www.threads.com/@otfiv_toshkent?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ== | https://t.me/OTFIV_Tashkent_bot https://www.linkedin.com/in/otfiv-toshkent-shahar-kasbiy-ta https://t.me/OTFIV_Tashkent_bot
1,870006
OTFIV | Toshkent logo
OTFIV | Toshkent

08-sen, 2026, 01:40

Photo
#Qabul2026

⚡️11-sinf bitiruvchilari uchun hujjat topshirishga 5 kun qoldi!

Hujjatlar 10-avgustdan 10-sentabrga qadar http://my.edu.uz/ platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.

Platformaga:
➖ ID karta yoki tug‘ilganlik to'g'risidagi guvohnoma ma'lumoti (abituriyent fotosurati bilan);

➖ Maktabning 11-sinfini tamomlaganlik to‘g‘risidagi elektron shahodatnoma ma’lumotlari kiritiladi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
| https://www.instagram.com/otfiv_toshkent?igsh=dHByNXpqOWs3eWR0 | https://www.facebook.com/profile.php?id=100092411636880&mibextid=ZbWKwL | https://t.me/OTFIV_Tashkent_bot https://www.threads.com/@otfiv_toshkent?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ== | https://t.me/OTFIV_Tashkent_bot https://www.linkedin.com/in/otfiv-toshkent-shahar-kasbiy-ta https://t.me/OTFIV_Tashkent_bot
6,540006
OTFIV | Toshkent logo
OTFIV | Toshkent

08-sen, 2026, 01:40

Photo
#Qabul2026
9-sinf bitiruvchilari uchun hujjat topshirishga atigi 2 kun qoldi!

2026/2027-o‘quv yilida akademik litseylarga o‘qishga tavsiya etilmagan, biroq texnikumda tahsil olish istagidagi 9-sinf bitiruvchilari vakant o‘rinlar doirasida texnikumlarga qabul qilinadi.

🎓Hujjatlar joriy yil 3–7-sentabr (shu kuni ham) http://my.edu.uz/ platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
| https://www.instagram.com/otfiv_toshkent?igsh=dHByNXpqOWs3eWR0 | https://www.facebook.com/profile.php?id=100092411636880&mibextid=ZbWKwL | https://t.me/OTFIV_Tashkent_bot https://www.threads.com/@otfiv_toshkent?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ== | https://t.me/OTFIV_Tashkent_bot https://www.linkedin.com/in/otfiv-toshkent-shahar-kasbiy-ta https://t.me/OTFIV_Tashkent_bot
10,800002
OTFIV | Toshkent logo
OTFIV | Toshkent

08-sen, 2026, 01:40

Photo
5-19-yoshli bolalar uchun Xalqaro kimyo va sanʼat tanlovi: rasm chizib pul mukofoti yutib oling

Ushbu tanlovda 5-19 yoshli yoshlar qatnashishi mumkin. Ishtirokchilardan “Chemistry Powering our Planet (Sayyoramizni quvvatlayotgan kimyo)” mavzusida rasm chizish va uni JPG yoki PNG shaklida topshirish talab etiladi.

Tanlov quyidagi yoshlar kesimida oʻtkaziladi:
– 5-8 yosh
– 9-12 yosh
– 13-15 yosh
– 16-19 yosh

Mukofotlar:
– Har bir kesim boʻyicha gʻoliblar 350 AQSH dollari bilan mukofotlanadi
– Ishtirokchilarga sertifikat beriladi
– Sovrindor ishlari onlayn platformalarda namoyish etiladi

Ishlar 2026-yil 1-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-chemistry-art-competition/

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
| https://www.instagram.com/otfiv_toshkent?igsh=dHByNXpqOWs3eWR0 | https://www.facebook.com/profile.php?id=100092411636880&mibextid=ZbWKwL | https://t.me/OTFIV_Tashkent_bot https://www.threads.com/@otfiv_toshkent?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ== | https://t.me/OTFIV_Tashkent_bot https://www.linkedin.com/in/otfiv-toshkent-shahar-kasbiy-ta https://t.me/OTFIV_Tashkent_bot
1,970003

Showing 30 of 81 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

OTFIV | Toshkent Telegram kanali nima haqida?+

OTFIV | Toshkent (@otfiv_toshkent_boshqarmasi) — tgdio da Tibbiyot toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 9 552 obunachi bor.

OTFIV | Toshkent (@otfiv_toshkent_boshqarmasi) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @otfiv_toshkent_boshqarmasi ga bepul obuna bo‘ling.

OTFIV | Toshkent yaxshi Tibbiyot kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin OTFIV | Toshkent reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 9 552 obunachi bor. O‘xshash Tibbiyot kanallar bilan solishtiring.

OTFIV | Toshkent statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @otfiv_toshkent_boshqarmasi sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.