1/20#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026
Samarqandda Jahon sammiti mehmonlari kutib olinmoqda!
Samarqand xalqaro aeroportida 21–22-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo‘l” Jahon sammitida ishtirok etish uchun xorijiy delegatsiyalar vakillari kutib olinmoqda.
🤝 Jumladan, Serbiya Respublikasi, Misr Arab Respublikasi va Salvador Respublikasidan, shuningdek, xalqaro tashkilotlar hamda yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan mehmonlar Samarqandda kutib olinmoqda.
🌍 100 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etishi kutilayotgan sammit bolalar huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, ta’lim va erta rivojlanish yo‘nalishlarida xalqaro tajriba almashish, ilg‘or yondashuvlarni muhokama qilish hamda amaliy hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim muloqot maydoniga aylanadi.
Samarqand dunyo hamjamiyatini mushtarak maqsad — har bir bola uchun farovon, xavfsiz va munosib kelajak yaratish yo‘lida birlashtirmoqda.
Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren









