1/2Hurmatli viloyatimiz aholisi va mehmonlari!
😲Joriy yilning 21-oktabr kuni viloyatimizda Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi munosabati bilan Qarshi shahrining Buyuk Turon, Islom Karimov va Mustaqillik ko‘chalarida, shuningdek Qarshi, G’uzor hamda Qamashi tumanlari hududidan o’tgan D-147 avtomobil yo‘lining Qarshi — Shahrisabz yo‘nalishida transport vositalari harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi.
❗️Shu munosabat bilan, barcha harakat ishtirokchilaridan vaqtinchalik cheklovlar davrida, Ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablariga qat’iy rioya etishlarini hamda zarurat bo‘lmaganda mazkur yo‘nalishlarda harakatlanmasliklarini so‘raymiz.









