
2026-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida “UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA PEDAGOGIKA VA FILOLOGIYA FANLARINING TRANSFORMATSIYASI VA ISTIQBOLLARI” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.
📌 KONFERENSIYANING ASOSIY YO‘NALISHLARI
1. Ta’lim tizimining raqamli transformatsiyasi.
2. Zamonaviy tilshunoslikning dolzarb masalalari.
3. Adabiyotshunoslikning zamonaviy tadqiqot yo‘nalishlari.
4. Qiyosiy tilshunoslik, tarjimashunoslik va madaniyatlararo muloqot.
5. Ta’limda sun’iy intellekt va generativ texnologiyalar.
6. Inklyuziv ta’lim: zamonaviy yondashuvlar va istiqbollar.
Qabul qilingan maqolalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan filologiya, pedagogika va tarix fanlari bo‘yicha dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan The Lingua Spectrum Journal ilmiy jurnalining konferensiya materiallariga bag‘ishlangan maxsus sonida nashr etiladi.
⏰ Maqolalar qabul qilish muddati: 2026-yil 5-noyabr
🗓 Konferensiya sanasi: 2026-yil 11-noyabr.
🇺🇿 Axborot xati
🇺🇸 Call for Papers
🇷🇺 Информационное письмо
🔗 Konferensiya sayti (Ro‘yxatdan o‘tish havolasi)
📞 Aloqa uchun telefon raqami:
+998 90 083-73-00
+998 93 430-11-35









