Marhabo!
Tanishib olsak Mening ismim Oisha, ko’pchilik orzulari osmon Oisha deydi, bu o’zimga ham yoqadi. Yoshim 15da. Sizchi, siz ham o’zingizni tanishtirasizmi?
Oishaa qizim, dadangdan xabar keldi, yuguur, telefonimizda aksiga olib mablag’ ham kam qolibdi. Hozir ona o’chib qolmasin iltimos - dedi qo’lidagi qalamni sto’l ustiga arang qo’yib, yugura-yugara telefonni olib:
Assalomu alaykum dadajon! Yaxshimisiz, men erkatoy, go’zal qizingiz Oisha ancha yaxshiman. Dadajon u yoqlar sovuq emasmi, kecha xolamlarnikiga borgandim, televizorda ko’rsatishdi, Moskva sovuq deb aytishyapti. Dadajon o’zingizni asraang sizni judayam yaxshi ko’ramaaan. - Telefon mablag’i tugab o’chib qoldi. Oisha dadasiga gap bermaganidan xafa bo’ldi, dadajonim ertaroq qaytsinlar ona dedi ko’zida qatra-qatra yosh bilan.
Albatta ona qizim otang yaqinda qaytadi, televizor ham olamiz, telefonimizni ham mablag’i o’chmaydi. - Kutaman Onajoon! Oisha o’qishlaring yaxshimi bolam, otang sendan ko’p narsani kutyapti, bilasan-a qizim, bizni uyaltirib qo’yma senga ishonamiz!
Albatta onajon dedi Oisha va to’satdan esiga nimadir tushdimi, ust boshiga ham qaramay tashqariga qarab otildi…