RTTYOMNF | Rasmiy Telegram channel photo

RTTYOMNF | Rasmiy

@rttyom_nfPublic Channel

Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan viloyati filiali va uning xududiy stansiyalari rasmiy matbuot kanali!

Tibbiyoto‘zbekOʻzbekiston

359

Last views

5.6k (5,598 subscribers)
A'zolar
—
Rating
22
Total Posts
Oct 17, 2026, 11:12 AM
Yangilangan
Apr 26, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameRTTYOMNF | Rasmiy
Username@rttyom_nf
CategoryTibbiyot
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar5,598
Channel TypePublic Channel
Created26-apr, 2026
Last Updated17-okt, 2026 • 4 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#1966-29
Til reytingi
#14+1
Toifa reytingi
#43O'zgarish yo'q

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 5.6K30 Days growth: +3.8K204.4%
09/1809/2309/2810/0310/0810/1310/17
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
18:09:20261,839
19:09:20261,839
20:09:20261,677
21:09:20261,677
22:09:20261,677
23:09:20261,677
24:09:20261,677
25:09:20261,677
26:09:20261,677
27:09:20261,677
28:09:20261,677
29:09:20261,677
30:09:20261,677
01:10:20261,677
02:10:20261,677
03:10:20261,677
04:10:20261,677
05:10:20261,677
06:10:20261,677
07:10:20261,677
08:10:20261,677
09:10:20261,677
10:10:20261,677
11:10:20261,677
12:10:20261,677
13:10:20261,677
14:10:20261,677
15:10:20261,677
16:10:20261,677
17:10:20265,598
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 20:04:20264,118
Week of 27:04:20264,118
Week of 04:05:20264,485
Week of 11:05:20264,485
Week of 18:05:20264,485
Week of 25:05:20264,485
Week of 01:06:20264,485
Week of 08:06:20264,485
Week of 15:06:20264,485
Week of 22:06:20264,485
Week of 29:06:20264,485
Week of 06:07:20262,940
Week of 13:07:20262,940
Week of 20:07:20262,940
Week of 27:07:20262,940
Week of 03:08:20262,940
Week of 10:08:20262,940
Week of 17:08:20262,262
Week of 24:08:20262,262
Week of 31:08:20262,100
Week of 07:09:20261,839
Week of 14:09:20261,677
Week of 21:09:20261,677
Week of 28:09:20261,677
Week of 05:10:20261,677
Week of 12:10:20265,598
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20264,118
May 20264,485
June 20264,485
July 20262,940
August 20262,262
September 20261,677
October 20265,598
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20265,598

So'nggi postlar

RTTYOMNF | Rasmiy logo
RTTYOMNF | Rasmiy

16-okt, 2026, 13:00

Photo1/2
#Milliy_dastur

🟡 💛💛💛

❗️SSV: O‘zbekistonda ilk bor maktab o‘quvchilariga insult belgilarini aniqlashni o‘rgatuvchi “FAST — superqahramonlar” xalqaro dasturi joriy etiladi

🫀Insult — inson hayotini sanoqli daqiqalar ichida o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgan og‘ir xastalik. Shu bois uning belgilari haqida o‘z vaqtida xabardor bo‘lish muhim ahamiyatga ega.
📋Prezidentimizning joriy yil 20-yanvardagi tegishli qarori asosida yurtimizda ilk bor Infarkt va insultga qarshi kurashish Milliy dasturi qabul qilindi.

🗓 Unga ko‘ra, shu yilning 1-noyabridan mamlakatimiz umumta’lim maktablarida “Angels Initiative” xalqaro tashabbus tashkilotining “FAST — superqahramonlar” xalqaro ta’lim dasturi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

🏫 Loyiha birinchi sinfdan to‘rtinchi sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, ilk bosqichda Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi 7 ta hamda Samarqand shahar, Kattaqo‘rg‘on va Ishtixon tumanlaridagi 6 ta umumta’lim maktabida mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

🩺 “FAST” tamoyili insultning asosiy belgilarini oson eslab qolishga yordam beradi. U yuzdagi o‘zgarishlar, qo‘ldagi holsizlik, nutq buzilishi hamda vaqtni boy bermasdan harakat qilish zarurligini anglatadi.

🌏 Xalqaro hamkorlik doirasida ishlab chiqilgan ushbu dastur Germaniya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Braziliya, Kanada, Gretsiya, Islandiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Latviya, Slovakiya, Vengriya, Bolgariya va Singapur kabi dunyoning 40 ga yaqin davlatida 2 million nafardan ortiq bolani qamrab olgan.

👨‍💻 O‘zbekistonda “FAST — superqahramonlar” xalqaro dasturining rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarda sahifasi ishga tushirildi. U orqali dasturga oid ma’lumotlar, ta’limiy materiallar va loyiha doirasidagi yangiliklar bilan tanishish mumkin.

🔵 Loyihaning asosiy maqsadi — o‘quvchilarga o‘yin va qiziqarli mashg‘ulotlar orqali insultning dastlabki belgilarini tanish, o‘z salomatligi va yaqinlari sog‘lig‘iga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish hamda shoshilinch vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.

🔎Dasturning yana bir muhim jihati — bolalar nafaqat insultning dastlabki belgilarini tanib olishni o‘rganadilar, balki bu bilimlarni ota-onalari, bobo va buvilariga ham yetkazadilar. Shu orqali oilalarda insult haqida xabardorlik oshib, uning belgilarini erta aniqlash va o‘z vaqtida tez tibbiy yordam chaqirish ko‘nikmalari shakllanadi.

✔️ Mashg‘ulotlar davomida bolalar insonning yuzida asimmetriya paydo bo‘lishi, bir qo‘lini ko‘tara olmasligi yoki gapirishda qiyinchilik kuzatilishi insult belgisi bo‘lishi mumkinligini o‘rganadi.

🚑 Bunday holatlarda vaqtni boy bermaslik, kattalarni shoshilinch xabardor qilish va “103” raqamiga murojaat etish bo‘yicha amaliy tushunchalar beriladi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarda tez tibbiy yordam xizmatining ahamiyati singdiriladi.

🎮 Dasturning o‘ziga xos jihati, murakkab tibbiy tushunchalar bolalarga ularning yoshi va idrokiga mos ravishda, o‘yin elementlari, qahramonlar va videomateriallar yordamida yetkaziladi.

‼️ Umuman, “FAST — superqahramonlar” dasturi o‘quvchilarning sog‘liqni saqlash borasidagi bilimlarini oshirish, oilalarda insult belgilari haqida xabardorlikni kuchaytirish va shoshilinch vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
691002
RTTYOMNF | Rasmiy logo
RTTYOMNF | Rasmiy

14-okt, 2026, 20:37

Photo1/20
Namanganda zamonaviy o‘quv-simulyatsiya markazi ochildi

Namangan viloyatida tez tibbiy yordam xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy o‘quv-simulyatsiya markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Bozorov, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Abrorjon Alijonov, Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi (KOFIH) mutaxassisi Ju Singhvan, soha vakillari hamda Koreyadan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirok etdilar.

Mazkur markaz KOFIH tomonidan amalga oshirilayotgan grant loyihasi doirasida tashkil etildi. Bu yerda tez tibbiy yordam xodimlari zamonaviy simulyatorlar yordamida shoshilinch vaziyatlarda harakat qilish, zarur tibbiy muolajalarni bajarish va tezkor qaror qabul qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Loyiha doirasida Namangan viloyatidan to‘rt nafar shifokorni Koreya Respublikasida malaka oshirish kurslariga yuborish ham ko‘zda tutilgan. Yangi markaz tibbiyot xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, tez tibbiy yordam xizmati sifatini oshirish hamda inson hayotini saqlab qolish samaradorligini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati
800007
RTTYOMNF | Rasmiy logo
RTTYOMNF | Rasmiy

14-okt, 2026, 16:50

Photo1/18
Namanganda zamonaviy o‘quv-simulyatsiya markazi ochildi

Namangan viloyatida tez tibbiy yordam xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy o‘quv-simulyatsiya markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Bozorov, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Abrorjon Alijonov, Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi (KOFIH) mutaxassisi Ju Singhvan, soha vakillari hamda Koreyadan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirok etdilar.

Mazkur markaz KOFIH tomonidan amalga oshirilayotgan grant loyihasi doirasida tashkil etildi. Bu yerda tez tibbiy yordam xodimlari zamonaviy simulyatorlar yordamida shoshilinch vaziyatlarda harakat qilish, zarur tibbiy muolajalarni bajarish va tezkor qaror qabul qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Loyiha doirasida Namangan viloyatidan to‘rt nafar shifokorni Koreya Respublikasida malaka oshirish kurslariga yuborish ham ko‘zda tutilgan. Yangi markaz tibbiyot xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, tez tibbiy yordam xizmati sifatini oshirish hamda inson hayotini saqlab qolish samaradorligini yuksaltirishga xizmat qiladi.

@namanganssb
6460010
RTTYOMNF | Rasmiy logo
RTTYOMNF | Rasmiy

04-sen, 2026, 00:06

Photo
Mingbuloq tumanida o‘quv-seminar o‘tkazildi

⚡️ RTTYOM Namangan viloyati filialining shahar va tuman bo‘limlarida yurak-qon tomir hamda serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olishga qaratilgan o‘quv-seminarlar bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda.

Navbatdagi o‘quv-seminar RTTYOM Namangan viloyati filiali Mingbuloq tumani Tez tibbiy yordam bo‘limida RTTYOM Namangan viloyati filialining davolash ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari v.v.b. M.T. Zohidova boshchiligida o‘tkazildi.

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–20-sonli “O‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalar va ustuvor yo‘nalishlar haqida xodimlarga batafsil ma’lumot berildi.

🩺 Tadbirda RShTYOM Namangan viloyati filiali shifokori Mirzayev Marufjon hamda RTTYOM Namangan viloyati filiali shifokori Toshpo‘latov Ikromjon o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, mavzu yuzasidan qatnashchilarga atroflicha ma’lumot berdilar.

Ma’ruzalarda yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni barvaqt aniqlash, oldini olish, shoshilinch holatlarda to‘g‘ri va tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish, tashxislash hamda davolash samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🚑 Shuningdek, tez tibbiy yordam xodimlarining bunday holatlarda tezkor va to‘g‘ri harakat qilishi, bemorlarga o‘z vaqtida sifatli shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Mazkur o‘quv-seminarlar filialning barcha shahar va tuman bo‘limlarida tasdiqlangan reja asosida bosqichma-bosqich davom ettiriladi.

#tez_tibbiy_yordam #seminar #Mingbuloq

🔵 👥 https://www.youtube.com/@rttyom_namangan_103 📷 https://instagram.com/rttyom_namangan?utm_source=qr&igshid=MzNlNGNkZWQ4Mg==
263006
RTTYOMNF | Rasmiy logo
RTTYOMNF | Rasmiy

04-sen, 2026, 00:06

Photo
⚡️ BILIMLAR KUNI

Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan viloyati filiali tomonidan Bilimlar kuni munosabati bilan viloyatimizdagi 500 dan ortiq ta’lim muassasalarida tez tibbiy yordam xizmatining ko‘chma tibbiy postlari tashkil etildi.

🎒 Yangi o‘quv yilining boshlanishi — bolajonlar hayotidagi eng quvonchli va unutilmas kunlardan biridir. Shu munosabat bilan ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan bayram tadbirlarining tinch, osoyishta va xavfsiz o‘tishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

👮‍♂️Bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ta’lim muassasalari atrofida jamoat tartibini saqlash hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tez tibbiy yordam xizmati xodimlari hamkorlikda xizmat olib bormoqda.

🚑 Tez tibbiy yordam xodimlari bayram tadbirlari davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday favqulodda vaziyatga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatishga shay holatda turibdi.

✨ Aziz bolajonlar! Sizlarning xavfsizligingiz va salomatligingiz — biz uchun eng muhim qadriyat. Yangi o‘quv yilingiz quvonchli lahzalar, mustahkam bilim va ulkan yutuqlarga boy bo‘lsin!

#tez_tibbiy_yordam #bilimlarkuni #Namangan

🔵 👥 https://www.youtube.com/@rttyom_namangan_103 📷 https://instagram.com/rttyom_namangan?utm_source=qr&igshid=MzNlNGNkZWQ4Mg==
407006
RTTYOMNF | Rasmiy logo
RTTYOMNF | Rasmiy

04-sen, 2026, 00:06

Photo
🔴 🟦🟦🟦

❗️Aziz yurtdoshlar!

❗️Fidoyi va jonkuyar tibbiyot xodimlari!

📱 Sizlarni, avvalo, eng ulug‘ va eng aziz bayram — mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.


🟢 Bugun Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar markazidan inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalar joy olgan. Shundan kelib chiqib, davlatimiz rahbari qo‘ygan talablar asosida sog‘liqni saqlash sohasini yuqori samara bilan ishlaydigan chinakam xalqchil tizimga aylantirish choralari ko‘rilmoqda.

➡️ Xususan, birlamchi bo‘g‘inda tibbiy-sanitariya yordamining xalqaro tajribaga asoslangan yangi modeli joriy etilyapti. Tez tibbiy yordam xizmatida chaqiriqlarni elektron boshqarish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

📊 Davlat tibbiyot muassasalariga robot texnologiyalari kirib keldi, sun’iy intellekt asosidagi tekshiruv va muolajalar soni 50 tadan oshdi.

✅ Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy tizimi shakllantirildi, onkologik va gematologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, palliativ yordamni rivojlantirish bo‘yicha yangi mexanizmlar hayotga tatbiq etildi.

💻 Sohani raqamlashtirish ham yangi bosqichga ko‘tarildi. DMED yagona elektron axborot tizimi orqali 38 milliondan ziyod aholining tibbiy ma’lumotlari elektron shaklda jamlandi. Shu yil oxirigacha davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini barcha hududlarda to‘liq yo‘lga qo‘yish orqali aholini kafolatlangan tibbiy yordam bilan qamrab olishni maqsad qilganmiz.

📌 Bundan tashqari, onalar va bolalar o‘limi darajasi keskin kamaygani, tibbiy ta’lim qamrovi va sifati oshayotgani, xususiy tibbiyot va farmatsevtika sanoati jadal rivojlanayotgani ham soha islohotlari qanchalik samara berayotganini ko‘rsatib turibdi.

📊 Eng muhimi, izchil sa’y-harakatlarimiz natijasida so‘nggi o‘n yilda mamlakatimizda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 73,8 yoshdan 75,4 yoshga yetdi. Albatta, bu yutuqlar zamirida sizlarning bilim va mahoratingiz, mashaqqatli mehnatingiz, kasbga sadoqat va matonatingiz mujassam.

💫 O‘z navbatida, Prezidenimiz tashabbusi bilan yurtimiz tarixida birinchi marta tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga uy-joy sotib olishi, qolaversa, farzandlarini oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishi uchun subsidiya ajratish tizimi yo‘lga qo‘yilgani, ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash kuchaytirilgani barchamizni quvontiradi.

❗️Qadrli tibbiyot xodimlari!

🔺Oldimizda yanada ulkan va mas'uliyatli vazifalar turibdi. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishning yangi modelini joriy qilish ko‘lamini hamda aholi uchun kafolatlangan bepul tibbiy yordam hajmini kengaytirish, sohani raqamlashtirish orqali boshqaruv jarayonidagi ortiqcha tartib-taomillarni qisqartirish kelgusida diqqat markazimizdagi muhim masalalardan bo‘ladi.

➡️ Shu bilan birga, tibbiyot va farmasevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini joriy etish, Sog‘liqni saqlash kodeksi ishlab chiqilishini jadallashtirish, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari samaradorligini oshirish, tibbiy ta’lim sifati hamda raqobatbardoshligini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratamiz.

💬 Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, xalqimiz salomatligini saqlash va mustahkamlash, tibbiyotni aholiga yanada yaqinlashtirish biz uchun bundan keyin ham asosiy o‘zgarmas maqsadimiz bo‘lib qoladi. Ishonchim komilki, siz, aziz soha xodimlari o‘z fidoyiligingiz, bilim va tajribangiz bilan Yangi O‘zbekiston tibbiyotini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shasiz.

💐 Barchangizni Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan yana bir bor samimiy qutlab, sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-xotirjamlik va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman! Egningizdagi oq libosingizga aslo gard yuqmasin! Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Eldor ADILOV,
O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vaziri.

https://gov.uz/oz/ssv 🔵 https://t.me/ssvuz 👥 https://m.facebook.com/100067706034431/ 📷 https://instagram.com/ssvuzrasmiy?igshid=YmMyMTA2M2Y=
325002
RTTYOMNF | Rasmiy logo
RTTYOMNF | Rasmiy

04-sen, 2026, 00:06

Video
Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!

Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin!

Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin!

Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman.

Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin!

Yashasin O‘zbekiston Respublikasi!

Yashasin O‘zbekiston xalqi!

Shavkat Mirziyoyev,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
—
Все вместе мы обязательно создадим золотую эпоху, новую великую историю нашей Родины!

Мы благодарны Всевышнему за поистине бесценное богатство – нашу независимость!

Слава нашему народу – созидателю независимости!

С 35-летием государственной независимости Республики Узбекистан.

Пусть в нашей стране всегда царит мир, в наших домах будут благополучие и достаток!

Да здравствует Республика Узбекистан!

Да здравствует народ Узбекистана!

Шавкат Мирзиёев,
Президент Республики Узбекистан

https://president.uz/| https://www.facebook.com/Mirziyoyev/| https://www.instagram.com/mirziyoyev_sh/| https://www.youtube.com/channel/UC61Jnumjuz8NXhSuLoZD2xg| https://x.com/president_uz
280000
RTTYOMNF | Rasmiy logo
RTTYOMNF | Rasmiy

04-sen, 2026, 00:06

Photo
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

AZIZ YURTDOSHLAR!

Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan viloyati filiali jamoasi nomidan barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Ushbu qutlug‘ ayyomda Sizlarga, avvalo, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, tinchlik-osoyishtalik, totuvlik, hamjihatlik va farovon hayot tilayman.

Hayotingizning har bir kuni mehr-oqibat, shodu-xurramlik va ezgu niyatlar bilan bezansin. Amalga oshirayotgan barcha xayrli ishlaringiz, ezgu sa’y-harakatlaringiz jonajon O‘zbekistonimizning yanada ravnaq topishi, xalqimiz farovonligi va yurtimiz shon-shuhratining yuksalishiga xizmat qilsin!

Barcha yutuq va g‘alabalarimizning bunyodkori bo‘lgan xalqimiz hamisha omon, el-yurtimiz tinch va osmonimiz musaffo bo‘lsin! Go‘zal Vatanimizda tinchlik va osoyishtalik, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlik bardavom bo‘lsin!

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin!

#tez_tibbiy_yordam #tabrik

Hurmat bilan,
Adhamjon O‘tbosarovich Irisboyev
Respublika tez tibbiy yordam markazi
Namangan viloyati filiali direktori

🔵 👥 https://www.youtube.com/@rttyom_namangan_103 📷 https://instagram.com/rttyom_namangan?utm_source=qr&igshid=MzNlNGNkZWQ4Mg==
7800019
RTTYOMNF | Rasmiy logo
RTTYOMNF | Rasmiy

04-sen, 2026, 00:06

Photo
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Aziz va muhtaram yurtdoshlar!

Sizlarni Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik bayrami bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!

Mustaqillik — xalqimizning eng ulugʻ va bebaho qadriyati, yurtimizning tinchligi, erkinligi va farovon hayotining mustahkam poydevoridir.

Ushbu qutlugʻ ayyomda barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sogʻliq, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va farovon hayot tilaymiz.

Yurtimizda tinchlik va osoyishtalik,
xalqimiz hayotida baxt va farovonlik,
kelajagimizda yanada ulkan zafarlar hamisha hamroh boʻlsin!

Abduvoitjon Gafurov
Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori

#tez_tibbiy_yordam #tabrik #Uzb35 #Mustaqillik35

https://t.me/Press_Official_103_uz | https://www.facebook.com/103uzb | https://www.instagram.com/103_press_official_/ | https://uz103.uz/uz| https://www.youtube.com/channel/UCWi-mPYP1Q1sJNie-uyxlFQ
622006
RTTYOMNF | Rasmiy logo
RTTYOMNF | Rasmiy

26-apr, 2026, 18:03

- Бизнинг фаолиятимиз бир маромда давом этмайди, буни жамоамизнинг ҳар бир вакили жуда яхши билади, - дея таъкидлайди Абдурасул Раҳимов. – Болалар ва катталар ўртасида ўткир респиратор ва юқумли касалликлар авж олган даврларда, ёзги дам олиш мавсумида чақириқлар сони бир неча маротаба ортиб кетади. Бундай вазиятларда ҳам бир-биримизни қўллаб, чарчоқларга парво қилмай, беморларга биринчи ёрдамни кўрсатишга ҳаракат қиламиз. Фуқароларнинг хизматимиздан розилиги, миннатдорлиги – бизнинг энг катта ютуғимиз. Буларнинг барчасига, яна таъкидлашим мумкинки, ҳукуматимиз томонидан яратиб берилаётган қулай шарт-шароит ва имкониятлар сабаб бўлмоқда.
Албатта, имконият, муносиб шароит бор, меҳнати қадрланган жойда инсон чин дилдан ишлайди. Жамоада Гулчеҳра Саломова, Феруза Ғаппорова, Алишер Муллабоев, Тоҳиржон Бобоев, Зарифа Турсунова, Фахриддин Ҳошимбоев каби шифокорлар, Роҳила Жўраева, Аҳадхон Маматов, Зиёдулло Назаров, Муқаддас Абдуллаева, Шоҳиста Раҳимбердиева, Хайрулло Убайдуллаев, Достон Мирзаев, Жамолиддин Мўминов, Қаҳрамон Мукаррамов каби фельдшерлар барчага ҳар жиҳатдан ўрнак, ишга доимо масъулият билан ёндашадиган ходимлардир.
Ютуқлар ҳам ҳавас қилгулик. Олий тоифали врач Алишер Муллабоев, фельдшер Жамолдин Мўминов, ҳайдовчи Нарзулло Пўлатовлардан иборат реанимацион бригада вилоят танловида 1-ўринни эгаллади. Эндиликда улар танловнинг халқаро миқёсдаги босқичида иштирок этишади.
Тез тиббий ёрдам бўлимининг Қўқимбой шохобчаси ҳамшираси Муқаддас Абдуллаева эса “Ҳамшира” кўрик-танловининг туман босқичида, унинг қизи эса “Менинг онам - ҳамшира” танлови туман босқичида 2-ўрин ғолиби бўлди. Бўлимда тузилган футбол жамоасининг кубок соҳиби эканлиги жамоада соғлом турмуш тарзи қарор топганидан, спорт оммавийлашганидан далолат беради.
Бўлимга умумий ҳисобда бир кунда 200 га яқин чақириқ келиб тушади. Марказда 8 та тиббий бригада фаолият юритаётган бўлса, қолган яна 8 та бригада туманнинг бошқа ва ҳатто, Қирғизистон республикаси билан чегарадош ҳудудлардаги аҳолига тиббий хизмат кўрсатади.
Қирғизистон республикасига яқин ҳудудда жойлашган Ободон шаҳобчасида бўлганимизда, аҳоли тез ёрдамчилар хизматидан мамнун бўлиб, миннатдорликларини билдирдилар.
- Қайнона ва қайнотамда гипертония ҳасталиги бор, уларнинг қон босимлари ошиб туради. Шу сабабли “103” га тез-тез мурожаат қилиб турамиз, – дейди Обод МФЙ Истиқлол кўчаси 117 уйда истиқомат қилувчи Сайёра Раҳмонова. – Шифокорлар ўз вақтида етиб келиб, биринчи ёрдам кўрсатадилар. Бир неча бор оғир асоратларни олдини олдилар. Шунинг учун улар хизматидан доимо миннатдормиз. Ўзлари ҳамиша соғ ва омон бўлишсин, халқимиз хизматидан чарчамасинлар.
Дарҳақиқат, “Ободон” шохобчаси малакали шифокори Тоҳиржон Бабаевнинг хизматларини эътироф этсак арзийди. Доя Гулбаҳор Қосимова 36 йиллик иш тажрибасига эга. У фаолияти давомида кўплаб чақириқлардаги фавқулодда туғруқ жараёнларида дояликни маҳорат билан бажариб, она ва бола ҳаётини сақлаб қолганлиги таҳсинларга сазовор. Вилоят марказидан олис радиусда жойлашган бўлса-да, “Ободон”да шундай фидоий шифокор ва фельдшерлар бор. Бу халқнинг бахти, омади.
Кўриш мумкинки, бугун нафақат туманларда энг олис қишлоқ ва овулларда ҳам тез ва сифатли биринчи тиббий ёрдамни кўрсатиш учун замонавий хизмат шаклланиб улгурди. Энди беморлар соатлаб тез ёрдамни кутмайдилар. Ўз вақтида кўрсатиладиган тиббий хизмат эса фуқароларнинг ҳаётини асрабгина қолмасдан, уларнинг тиббиётдан розилигига ҳам сабаб бўлмоқда.
Манзура ЭРГАШЕВА.
434002
RTTYOMNF | Rasmiy logo
RTTYOMNF | Rasmiy

26-apr, 2026, 18:03

Сўнгги йилларда соҳада биз тасаввур этмаган туб бурилиш, ўзгаришлар бўлди. Атиги ўн йил олдин ҳам техник ҳолати яхши бўлмаган автомашиналарда хизмат кўрсатардик. Ёқилғи ва дори-дармон етишмовчилиги муаммосини эса гапирмаса ҳам бўларди. Бугун замонавий транспортларда чақириқларга ўз вақтида етиб бораётганимиз, 68 турдаги дори-дармонлар билан уч ойлик захира яратилган ҳолатда таъминланганимиз нафақат беморларни, балки уларга кўнгилдагидек тиббий хизмат кўрсатаётган ҳамкасбларимизни ҳам қувонтирмоқда, ишига бўлган меҳрини, иштиёқини кучайтирмоқда.
Дарҳақиқат, бўлим мудирининг эътирофларида муболаға йўқ. Тиббиётнинг мазкур йўналишида ҳам айни пайтда рақамлаштириш жараёни жадаллик билан амалга ошириляпти. “Meddata” тизими чақириқларни ўз вақтида қабул қилиб, бажарилишида қулайликлари билан ходимларнинг ўз ишларига бўлган муносабатларини тубдан ўзгартирди. Шунингдек, мазкур тизим ҳар бир ходимнинг индивидуал қанча чақириқ қабул қилганини кўриш ва сифатини аниқлаш, ҳисоботларни осон шакллантириш имконини бермоқда. Бу тизимининг жорий этилгани ортиқча қоғозбозликка ҳам чек қўйди. Тез тиббий ёрдам машиналари радиолаштирилган бўлиб, икки томонлама телефон алоқаси билан таъминланган, нафас ва наркоз бериш жиҳозлари, кислород ингаляторлар, электрокардиограф ва бошқа зарурий ускуналар билан жиҳозланган. Ҳар бир бригада JPSга уланган, бу қайта-қайта чақириқларнинг олдини олмоқда. Тез ёрдамга қўнғироқ қилган фуқаронинг телефонига унинг чақириғига биноан йўналтирилган тез тиббий ёрдам бригадаси қаерда бораётгани, қанча вақтда чақириқ манзилига етиб бориши хусусида илова орқали СМС-хабарнома юборилмоқда. Бу фуқароларнинг ҳам миннатдорлигига сабаб бўляпти.
377001
RTTYOMNF | Rasmiy logo
RTTYOMNF | Rasmiy

26-apr, 2026, 18:03

Тез тиббий ёрдам

ИМКОНИЯТЛАР МУВАФФАҚИЯТГА ЙЎЛ ОЧМОҚДА

Тез тиббий ёрдам — инсон ҳаёти ҳамда соғлиғи учун хавфли ҳолатлар рўй берганда туну кун шифохонагача кўрсатиладиган тиббий ёрдам тури ва тизими. Қолаверса, аҳолининг тиббиётдан розилиги энг аввало, тез тиббий ёрдам йўналишидаги хизматлар сифатига қараб белгиланади.
Шунинг учун ҳам республикамизда тез тиббий ёрдам фаолияти тубдан ислоҳ қилиниб, хизмат кўрсатиш замон талабларига мослаштирилмоқда. Бу жараёнда ҳудудлардаги бўлимларга энг муносиб кадрларнинг раҳбар этиб тайинлангани ҳам ижобий натижалар самарадорлигига хизмат қилмоқда.
Жумладан, Косонсой туман тез тиббий ёрдам бўлимига йигирма йилдан буён врач Абдурасул Раҳимов мудирлик қилиб келмоқда. У 2006 йилда Андижон давлат тиббиёт институтини тугатган. Янги билимлар эгаси бўлган ёш мутахассис ўшанда қандай шижоат билан ишга киришган бўлса, бугун ҳам унинг ишга ёндашуви ўзгаргани йўқ. Аксинча, эндиликда касбий тажрибани ҳам уйғунлаштирган ҳолатда аҳоли саломатлиги йўлида бор куч-ғайратини сарф этиб келмоқда.
- Бўлимимиз 200 минг нафардан зиёд аҳолига биринчи тиббий ёрдамни кўрсатиб келади, - дейди бўлим мудири А. Раҳимов биз билан суҳбатда. – Мавжуд 16 та шохобчанинг барчасида малакали тиббиёт ходимлари фаолият юритади. 275 нафар ходимларнинг 46 нафари врач, 153 нафари ўрта тиббиёт ходими, 76 нафари эса ҳайдовчилардан иборат. Шифокорларнинг аксарияти юқори малака ва тоифага эга, ўрта тиббиёт ходимлари ва ҳайдовчилар ҳам соҳада етарлича тажриба тўплаган.
6 та замонавий тез ёрдам автомобиллари чақириқларга ўз вақтида етиб боришимизни таъминлаяпти. 5 та замонавий “ Folsfagen”, 1 та “Nissan” русумли автомобиллар тоғли ҳудудлардаги йўлларда ҳам бемалол ҳаракатланади. Махсус автомобиллар ичида беморга биринчи тиббий ёрдамни кўрсатиш учун барча имкониятлар мавжуд.
370000
RTTYOMNF | Rasmiy logo
RTTYOMNF | Rasmiy

26-apr, 2026, 18:03

Photo
📌Davlat va xukumat qarorlarini amaldagi ijrosini ta’minlash, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida 2026 yil 17 apreldan 21 aprel kuniga qadar filial kasaba uyushma qo‘mitasi ko‘magida Respublika Tez tibbiy yordam markazi Namangan viloyati filialining 65 nafar xodimlari qadimiy shaxarlarimiz Buxoro va Samarqand shaxarlarining tarixiy obidalari bilan yaqindan tanishish maqsadida 5 kunlik sayoxatda bo‘lib qaytishdi.

Ushbu tadbir xodimlarimizning ish sifatini yanada yuqori darajalarga ko‘tarishiga umid qilamiz.

#tez_tibbiy_yordam #Samarqand #Buhoro #turizim

✅ ✅ https://www.youtube.com/@rttyom_namangan_103
🌐 https://instagram.com/rttyom_namangan?utm_source=qr&igshid=MzNlNGNkZWQ4Mg== 📹 https://www.youtube.com/@rttyom_namangan_103
755007
RTTYOMNF | Rasmiy logo
RTTYOMNF | Rasmiy

26-apr, 2026, 18:03

Photo
TЕZKORLIKKA INTILIB, SIFATLI XIZMAT KO‘RSATAMIZ!

RTTYOM Namangan filialida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Respublika tez tibbiy yordam markazining Namangan filialida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir avvalida Sog‘liqni Saqlash Vazirligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi Namangan viloyati bo‘yicha mas’uli Ibodulloxon Valiyev korrupsiya va uning ko‘rinishlari, tibbiyot tizimida bu muammoga qarshi keskin va murosasiz kurashish, sohada ochiqlik hamda shafoflikni ta’minlash bo‘yicha o‘z-fikr mulohazalarini bildirdi.

Kitob o‘qish insonning tafakkurini kengaytiribgina qolmay, uni ezgulik sari yetaklaydi. Mutolaa asablarni tinchlantiradi, insonni nafaqat ma’rifatli-ma’naviyatli qilishga xizmat qiladi, balki uning salomatligiga ham hissa qo‘shadi. Tadbir davomida filial xodimlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Bu borada hamkasblariga o‘rnak ko‘rsatayotgan yosh xodimlar munosib taqdirlandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan RTTYOM Namangan filialining Pop tumani bo‘limi Chodak punkti navbatchi shifokori Rejabbu Toshmatova, Mingbuloq bo‘limi katta feldsheri Dilfuza Xamraqulova “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni, Namangan shahar “Markaz” bo‘limi navbatchi vrachi Mavjuda Botirova esa “Tez tibbiy yordam xizmati a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangandi. Yig‘ilishda ularning mehnatlari e’tirof etilib, yuksak mukofotlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

ILHOMJON MUSAYEV.
(Shifokor va hayot gazetasi Muxbiri)

#tez_tibbiy_yordam #OAV #Shifokorvahayot

✅ ✅ https://www.youtube.com/@rttyom_namangan_103
🌐 https://instagram.com/rttyom_namangan?utm_source=qr&igshid=MzNlNGNkZWQ4Mg== 📹 https://www.youtube.com/@rttyom_namangan_103
658008

Showing 22 of 22 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

RTTYOMNF | Rasmiy Telegram kanali nima haqida?+

RTTYOMNF | Rasmiy (@rttyom_nf) — tgdio da Tibbiyot toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 5 598 obunachi bor.

RTTYOMNF | Rasmiy (@rttyom_nf) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @rttyom_nf ga bepul obuna bo‘ling.

RTTYOMNF | Rasmiy yaxshi Tibbiyot kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin RTTYOMNF | Rasmiy reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 5 598 obunachi bor. O‘xshash Tibbiyot kanallar bilan solishtiring.

RTTYOMNF | Rasmiy statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @rttyom_nf sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.