
Toshkent shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlarining yigʻilishi - mintaqaviy forumi o‘z ishini boshladi
Unda, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlari va ekspertlari qatnashmoqda, shuningdek, Ozarbayjon Respublikasi ilk marotaba kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqda.
Asosiy ma'ruzachilar oʻz nutqlarida bir qator taklif va tashabbuslarini taqdim etmoqdalar. Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Azizbek Ikramov ham aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha takliflarni ilgari surmoqda.
Forumning asosiy hamkorlari sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD), Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamda Favqulodda vaziyatlar va ofatlar xavfini kamaytirish markazi (CESDRR) ishtirok etmoqda.
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com









