Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️ Telegram channel photo

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

@sariosiyohokimligiPublic Channel

Sariosiyo tumani hokimligining rasmiy kanali Web site: https://gov.uz/oz/sariosiyo Elektron pochta: [email protected] Ishonch telefoni: +998 (76) 228-08-30, 1088 Yuridik manzili: Sariosiyo tumani, Abdulla Qahhor ko‘chasi 1-uy.

480

Last views

7.6k (7,631 subscribers)
A'zolar
—
Rating
37
Total Posts
Oct 14, 2026, 9:41 PM
Yangilangan
Apr 7, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameSariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️
Username@sariosiyohokimligi
CategoryVeb-seriallar
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar7,631
Channel TypePublic Channel
Created7-apr, 2026
Last Updated14-okt, 2026 • 7 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#231323-192
Til reytingi
#1241-7
Toifa reytingi
#6297-9

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 7.6K30 Days growth: -310.4%
09/1509/2009/2509/3010/0510/1010/14
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
15:09:20267,662
16:09:20267,662
17:09:20267,651
18:09:20267,651
19:09:20267,651
20:09:20267,651
21:09:20267,651
22:09:20267,651
23:09:20267,651
24:09:20267,651
25:09:20267,651
26:09:20267,651
27:09:20267,651
28:09:20267,651
29:09:20267,651
30:09:20267,651
01:10:20267,651
02:10:20267,651
03:10:20267,651
04:10:20267,651
05:10:20267,651
06:10:20267,651
07:10:20267,651
08:10:20267,651
09:10:20267,651
10:10:20267,651
11:10:20267,651
12:10:20267,651
13:10:20267,651
14:10:20267,631
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 06:04:20267,528
Week of 13:04:20267,528
Week of 20:04:20267,528
Week of 27:04:20267,430
Week of 04:05:20267,430
Week of 11:05:20267,533
Week of 18:05:20267,533
Week of 25:05:20267,533
Week of 01:06:20267,581
Week of 08:06:20267,581
Week of 15:06:20267,581
Week of 22:06:20267,581
Week of 29:06:20267,564
Week of 06:07:20267,564
Week of 13:07:20267,564
Week of 20:07:20267,590
Week of 27:07:20267,590
Week of 03:08:20267,601
Week of 10:08:20267,601
Week of 17:08:20267,609
Week of 24:08:20267,692
Week of 31:08:20267,692
Week of 07:09:20267,662
Week of 14:09:20267,651
Week of 21:09:20267,651
Week of 28:09:20267,651
Week of 05:10:20267,651
Week of 12:10:20267,631
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20267,430
May 20267,533
June 20267,581
July 20267,590
August 20267,692
September 20267,651
October 20267,631
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20267,631

So'nggi postlar

Photo1/20
Sariosiyo dehqon (oziq-ovqat) bozorida narx-navo barqarorligi o‘rganildi

Bugun Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari G‘.Davlatov hamda tegishli mas’ullar bilan birgalikda “Sariosiyo dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJda bo‘lib, bozordagi narx-navo barqarorligi, savdo rastalari faoliyati hamda aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash holatini o‘rgandi.

Tashrif davomida go‘sht, parrandachilik, meva-sabzavot va boshqa asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralari hamda ularning narxlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, bozorda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar va savdo jarayonlari tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida mas’ullarga narx-navoning sun’iy oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini yetarli darajada shakllantirish, savdo jarayonlarini tizimli tashkil etish hamda aholini sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Sariosiyo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
1,560008
Photo1/18
#Jarayon

2027-yil hosili uchun yer tayyorlash va g‘alla ekish ishlari amalga oshirilmoqda

Sariosiyo tumanida 2027-yil hosili uchun g‘alla ekish ishlari jadal olib borilmoqda. Ekin maydonlari belgilangan agrotexnik talablar asosida tayyorlanib, tuproqqa zarur mineral o‘g‘itlar berilgan holda sifatli ekish ishlari tashkil etilmoqda.

Mazkur ishlar hosildorlikni oshirish, yer maydonlaridan samarali foydalanish hamda mo‘l hosil yetishtirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Sariosiyo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
1,340005
Video
#Xalqaro_anjuman

🤎 1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan “Ma'rifat fidoyisi” hamda “Islohotlar bilimdoni” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etilmoqda!

🌐 Konferensiyada professor-o‘qituvchilar, talaba va o‘quvchilar, magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar, bo‘lajak stipendiantlar hamda turli soha vakillari ishtirok etishlari mumkin.

✔️Maqolalar o‘zbek, qoraqalpoq, ingliz, rus, qozoq, qirg‘iz, turk va nemis tillarda qabul qilinadi.

✔️ Konferensiyaning afzalliklari:
💬Ilmiy faoliyatingiz uchun xalqaro e’tirof;
✍️Ilmiy portfoliongizni boyitish imkoniyati;
💬Magistratura, doktorantura va turli grant dasturlarida qo‘shimcha ustunlik;
💬“Yil talabasi” va “Islohotlar bilimdoni” tanlovlariga hujjat topshirishda qo‘shimcha ball berilishi hamda ilmiy faoliyat ko‘rsatkichi;
✍️Davlat va nomli stipendiyalar uchun ilmiy portfolioni mustahkamlash imkoniyati.
📚 Konferensiya doirasida chop etilgan ilmiy maqolalar:
💙Shvetsariyaning Zenodo;
💙Yevropa ittifoqining OpenAIRE;
💙AQShning http://Academia.edu/ xalqaro ilmiy bazalarida indekslanadi.

🎁 Har bir ishtirokchiga esdalik ko‘krak nishoni, konferensiya to‘plami, maxsus guvohnoma va sertifikat taqdim etiladi.

📎 Konferensiyada ishtirok etish uchun https://t.me/bunyodkor_avlod profiliga murojaat qiling.
📞+998880097229
📞+998771117276

https://gov.uz/oz/sariosiyo| | https://www.facebook.com/profile.php?id=100073295223505 | https://www.instagram.com/sariosiyo_tuman_hokimligi__/ | https://www.youtube.com/channel/UCjb1iMa0BR4yL2CtCAT7xhQ | https://x.com/hokimligi21555
1,150005
Photo
O‘zbekiston–Tojikiston chegarasida logistika markazi qurilishi o‘rganildi

Bugun Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov tegishli mas’ullar bilan birgalikda O‘zbekiston–Tojikiston chegarasida “Tech Reserved” MChJ tomonidan 6 gektar maydonda barpo etilayotgan logistika markazi qurilishi ishlarini o‘rgandi.

O‘rganish davomida loyiha ijrosini jadallashtirish, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

https://gov.uz/oz/sariosiyo| | https://www.facebook.com/profile.php?id=100073295223505 | https://www.instagram.com/sariosiyo_tuman_hokimligi__/ | https://www.youtube.com/channel/UCjb1iMa0BR4yL2CtCAT7xhQ | https://x.com/hokimligi21555
1,130009
Photo
Sharafobod mahallasida bunyodkorlik ishlari yakunlanib, mahalla ochilish marosimi o‘tkazildi

Sariosiyo tumanidagi og‘ir toifadagi Sharafobod mahallasida amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari yakunlanib, mahallaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov, deputatlar, mahalla yettiligi a’zolari, mahalla faollari, nuroniylar, quruvchilar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

📍 Loyiha doirasida mahallada:

1,6 km ichki yo‘llar asfalt qilindi;
2 dona yangi transformator o‘rnatildi;
130 dona yangi elektr ustunlari o‘rnatilib, 5 km SIP yopiq kabellari tortildi;
1,3 km piyodalar yo‘laklari barpo etildi;
1,2 km ichki ariqlar betonlashtirildi.

Mazkur bunyodkorlik ishlari mahalla aholisining turmush sharoitini yaxshilash, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish hamda hududni yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirishga qaratilgan.

Bu kabi ezgu ishlar mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning amaliy ifodasidir.

https://gov.uz/oz/sariosiyo| | https://www.facebook.com/profile.php?id=100073295223505 | https://www.instagram.com/sariosiyo_tuman_hokimligi__/ | https://www.youtube.com/channel/UCjb1iMa0BR4yL2CtCAT7xhQ | https://x.com/hokimligi21555
1,6200011
Photo
Sariosiyoda paxta yig‘im-terimi mavsumi oldidan ehson tadbiri bo‘lib o‘tdi

Bugun Sariosiyo tumanidagi Paxta qabul qilish maskanida paxta yig‘im-terimi mavsumi oldidan ehson tadbiri tashkil etildi.

Unda Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov, tuman mutasaddilari, qishloq va suv xo‘jaligi sohasi mas’ullari, soha faxriylari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda nuroniylar ishtirok etdi.

Tadbir davomida paxta yig‘im-terimi mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish, hosilni qisqa muddatlarda, sifatli va nes-nobud qilmasdan yig‘ib-terib olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Sariosiyo tumani hokimi O.Yaqubov yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabriklab, yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlar va dehqon hamda fermerlarning fidokorona mehnati yuksak qadrlanayotganini alohida ta’kidladi.

Tadbir yakunida, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, paxtadan mo‘l hosil olish hamda mavsumning xayrli va barakali o‘tishini so‘rab ezgu tilaklar bildirildi va duoga qo‘l ochildi.

https://gov.uz/oz/sariosiyo| | https://www.facebook.com/profile.php?id=100073295223505 | https://www.instagram.com/sariosiyo_tuman_hokimligi__/ | https://www.youtube.com/channel/UCjb1iMa0BR4yL2CtCAT7xhQ | https://x.com/hokimligi21555
1,3200013
Video
O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari Oliy davlatlararo kengash yig‘ilishini o‘tkazdilar.
—
Президенты Узбекистана и Азербайджана провели заседание Высшего межгосударственного совета.

https://president.uz/| https://www.facebook.com/Mirziyoyev/| https://www.instagram.com/mirziyoyev_sh/| https://www.youtube.com/channel/UC61Jnumjuz8NXhSuLoZD2xg| https://x.com/president_uz
940001
Photo
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tor doirada uchrashuv hamda Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yigʻilishini https://president.uz/oz/lists/view/9524
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Азербайджанской Республики Ильхам Алиев https://president.uz/ru/lists/view/9524 встречу в узком составе и третье заседание Высшего межгосударственного совета.

#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon #muzokaralar

https://president.uz/| https://www.facebook.com/Mirziyoyev/| https://www.instagram.com/mirziyoyev_sh/| https://www.youtube.com/channel/UC61Jnumjuz8NXhSuLoZD2xg| https://x.com/president_uz
842001
Photo
Koʻksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevni tantanali kutib olish https://president.uz/oz/lists/view/9523 boʻldi.
—
В резиденции «Куксарой» состоялась торжественная https://president.uz/ru/lists/view/9523 встречи Президента Азербайджанской Республики Ильхама Алиева, совершающего государственный визит в нашу страну.

#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon #marosim

https://president.uz/| https://www.facebook.com/Mirziyoyev/| https://www.instagram.com/mirziyoyev_sh/| https://www.youtube.com/channel/UC61Jnumjuz8NXhSuLoZD2xg| https://x.com/president_uz
747001
Photo
🎙 “Yoshlar ovozi : iste’dodlar kashf etilayotgan ulkan sahna

🏆 , Besh tashabbus olimpiadasi doirasida o‘tkazilgan “Yoshlar ovozi” festivali tuman bosqichida estrada xonandaligi yo‘nalishi bo‘yicha 2-son umumta’lim maktabining musiqa madaniyati fani o‘qituvchisi Sh.Omonov 23–30 yosh toifasida, 4-“G” sinf o‘quvchisi D.A’zamjonov esa 10–15 yosh toifasida faxrli 1-o‘rinni egallab, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.

🎶 Yoshlarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, ularning san’at va madaniyatga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida “Yoshlar ovozi” respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🔍 Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥈 Musiqa o‘qituvchisi Sh.Omonov faxrli 2-o‘rinni;
🥉 D.A’zamjonov esa faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🔵Ta’kidlash joizki, viloyat bosqichida har yili eng iqtidorli va salohiyatli yoshlar ishtirok etib, kuchli raqobat hamda bahs-munozaralar ostida g‘oliblar saralanadi. Qo‘lga kiritilgan ushbu yutuqlar ortida tinimsiz mehnat, izlanish va katta matonat mujassam.

💐 G‘olib va ishtirokchilarni erishilgan natijalar bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusida yanada yuksak marralarni zabt etishlariga tilakdoshmiz!
https://gov.uz/oz/sariosiyo| | https://www.facebook.com/profile.php?id=100073295223505 | https://www.instagram.com/sariosiyo_tuman_hokimligi__/ | https://www.youtube.com/channel/UCjb1iMa0BR4yL2CtCAT7xhQ | https://x.com/hokimligi21555
911003
Photo
“Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Sariosiyo tumanida “Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida tuman hokimi Odiljon Yaqubov, tuman prokurori B.Oltibayev hamda Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i G‘.Xo‘jamqulovning yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Tashkil etilgan uchrashuvda yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Muloqot davomida yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, kasb-hunar egallash hamda xorijiy tillarni o‘rganishlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish yuzasidan mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda ertangi kun egalari bo‘lgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

https://gov.uz/oz/sariosiyo| | https://www.facebook.com/profile.php?id=100073295223505 | https://www.instagram.com/sariosiyo_tuman_hokimligi__/ | https://www.youtube.com/channel/UCjb1iMa0BR4yL2CtCAT7xhQ | https://x.com/hokimligi21555
1,010005
Photo
Sariosiyo tumani Sharafobod mahallasida 23-sonli umumta’lim maktabining yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi

Ochilish marosimida Sariosiyo tuman hokimining o‘rinbosari Akram Shukurov, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari, ota-onalar, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida mehmonlar yangidan rekonstruksiya qilingan maktab binosida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Yangi o‘quv binosida o‘quvchi-yoshlarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Zamonaviy jihozlangan sinf xonalari, qulay va yorug‘ o‘quv muhitlari ta’lim sifati hamda samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur yangi maskan yosh avlodning puxta bilim olishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi hamda kelajakda yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi.

https://gov.uz/oz/sariosiyo| | https://www.facebook.com/profile.php?id=100073295223505 | https://www.instagram.com/sariosiyo_tuman_hokimligi__/ | https://www.youtube.com/channel/UCjb1iMa0BR4yL2CtCAT7xhQ | https://x.com/hokimligi21555
1,970009
Photo
“Sardor-Parvin” bolalar oromgohida obodonlashtirish ishlari muhokama qilindi

Bugun Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov boshchiligida tegishli mas’ullar ishtirokida tumandagi “Sardor-Parvin” bolalar oromgohini mavsumga tayyorlash hamda obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda tuman rahbari tomonidan hududda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, jumladan, ichki yo‘llarni ta’mirlash, yangi mebel jihozlari bilan ta’minlash hamda boshqa muhim vazifalar yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida mas’ullarga oromgoh infratuzilmasini yaxshilash, mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda bolalarning mazmunli dam olishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

https://gov.uz/oz/sariosiyo| | https://www.facebook.com/profile.php?id=100073295223505 | https://www.instagram.com/sariosiyo_tuman_hokimligi__/ | https://www.youtube.com/channel/UCjb1iMa0BR4yL2CtCAT7xhQ | https://x.com/hokimligi21555
1,070005
Photo
Maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish hamda og‘ir toifadagi mahallalarda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov rahbarligida aloqador mas’ullar, quruvchilar va pudratchi tashkilotlar vakillari ishtirokida tumanda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, mavjud infratuzilmani rivojlantirish hamda bolalar uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, tumandan tanlab olingan 13 ta og‘ir toifadagi mahallalarda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida dastlab qamrov koeffitsiyenti past bo‘lgan hududlarda maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish va ta’mirlash ishlarini qisqa muddatlarda sifatli amalga oshirish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va samarali bajarish yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi. Shuningdek, mavjud shart-sharoitlarni yanada yaxshilash hamda belgilangan topshiriqlar ijrosini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha mutasaddilarga aniq ko‘rsatmalar berildi.

Shundan so‘ng, og‘ir toifadagi mahallalarda faoliyat olib borayotgan qurilish-pudrat tashkilotlari vakillari bilan mazkur hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari tahlil qilindi. Jarayonda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida tuman rahbari tomonidan har bir loyiha, mahalla va yo‘nalish kesimida mas’ullarga aniq ko‘rsatma va tavsiyalar berilib, belgilangan ishlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish hamda jarayonlarni jadallashtirish yuzasidan tegishli topshiriqlar yuklatildi.

https://gov.uz/oz/sariosiyo | https://www.facebook.com/profile.php?id=100073295223505 | https://www.instagram.com/sariosiyo_tuman_hokimligi__/ | https://www.youtube.com/channel/UCjb1iMa0BR4yL2CtCAT7xhQ | https://x.com/hokimligi21555
1,5400010
Photo
Tumandagi qabristonlar obod bo‘lmoqda

Qabriston nafaqat insonning so‘nggi borar manzili, balki o‘zligini anglash, qalbida ajdodlarga hurmat, mehr-oqibat tuyg‘ularini shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadigan muqaddas maskan hisoblanadi. Shu bois ham xalqimiz qadim-qadimdan qabristonni tabarruk bilib, uni obod qilishga alohida e’tibor qaratadi.

Ayniqsa so'nggi yillarda tumandagi mavjud qabristonlarni saqlash, obodonlashtirish, yanada fayzli go‘shaga aylantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, tumandagi imom xatiblar, Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari hamda aholi tomonidan tumanning barcha mahallalaridagi qabristonlar va ularga olib boruvchi yo'llarni ta'mirlash, tozalash hamda daraxtlarni butalash, gul va ko‘chatlari ekish ishlari olib borilmoqda.

https://gov.uz/oz/sariosiyo | https://www.facebook.com/profile.php?id=100073295223505 | https://www.instagram.com/sariosiyo_tuman_hokimligi__/ | https://www.youtube.com/channel/UCjb1iMa0BR4yL2CtCAT7xhQ | https://x.com/hokimligi21555
1,2000012
Photo
“Burch, jasorat, matonat!”

Xotira — bu unutilmas qadriyat, qadrlash esa insoniy burchdir. Har bir yurtda, har bir oilada o‘tganlar xotirasi muqaddas sanaladi. Ularni yod etish orqali biz o‘z tariximizni, milliy o‘zligimizni asraymiz. Keksalarimizni e’zozlash, faxriylarimizni qadrlash — bu nafaqat bugunning, balki kelajak avlodlar uchun ham ibratdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-apreldagi “9-may — Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-139-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov, tuman hokimining o‘rinbosarlari hamda “Nuroniy” jamg‘armasi raisi, Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashi deputati S.Qosimov ishtirokida tumanning Ehtirom mahallasida istiqomat qiluvchi front orti mehnat faxriysi, 1924-yilda tug‘ilgan 102 yoshli Niyazov Sa'dullo boboning hamda tumandagi boshqa faxriylarning holidan xabar olindi.

Ular 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etilib, hurmat va ehtirom ko‘rsatildi.

Nuroniylar duoga qo‘l ochib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi tilab duo qildilar hamda davlatimiz rahbari tomonidan ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

https://gov.uz/oz/sariosiyo| | https://www.facebook.com/profile.php?id=61557505971885 | https://www.instagram.com/sariosiyo_tuman_hokimligi__/ | https://www.youtube.com/channel/UCjb1iMa0BR4yL2CtCAT7xhQ | https://x.com/hokimligi21555
1,200009
Photo
Fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi

Bugun, 1-may kuni Sariosiyo tumani hokimligida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda tuman hokimi Odiljon Yaqubov hamda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Qabulda kadastr va soliq masalalari, ijtimoiy yordam, uy-joy olish va qurish, davolanish uchun order hamda ish bilan ta'minlash kabi masalalarda murojaat qilib kelgan 55 nafar fuqarolarning murojaatlari koʻrib chiqildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan berilgan har bir murojaatlar batafsil o‘rganilib, ijobiy hal etilishi va qonun doirasida o‘rganilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.

https://gov.uz/oz/sariosiyo | https://www.facebook.com/profile.php?id=100073295223505 | https://www.instagram.com/sariosiyo_tuman_hokimligi__/ | https://www.youtube.com/channel/UCjb1iMa0BR4yL2CtCAT7xhQ | https://x.com/hokimligi21555
211001
Photo
Mahalla yettiligiga kunlik topshiriq va vazifalar belgilab berildi

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov rahbarligida mahalla yettiligi a’zolari ishtirokida chat orqali jonli muloqot o‘tkazildi.

Jonli muloqot davomida mahallalar kesimida yer va mol-mulk soliqlari tushumlarini undirilishi holati, profilaktika inspektorlari tomonidan berilgan xulosalarni belgilangan tartibda o‘rganish hamda platformaga biriktirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish borasida olib borilayotgan ishlar, “Yoshlar daftari” doirasida ajratilgan mablag‘larni o‘zlashtirish, ushbu mablag‘lar hisobidan yoshlarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar, pilla yetishtirish bo‘yicha vazifalar hamda tartib va ijro intizomi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot yakunida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, ishlarni yanada jadallashtirish hamda samaradorlikni oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

https://gov.uz/oz/sariosiyo | https://www.facebook.com/profile.php?id=100073295223505 | https://www.instagram.com/sariosiyo_tuman_hokimligi__/ | https://www.youtube.com/channel/UCjb1iMa0BR4yL2CtCAT7xhQ | https://x.com/hokimligi21555
807005
Video
#DoppiChallenge
🤎 ​Surxondaryoda “Do‘ppi challenge” loyihasiga start berildi!

Biz yoshlar — milliy o‘zligimiz timsoli bo‘lgan do‘ppilarimizni ulug‘lash va an’analarimizni keng targ‘ib qilish maqsadida yangi chellenj boshlashga qaror qildik!

Siz ham bizga qo‘shiling! Chellenj shartlari oddiy:
​🟢Milliy do‘ppi kiygan holda video yoki suratga tushing.
🟢Uni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifangizga #DoppiChallenge xeshtegi bilan joylang.
🟢Estafetani do‘stlaringizga va boshka universitet yoshlariga yo‘llang!

​🗓 Bir haftadan so‘ng Termiz shahridagi muhtasham “San’at saroyi”da eng faol va milliylikka oshno yoshlar bilan bir davrada yig‘ilamiz!

🇺🇿 ​Milliylik bizni birlashtiradi! Bizning safimizda bo‘ling!

✅ https://t.me/MilliyKontentRasmiy
900002
Photo
Sariosiyo tumanida “Yoshlar kuni” doirasida uchrashuv tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusiga muvofiq, har haftaning payshanba kuni mamlakatimizda “Yoshlar kuni” etib belgilangan bo‘lib, ushbu sana yoshlar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini o‘rganish hamda taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Shu munosabat bilan Sariosiyo tuman prokuraturasi tomonidan tuman hududidagi 12-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning mavjud muammolari batafsil tinglandi, qiziqishlari va intilishlari atroflicha o‘rganildi hamda kelgusidagi rejalari yuzasidan fikr almashildi va muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchi-yoshlarga ta’lim sohasida yaratilgan keng imkoniyatlar, mavjud o‘quv yo‘nalishlari, kasb-hunar egallash bo‘yicha shart-sharoitlar hamda to‘g‘ri kasb tanlashning ahamiyati yuzasidan batafsil tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning huquqiy ongini yanada oshirish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek, ularni ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirishga xizmat qiladi.

https://gov.uz/oz/sariosiyo | https://www.facebook.com/profile.php?id=100073295223505 | https://www.instagram.com/sariosiyo_tuman_hokimligi__/ | https://www.youtube.com/channel/UCjb1iMa0BR4yL2CtCAT7xhQ | https://x.com/hokimligi21555
1,9700015
Photo
Deputatlar tomonidan hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

Xususan, Kengash kotibiyati mudiri M. Ashurov tomonidan “Shabnam” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli qarori ijrosi doirasida o‘rganildi.

Unda ishsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb etish, ularning bandligini ta’minlash hamda doimiy daromad manbaini shakllantirish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, ajratilgan kreditlarning maqsadli sarflanishini aniqlash maqsadida aholi xonadonlariga tashrif buyurilib, tadbirkorlar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Shu bilan birga, Kengash kotibiyati mudiri M.Ashurov va deputat X.Melikov “Bog‘ishirin” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi.

Hududning ijtimoiy-iqtisodiy holati, aholini qiynayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Obodonlashtirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar ham o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, tuman Kengashi deputati N.Xamdamova hamda “Ekspert guruhi” a’zolari N.Chorshanbiyeva va M.Zaripovalar tomonidan “Turmushobod” mahallasida xotin-qizlar va yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

Unda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni ish bilan ta’minlash va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

https://gov.uz/oz/sariosiyo | https://www.facebook.com/profile.php?id=61557505971885 | https://www.instagram.com/sariosiyo_tuman_hokimligi__/ | https://www.youtube.com/channel/UCjb1iMa0BR4yL2CtCAT7xhQ | https://x.com/hokimligi21555
834007

Showing 30 of 37 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️ Telegram kanali nima haqida?+

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️ (@sariosiyohokimligi) — tgdio da Veb-seriallar toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 7 631 obunachi bor.

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️ (@sariosiyohokimligi) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @sariosiyohokimligi ga bepul obuna bo‘ling.

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️ yaxshi Veb-seriallar kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️ reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 7 631 obunachi bor. O‘xshash Veb-seriallar kanallar bilan solishtiring.

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️ statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @sariosiyohokimligi sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.