🏫 255-MAKTAB — YETAKCHILAR VA TASHABBUSKORLAR JAMOASI! ⭐️
⭐️Maktab hayotini yanada mazmunli tashkil etish, o‘quvchilarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, iqtidor va salohiyatini rivojlantirish maqsadida maktabimizda turli yo‘nalishlar bo‘yicha koordinatorlar faoliyat olib bormoqda.
🤝Har bir yo‘nalish o‘ziga xos vazifalari, tashabbuslari va maqsadlari bilan maktabimiz rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda.
📍Maktabimiz jamoasi bilan tanishing:
👑Maktab prezidenti — Fozilov Sheroz
Maktab o‘quvchilari yetakchisi, tengdoshlarini ezgu maqsadlar sari birlashtiruvchi faol yosh.
📚Ta’lim koordinatori — Samijonov Jamshid
Ta’lim jarayoniga oid tashabbuslarni ilgari surish va o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish yo‘lida faol.
🌿Eko-koordinator — To‘rayev Behruz
Ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatni asrash va yashil tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash tarafdori.
🎀Qizlar koordinatori — Saparova Madina
Qizlarning faolligini oshirish, ularning qiziqishlari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shadi.
💡Loyihalar koordinatori — Qayumov Jo‘rabek
Yangi g‘oyalarni ilgari surish, ijodiy tashabbuslarni rivojlantirish va loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashadi.
📸Media koordinatori — Abdumannobov Asomidin
Maktab hayotidagi yangiliklar, tadbirlar va yutuqlarni keng yoritish hamda maktab media faoliyatini rivojlantirishga mas’ul.
⭐️Bizning maqsadimiz — faol yoshlar, yangi g‘oyalar va porloq kelajak!
Birgalikda o‘rganamiz, tashabbus ko‘rsatamiz va maktabimiz ravnaqi yo‘lida harakat qilamiz! 💚
🌐
Instagram 🌐
Facebook🌐t.me/school_255
#255Maktab #MaktabPrezidenti #YoshlarYetakchiligi #MaktabHayoti #FaolYoshlar