1/20#21Oktyabr
#jonajon_tilim
📚 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent shahar bo‘limi tomonidan tayyorlangan roliklar shahar bo‘ylab joylashgan LED ekranlarda namoyish etildi.
📺 Jumladan, “Toshkent metropoliteni” AJ tizimidagi metro vagonlarining ichki monitorlari, yer osti va yer usti bekatlaridagi LED ekranlar, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi jamoat transportlari — avtobuslar monitorlari, savdo markazlari, bozorlar hamda boshqa obyektlar ekranlarida mazkur videoroliklar namoyish qilindi.
👍 Ushbu tashabbus orqali o‘zbek tilining davlat va jamiyat hayotidagi o‘rnini keng targ‘ib qilish, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yuksaltirish, shuningdek, milliy qadriyatlarimiz va ma’naviy merosimizga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsad qilingan.
✉️ Telegram 📷 Instagram 🗳Facebook 📱 You tube









