Rasmiy | OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakultetining axborot kanali Telegram channel photo

Rasmiy | OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakultetining axborot kanali

@sharq_filologiyasiPublic Channel

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetining rasmiy axborot kanali Savol va murojaatlar uchun 👇🏽 @East_faq_bot Fakultet matbuot kotibi hamda post masalalari boʻyicha: @mniinolla

223

Last views

1.8k (1,847 subscribers)
A'zolar
—
Rating
14
Total Posts
Oct 17, 2026, 5:49 AM
Yangilangan
Apr 24, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameRasmiy | OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakultetining axborot kanali
Username@sharq_filologiyasi
CategoryElektron kitoblar va o'quv materiallari
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar1,847
Channel TypePublic Channel
Created24-apr, 2026
Last Updated17-okt, 2026 • 7 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#63586+237
Til reytingi
#523+1
Toifa reytingi
#393-2

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 1.8K30 Days growth: +774.4%
09/1809/2309/2810/0310/0810/1310/17
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
18:09:20261,770
19:09:20261,797
20:09:20261,797
21:09:20261,797
22:09:20261,797
23:09:20261,797
24:09:20261,797
25:09:20261,797
26:09:20261,797
27:09:20261,797
28:09:20261,797
29:09:20261,797
30:09:20261,797
01:10:20261,797
02:10:20261,797
03:10:20261,797
04:10:20261,797
05:10:20261,797
06:10:20261,797
07:10:20261,797
08:10:20261,797
09:10:20261,797
10:10:20261,797
11:10:20261,797
12:10:20261,797
13:10:20261,797
14:10:20261,797
15:10:20261,797
16:10:20261,797
17:10:20261,847
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 20:04:20261,262
Week of 27:04:20261,262
Week of 04:05:20261,270
Week of 11:05:20261,270
Week of 18:05:20261,270
Week of 25:05:20261,270
Week of 01:06:20261,270
Week of 08:06:20261,270
Week of 15:06:20261,270
Week of 22:06:20261,270
Week of 29:06:20261,270
Week of 06:07:20261,216
Week of 13:07:20261,216
Week of 20:07:20261,216
Week of 27:07:20261,216
Week of 03:08:20261,216
Week of 10:08:20261,216
Week of 17:08:20261,226
Week of 24:08:20261,226
Week of 31:08:20261,300
Week of 07:09:20261,770
Week of 14:09:20261,797
Week of 21:09:20261,797
Week of 28:09:20261,797
Week of 05:10:20261,797
Week of 12:10:20261,847
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20261,262
May 20261,270
June 20261,270
July 20261,216
August 20261,226
September 20261,797
October 20261,847
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20261,847

So'nggi postlar

Photo1/20
🟦🟦🟦🟦

O‘ZDJTUDA SHAHRAM G‘IYOSOV ISHTIROKIDA TALABALAR BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida professional bokschi, Rio-2016 yozgi Olimpiya o‘yinlarining kumush medali sohibi, “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi Shahram G‘iyosov ishtirokida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirni O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U yosh avlodni jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va vatanparvar etib tarbiyalashda sportning o‘rni, yoshlarda qat’iyat, intizom va maqsad sari intilish fazilatlarini shakllantirish muhimligini ta’kidladi.

Uchrashuvda rektorning sun’iy intellekt va strategik transformatsiya bo‘yicha maslahatchisi Maxmudjon Boltabayev ham ishtirok etdi.

Tadbir davomida Shahram G‘iyosov o‘zining sportdagi faoliyati, professional boks sari bosib o‘tgan yo‘li, xalqaro musobaqalardagi ishtiroki va erishgan yutuqlari haqida so‘zlab berdi. U Rio-2016 yozgi Olimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritgan kumush medali, jahon va Osiyo chempionatlaridagi natijalari hamda professional ringda orttirgan tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Ochiq muloqot shaklida davom etgan uchrashuvda talabalar sportchiga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Suhbat davomida musobaqalarga tayyorgarlik, qiyinchiliklarni yengib o‘tish, ruhiy barqarorlik, iroda va intizomni mustahkamlash, shuningdek, katta maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan fazilatlar muhokama qilindi.

Shahram G‘iyosov yoshlar bilan muloqotda muvaffaqiyatning asosiy omillari tinimsiz mehnat, o‘z ustida ishlash, qat’iyat va tanlangan yo‘ldan og‘ishmaslik ekanini ta’kidladi. Shuningdek, yoshlarni o‘z oldilariga yuksak maqsadlar qo‘yish, bilim va salohiyatlarini rivojlantirish hamda Vatan ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shishga undadi.

Mazmunli va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv talabalar uchun tajriba almashish, muvaffaqiyatga eltuvchi yo‘l haqida fikr yuritish hamda yangi maqsadlar sari intilish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularda vatanparvarlik, mas’uliyat, iroda va o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga qaratilgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
223003
Photo1/16
🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Djurayev, IPMBIB mutaxassisi M. Yuldosheva hamda fakultet tyutorlari tomonidan talabalarning ijara xonadonlariga tashrif tashkil etildi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularning kundalik hayoti va turar joy bilan bog‘liq masalalarini o‘rganish, shuningdek, ijara xonadonlarida xavfsizlik va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ko‘zdan kechirishdan iborat.

Tashrif davomida talabalarga yaratilgan sharoitlar, xonalarning holati hamda yashash uchun zarur qulayliklar bilan tanishildi. Shuningdek, talabalarning fikr-mulohazalarini tinglash, ularni qiynayotgan masalalarni aniqlash va mavjud muammolar yuzasidan tegishli tavsiyalar berishga e’tibor qaratildi.

Bunday tashriflar talabalarning yashash sharoitlarini muntazam o‘rganish, ularning manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim muassasasi va talabalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram|Instagram|Facebook
1,370005
Photo1/10
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti tyutori N. Mannonova tashabbusi bilan 3-bosqich talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi, uning tarixiy taraqqiyoti, milliy o‘zligimiz va ma’naviy merosimizni asrab-avaylashdagi o‘rni haqida fikr almashildi. Shuningdek, ona tilimizning nufuzini oshirish, uning sofligini saqlash, kundalik muloqotda va rasmiy faoliyatda adabiy til me’yorlariga rioya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir talabalarda ona tiliga hurmat va e’tiborni yanada mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizga sadoqat tuyg‘usini yuksaltirish hamda o‘zbek tilining jamiyat hayotidagi ahamiyatini chuqurroq anglashga qaratildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram|Instagram|Facebook
428007
Photo
Amaliyot konferensiyasi

🇺🇿 3-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida Kechki ta’lim shaklining 5-bosqich talabalari uchun amaliyot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Sharq filologiyasi fakulteti dekani Dilshod Djurayev ochib berib, talabalarga amaliyotning ta’lim jarayonidagi ahamiyati, uning asosiy maqsad va vazifalari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, amaliyot davomida belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilish, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, amaliyot joyidagi ichki tartibga amal qilish hamda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Konferensiya davomida Amaliyot bo‘limi boshlig‘i Farrux Eshmamatov tomonidan ham talabalarga amaliyot jarayonining tashkiliy jihatlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Xususan, amaliyotning o‘tkazilish tartibi, talabalar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish hamda amaliyot jarayonini belgilangan talablar asosida olib borish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, talabalarning amaliyot davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan savollariga javoblar berilib, ularga amaliyot jarayonidan unumli foydalanish, nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish va kelgusidagi kasbiy faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan tajribalarni egallash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Konferensiya onlayn va oflayn shakllarda tashkil etilib, unda talabalarning amaliyot jarayonini mazmunli va samarali tashkil etishiga qaratilgan muhim masalalar muhokama qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
https://www.instagram.com/sharq.filologiyasi?igsh=dzJkbHZ5a2tqbXQz https://www.facebook.com/share/15TubD1u2J/
279002
Photo
🟦🟦🟦

2-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan 1-sonli yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda fakultet professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish hamda belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildilar.

Kun tartibidan o‘quv jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish, professor-o‘qituvchilarning yangi o‘quv yilidagi faoliyatini samarali tashkil etish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda fakultetda o‘quv-tarbiyaviy jarayonni takomillashtirishga qaratilgan muhim vazifalar o‘rin oldi.

Shuningdek, fakultetga yangi tayinlangan tyutorlarga ularning faoliyat yo‘nalishlari, asosiy vazifalari va ish jarayonini samarali tashkil etish tartibi yuzasidan zarur ma’lumotlar berildi. Tyutorlarning talabalar bilan ishlashi, ularning ta’lim jarayonidagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlashi, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada mustahkamlashdagi o‘rni ham alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida yangi o‘quv yilida fakultet jamoasi oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab olinib, ta’lim sifatini yuksaltirish, talabalar uchun munosib akademik muhit yaratish va o‘quv jarayonini samarali tashkil etish borasida tegishli topshiriq hamda tavsiyalar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
https://www.instagram.com/sharq.filologiyasi?igsh=dzJkbHZ5a2tqbXQz https://www.facebook.com/share/15TubD1u2J/
5,210009
Photo
🟦🟦🟦

Assalomu alaykum, hurmatli vatandoshlar! Aziz hamkasblar! Qadrli talaba-yoshlar!

Barchangizni xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va qadrli bayram — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Mustaqillik kuni mamlakatimiz tarixidagi eng muhim va unutilmas sanalardan biridir. Bu yilgi 35 yillik yubiley bosib o‘tilgan taraqqiyot yo‘lini sarhisob qilish, erishilgan yutuqlarni yanada mustahkamlash va kelgusi rivojlanish istiqbollarini belgilash nuqtai nazaridan alohida ahamiyatga ega.

Davlatimiz rahbarining tegishli qarori asosida bu yilgi yubiley tadbirlarida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu g‘oya ilgari surilmoqda. Ushbu g‘oya barchamizni yagona maqsad — tinch va farovon hayot, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz manfaatlari yo‘lida birlashishga chorlaydi.

O‘tgan 35 yil davomida mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida ulkan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, ta’lim va ilm-fan sohasiga qaratilayotgan e’tibor, yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim omiliga aylanmoqda.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi ham mamlakatimizdagi ta’lim islohotlarining faol ishtirokchisi sifatida o‘z oldiga muhim va mas’uliyatli vazifalarni qo‘yib kelmoqda. Universitetimizda xorijiy tillarni mukammal egallagan, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, xalqaro maydonda munosib raqobatlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy salohiyatni yuksaltirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Aziz talaba-yoshlar!

Sizlarning bilimingiz, intilishingiz va yutuqlaringiz — mamlakatimizning ertangi taraqqiyoti uchun eng katta sarmoyadir. Bugun sizlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, Vatanimiz ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shishingizga ishonaman.

Fursatdan foydalanib, universitetimizning barcha professor-o‘qituvchilari, xodimlari, talabalari, doktorantlari va bitiruvchilariga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, ilmiy va ijodiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

35 yillik Mustaqillik bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!

Yagona Vatanimiz tinch va obod, xalqimiz hamjihat va farovon bo‘lsin!

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ilxomjon Tuxtasinov
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://t.me/UzSWLU | https://instagram.com/uzswlu_official?igshid=MzRlODBiNWFlZA== | https://www.facebook.com/uzswlu.uz?mibextid=LQQJ4d | https://uzswlu.uz/
467006
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Talabalar turar joyiga joylashish uchun yo‘llanmalar berilmoqda

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza topshirgan talabalar uchun yo‘llanmalar berish boshlandi.

2026/2027-o‘quv yilining boshlanish sanalarini inobatga olgan holda, yo‘llanmaga ega talabalar 3-sentabrdan boshlab talabalar turar joyiga kelib joylashishlari mumkin.

O‘quv jarayoni:

🔹 1-bosqich talabalari uchun — 7-sentabrdan;

🔹 2-bosqich va undan yuqori kurs talabalari uchun — 14-sentabrdan boshlanadi.

Shu munosabat bilan yo‘llanma olgan talabalar o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishini kutmasdan, 3-sentabrdan boshlab TTJga kelib joylashishlari mumkin.

⚠️ Eslatma: Talabalar turar joyiga joylashish tegishli yo‘llanmaga ega bo‘lgan talabalar uchun amalga oshiriladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://t.me/UzSWLU | https://instagram.com/uzswlu_official?igshid=MzRlODBiNWFlZA== | https://www.facebook.com/uzswlu.uz?mibextid=LQQJ4d | https://uzswlu.uz/
654004
Photo
🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTU TALABALARI YAPONIYA, KOREYA VA XITOYDA TAHSIL OLADI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2026/2027-o‘quv yilida xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalarida tahsil oladigan talabalari soni ortmoqda.

Universitetning xalqaro hamkorlik aloqalari va mavjud shartnomalar asosida joriy o‘quv yilida Yaponiya, Koreya Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli universitetlariga jami 51 nafar talaba bir semestr va undan ortiq muddatga tahsil olish uchun yuborilmoqda.

🇯🇵 YAPONIYA

Yaponiya Hukumati granti hamda universitetlar o‘rtasidagi shartnomalar asosida 14 nafar talaba Yaponiyaning turli oliy ta’lim muassasalarida tahsil oladi.

Talabalarning Yaponiyada:
🔹 o‘qish;
🔹 yashash;
🔹 sug‘urta bilan bog‘liq xarajatlari Yaponiya Hukumati tomonidan qoplanadi.

Talabalar yapon tili va adabiyoti hamda yaponshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil oladilar.

Yaponiyaga jo‘nab ketish jarayoni universitetlar tomonidan belgilangan muddatlarga muvofiq 31-avgustdan 24-sentabrgacha amalga oshiriladi.

🇰🇷 KOREYA RESPUBLIKASI

2026/2027-o‘quv yilida 17 nafar talaba Koreyaning Sunchon va Jeju milliy universitetlarida bir semestr davomida tahsil olish uchun yuborilmoqda.

Sunchon milliy universitetiga boradigan 4 nafar talabaning o‘qish bilan bog‘liq xarajatlari hamda 700 000 von (506 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiyasi universitet tomonidan qoplanadi.

Jeju universitetida tahsil oladigan 13 nafar talabaning o‘qish va yotoqxona xarajatlari Koreya tomoni tomonidan qoplanadi.

Talabalar koreys tili va adabiyoti yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil oladilar.

Koreyaga jo‘nab ketish 27–29-avgust kunlari amalga oshiriladi.

🇨🇳 XITOY XALQ RESPUBLIKASI

O‘zDJTU va Xitoyning Liaodong universiteti o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasiga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yilida 20 nafar talaba mazkur universitetda tahsil olish uchun yuborilmoqda.

Talabalarning Xitoydagi:
🔹 o‘qish;
🔹 yashash;
🔹 sug‘urta bilan bog‘liq xarajatlari Xitoy tomoni tomonidan qoplanadi.

Talabalar xitoy tili va adabiyoti hamda xitoyshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil oladilar.

Talabalar Liaodong universiteti tomonidan belgilangan muddatda ro‘yxatdan o‘tish uchun 19-sentabr kuni Xitoyga jo‘nab ketadilar.

Talabalarimizga xorijda ta’lim olish jarayonida muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilaymiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://t.me/UzSWLU | https://instagram.com/uzswlu_official?igshid=MzRlODBiNWFlZA== | https://www.facebook.com/uzswlu.uz?mibextid=LQQJ4d | https://uzswlu.uz/
7620015
Photo
✴️HEMIS tizimida bitiruvchi talabalar diplomlarini rasmiylashtirishning yangi tartibi

📢 HEMIS axborot tizimining yangilangan versiyasida bitiruvchi talabalarning diplomlarini shakllantirish va bitirish to‘g‘risidagi buyruqlarni rasmiylashtirish jarayonlariga muhim o‘zgarishlar kiritilmoqda.

♻️ Endilikda talabalarning o‘qishini yakunlash va diplom hujjatlarini rasmiylashtirish jarayoni quyidagi 4 bosqichli algoritm asosida amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqich: Akademik qarzdorlik va akkreditatsiyani tekshirish.

Talabaning o‘quv rejasidagi barcha fanlarni to‘liq o‘zlashtirganligi (akademik qarzdorligi yo‘qligi) qayta ko‘rikdan o‘tkaziladi va yo‘nalish bo‘yicha akkreditatsiya ma’lumotlari tasdiqlanadi.

2️⃣-bosqich: Diplom anketasini shakllantirish.

Har bir bitiruvchi uchun diplom anketasi yaratiladi. Ma’lumotlar to‘liqligi tekshirilgach, diplomning PDF shakli generatsiya qilinadi. Ushbu bosqichda barcha ma’lumotlarning to‘g‘riligini nazorat qilish shart.

3️⃣-bosqich: Bitirish buyrug‘ini rasmiylashtirish.

Talabaning o‘qishini tamomlagani to‘g‘risidagi buyruq tizimda rasmiylashtiriladi va uning holati (statusi) “Bitirgan” darajasiga o‘tkaziladi.

4️⃣-bosqich: Tasdiqlash va reestrga kiritish.

Diplomlar yakuniy tasdiqdan o‘tkaziladi, nashr etish parametri faollashtiriladi va hujjat avtomatik ravishda diplomlar reestriga yo‘naltiriladi.

❗ DIQQAT, MUHIM ESLATMA!

Yangi tartibga ko‘ra, tizimdagi “O‘qishga qaytarish” funksiyasidan foydalanish to‘liq to‘xtatiladi. Shuning uchun har bir bosqichda ma’lumotlarni kiritishda yuqori darajadagi mas’uliyat va aniqlik talab etiladi.

Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/ http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
202000
Photo
⚡️ Dasturlash va matematika musobaqasiga marhamat!

Siz IT sohasida oʻz kelajagingizni koʻryapsizmi? Bilimingiz va mantiqiy fikrlashingizni xalqaro darajada sinab koʻrishni istaysizmi? Unda bu imkoniyat aynan Siz uchun!

✍️ “Yangi Oʻzbekiston” universiteti va “Yandex” kompaniyasi hamkorlikda “Yandex Coding and Math Contest (CMC)” ochiq musobaqasini eʼlon qiladi!

🏆 Musobaqa gʻoliblarini nimalar kutmoqda?

🟢 Yandex Uzbekistan kompaniyasida stajirovka oʻtash uchun suhbatga taklif;
🟢 “ML School Uzbekistan” saralashining final bosqichiga toʻgʻridan toʻgʻri yoʻllanma;
🟢 Qimmatbaho sovgʻalar va esdalik buyumlari.

🔔 Musobaqa tartibi:

♻️ Bellashuv ikki bosqichda – ingliz tilidagi 10 ta matematika va dasturlash masalalari asosida oʻtkaziladi:

1️⃣ Onlayn saralash: 2026-yil 26-aprel.
2️⃣ Offlayn final: 2026-yil 22-may.

🎉 Tantanali taqdirlash: 23-may.

📆 Roʻyxatdan oʻtish muddati: 25-aprelgacha.

💡 Bu nafaqat musobaqa, balki sunʼiy intellekt va zamonaviy texnologiyalar olamiga kirish uchun beqiyos imkoniyatdir. Oʻz salohiyatingizni namoyish eting va xalqaro IT hamjamiyatining bir qismiga aylaning!

🔗 Roʻyxatdan oʻtish uchun➡️ https://cmc.yandex.uz/?utm_source=newuzbekistanuniversity&utm_medium

☎️Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +99871 202-41-11 (121)

#YangiUzbekistan #YandexCMC #ITmathematics

Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/ http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
170000
Photo
🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari U. Nazarov, tyutor Z. Xojiyeva hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti koordinatori S. Jumanazarova tashabbusi bilan talaba-qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi tashkil etildi.

Mazkur sport tadbiri talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida o‘tkazildi. Musobaqa davomida qizlar o‘rtasidagi bahslar nihoyatda qiziqarli, murosasiz va yuqori ruhda kechdi.

Shu kabi sport tadbirlari talaba-yoshlar, xususan qizlar o‘rtasida o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, shuningdek, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar hamda faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
https://www.instagram.com/sharq.filologiyasi?igsh=dzJkbHZ5a2tqbXQz https://www.facebook.com/share/15TubD1u2J/
247006
Photo
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 23-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida magistrantlar uchun dissertatsiya ishlarining himoya oldi jarayoni boʻlib oʻtdi.

Mazkur tayyorgarlik bosqichida fakultet dekani D. Djurayev, kechki taʼlim shakli boʻyicha dekan oʻrinbosari J. Turobov, Koreys filologiyasi kafedrasi mudiri M. Absalomov, shuningdek, xitoy va yapon filologiyasi kafedralari professor-oʻqituvchilari hamda mutaxassislari ishtirok etdilar.
Jarayon davomida koreys va xitoy tillari yoʻnalishlarida tahsil olayotgan magistrantlarning dissertatsiya ishlari himoya oldi tartibida koʻrib chiqildi. Jumladan, koreys tili yoʻnalishi boʻyicha jami 8 nafar magistrantning ilmiy ishlari batafsil tahlil qilindi.

Taqdim etilgan dissertatsiya ishlarining ilmiy yangiligi, dolzarbligi, tadqiqotning maqsad va vazifalari, erishilgan natijalari hamda amaliy ahamiyati mutaxassislar tomonidan baholandi. Shuningdek, har bir ish yuzasidan mavjud yutuq va kamchiliklar aniqlanib, tegishli xulosalar berildi.

Muhokama davomida professor-oʻqituvchilar tomonidan magistrantlarga ilmiy-amaliy tavsiyalar berilib, dissertatsiya ishlarini yanada takomillashtirish, ularning sifat va samaradorligini oshirish boʻyicha aniq yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatib oʻtildi.

Mazkur himoya oldi jarayoni magistrantlarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularni yakuniy himoyaga puxta tayyorlash hamda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning sifat darajasini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
https://www.instagram.com/sharq.filologiyasi?igsh=dzJkbHZ5a2tqbXQz https://www.facebook.com/share/15TubD1u2J/
353003
Photo
Shahar boʻylab sayohat

🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti tyutori Z. Xojiyeva tashabbusi bilan 2-bosqich talabalari ishtirokida shahar boʻylab madaniy-maʼrifiy sayohat tashkil etildi.

Mazkur sayohat doirasida talabalar Amir Temur xiyoboni, Temuriylar tarixi davlat muzeyi hamda Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdilar. Tashrif jarayonida ular yurtimizning boy va qadimiy tarixi, ajdodlarimizning bebaho merosi, shuningdek, milliy qadriyatlarimiz bilan yaqindan tanishdilar.

Ekskursiya davomida talabalarga tarixiy obidalar va muzey eksponatlari haqida batafsil maʼlumotlar berilib, ularning mazmun-mohiyati tushuntirildi. Bu esa talabalarning tarixiy bilimlarini mustahkamlash, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda ilmiy qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qildi.

Shuningdek, mazkur sayohat talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, jamoada ishlash koʻnikmalarini rivojlantirish hamda ularni milliy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
https://www.instagram.com/sharq.filologiyasi?igsh=dzJkbHZ5a2tqbXQz https://www.facebook.com/share/15TubD1u2J/
310003
Photo
Muzeyga tashrif

🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti turk tili oʻqituvchisi Mehmet Emin Tekin tashabbusi bilan FTURK-2424 guruh talabalari ishtirokida Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif tashkil etildi.

Mazkur tashrif davomida talabalar yurtimizning boy va qadimiy tarixi, shuningdek, Markaziy Osiyoda yuz bergan Uygʻonish (Renessans) davrlari hamda ularning ilm-fan va madaniyat taraqqiyotidagi oʻrni haqida batafsil maʼlumotga ega boʻldilar. Ekskursiya davomida talabalar tarixiy merosimiz, buyuk allomalar faoliyati hamda ularning jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasi bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif mobaynida taqdim etilgan maʼlumotlar talabalar bilim doirasini kengaytirish, ularning tarixiy tafakkurini rivojlantirish hamda milliy merosimizga boʻlgan hurmatini yanada oshirishga xizmat qildi.

Mazkur madaniy-maʼrifiy tadbir talabalarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ularning nazariy bilimlarini amaliy kuzatuvlar bilan boyitish hamda taʼlim jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
https://www.instagram.com/sharq.filologiyasi?igsh=dzJkbHZ5a2tqbXQz https://www.facebook.com/share/15TubD1u2J/
3500019

Showing 14 of 14 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Rasmiy | OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakultetining axborot kanali Telegram kanali nima haqida?+

Rasmiy | OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakultetining axborot kanali (@sharq_filologiyasi) — tgdio da Elektron kitoblar va o'quv materiallari toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 1 847 obunachi bor.

Rasmiy | OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakultetining axborot kanali (@sharq_filologiyasi) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @sharq_filologiyasi ga bepul obuna bo‘ling.

Rasmiy | OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakultetining axborot kanali yaxshi Elektron kitoblar va o'quv materiallari kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Rasmiy | OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakultetining axborot kanali reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 1 847 obunachi bor. O‘xshash Elektron kitoblar va o'quv materiallari kanallar bilan solishtiring.

Rasmiy | OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakultetining axborot kanali statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @sharq_filologiyasi sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.