1/14Sohada so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida, transport xizmatlari sifati yanada yaxshilandi. Birgina yuk tashish tizimini oladigan bo‘lsak, mamlakatimizga xorijdan qabul qilinayotgan va jo‘natayotgan poyezdlar soni 25 juftdan 35 juftga yetkazildi. Аyni kunda, buni 40 juftga yetkazish ustida ish olib borilmoqda. Jamiyatning Yagona dispetcherlik markazida, Tashishlarni tashkil etish departamenti, Yuk va tijorat ishlari boshqarmasi, “Toshkent MTU” Filiali rahbariyati, Respublika bojxona qo‘mitasi va Toshkent shahar bojxona boshqarmasi bo‘lim boshliqlari ishtirokida o'tgan uchrashuvda shu haqda so‘z yuritildi. Unda poyezdlar tirbandligini oldini olish, yurtimizga kirib kelayotgan yuk poyezdlarini nazorat qilish, hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonlari borasida fikrlashib olindi.
Temiryo‘lchilar tomonidan taklif kiritilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
👍👍👍👍👍👍
Rasmiy sahifalarimiz 👇
📱 Telegram📱Facebook📱Instagram









