#qabul_2026
#diqqat_eʼlon
🔴 DIQQAT, E’LON!
RAHBAR VA PEDAGOG XODIMLAR TANLOVI DAVOM ETMOQDA!
🖌 Hurmatli fidoyi ustozlar va kelajak liderlari!
Siz ta’lim orqali kelajakni qurishga tayyormisiz?
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar uchun rahbar va pedagog xodimlar tanlovi davom etmoqda!
✅ Tez kunlarda yangi tashkil etilayotgan hamda faoliyat yuritayotgan ixtisoslashtirilgan maktablardagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun hujjatlar qabuli bo‘yicha 1-bosqich saralash jarayoni yakunlanadi.
✅ Saralash natijalariga ko‘ra, munosib nomzodlar:
🖱️ o‘qituvchilar — 2-bosqich (test sinovlari);
🖱️ rahbar xodimlar — 2-bosqich (suhbat jarayonlari)da ishtirok etadilar.
Bu — nafaqat ish, balki kelajak avlod taqdiriga daxldor bo‘lish imkoniyati!
✅ Rahbar xodimlar tanlovi 2 bosqichda o‘tkaziladi:
1️⃣ Saralash bosqichi
2️⃣ Suhbat bosqichi
Suhbatlar an’anaviy yoki masofaviy shaklda tashkil etilishi mumkin
Nomzodlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha baholanadi:
🖱️ Kasbiy va rahbarlik salohiyati
🖱️ Tashkiliy va moliyaviy bilimlar
🖱️ Ta’lim sohasidagi amaliy tajriba va loyihalar
Suhbat davomida sizning:
🖱️ Strategik fikrlashingiz
🖱️ Innovatsion yondashuvingiz
🖱️ Amaliy ko‘nikmalaringiz va liderlik salohiyatingiz sinovdan o‘tadi.
Har bir nomzod uchun 3 savoldan iborat bilet taqdim etiladi.
🖌 Pedagog xodimlar tanlovi 3 bosqichda amalga oshiriladi:
1️⃣ Saralash bosqichi
2️⃣ Test bosqichi
3️⃣ Suhbat bosqichi
Tanlovning asosiy maqsadi — ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqadigan eng salohiyatli, tashabbuskor va tajribali kadrlarni saralash!
💼 Agar siz:
🖱️ O‘z sohangizda lider bo‘lishni istasangiz
🖱️ Zamonaviy ta’lim rivojiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan bo‘lsangiz
🖱️ O‘z bilim va tajribangiz bilan yoshlar kelajagini shakllantirishga tayyor bo‘lsangiz unda bu imkoniyat aynan siz uchun!
Hujjat topshirish:
🖱️
http://vacancy.piima.uz/ platformasi orqali davom etmoqda.
Barcha nomzodlardan rasmiy e’lonlar va keyingi bosqichlarga oid ma’lumotlarni kuzatib borishlari so‘raladi.
Bizni kuzating
💻
https://gov.uz/oz/ima 🌐
https://t.me/piimauz ▶️
https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐
http://instagram.com/piima.uz 🌐
https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️
https://t.me/sbaxodirovna