#Turizm #Xorazm #Xiva #ArdaXiva #Gilamlar #jilosi
Xorazm viloyatining qadimiy Xiva shahridagi “Arda Xiva” majmuasida “Gilamlar jilosi” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.Milliy hunarmandchilik an’analarini keng targ‘ib etish, gilamdo‘zlik san’atining ko‘p asrlik tarixini, milliy naqsh va bezaklarning ramziy ma’nosini namoyish qilish hamda an’anaviy san’atni zamonaviy dizayn bilan uyg‘unlashtirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan hunarmandlar, shuningdek, xorijiy davlatlar vakillari va dizaynerlar ishtirok etdi.
Ikki kun davomida “Arda Xiva” majmuasida xalq sayli, kurash musobaqalari, dorbozlar va qo‘g‘irchoqbozlar chiqishlari tashkil etildi. An’anaviy gilam to‘qimachilik san’atiga bag‘ishlangan “Hunarmandlar shaharchasi”da esa milliy hunarmandchilik namunalari namoyish qilindi.
Xalqaro ko‘rgazmada respublikamizning turli hududlaridan 50 nafar hunarmand hamda xorijiy davlatlardan 20 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Tadbir davomida turli gilamdo‘zlik maktablariga xos uslublar, milliy hunarmandchilik namunalari va xalqlarning boy madaniy merosi namoyish etildi.
“Gilamlar jilosi” xalqaro ko‘rgazmasi Xivaning boy madaniy merosini keng targ‘ib etish, milliy hunarmandchilikni rivojlantirish hamda xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi. Shu bilan birga, bunday tadbirlar hududning turizm salohiyatini namoyon etish va Xorazmga bo‘lgan sayyohlar qiziqishini yanada oshirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
***
The international exhibition “Splendor of Carpets” was held at the Arda Khiva complex in the ancient city of Khiva, Khorezm Region.The event aimed to promote Uzbekistan’s traditional crafts, showcase the centuries-old history of carpet weaving and the symbolic meanings of national patterns and ornaments, and explore ways to combine traditional craftsmanship with contemporary design. It brought together artisans from various regions of Uzbekistan, as well as representatives and designers from other countries.
Over the two days, the Arda Khiva complex hosted public festivities, kurash wrestling competitions, performances by tightrope walkers and puppeteers. The “Artisans’ Village”, dedicated to traditional carpet weaving, featured a wide range of national handicrafts.
The international exhibition brought together 50 artisans from different regions of Uzbekistan and more than 20 participants from abroad. Visitors had the opportunity to discover the distinctive styles of various carpet-weaving schools, examples of traditional craftsmanship and the rich cultural heritage of different peoples.
The international exhibition “Splendor of Carpets” contributed to promoting Khiva’s rich cultural heritage, supporting the development of traditional crafts and strengthening international cultural ties.
***
В комплексе «Арда Хива» в древнем городе Хива Хорезмской области состоялась международная выставка «Сияние ковров».Мероприятие было организовано с целью популяризации национальных ремесленных традиций, демонстрации многовековой истории ковроткачества, символического значения национальных орнаментов и узоров, а также гармоничного сочетания традиционного искусства с современным дизайном. В выставке приняли участие ремесленники из различных регионов Узбекистана, представители зарубежных стран и дизайнеры.
В течение двух дней на территории комплекса «Арда Хива» проходили народные гулянья, соревнования по курашу, выступления канатоходцев и кукольников. В «Городке ремесленников», посвящённом традиционному искусству ковроткачества, были представлены образцы национального прикладного искусства.
В международной выставке приняли участие 50 ремесленников из различных регионов Узбекистана и более 20 представителей зарубежных стран. В ходе мероприятия были продемонстрированы особенности различных школ ковроткачества, образцы национального прикладного искусства и богатое культурное наследие разных народов.
Facebook |
Instagram |
X |
YouTube |
LinkedIn