Tanlovda ishtirokchilar o‘zlarining ilmiy yangilikka ega, ishlab chiqarishga va amaliyotga joriy etishga tayyor mahsulot hamda ishlanmalarini taqdim etdilar.
🎉 Tanlovning uchta yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar bilan tanishing:
🥇 16–19 yoshdagi ishtirokchilar o‘rtasida:
🏆 Namangan davlat texnika universiteti talabasi Mamadaliyev Zayniddin Xusniddin o‘g‘li
🥇 20–25 yoshdagi ishtirokchilar o‘rtasida (texnika, axborot texnologiyalari, kimyo texnologiyasi, arxitektura va qurilish yo‘nalishlari):
🏆 Buxoro Davlat Texnika Universiteti magistri Fazlitdinov Jaxongir Ravshanovich
🥇 20–25 yoshdagi ishtirokchilar o‘rtasida (tibbiyot, tibbiyotda axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, biotexnologiya, farmatsevtika, ijtimoiy-gumanitar va boshqa yo‘nalishlar):
🏆 Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi Qoriyev Sa’dulloh Abdullo o‘g‘li
💰 Har bir g‘olib 20 000 000 (yigirma million) so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi!
👏 G‘oliblarni samimiy muborakbod etamiz! Ularga kelgusi ilmiy izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi kashfiyotlar va o‘z ishlanmalarini amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etishlarini tilaymiz!
🌟 Yoshlar ilm-fani va innovatsion g‘oyalari — mamlakatimiz taraqqiyotining muhim poydevoridir!










