1⃣. İSİM TAMLAMASI NIMA?
📌İsim tamlaması — ikki otning bir-biri bilan bog‘lanib, bir butun ma’no hosil qilishi.
📎Masalan:
okul çantası — maktab sumkasi.
Ali'nin kitabı — Alining kitobi.
💡Turk tilida asosiy 2 turi bor:
Belirtisiz isim tamlaması
Belirtili isim tamlaması
2⃣. BELİRTİSİZ İSİM TAMLAMASI
🔠 Formula:
Ot + Ot-(s)I
🔹Birinchi ot qo‘shimchasiz, ikkinchi ot esa egalik qo‘shimchasi bilan keladi.
📎Misol:
okul + çanta + sı
➡️ okul çantası
maktab + sumka + si
➡️ maktab sumkasi
3⃣. BELİRTİLİ İSİM TAMLAMASI
📌Bu yerda ikkala ot ham qo‘shimcha oladi.
🔠Formula:
Ot-(n)ın + Ot-(s)I
Birinchi so‘z:
-ın / -in / -un / -ün
Ikkinchi so‘z:
-(s)ı / -(s)i / -(s)u / -(s)ü
oladi.
📎Misollar:
evin kapısı
Ali'nin kitabı
🧠 Eng muhim farq:
okul çantası
→ maktab sumkasi
okulun çantası
→ maktabning sumkasi
Birinchisida kimning/nimaning? aniq ko‘rsatilmagan❌.
Ikkinchisida esa maktabning deb aniq ko‘rsatilgan✅.










