Bu masalada turli normativ-huquqiy hujjatlarda “pedagog” tushunchasi bir xil qo‘llanilmagani sababli ko‘pchilikda savol tug‘ilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qarorida maktabgacha va maktab ta’limi tizimida faoliyat yurituvchi xodimlar alohida guruhlarga ajratilgan. Unga ko‘ra, psixolog pedagog xodim emas, balki mutaxassis xodim hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 263-son qarorida ham umumta’lim maktablarining ta’lim sifati natijalariga qarab ustama oladigan pedagog kadrlar doirasida psixologlar nazarda tutilmagan.
Biroq pedagoglar farzandlariga kontrakt bo‘yicha 30 foizlik chegirma berishda boshqa – maxsus qoida amal qiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 501-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda:
pedagog – ta’lim tashkilotida mehnat shartnomasi asosida Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga kiritilgan lavozimda kasbiy faoliyat yurituvchi shaxs,
deb belgilangan.
Mazkur qaror pedagog maqomini aniqlashda bevosita Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga havola qilmoqda.
Demak, ta’lim tashkilotida psixolog lavozimida asosiy ish joyi bo‘yicha mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxs Vazirlar Mahkamasining 501-son qarori doirasida pedagog hisoblanadi.
Shuning uchun uning farzandi qarorda belgilangan boshqa shartlarga ham javob bersa, davlat oliy ta’lim tashkiloti bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha bazaviy kontrakt summasiga 30 foizlik chegirmadan foydalanishi mumkin.
Bu yerda muhim jihat shundaki, psixolog barcha mehnat va ta’lim munosabatlarida pedagog deb e’tirof etilmaydi. U faqat 501-son qarorda pedagog maqomini aniqlash uchun tegishli ro‘yxatga havola qilinganligi sababli aynan 30 foizlik kontrakt chegirmasi munosabatida pedagog hisoblanadi. Ushbu qoida boshqa ustama, toifa, attestatsiya yoki mehnatga haq to‘lash munosabatlariga bevosita tatbiq etilmaydi.
Chunki:
Bu holat to‘g‘ridan-to‘g‘ri huquqiy kolliziyadan ko‘ra, normativ hujjatlarda “pedagog” tushunchasi doirasining turlicha belgilanganini ko‘rsatadi. Har bir qarorda bir xil atamaning boshqa-boshqa mazmunda qo‘llanishi fuqarolarni ham, ta’lim tashkilotlari va elektron platformalarni ham chalg‘itmoqda.
Shu sababli pedagog, mutaxassis xodim va pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar tushunchalarini qonunchilikda birxillashtirish, umumiy mezonlarni belgilash hamda alohida imtiyoz yoki ustama uchun istisno mavjud bo‘lsa, uni hujjatda ochiq ko‘rsatish maqsadga muvofiq.
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g























