Ulug‘bek Po‘latov Telegram channel photo

Ulug‘bek Po‘latov

@u_pulatoffPublic Channel

Bu kanalda ba’zida yangilik, ba’zida tahliliy ma’lumotlar, ba’zida esa tanqidiy fikrlar berib boriladi. Instagram: https://www.instagram.com/ulugbek.pulatoff Reklama: @XalqinfoREK

1.6k

Last views

5k (5,044 subscribers)
A'zolar
—
Rating
60
Total Posts
Oct 16, 2026, 8:25 PM
Yangilangan
Apr 20, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameUlug‘bek Po‘latov
Username@u_pulatoff
CategoryVirusli videolar
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar5,044
Channel TypePublic Channel
Created20-apr, 2026
Last Updated16-okt, 2026 • 8 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#69345+338
Til reytingi
#547+4
Toifa reytingi
#4392+21

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 5.0K30 Days growth: +1843.8%
09/1709/2209/2710/0210/0710/1210/16
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
17:09:20264,860
18:09:20264,860
19:09:20264,815
20:09:20264,815
21:09:20264,815
22:09:20264,815
23:09:20264,815
24:09:20264,815
25:09:20264,815
26:09:20264,815
27:09:20264,815
28:09:20264,815
29:09:20264,815
30:09:20264,815
01:10:20264,815
02:10:20264,815
03:10:20264,815
04:10:20264,815
05:10:20264,815
06:10:20264,815
07:10:20264,815
08:10:20264,815
09:10:20264,815
10:10:20264,815
11:10:20264,815
12:10:20264,815
13:10:20264,815
14:10:20264,815
15:10:20264,815
16:10:20265,044
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 20:04:20264,682
Week of 27:04:20264,682
Week of 04:05:20264,714
Week of 11:05:20264,714
Week of 18:05:20264,714
Week of 25:05:20264,714
Week of 01:06:20264,714
Week of 08:06:20264,714
Week of 15:06:20264,714
Week of 22:06:20264,714
Week of 29:06:20264,714
Week of 06:07:20264,743
Week of 13:07:20264,743
Week of 20:07:20264,743
Week of 27:07:20264,743
Week of 03:08:20264,743
Week of 10:08:20264,743
Week of 17:08:20264,732
Week of 24:08:20264,732
Week of 31:08:20264,897
Week of 07:09:20264,860
Week of 14:09:20264,815
Week of 21:09:20264,815
Week of 28:09:20264,815
Week of 05:10:20264,815
Week of 12:10:20265,044
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20264,682
May 20264,714
June 20264,714
July 20264,743
August 20264,897
September 20264,815
October 20265,044
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20265,044

So'nggi postlar

Ulug‘bek Po‘latov logo
Ulug‘bek Po‘latov

23-okt, 2026, 16:39

Video
Men nima degandim?

2026-yil 7-iyuldagi post:

"Kim kafolat beradi, masalan, qaysidir hokim falon viloyat tajribasi deb turib, maktablar va boshqa davlat tashkilotlaridagi peshlavhalarni o‘zgartirish tashabbusi bilan chiqib qolmasligiga?

Men aniq bilamanki, yangi alifbo tasdiqlanishi bilan birinchi o‘rinda maktab va bog‘chalardagi barcha narsalarni yangi alifboga moslash bo‘yicha "Dolzarb falon kunlik" degan tadbirlar boshlanib ketadi."

Mana, boshlanibdi, faqat sal boshqacharoq keys xolos. Yaqinda bayonotlar chiqadi, o'z xohishimiz bilan qildik degan. Men aynan mana shunday xarajatlarni ham nazarda tutgandim.

Telegram l Instagram l Facebook

Telegram

A’zamxo‘jayev / Аъзамхўжаев

Ular “ortiqcha xarajat bo‘lmaydi, yo‘l ko‘rsatkichlari va peshlavhalardagi yozuvlar yaroqsiz holga kelganidan keyin almashtiriladi”, deyishgandi. Sharof Rashidov degan tuman paydo bo‘lganiga ham 10 yil bo‘ldi, eskirgandir-da yozuvlari. 10 yil qisqa muddat…

VIEW CHANNEL
1,550006
Ulug‘bek Po‘latov logo
Ulug‘bek Po‘latov

23-okt, 2026, 15:52

Video
Baribir inson aralashuvi kerak

Sun'iy intellektning mana shunaqa tomonlari bor. Unda eng muhim narsa — tajriba yo'q. Uni to'g'ri ishlatish uchun ham biroz aqlni ishlatish talab qilinadi.

Sun'iy intellekt tayyorlab bergan har qanday materialga ishonish ham xato. Uning asosiy missiyasi "javob berish", "to'g'ri javob berish" emas. Shu sababli, u juda ko'p xato qiladi va bitta uzr bilan qutilib ketaveradi. Xuddi videodagi jarroh shifokor kabi.

Telegram l Instagram l Facebook
1,2800018
Ulug‘bek Po‘latov logo
Ulug‘bek Po‘latov

23-okt, 2026, 10:58

Ekspertlar sun’iy intellekt yaratgan audio, foto va videoni haqiqiysidan farqlab bo‘lmay qolganini aytmoqda

AQSHdagi sud anjumanida qatnashgan OpenAI va Meta ekspertlari yaqin kelajakda sun’iy intellekt mahsuli bo‘lgan mediakontentni asl nusxasidan ajratish umuman imkonsiz bo‘lib qolishini aytibdi.

Bugungi kunda bu kabi qalbakilashtirilgan materiallarni (dipfeyklarni) yuz foizlik aniqlikda fosh eta oladigan ilmiy asoslangan usul yoki texnologiyalarning paydo bo‘lishi ham so‘roq ostida qolmoqda.

Bir tomondan ishimiz yengillashishidan xursand bo‘lsak, ikkinchi tomondan biroz qo‘rqitadi ham. Chunki, yomon maqsadlarda tayyorlangan kontentlarni haqiqiysidan ajratishning umuman imkoni bo‘lmay qoladi.

Yaqinda o‘zim ham dizayner tomonidan 1 mln so‘mdan ortiqroq summaga tayyorlab berigan dizaynning boshqacharoq shaklini sun’iy intellekt yordamida o‘zim bir soatda tayyorlab oldim. Tekinga.

Ochig‘i, men ulgurmay ham qolyapman. Umuman fantastika deb o‘ylab yurgan narsalarimni SI 10 daqiqada tayyorlab qo'yyapti. Bu esa biroz qo‘rqityapti ham.

Telegram l Instagram l Facebook
1,6000025
Ulug‘bek Po‘latov logo
Ulug‘bek Po‘latov

22-okt, 2026, 14:36

Ҳар куни ён дафтарга қиладиган ишларим рўйхатини ёзаман ва кун охирида ҳаммасини қилганимни белгилаб, миямни рағбатлантираман:
1,870009
Ulug‘bek Po‘latov logo
Ulug‘bek Po‘latov

22-okt, 2026, 14:00

Diqqat

Bir ishni qilayotganimda, diqqatim tez-tez boshqa narsalarga chalg‘ib ketyapti. Bunga sun’iy intellekt va axborotning haddan tashqari ko‘payib ketgani sabab bo‘lsa kerak. Nazarimda, diqqatni bir joyga jamlay olish kamyob ko‘nikmaga aylanib boryapti.

Bugundan boshlab qiladigan ishlarim ro‘yxatini yon daftarga yozib borishni boshladim. Daftar doim stolim ustida turadi. Diqqatim chalg‘iganini sezsam, ro‘yxatga qarayma va yana asosiy ishimga qaytib, uni oxiriga yetkazishga harakat qilaman.

Hammada shundaymi yoki faqat mendami?

Telegram l Instagram l Facebook
1,9000038
Ulug‘bek Po‘latov logo
Ulug‘bek Po‘latov

22-okt, 2026, 12:25

Bugun "Tanaffus" podkastining eng muhim sonlaridan biri bo'lib o'tadi. Podkastda ta'lim siyosati haqida gaplashamiz. Suhbatdoshlarimiz siyosatshunos va ta'lim bo'yicha ekspertlardan iborat (Ularning kimligi hozircha sir).

Ha, aytgancha, reklama takliflariga ham ochiqmiz. Xususiy maktab, texnikum va boshqa sohalar bo'yicha reklamalar qabul qilinadi (Oliygohlardan tashqari).

Agar podkastimiz orasiga reklama joylamoqchi bo'lsangiz, menejerimizga murojaat qilishingiz mumkin: @rek_men

Telegram l Instagram l Facebook
5,510005
Ulug‘bek Po‘latov logo
Ulug‘bek Po‘latov

22-okt, 2026, 00:17

Video
Shu videoni tayyorlab qo’yib, lekin hech qayerga joylamagan ekanman

Gruziya alifbosi haqida ko’zim bilan guvoh bo’lgan holat edi. Borini, hayolimdan o’tganini gapirganman.

Gruzin alifbosi haqidagi to’liq ma’lumotlarni keyinchalik ochiq manbalardan o’qib, bilib ham oldim.

Bugun til bayrami-ku, shunga ertangi kunga o’tib ketmasidan shu yerga joylab qo’ygim keldi.

Rostdan ham Gruziya alifbosi dunyodagi o‘ziga xos yozuvlardan biri. U lotin, kirill yoki arab yozuviga ham o‘xshamaydi, o‘ziga xos shakllarga ega.

Telegram l Instagram l Facebook
1,9000010
Ulug‘bek Po‘latov logo
Ulug‘bek Po‘latov

21-okt, 2026, 19:44

TIFV bo'yicha qaror.pdf3.1 MB
Ta’lim va ilm-fan tizimini boshqarishning yangi tartibini tasdiqlash to'g'risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-oktabrdagi “Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-380-sonli qarori.

Telegram l Instagram l Facebook
2,380004
Ulug‘bek Po‘latov logo
Ulug‘bek Po‘latov

21-okt, 2026, 19:15

Video
Vazir o'rinbosari muhokamalar markazida

Kechagina Ta’lim va ilm-fan vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Oybek Yo‘ldoshevning mana bu videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda. Birinchi ish kundanoq bunday muhokamalarga sabab bo‘lish yomon, albatta.

Lekin vaziyatga xolis baho beriladigan bo‘lsam, fikri ojizimcha, Oybek Yo‘ldoshev yomon ish qilayotgani ham yo‘q. Undan tashqari bu video uning vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishidan avvalgi holat bo‘lsa kerak.

Vazir ham, uning o‘rinbosari ham siz va bizga o‘xshagan odam. Ularning ham o‘z qiziqishari bor. Buni shaxs sifatida to‘g‘ri tushungan bo‘lardim. Masalan, men ham ba’zan karaokeda qo‘shiq aytaman. O‘sha vaqtdagi holatimni ko‘rsangiz, beixtiyor kulib yuborsangiz kerak.

Menimcha, ortiqcha muhokamalarga o‘rin yo‘q. Bu mening xolis fikrlarim, albatta.

P.S: Ta’lim va ilm-fan vazirining birinchi o‘rinbosari soha mutaxassisi yoki yo‘qligi esa boshqa masala. Buni alohida kontekstda muhokama qilish kerak.

Telegram l Instagram l Facebook
2,4600025
Ulug‘bek Po‘latov logo
Ulug‘bek Po‘latov

21-okt, 2026, 16:18

Vazirlik huzurida Bilim va malakalarni baholaş agentligi taşkil qilinmoqda, Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi faoliyati tugatilmoqda.
2,180000
Ulug‘bek Po‘latov logo
Ulug‘bek Po‘latov

21-okt, 2026, 16:13

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzurida Taʼlimni rivojlantirish markazi yoʻq edi-ku?
2,130001
Ulug‘bek Po‘latov logo
Ulug‘bek Po‘latov

21-okt, 2026, 16:06

Photo1/2
Yangi tashkil qilingan Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy tasdiqlangan tashkiliy tuzilmasi

Tashkiliy tuzilma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-oktabrdagi PQ-380-sonli qarori bilan tasdiqlandi.

Rostdan ham vazirlik juda katta tizim bo‘ldi, endi. Faqatgina o‘qituvchilar attestatsiyasini o‘tkazuvchi markaz faoliyatida o‘zgarishlar bo‘ldi. Qolgan tashkilotlar deyarli joyida.

Tashkiliy tuzilmaning kattaroq shriftidagi varianti bu yerda. Mavzuga oid batafsil tafsilotlar esa bu yerda.

Telegram l Instagram l Facebook
2,930000
Ulug‘bek Po‘latov logo
Ulug‘bek Po‘latov

21-okt, 2026, 15:26

Prezident lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladi. Bugundan boşlab, yangi alifbo rasman kuçga kirdi.

Özbek lotin alifbosidagi tört harf quyidagiça özgartirildi: ö, ğ, ş, ç. Endi bu harflarni barça aynan şu tarzda yozişi talab etiladi.

Yana bir bor Özbek tili bayrami bilan tabriklayman!
2,0300015
Ulug‘bek Po‘latov logo
Ulug‘bek Po‘latov

21-okt, 2026, 14:47

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-oktabrdagi “Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-380-sonli qarori bilan ta’lim va ilm-fan tizimini boshqarishning yangi tartibi belgilandi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1797

Telegram l Instagram l Facebook
4,280000
Ulug‘bek Po‘latov logo
Ulug‘bek Po‘latov

21-okt, 2026, 14:35

Photo1/2
Prezident lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladi. Bugundan boşlab, yangi alifbo rasman kuçga kirdi.

Özbek lotin alifbosidagi tört harf quyidagiça özgartirildi: ö, ğ, ş, ç. Endi bu harflarni barça aynan şu tarzda yozişi talab etiladi.

Yana bir bor Özbek tili bayrami bilan tabriklayman!

Telegram l Instagram l Facebook
5,9200027
Ulug‘bek Po‘latov logo
Ulug‘bek Po‘latov

21-okt, 2026, 10:23

Photo1/2
Barçani ўзбек тилига davlat тили maqomi берилган kun bilan табриклайман.

Özbek тилини энг birinçi навбатда ularning ўзидан asraş kerak деб, жуда töğri айтишган, аслида.

Mana, бир эмас, ikki emas, уч хил алифбода yozadigan кунларни ҳам köriş насиб қилган ekan.

Yaşasin алифбо islohotçilari!

Telegram l Instagram l Facebook
4,7500098
Ulug‘bek Po‘latov logo
Ulug‘bek Po‘latov

20-okt, 2026, 23:26

Bizning ham ayrim takliflarimiz inobatga olinibdi, xursandman. Tizimdagi eng muammoli masala ta'limga oid hujjatlar borasidagi chalkashliklar edi. Ta'limga oid savollarga javob tayyorlash jarayonida bunday muammolar bilan juda ko'p duch kelganman.

Yangi tartibga ko'ra, ta’limga oid hujjatlar jamoatchilik kengashida muhokama qilinib, ana undan keyin amaliyotga tatbiq qilinadi. Buning uchun vazirlikda alohida jamoatchilik kengashi tashkil etiladi.

*Xabarlaga manba ko'rsatilsa, yanayam xursand bo'lamiz.

Telegram l Instagram l Facebook
3,8600025
Ulug‘bek Po‘latov logo
Ulug‘bek Po‘latov

20-okt, 2026, 23:14

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tugatilgani sababli, vazirlik tizimidagi ayrim tashkilotlar faoliyati ham qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
4,2700011
Ulug‘bek Po‘latov logo
Ulug‘bek Po‘latov

20-okt, 2026, 22:35

Sobiq MMTV tizimidagi faqat bitta tashkilot boshqa bir agentlikka qo'shib yuborilishi hisobiga tugatilyapti.
59,2000071
Ulug‘bek Po‘latov logo
Ulug‘bek Po‘latov

20-okt, 2026, 17:42

Ta’lim va ilm-fan vazirligiga bir nafar birinchi o’rinbosar va yana ikki nafar o’rinbosar tayinlandi.

Xabar berishlaricha, yangi vazirlikning tashkiliy tuzilmasi ham tasdiqlandi. Tez orada to’liq ma’lumotlar e’lon qilinadi.

Telegram l Instagram l Facebook
7290015
Ulug‘bek Po‘latov logo
Ulug‘bek Po‘latov

20-okt, 2026, 15:54

Katta vakolatlarga ega bo'lgan lavozimni uzoq vaqt davomida bo'sh qoldirish xavfli. Chunki, vaqt o'tgan sari bu lavozimga munosib bo'lganlar emas, nomunosiblari kelib qolish xavfi ortib boradi.

*Shaxsiy fikr

Telegram l Instagram l Facebook
9850023
Ulug‘bek Po‘latov logo
Ulug‘bek Po‘latov

20-okt, 2026, 11:16

Kim munosib o‘zi?

Ta’lim vaziri o‘rinbosari lavozimiga kimni tavsiya qilish masalasi anchadan beri muhokama qilinyapti. Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda odamlar o‘zlari munosib deb bilgan nomzodlarni ham taklif qilishmoqda. Ularning orasida mening ismim ham bor ekan.

Bir narsani aytmoqchiman: tizimdagi muammolarni ochiq aytadigan, ijtimoiy tarmoqlarda tanilgan har qanday odam ham vazir yoki uning o‘rinbosari bo‘lishga munosib degani emas.

Chunki muammoni ko‘rish va uni gapirish boshqa, shu tizimni boshqarish boshqa. Rahbar bo‘lish uchun faqat muammolarni bilishning o'zi yetmaydi. Bunda insonda salohiyat, tajriba, mas’uliyat va to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyati ham bo'lishi kerak.

Keling, boshqalarni tinch qo'yaylikda, buni o‘zimning misolimda tushuntiraman.

Kimdir Ulug‘bek Po‘latovni vazir o‘rinbosari lavozimiga munosib debdi. Avvalo, bildirgan ishonchi uchun rahmat! Men tizimdagi muammolar haqida yozaman, ayrim holatlarni tanqid qilaman. Lekin bu meni vazir o‘rinbosari bo‘lishga munosib degani emas.

Aksincha, bu lavozimda ishlash uchun salohiyatim yetmasligini bilaman va buni ochiq tan olaman. Men shunchaki o‘z ishimni qilyapman. Ko‘rib turgan muammolarimni aytyapman, xolos.

Shuning uchun kimdir muammolarni yaxshi tushuntirsa yoki dadilroq gapirsa, uni darrov ideal rahbar sifatida ko‘rishimiz to‘g‘ri emas. Eng muhimi, u odam bunday katta tizimni boshqarishga qanchalik tayyor va salohiyatli ekaniga e'tibor qarashimiz kerak.

To‘g‘ri, ayrim rahbarlarni ko‘rib, "Bundan ko‘ra boshqa odam ishlagani yaxshiroq edi", deb o‘ylashimiz mumkin. Hatto ba’zi holatlarda men ham, SIZ ham ulardan yaxshiroq ishlashimiz mumkindir. Lekin bu hali biz vazir yoki uning o‘rinbosari bo‘lishga munosibmiz degani emas.

Bunday lavozimlarda shunchaki ko'pchilikka tanilgan yoki yaxshi gapira oladigan shaxslar emas, eng salohiyatli kadrlar ishlashi kerak.
Bunday kadrlar esa to'lib yotibdi.

Shunchaki ular ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p ham ko'zga tashlanmaydigan soha mutaxassislaridir. Ular o‘zini reklama qilmaydi, balandparvoz gaplar bilan e’tibor tortmaydi.

Ammo o‘z ishini yaxshi biladi va katta mas’uliyatni zimmasiga olishga qodir. Menimcha, biz shunday kadrlarni izlashimiz va ularni mana shunday lavozimlarga tavsiya qilishimiz kerak.

Telegram l Instagram l Facebook
1,2000013
Ulug‘bek Po‘latov logo
Ulug‘bek Po‘latov

20-okt, 2026, 00:24

Vazirlikning strukturasi aniq boʻldimi oʻzi? Masalan, nechta oʻrinbosar boʻladi, kim nimaga javob beradi, degan masalalar?
1,460000
Ulug‘bek Po‘latov logo
Ulug‘bek Po‘latov

19-okt, 2026, 23:52

Nega bizga tayinlovlar qiziq?

Chunki, tizim shaxslar bilan bog‘lanib qolgan. Tizimni vazirlar emas, xalq va ularning bevosita vakili bo‘lgan deputatlar muhokamasidan o‘tgan uzoq yillik strategiyalar boshqarsa, tayinlovlarni bu darajada muhokama qilmagan bo‘lardik.

Ta’lim tizimi misolida aytadigan bo‘lsam, har safar vazir o‘zgarganda ta’limda ham yangi islohotlar boshlanib ketadi. Kerak bo‘lsa, bir vazir amalga oshirgan ishlarni boshqa vazir yo‘qqa chiqarishi ham mumkin.

Shu sababli, ta’limni vazirlar boshqarmasligi kerak. Shunda bizga kimning vazir yoki o‘rinbosar bo‘lishi ham qiziq bo‘lmaydi. Shundagina biz ularga shunchaki bir ijrosi sifatida qaraymiz.

Telegram l Instagram l Facebook
Video Thumbnail
1,450005
Ulug‘bek Po‘latov logo
Ulug‘bek Po‘latov

19-okt, 2026, 23:04

Ertaga soat 22.00 - 23.00 oralig’ida navbatdagi tayinlovlar haqidagi xabarlarni davom ettiramiz.
1,4200012
Ulug‘bek Po‘latov logo
Ulug‘bek Po‘latov

19-okt, 2026, 22:01

Video
O’zbekcha ham bilasanmi?

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio rafiqasi bilan Samarqandga kelgandi.

Davlat kotibi jurnalistlar bilan uchrashuvda bo’lsa kerak, rus tilida gapirayotgan jurnalistga o’zbekcha ham bilasanmi, deb savol beribdi.

Keyinroq u jurnalistga O’zbekistonda rus tili allaqachon rasmiy til emas-ku, deb eslatib ham qo’yibdi.

“O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” oldidan antiqa bir misol bo’libdi.

Telegram l Instagram l Facebook
1,6600038
Ulug‘bek Po‘latov logo
Ulug‘bek Po‘latov

19-okt, 2026, 09:15

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tugatilgani sababli, vazirlik tizimidagi ayrim tashkilotlar faoliyati ham qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
3,4100019
Ulug‘bek Po‘latov logo
Ulug‘bek Po‘latov

18-okt, 2026, 22:03

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tugatilgani sababli, vazirlik tizimidagi ayrim tashkilotlar faoliyati ham qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
2,2300028
Ulug‘bek Po‘latov logo
Ulug‘bek Po‘latov

18-okt, 2026, 13:24

Video
Maqsad ezgu, lekin harakat noto'g'ri

Qahramon aka Xudoyberganov (press.qahramon) faoliyatini kuzatib boraman. Ularga hurmatim cheksiz. Lekin maktabga kirib, bolalarni so‘roqqa tutgani biroz noto‘g‘ri yurish bo‘lgan.

Birinchidan, dars muqaddas! Maktabdagi dars jarayoniga xalal berishga hech kimning haqqi yo‘q. Bunday tadbirlar Ta'lim va ilm-fan vazirligi bilan kelishilgan holda o'tkazilishi kerak.

Ikkinchidan, bolalar so‘roqqa tutilgani bilan ularning guvohlik berishi hisobga olinmasa ham kerak. Balki, sinfdoshlari oldida shunchaki maqtanib qo‘yish uchun o‘sha 3 nafar bolakay shunday degandir.

Uchinchidan, bolalarni sinfdoshlari oldida juda noqulay holatga solib qo‘ygan. Ular bu orqali stressga tushgan bo‘lishi ham mumkin. Uyiga borganda ota-onlari qanday munosabatda bo'lgani ham noma'lum.

To‘rtinchidan, bolalar tasvirlangan bu videolarni tarmoqqa joylashdan avval ularning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillaridan ruxsat olinishi kerak edi.

Bilmadim, mening xulosalarim shu. Balki bu borada soha ekspertlari yanada asosli fikrlarni aytar. Nima bo‘lgan taqdirda ham noto‘g‘ri ish qilingan, deb hisoblayman.

Umuman olganda, bu vaziyatda ezgu maqsad ko'zlangan, Qahramon aka Xudoyberganov ham bolalar xavfsizligini o'ylagan. Lekin bu maqsadga olib boruvchi harakati noto'g'ri bo'lgan.

Maqsad qanchalik ezgu bo'lmasin, shu maqsad yo'lida qilingan harakat notog'ri bo'lsa, bu e'tirozlarga sabab bo'lishi tabiiy.

Telegram l Instagram l Facebook
2,6000010

Showing 30 of 60 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Ulug‘bek Po‘latov Telegram kanali nima haqida?+

Ulug‘bek Po‘latov (@u_pulatoff) — tgdio da Virusli videolar toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 5 044 obunachi bor.

Ulug‘bek Po‘latov (@u_pulatoff) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @u_pulatoff ga bepul obuna bo‘ling.

Ulug‘bek Po‘latov yaxshi Virusli videolar kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Ulug‘bek Po‘latov reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 5 044 obunachi bor. O‘xshash Virusli videolar kanallar bilan solishtiring.

Ulug‘bek Po‘latov statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @u_pulatoff sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.