United Nations in Uzbekistan Telegram channel photo

United Nations in Uzbekistan

@unuzbekistanPublic Channel

Birlashgan Millatlar Tashkilotining O’zbekistondagi vakolatxonasining Telegramdagi rasmiy kanali🇺🇳 https://t.me/unuzbekistan Facebook.com/UN.Uzbekistan Instagram.com/un.uzbekistan Twitter.com/un_uzbekistan Youtube.com/UnicTashkent

193

Last views

3.4k (3,358 subscribers)
A'zolar
—
Rating
37
Total Posts
Oct 23, 2026, 5:40 PM
Yangilangan
Apr 13, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameUnited Nations in Uzbekistan
Username@unuzbekistan
CategoryDunyo yangiliklari
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar3,358
Channel TypePublic Channel
Created13-apr, 2026
Last Updated23-okt, 2026 • 7 soat oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#82363+319
Til reytingi
#626+2
Toifa reytingi
#495+2

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 3.4K30 Days growth: +782.4%
09/2409/2910/0410/0910/1410/1910/23
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
24:09:20263,280
25:09:20263,280
26:09:20263,280
27:09:20263,280
28:09:20263,280
29:09:20263,280
30:09:20263,280
01:10:20263,280
02:10:20263,280
03:10:20263,280
04:10:20263,280
05:10:20263,280
06:10:20263,280
07:10:20263,280
08:10:20263,280
09:10:20263,280
10:10:20263,280
11:10:20263,280
12:10:20263,280
13:10:20263,280
14:10:20263,280
15:10:20263,344
16:10:20263,344
17:10:20263,344
18:10:20263,344
19:10:20263,344
20:10:20263,344
21:10:20263,344
22:10:20263,344
23:10:20263,358
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 06:04:20263,040
Week of 13:04:20263,040
Week of 20:04:20263,040
Week of 27:04:20263,088
Week of 04:05:20263,088
Week of 11:05:20263,088
Week of 18:05:20263,117
Week of 25:05:20263,117
Week of 01:06:20263,117
Week of 08:06:20263,117
Week of 15:06:20263,117
Week of 22:06:20263,117
Week of 29:06:20263,170
Week of 06:07:20263,170
Week of 13:07:20263,170
Week of 20:07:20263,170
Week of 27:07:20263,170
Week of 03:08:20263,170
Week of 10:08:20263,228
Week of 17:08:20263,225
Week of 24:08:20263,225
Week of 31:08:20263,249
Week of 07:09:20263,250
Week of 14:09:20263,280
Week of 21:09:20263,280
Week of 28:09:20263,280
Week of 05:10:20263,280
Week of 12:10:20263,344
Week of 19:10:20263,358
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20263,040
May 20263,117
June 20263,117
July 20263,170
August 20263,249
September 20263,280
October 20263,358
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20263,358

So'nggi postlar

United Nations in Uzbekistan logo
United Nations in Uzbekistan

19-okt, 2026, 18:54

Photo1/8
UNICEFning Yevropa, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha mintaqaviy direktori janob Eduard Begbederning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi boshlandi.

Bugun janob Begbeder Oliy Majlis Senatining raisi Tanzila Narbayeva xonim bilan uchrashdi. U O‘zbekiston bolalar manfaati yo‘lida katta yutuqlarga erishganini e’tirif qildi.

“Hozirgi asosiy vazifa — kuchli davlat tizimi, asosli ma’lumotlar va davlat investitsiyalari orqali ushbu yutuqlarning har bir bolaga yetib borishini hamda barqaror saqlanib qolishini ta’minlashdan iborat”, dedi u.

____


Региональный директор ЮНИСЕФ по Европе, Центральной Азии, Ближнему Востоку и Северной Африке, г-н Эдуард Бегбедер, начал официальный визит в Узбекистан.

Сегодня г-н Бейгбедер встретился с г-жой Танзилой Нарбаевой, председателем Сената Олий Мажлиса. Он отметил, что Узбекистан добился значительного прогресса на благо детей.

«Главная задача сейчас — обеспечить, чтобы эти достижения дошли до каждого ребенка и были устойчивыми благодаря сильной государственной системе, достоверным данным и государственным инвестициям», — сказал он.

@senatuz @tanzilanarbaeva @unicefuzbekistan
193000
United Nations in Uzbekistan logo
United Nations in Uzbekistan

17-okt, 2026, 17:59

Photo1/16
O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

O‘zbekistonda xodimlarning huquq va qadr-qimmatini himoya qilish, ish joylarida tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishning oldini olishga qaratilgan Milliy dasturni amalga oshirish boshlandi. Toshkentda davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va rivojlanish bo‘yicha hamkorlarning 70 ga yaqin vakili ishtirokida dasturni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining maslahatchisi, Inson kapitalini rivojlantirish loyihalar ofisi bosh koordinatori Nozimaxon Davletova har bir tashkilotda o‘zaro hurmat madaniyatini shakllantirish muhimligini ta’kidlab, o‘z nutqida shunday dedi:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan islohot tufayli biz har bir insonga, erkak yoki ayol bo‘lishidan qat’i nazar, institutlararo hurmatni shakllantirish mexanizmini yaratmoqdamiz. Bu har bir tashkilotda me’yorga aylanishi kerak. O‘zaro hurmat madaniyati Yangi O‘zbekistonimiz uchun sog‘lom jamiyat va kelajakning kuchli kadrlarini shakllantiradi”.
📌Dasturning muhim yangiliklari:

🔷Joriy yil dekabrigacha xodimlar ish joyidagi qonunbuzilishlar haqida anonim xabar berishi mumkin bo‘lgan “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” raqamli portali ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

🔷14 ta hududda 700 nafar fasilitator tayyorlanadi. Ular davlat tashkilotlarida inson resurslarini boshqarish va xavfsiz ish muhitini yaratish uchun mas’ul 35 ming nafar xodimni o‘qitadi.

🔷Xodimlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va ko‘rilgan choralarni kuzatish mexanizmlari yo‘lga qo‘yiladi.

Tadbirda Oliy sud raisi Robaxon Mahmudova, Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Artikova, BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)ning O‘zbekistondagi doimiy vakili Nigina Abasazade va BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabin Mahl ham ishtirok etib, qonunchilikda belgilangan kafolatlarni amalda ishlaydigan mexanizmlarga aylantirish hamda idoralararo hamkorlikni kuchaytirish muhimligini ta’kidladilar.

✅ Milliy dastur Prezidentning 2026-yil 21-sentabrdagi PQ–345-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-sentabrdagi 518-son qarori asosida amalga oshiriladi.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
357004
United Nations in Uzbekistan logo
United Nations in Uzbekistan

17-okt, 2026, 13:01

Video
Soatmurod Xaydarov | ISHONCH mentori

Soatmurod Xaydarov Surxondaryo viloyati Angor tumanida faoliyat yuritayotgan ingliz tili o‘qituvchisi va pedagog-trenerdir.

YUNESKOning ISHONCH loyihasi doirasida faoliyat yuritayotgan 400 dan ortiq mentorlardan biri bo‘lgan Soatmurod Xaydarov minglab o‘qituvchilarning kasbiy va raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘maklashib kelmoqda.

2026-yil 5-oktabr kuni O‘qituvchilarning maqomi to‘g‘risidagi 1966-yilgi XMT/YUNESKO Tavsiyasi qabul qilinganining 60 yilligi nishonlandi. Bu sana “O‘qituvchilar bilan birgamiz: kasbni himoya qilish, uning nufuzini yuksaltirish va kelajagimizni shakllantirish yo‘lidagi 60 yil” shiori ostida e’tirof etilmoqda.
374007
United Nations in Uzbekistan logo
United Nations in Uzbekistan

16-okt, 2026, 17:30

Video
16-oktabr — Butunjahon oziq-ovqat kuni

Bugungi innovatsiyalar — ertangi oziq-ovqat ta’minoti.

Har bir inson yetarli miqdorda xavfsiz, xilma-xil va to‘yimli oziq-ovqat bilan ta’minlanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

Bu maqsadga erishishda ilm-fan yutuqlari, zamonaviy texnologiyalar va avloddan avlodga o‘tib kelayotgan bilim hamda tajriba muhim ahamiyatga ega. Suvni tejovchi texnologiyalar, iqlim o‘zgarishiga moslashgan dehqonchilik usullari, fermerlarning bilim va xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiruvchi yechimlar barqaror agrooziq-ovqat tizimlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bu yilgi Butunjahon oziq-ovqat kuni barchamizni insonlar farovonligini oshirish, sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash va tabiiy resurslarni asrash yo‘lida innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etishga chorlaydi.

🤝 Yaxshiroq ishlab chiqarish, yaxshiroq ovqatlanish, yaxshiroq atrof-muhit va yaxshiroq hayot sari — hech kimni ortda qoldirmaylik!
444001
United Nations in Uzbekistan logo
United Nations in Uzbekistan

16-okt, 2026, 11:36

Photo1/8
Muammolarga qisqa fursatli yechimlar yetarli emas

BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) Oʻzbekistonda Orolboʻyi hududini barqaror imkoniyatlar va innovatsiyalar makoniga aylantirish yoʻlida faol saʼy-harakat olib bormoqda. Batafsil: https://go.undp.org/xGv
451008
United Nations in Uzbekistan logo
United Nations in Uzbekistan

15-okt, 2026, 19:18

Photo1/2
Masturaxon Sayfutdinovani FAO Bosh direktori shaxsan taqdirladi!

Hozirgina Rimdagi FAO bosh qarorgohida tashkilot Bosh direktori QU Dongyu “Farg‘ona anorchilik” agrofirmasi rahbari Masturaxon Sayfutdinovaga “Agrooziq-ovqat tizimlari va qishloq taraqqiyotidagi 100 nafar qahramon ayol” tashabbusi doirasidagi e’tirofni shaxsan topshirdi.

🌱 Farg‘ona viloyati Quva tumanida faoliyat yuritayotgan hamyurtimizning xalqaro sahnada taqdirlanishi — O‘zbekiston qishloq ayollari uchun quvonchli voqea. Bu e’tirof ularning mehnati, tashabbuskorligi va yetakchiligiga e’tibor qaratadi.

Masturaxon Sayfutdinovani ushbu yutuq bilan tabriklaymiz!
510006
United Nations in Uzbekistan logo
United Nations in Uzbekistan

06-sen, 2026, 12:10

Video
#immunization

UZ | RU
Vaksina bilan oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklar nazoratini takomillashtirish

25–27-avgust kunlari Toshkent viloyatida o‘tkazilgan milliy seminarda O‘zbekistonda immunizatsiya xizmatlarini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Gap nima haqida ketdi

Ishtirokchilar:

🔘 qizamiq, qizilcha va poliomiyelit bo‘yicha epidkuzatuv natijalarini ko‘rib chiqdi;

🔘 milliy qo‘llanma va kuzatuv vositalariga kiritish zarur boʻlgan o‘zgartirishlarni muhokama qildi;

🔘 immunizatsiya bo‘yicha yillik harakatlar rejasi yuzasidan takliflar ishlab chiqdi;

🔘 emlashdan keyingi nojo‘ya holatlarni kuzatish bilan bog‘liq me’yoriy masalalarni ko‘rib chiqdi.

Seminarda vaksinalar logistikasiga oid yangi raqamli tizim https://t.me/ehealthuz tomonidan taqdim etildi. U vaksina zaxiralari va ta’minotini kuzatish, ehtimoliy yetishmovchiliklarni erta aniqlash hamda rejalashtirishni yaxshilashga yordam beradi.

Kim ishtirok etdi

https://t.me/eu4uz‘tkazilgan seminarda https://t.me/ssvuz, https://t.me/sanepidcommittee, JSST va UZINFOCOM vakillari, shuningdek, immunizatsiya, epidemiologik kuzatuv, laboratoriya xizmatlari va raqamli sog‘liqni saqlash bo‘yicha milliy mutaxassislar qatnashdi.

RU

Совершенствование услуг иммунизации в Узбекистане

25–27 августа в Ташкентской области прошел национальный семинар, на котором обсуждались вопросы дальнейшего совершенствования услуг иммунизации в Узбекистане.

О чем шла речь

Участники:

🔘 рассмотрели результаты эпиднадзора за корью, краснухой и полиомиелитом;

🔘 обсудили необходимые изменения в национальных руководствах и инструментах эпиднадзора;

🔘 выработали предложения для плана действий по иммунизации;

🔘 рассмотрели нормативные вопросы, связанные с мониторингом неблагоприятных проявлений после иммунизации.

В ходе семинара компания https://t.me/ehealthuz представила новую цифровую систему управления логистикой вакцин. Она позволит отслеживать запасы и поставки вакцин, своевременно выявлять потенциальный дефицит и улучшать планирование.

Кто принял участие

В семинаре, организанированном https://t.me/eu4uz, приняли участие представители https://t.me/ssvuz, https://t.me/sanepidcommittee, ВОЗ и UZINFOCOM, а также национальные специалисты в области иммунизации, эпидемиологического надзора, лабораторных служб и цифрового здравоохранения.

https://www.who.int/uzbekistan| https://www.facebook.com/WHOUZB/ | https://www.instagram.com/who.uzbekistan/# | https://x.com/WHOUzbekistan https://x.com/WHOUzbekistan https://x.com/WHOUzbekistan) | https://t.me/whouzbekistan | https://www.linkedin.com/posts/who-country-office-in-uzbekistan_healthforall-cancercare-whouzbekistan-activity-7326147758652895232--9Zz?utm_source=share&utm_medium=member_desktop&rcm=ACoAAChiZZQBbUPToelrlnejFw2vEftXJ4ri1a8https://www.linkedin.com/posts/who-country-office-in-uzbekistan_healthforall-cancercare-whouzbekistan-activity-7326147758652895232--9Zz?utm_source=share&utm_medium=member_desktop&rcm=ACoAAChiZZQBbUPToelrlnejFw2vEftXJ4ri1a8
323001
United Nations in Uzbekistan logo
United Nations in Uzbekistan

06-sen, 2026, 12:10

Photo
🇺🇳 Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha oyligimizning so‘nggi kunlaridamiz.

Bugun 15-maqsad “Quruqlikdagi ekotizimlarni asrash”ga to‘xtalamiz. 🌍

Ushbu maqsad quruqlikdagi ekotizimlarni muhofaza qilish, biologik xilma-xillikni saqlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan.

🏔️ Tog‘ ekotizimlarini himoya qilish va ularning barqaror rivojlanishi uchun sharoit yaratish;
🌱 yemirilgan va degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash;
🦌 brakonerlikka qarshi kurashish va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlarni himoya qilish;
🚫 begona invaziv turlarning tarqalishining oldini olish;
🌿 iqtisodiy rivojlanishda ekotizimlar va biologik xilma-xillikning qiymatini hisobga olish.
388000
United Nations in Uzbekistan logo
United Nations in Uzbekistan

06-sen, 2026, 12:10

Photo
UNIDO is seeking qualified experts and service providers!

UNIDO invites applications for an economic assessment of the role and potential contribution of Eco-Industrial Parks (EIPs) to Uzbekistan’s national and regional economy.
We are looking for experts with experience in:
• Economic and macroeconomic analysis
• Industrial and regional development
• Economic modelling and data analysis
• Resource and environmental economics
• Policy and investment analysis
• Eco-industrial parks and cleaner production - an advantage

📅 Application deadline: 7 September 2026

👉 Apply here: https://www.unido.org/get-involved/procurement/procurement-opportunities
507000
United Nations in Uzbekistan logo
United Nations in Uzbekistan

06-sen, 2026, 12:10

Photo
Diyene Keyta: O‘zbekiston inson kapitaliga sarmoya kiritish orqali kelajak uchun mustahkam poydevor yaratmoqda

BMT bosh kotibi o‘rinbosari, tashkilotning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) ijrochi direktori O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi bilan yurtdoshlarimizni tabrikladi

https://dunyo.info/uz/thethanniversaryoftheindependenceofuzbekistan/diene-keyta-glavnoe-bogatstvo-uzbekistana-ego-lyudi
https://dunyo.info/uzk/thethanniversaryoftheindependenceofuzbekistan/diene-keyta-glavnoe-bogatstvo-uzbekistana-ego-lyudi

https://t.me/iadunyo | https://t.me/Dunyo_IA | https://www.facebook.com/DunyoIA/ | https://x.com/Dunyo_IA | https://www.youtube.com/channel/UCwHXdaoLTPBkaEQBMCDp6yQ | https://www.instagram.com/dunyo.a.a/
473007
United Nations in Uzbekistan logo
United Nations in Uzbekistan

06-sen, 2026, 12:10

Photo
Birinchi qo‘ng‘iroq.

2-sentabr kuni O‘zbekistondagi minglab bolalar yana maktabga yo‘l oldi. Kim uchundir bu oddiygina yangi o‘quv yilining boshlanishi bo‘lsa, kim uchundir hayotidagi ilk maktab kuni, ilk qo‘ng‘iroq va yangi do‘stlar bilan tanishuv kuni bo‘ldi.
Maktab sumkasida kitob-daftarlar bilan birga bolalarning orzulari, umidlari va kelajakka bo‘lgan ishonchi ham bor. Chunki ta’lim - shunchaki bilim olish emas. Bu insonga o‘z imkoniyatlarini kashf etish, orzulariga intilish va kelajagini o‘zi qurish uchun yo‘l ochadi.

Bugun bolalarga berilgan ta’lim - ertangi kunimizga qo‘yilgan eng muhim qadamdir.

Sizning ilk maktab kuningiz qanday o‘tgan?
475008
United Nations in Uzbekistan logo
United Nations in Uzbekistan

06-sen, 2026, 12:10

Photo
🌿 Ajoyib yangilik! Toshkent va Samarqand FAOning Yashil shaharlar tarmog‘iga qo‘shildi

Toshkent va Samarqand yashilroq, sog‘lomroq, bardoshli va inklyuziv shahar muhitini rivojlantirish yo‘lida hamkorlik qilayotgan global shaharlar hamjamiyatiga a’zo bo‘ldi.

🌳 FAO Yashil shaharlar tarmog‘i shahar va shahar atrofi o‘rmon xo‘jaligi, shahar va shahar atrofi qishloq xo‘jaligi hamda barqaror bioiqtisodiyot sohalarida kompleks yechimlarni ilgari suradi.

Tarmoqqa a’zolik Toshkent va Samarqandga texnik ko‘mak olish, salohiyatni rivojlantirish, bilim va tajriba almashish, shaharlararo hamkorlikni kengaytirish, sheriklik aloqalarini rivojlantirish hamda resurslar va investitsiyalarni jalb etish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

➡️ https://www.fao.org/uzbekistan/news/detail/tashkent-and-samarkand-join-the-fao-green-cities-network/en

---

🌿 Great news! Tashkent and Samarkand join the FAO Green Cities Network

Tashkent and Samarkand have joined a global community of cities working together to advance greener, healthier, more resilient and inclusive urban environments.

🌳 The FAO Green Cities Network promotes integrated solutions across urban and peri-urban forestry, urban and peri-urban agriculture and sustainable bioeconomy.

Membership will provide Tashkent and Samarkand with new opportunities to access technical support, strengthen capacities, exchange knowledge and experience, expand city-to-city cooperation, develop partnerships, and mobilize resources and investment.

➡️ https://www.fao.org/uzbekistan/news/detail/tashkent-and-samarkand-join-the-fao-green-cities-network/en


🌐 https://www.facebook.com/FAOUzbekistan/ 🚀 https://t.me/FAOinUzbekistan 🌐 https://www.fao.org/uzbekistan/
526003
United Nations in Uzbekistan logo
United Nations in Uzbekistan

06-sen, 2026, 12:10

Photo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq, BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Maxl O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikni izchil rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirish, shuningdek, do‘stlik va o‘zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surishdagi faol ishtiroki uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

Yuksak davlat mukofoti bugun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida tantanali ravishda topshirildi.

O‘z navbatida, S. Maxl yuksak e’tirof uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga chuqur minnatdorlik bildirdi.

***

Pursuant to the relevant Decree of the President of the Republic of Uzbekistan, UN Resident Coordinator in Uzbekistan Sabine Mahl was awarded the “Dustlik” (Friendship) Order for her significant contribution to the consistent development of cooperation between Uzbekistan and the United Nations, support for the socio-economic reforms being implemented in the country, enhancing the international standing and prestige of Uzbekistan, as well as her active participation in promoting initiatives aimed at strengthening friendship and mutually beneficial partnership.

The high state award was ceremonially presented today at the Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan.

In turn, S. Mahl expressed her deep gratitude to the President of the Republic of Uzbekistan for the high recognition.

***

В соответствии с соответствующим Указом Президента Республики Узбекистан Постоянный координатор ООН в Узбекистане Сабине Махл награждена орденом «Дустлик» («Дружба») за весомый вклад в последовательное развитие сотрудничества между Узбекистаном и Организацией Объединённых Наций, поддержку осуществляемых в нашей стране социально-экономических реформ, повышение международного авторитета и престижа Узбекистана, а также активное участие в продвижении инициатив, направленных на укрепление дружбы и взаимовыгодного партнёрства.

Высокая государственная награда была торжественно вручена сегодня в Министерстве иностранных дел Республики Узбекистан.

В свою очередь, С. Махл выразила глубокую признательность Президенту Республики Узбекистан за высокую оценку.

https://t.me/TIVmatbuot
6900018
United Nations in Uzbekistan logo
United Nations in Uzbekistan

19-avg, 2026, 23:26

Photo
Barqaror kelajak faqat raqamlar va hisobotlarda emas. Ba’zan u san’atda ham aks etadi.

Rasmlarga bir qarang. Oddiy qishloq manzarasidek tuyuladimi?
Ammo diqqat bilan qarasangiz, unda kelajak haqida ko‘plab g‘oyalarni ko‘rish mumkin:
☀️ quyosh panellari - toza energiya
🌿 yashil hudud - tabiatga g‘amxo‘rlik
🤝 oila va jamiyat - hech kimni ortda qoldirmaslik.

San’at bizga Barqaror rivojlanish maqsadlari haqida boshqacha - ranglar, obrazlar va his-tuyg’ular orqali gapirishi mumkin 💚
257003
United Nations in Uzbekistan logo
United Nations in Uzbekistan

19-avg, 2026, 23:26

Photo
#HealthSecurity

O‘zbekiston shifoxonalari zilzila va radiatsiyaviy xavf kabi favqulodda vaziyatlarga qanchalik tayyor

O‘zbekistonda shifoxonalarning turli favqulodda vaziyatlarga, jumladan, zilzilalar, shuningdek kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy hodisalarga tayyorgarligi va barqarorligini oshirish bo‘yicha qator choralar ko‘rilmoqda.

Ushbu sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot muassasalarining favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini kuchaytirishga qaratilgan keng qamrovli tashabbusni boshladi.

12-avgust kuni tashabbusning ilk bosqichi sifatida kirish vebinari o‘tkazildi. Unda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam xizmati va uning hududiy bo‘linmalari, shuningdek, mamlakatdagi boshqa yetakchi klinikalardan 300 dan ortiq mutaxassis ishtirok etdi. Tashabbusning navbatdagi bosqichi — JSSTning Shifoxonalar xavfsizligi indeksi (Hospital Safety Index) bo‘yicha amaliy seminari. Mazkur seminar 2026-yil 23–25 avgust kunlari o‘tkazilib, unda pilot loyiha uchun tanlab olingan shifoxonalar vakillari ishtirok etadi.

https://www.who.int/europe/news-room/events/item/2026/08/12/default-calendar/launching-the-hospital-preparedness-initiative-in-uzbekistan

https://www.who.int/uzbekistan| https://www.facebook.com/WHOUZB/ | https://www.instagram.com/who.uzbekistan/# | https://x.com/WHOUzbekistan https://x.com/WHOUzbekistan https://x.com/WHOUzbekistan) | https://t.me/whouzbekistan | https://www.linkedin.com/posts/who-country-office-in-uzbekistan_healthforall-cancercare-whouzbekistan-activity-7326147758652895232--9Zz?utm_source=share&utm_medium=member_desktop&rcm=ACoAAChiZZQBbUPToelrlnejFw2vEftXJ4ri1a8https://www.linkedin.com/posts/who-country-office-in-uzbekistan_healthforall-cancercare-whouzbekistan-activity-7326147758652895232--9Zz?utm_source=share&utm_medium=member_desktop&rcm=ACoAAChiZZQBbUPToelrlnejFw2vEftXJ4ri1a8
284004
United Nations in Uzbekistan logo
United Nations in Uzbekistan

19-avg, 2026, 23:26

Photo
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tashqi siyosiy tadqiqotlar va xalqaro tashabbuslar markazi (TSTM) va JIDU huzuridagi Xalqaro istiqbolli tadqiqotlar instituti hamkorligida "Samarali va kuchli ijtimoiy siyosatni shakllantirishda parlamentlarning o‘rni" mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

BMTning Oʻzbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Mahl oʻz nutqida Oʻzbekistonning koʻptomonlama hamkorlik borasidagi faol diplomatik tashabbuslarini, xususan, Orolboʻyi, barqaror turizm va Markaziy Osiyo bogʻliqligiga oid BMT rezolyutsiyalarini ilgari surishdagi yetakchiligini yuqori baholadi.

U 2026-yil 12-avgustda qabul qilingan yangi rezolyutsiya kambagʻallikni qisqartirish va ijtimoiy tenglikni taʼminlashda parlamentlar rolini oshirishini taʼkidladi. Bu eʼtirof BRM indeksida 19 pogʻona yuqorilab, 62-oʻrinni egallagan hamda BRM vazifalarining 45 foizini erishgan Oʻzbekiston uchun alohida ahamiyatga ega.
335006
United Nations in Uzbekistan logo
United Nations in Uzbekistan

19-avg, 2026, 23:26

Photo
🇺🇳 7⃣
Energiya - zamonaviy hayot va barqaror rivojlanishning muhim omili.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, energiya samaradorligini oshirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish - yashil va barqaror kelajak sari muhim qadamdir.
🇺🇳 7 - maqsad
343001
United Nations in Uzbekistan logo
United Nations in Uzbekistan

19-avg, 2026, 23:26

Photo
🇺🇳 🇺🇳
Toza suv - sog‘lom hayot va barqaror kelajakning muhim asosidir.
Barcha uchun toza ichimlik suvi va sanitariya xizmatlaridan teng foydalanish imkoniyatini ta’minlash, suv resurslaridan samarali foydalanish va suv ekotizimlarini asrashga qaratilgan.

🇺🇳6 - maqsad.
336003
United Nations in Uzbekistan logo
United Nations in Uzbekistan

19-avg, 2026, 23:26

Photo
Buyuk adib Chingiz Aytmatov shunday yozgan edi:
Haqiqiy tinchlik — bu kelishmovchiliklarni engib o‘tish, har qanday nizodan ustun bo‘lgan o‘zaro hurmat va insoniylikni saqlab qolgan holda umumiy til topa olish qobiliyatidir.

Jahon adabiyotining ulkan namoyandasi aytgan bu so‘zlar bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.

Jamoamiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati”ning tashkil etilgani bilan samimiy qutlaydi.

🇺🇳BMTning O‘zbekistondagi🇺🇿 vakolatxonasi “Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati” bilan faol hamkorlik qilishga hamda tinchlik va hamjihatlikka qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati”ni ta’sis etish va uning qarorgohini O‘zbekistonda joylashtirish taklifi ilgari surilgan.
369003
United Nations in Uzbekistan logo
United Nations in Uzbekistan

29-apr, 2026, 14:34

Photo
UZ | RU | EN

Yangi avlod laboratoriya yetakchilari: O‘zbekistonda ilk GLLP dasturi yakunlandi

O‘zbekistondagi Global laboratoriya yetakchiligi dasturi (GLLP)ning ilk bitiruvchilarini faxr bilan tabriklaymiz.

So‘nggi ikki yil davomida JSST va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi laboratoriya yetakchiligini mustahkamlash yo‘lida hamkorlik qildi. Bu hamkorlik doirasida avvaliha milliy murabbiylar tayyorlandi, so'ngra esa inson, hayvon va o‘simliklar salomatligi yo‘nalishlaridagi 18 nafar laboratoriya mutaxassisi to'qqizda kompetensiya bo'yicha 2 yillik dasturni o'qib bitirdi.

Bugun bu mutaxassislar laboratoriya tizimlarini yanada mustahkamlashga: sifat va bioxavfsizlikni oshirish, kasalliklar ustidan epidemiologik nazoratni kuchaytirish hamda mamlakatning kasalliklar avj olishi va jamoat salomatligi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarga tezroq javob berishiga ko‘maklashishga tayyor.

https://www.who.int/initiatives/global-laboratory-leadership-programme

RU
Новое поколение лабораторных лидеров: в Узбекистане завершилась первая программа GLLP

Поздравляем первых выпускников Глобальной программы лидерства в лабораторной сфере (GLLP) в Узбекистане.

За последние два года ВОЗ и Центр переподготовки и повышения квалификации кадров санитарно-эпидемиологического благополучия и общественного здоровья вместе работали над развитием лабораторного лидерства. Сначала были подготовлены национальные наставники, затем двухлетнюю программу прошли 18 специалистов из сфер здоровья человека, ветеренарии и растений.

Сегодня эти специалисты готовы усиливать лабораторные системы страны: повышать качество и биобезопасность, укреплять эпиднадзор и помогать быстрее реагировать на вспышки заболеваний и чрезвычайные ситуации в сфере общественного здоровья.

https://www.who.int/initiatives/global-laboratory-leadership-programme

EN
We are proud to congratulate the first graduates of the Global Laboratory Leadership Programme (GLLP) in Uzbekistan.

Over the past two years, WHO and the Center for Retraining and Advanced Training of Personnel in Sanitary and Epidemiological Welfare and Public Health have worked together to strengthen laboratory leadership -- starting with national mentors and guiding 18 laboratory professionals across human, animal, and plant health through the programme.

Today, these specialists are ready to lead stronger laboratory systems: improving quality and biosafety, strengthening disease surveillance, and helping the country respond faster to outbreaks and public health emergencies.

https://www.who.int/uzbekistan https://www.facebook.com/WHOUZB/ | https://www.instagram.com/who.uzbekistan/# | https://x.com/WHOUzbekistan) | https://t.me/whouzbekistan | https://www.linkedin.com/posts/who-country-office-in-uzbekistan_healthforall-cancercare-whouzbekistan-activity-7326147758652895232--9Zz?utm_source=share&utm_medium=member_desktop&rcm=ACoAAChiZZQBbUPToelrlnejFw2vEftXJ4ri1a8https://www.linkedin.com/posts/who-country-office-in-uzbekistan_healthforall-cancercare-whouzbekistan-activity-7326147758652895232--9Zz?utm_source=share&utm_medium=member_desktop&rcm=ACoAAChiZZQBbUPToelrlnejFw2vEftXJ4ri1a8
289003
United Nations in Uzbekistan logo
United Nations in Uzbekistan

29-apr, 2026, 14:34

Tashlab yuborilgan plastik paket nimaga aylanishi mumkin?

Xorazmda u nafis gulga, daromad manbaiga va ayollar uchun yangi imkoniyatlarga aylanmoqda. Dilorom Boboniyozova qayta ishlash orqali atrof-muhitni asramoqda va 60 dan ortiq ayolni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Oddiy g‘oyadan boshlangan va BMTning Taraqqiyot dasturi tomonidan qo'llab-quvvatlangan ushbu tashabbus bugun barqaror faoliyatga aylangan.

Bu hikoya kichik qadamlar katta o‘zgarishlarga olib kelishini ko‘rsatadi.

Video: https://youtu.be/B4eteoNh0tg
Video Thumbnail
304002
United Nations in Uzbekistan logo
United Nations in Uzbekistan

29-apr, 2026, 14:34

Photo
Markaziy Osiyoda barqaror oziq-ovqat tizimlari va yer resurslarini tiklash masalalari muhokama qilindi 🌱

📍 Ostona shahrida Global ekologik fond (GEF) tomonidan moliyalashtirilayotgan “Oʻzbekistonda oziq-ovqat tizimlarining yerdan foydalanish va qayta tiklashga ta’sirini baholash dasturi” (FOLUR) doirasida Markaziy Osiyo mintaqaviy muloqoti #RES2026 bo‘lib o‘tdi.

🤝 Tadbir FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan IUCN Eastern Europe and Central Asia va UNDP Kazakhstan bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda Qozog‘iston, O‘zbekiston hamda xalqaro tashkilotlardan mutaxassislar va hamkorlar ishtirok etib, barqaror oziq-ovqat tizimlari, yerlarni tiklash va tabiiy resurslarni samarali boshqarish bo‘yicha tajriba almashdi.

🌿 Muhokamalarda yerdan foydalanishni rejalashtirishni takomillashtirish, degradatsiyaga uchragan landshaftlarni tiklash, suv resurslarini boshqarish, bioxilma-xillikni saqlash va qishloq jamoalarining bardoshliligini oshirishga xizmat qiladigan amaliy yondashuvlarga e’tibor qaratildi.

🌾 FAO O‘zbekistonda FOLUR dasturi doirasida amalga oshirilayotgan barqaror qishloq xo‘jaligi amaliyotlari, yomg‘ir suvlarini yig‘ish, sun’iy muzliklar, qo‘shimcha qiymat zanjirlari, mahalliy jamoalarni qo‘llab-quvvatlash va tabiatga asoslangan yechimlar bo‘yicha tajribalar bilan o‘rtoqlashdi.

🌍 Muloqot mintaqaviy hamkorlik, bilim almashinuvi va innovatsiyalar barqaror oziq-ovqat tizimlarini rivojlantirish hamda degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklashda muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatdi.

🌐 https://www.fao.org/countryprofiles/index/en/?lang=en&iso3=UZB 💎 https://t.me/FAOinUzbekistan 💎 https://www.facebook.com/FAOUzbekistan/
341000
United Nations in Uzbekistan logo
United Nations in Uzbekistan

29-apr, 2026, 14:34

Photo
Ostonada “Kelajak avlodlarni himoya qilish: salomatlik ekologik kun tartibi markazida — Orol dengizi mintaqasi saboqlari va yechimlari” mavzusidagi vazirlar panel sessiyasi doirasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Ozarbayjon va JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi o‘rtasida “Orol dengizi mintaqasining sog‘lom kelajagi” yo‘l xaritasini amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shma deklaratsiya imzolandi.

Ushbu hujjat aholi salomatligi uchun ekologik xavflarni kamaytirish hamda kelajak avlodlar manfaati yo‘lida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha ustuvor chora-tadbirlarni belgilashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

JSSTning Yevropa mintaqaviy direktori Hans Kluge ta’kidlaganidek:
“Orol dengizi o‘z suv hajmining 90 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi. Uning atrofida yashovchi jamiyatlar o‘nlab yillar davomida buning badalini o‘z salomatligi bilan to‘lab kelmoqda. Mazkur qo‘shma bayonot shunchaki bir tashvish izhori emas, balki bu — harakatlar deklaratsiyasidir. Bugun Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon sog‘liqni saqlash vazirlari JSST bilan birgalikda mintaqaning bo‘lg‘usi avlodlari o‘zidan oldingilariga qaraganda sog‘lomroq ulg‘ayishini ta’minlashga qat’iy bel bog‘laganini tasdiqlamoqda”.

___

В Астане, в рамках министерской панельной сессии «Защита будущих поколений: здоровье в центре экологической повестки — уроки и решения региона Аральского моря» была подписана Совместная декларация между Казахстаном, Кыргызстаном, Таджикистаном, Туркменистаном, Узбекистаном, Азербайджаном и Европейским региональным бюро ВОЗ по реализации Дорожной карты «Здоровое будущее региона Аральского моря».

Документ станет важнейшим шагом в определении приоритетных мер по снижению экологических рисков для здоровья населения и укреплению регионального сотрудничества в интересах будущих поколений.

Как отметил Hans Henri P. Kluge, Европейский региональный директор ВОЗ:
«Аральское море утратило более 90% своего водного объёма. Сообщества, проживающие вокруг него, десятилетиями расплачивались за это своим здоровьем. Это совместное заявление — не декларация обеспокоенности. Это декларация действий. Сегодня министры здравоохранения стран Центральной Азии и Азербайджана совместно с ВОЗ подтверждают общую решимость сделать так, чтобы будущие поколения региона росли более здоровыми, чем предыдущие».

https://www.who.int/uzbekistan https://www.facebook.com/WHOUZB/ | https://www.instagram.com/who.uzbekistan/# | https://x.com/WHOUzbekistan) | https://t.me/whouzbekistan | https://www.linkedin.com/posts/who-country-office-in-uzbekistan_healthforall-cancercare-whouzbekistan-activity-7326147758652895232--9Zz?utm_source=share&utm_medium=member_desktop&rcm=ACoAAChiZZQBbUPToelrlnejFw2vEftXJ4ri1a8https://www.linkedin.com/posts/who-country-office-in-uzbekistan_healthforall-cancercare-whouzbekistan-activity-7326147758652895232--9Zz?utm_source=share&utm_medium=member_desktop&rcm=ACoAAChiZZQBbUPToelrlnejFw2vEftXJ4ri1a8
514005
United Nations in Uzbekistan logo
United Nations in Uzbekistan

16-apr, 2026, 12:25

Photo
BMT delegatsiyasi Nukusda bo‘lib, “Deyqan arna” mahallasiga tashrif buyurdi va hududda faoliyat yuritayotgan “yettilik” bilan tanishdi.

Mahallada yaratilgan sharoitlar hamda aholi turmush darajasini oshirish, infratuzilmani rivojlantirish, bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi ishlar katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) loyihalari samaradorligi ko‘rib chiqilib, asalarichilik faoliyati orqali yaratilayotgan bandlik imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi hamda mahalla servis kompaniyalari faoliyati haqida ma’lumot taqdim etildi.
156005
United Nations in Uzbekistan logo
United Nations in Uzbekistan

16-apr, 2026, 12:25

Photo
🇺🇳BMTning hamkorlik dasturi muhokamalar markazida

📍Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning O‘zbekistondagi jamoasi ishtirokidagi muhim uchrashuvda qatnashdik. Unda 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

👥Tadbir davomida mahalla tizimining jamiyat hayotidagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Qayd etilganidek, bugungi kunda mahalla nafaqat boshqaruvning eng quyi bo‘g‘ini, balki aholiga xizmat ko‘rsatish, muammolarni joyida hal qilish va jamiyatda hamjihatlikni mustahkamlashda muhim platforma vazifasini bajarmoqda. Bugungi kunda yurtimizda qariyb 9 mingga yaqin mahalla faoliyat yuritib, millionlab aholini qamrab olgani, ayniqsa yoshlar ulushi yuqoriligi uning ahamiyatini yanada oshirayotgani ta’kidlandi.

➡️ So‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida "Raqamli mahalla" tizimi joriy etilgani, mahallalarda mustaqil byudjet shakllantirilgani ham alohida tahsinga loyiq amaliyotlardan.
Shuningdek, 2026-yilning "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili" deb e’lon qilingani ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada jadallashtirishga xizmat qiladi.

💬Yig‘ilish yakunida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish, mahalla darajasidagi amaliy loyihalarni ko‘paytirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdik.

💬 https://t.me/Kuranbayev_K
📹 http://Instagram.com/Kuranbayev_K
242003

Showing 30 of 37 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

United Nations in Uzbekistan Telegram kanali nima haqida?+

United Nations in Uzbekistan (@unuzbekistan) — tgdio da Dunyo yangiliklari toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 3 358 obunachi bor.

United Nations in Uzbekistan (@unuzbekistan) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @unuzbekistan ga bepul obuna bo‘ling.

United Nations in Uzbekistan yaxshi Dunyo yangiliklari kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin United Nations in Uzbekistan reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 3 358 obunachi bor. O‘xshash Dunyo yangiliklari kanallar bilan solishtiring.

United Nations in Uzbekistan statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @unuzbekistan sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.