🇺🇿 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni muborak bo‘lsin!
Aziz hamkasblar, hurmatli yurtdoshlar!
Barchangizni 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va bebaho qadriyatlarimizning timsolidir. O‘zbek tili xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, boy madaniyati va ezgu orzu-intilishlarini o‘zida mujassam etgan buyuk ma’naviy merosimizdir. Uni asrab-avaylash, sofligini saqlash, nufuzini yuksaltirish va kelajak avlodlarga munosib yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir.
Bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan ona tilimizni asrab-avaylash, uning davlat va jamiyat hayotidagi mavqeini yanada mustahkamlash, xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish hamda o‘zbek tilining boy imkoniyatlarini keng namoyon etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Biz ham tashkilotimiz jamoasi bilan birgalikda ushbu ezgu siyosatni qo‘llab-quvvatlash, ona tilimizning sofligi va ravnaqini ta’minlash, uni yosh avlod qalbiga singdirish hamda kundalik faoliyatimizda davlat tiliga hurmat tamoyillariga qat’iy amal qilish yo‘lida doimo kamarbastamiz.
Zero, tilga ehtirom — elga ehtirom, ona tiliga sadoqat esa milliy qadriyatlarimizga sadoqatdir. Ishonamanki, barchamizning hamjihatlikdagi sa’y-harakatlarimiz o‘zbek tilining jamiyatimiz hayotidagi o‘rnini yanada mustahkamlashga, uning boy ma’naviy merosini kelajak avlodlarga bezavol yetkazishga xizmat qiladi.
Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka, sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Ona tilimiz doimo ardoqda, qadrda va e’zozda bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Sevara Shakirova
______________________
🇺🇿 Happy Uzbek Language Day – October 21!
Dear colleagues and esteemed compatriots, I sincerely congratulate you all on October 21 – Uzbek Language Day!
Our native language is the symbol of our national identity, spirituality, and invaluable heritage. It embodies the centuries-old history, rich culture, and noble aspirations of our people. Preserving the Uzbek language, safeguarding its purity, enhancing its prestige, and passing it on to future generations is a sacred duty for each of us.
Today, under the leadership of our President, significant attention is being paid to preserving our native language, strengthening its role in public life, raising its international status, and fully showcasing its vast potential. Together with our team, we remain dedicated to supporting these noble efforts, fostering the growth of our language, instilling a deep respect for it in the younger generation, and strictly adhering to the principles of honoring the state language in our daily operations.
Respect for the language is respect for the nation, and loyalty to our native language is loyalty to our national values. I am confident that our joint efforts will further solidify the place of the Uzbek language in our society and preserve its rich spiritual legacy for generations to come.
On this auspicious occasion, I wish you all robust health, family happiness, prosperity, and great success in your professional endeavors.
May our native language always be cherished, honored, and respected!
Sincerely,
Sevara Shakirova
✅
Rasmiy sahifalar