Uzbekistan chess federation Telegram channel photo

Uzbekistan chess federation

@uzbchessfederationPublic Channel

O'zbekiston shaxmat federatsiyasi rasmiy telegram sahifasi Официальный телеграм канал Федерации Шахмат Узбекистана Tel: (95) 511-14-00. 🌐http://instagram.com/uzchessofficial 🌐http://fb.me/uzchessofficial

Esporto‘zbekOʻzbekiston

913

Last views

5.3k (5,290 subscribers)
A'zolar
—
Rating
29
Total Posts
Oct 17, 2026, 6:52 AM
Yangilangan
Apr 25, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameUzbekistan chess federation
Username@uzbchessfederation
CategoryEsport
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar5,290
Channel TypePublic Channel
Created25-apr, 2026
Last Updated17-okt, 2026 • 6 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#40055+82
Til reytingi
#354+3
Toifa reytingi
#799+2

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 5.3K30 Days growth: +3958.1%
09/1809/2309/2810/0310/0810/1310/17
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
18:09:20264,895
19:09:20265,048
20:09:20265,048
21:09:20265,048
22:09:20265,048
23:09:20265,048
24:09:20265,048
25:09:20265,048
26:09:20265,048
27:09:20265,048
28:09:20265,048
29:09:20265,048
30:09:20265,048
01:10:20265,048
02:10:20265,048
03:10:20265,048
04:10:20265,048
05:10:20265,048
06:10:20265,048
07:10:20265,048
08:10:20265,048
09:10:20265,048
10:10:20265,048
11:10:20265,048
12:10:20265,048
13:10:20265,048
14:10:20265,048
15:10:20265,048
16:10:20265,048
17:10:20265,290
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 20:04:20264,678
Week of 27:04:20264,678
Week of 04:05:20264,704
Week of 11:05:20264,704
Week of 18:05:20264,704
Week of 25:05:20264,704
Week of 01:06:20264,704
Week of 08:06:20264,704
Week of 15:06:20264,704
Week of 22:06:20264,704
Week of 29:06:20264,704
Week of 06:07:20264,798
Week of 13:07:20264,798
Week of 20:07:20264,798
Week of 27:07:20264,798
Week of 03:08:20264,798
Week of 10:08:20264,798
Week of 17:08:20264,905
Week of 24:08:20264,905
Week of 31:08:20264,880
Week of 07:09:20264,895
Week of 14:09:20265,048
Week of 21:09:20265,048
Week of 28:09:20265,048
Week of 05:10:20265,048
Week of 12:10:20265,290
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20264,678
May 20264,704
June 20264,704
July 20264,798
August 20264,905
September 20265,048
October 20265,290
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20265,290

So'nggi postlar

Uzbekistan chess federation logo
Uzbekistan chess federation

20-okt, 2026, 23:24

Photo1/2
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar jahon chempionatida 5 ta medalni qo‘lga kiritdi

Ispaniyada o‘tkazilgan FIDE U7–U17 yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdilar.

🥇 1-o‘rin — oltin medal
Lazizabonu Komiljonova — U13 qizlar o‘rtasida jahon chempioni.

🥈 2-o‘rin — kumush medal
Sayfuddin Erkinboev — U9 o‘g‘il bolalar o‘rtasida.
Sarvinoz Begmuratova — U13 qizlar o‘rtasida.
Akbar Mustafakulov — U11 o‘g‘il bolalar o‘rtasida.

🥉 3-o‘rin — bronza medal
Husnorakhon Husnitdinova — U11 qizlar o‘rtasida.

Shuningdek, Fazliddin Farhodov U9 o‘g‘il bolalar bahslarida 7-o‘rinni egallab, kuchli 10 talikdan joy oldi.

🇺🇿 Yosh shaxmatchilarimizni ushbu yuksak natijalar bilan tabriklaymiz!

🕊Telegram 📱Instagram
🔹 Facebook 🌍Veb sayt
9130026
Uzbekistan chess federation logo
Uzbekistan chess federation

20-okt, 2026, 16:15

Photo1/8
Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasida 50 yoshdan yuqori shaxmatchilar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati o‘z yakuniga yetdi.

9 tur yakunlariga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida:

🥇 1-o‘rin — Ibragim Karimov — 7,5 ochko
🥈 2-o‘rin — Nurulla Uralov — 6,5 ochko
🥉 3-o‘rin — Rustam Saydaliev — 6,5 ochko

Ayollar o‘rtasida:

🥇 1-o‘rin — Muqaddam Shakirova — 5 ochko
🥈 2-o‘rin — Gulnora Tursunova — 3 ochko

Shuningdek, 65 yoshdan yuqori ishtirokchilar orasida alohida sovrinlar topshirildi. Ushbu toifada Mahmadjon Sultonmurodov, Rakhman Umarov va Aleksandr Vasilenko taqdirlandi.

Barcha g‘olib va sovrindorlarni tabriklaymiz! 🇺🇿

🕊Telegram 📱Instagram
🔹 Facebook 🌍Veb sayt
1,9600014
Uzbekistan chess federation logo
Uzbekistan chess federation

20-okt, 2026, 14:37

Photo1/2
Tair Vahidov — Osiyo faxriylar chempionati g‘olibi!

Qirg‘izistonning O‘sh shahrida o‘tkazilgan Osiyo faxriylar chempionatining S50+ Rapid yo‘nalishida O‘zbekiston vakili GM Tair Vahidov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Hamyurtimiz 7 turda 6 ochko jamg‘arib, musobaqani 1-o‘rinda yakunladi.

🇺🇿 Tair Vahidovni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!

🕊Telegram 📱Instagram
🔹 Facebook 🌍Veb sayt
2,4700028
Uzbekistan chess federation logo
Uzbekistan chess federation

20-okt, 2026, 10:54

Video
Faxriylar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining so‘nggi turi boshlandi

Bugun, 20-oktabr kuni, Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasida 50 yoshdan yuqori erkak va ayol shaxmatchilar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining 9-tur bahslari boshlandi.

Musobaqa yakuniy turi doirasida ishtirokchilar chempionatning hal qiluvchi bahslarida g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.

🎥 So‘nggi tur bahslaridan videolavha.

🕊Telegram 📱Instagram
🔹 Facebook 🌍Veb sayt
1,9800013
Uzbekistan chess federation logo
Uzbekistan chess federation

19-okt, 2026, 13:49

Photo1/2
O‘zbekiston 2027-yilgi Jahon kuboklari uchun ikkita yo‘llanmaga ega bo‘ldi

FIDE Samarqandda o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi natijalariga ko‘ra, 2027-yilgi Jahon kubogi va Ayollar o‘rtasidagi Jahon kubogi uchun yo‘llanmalarni taqsimladi.

O‘zbekiston har ikki yo‘nalishda ham bittadan yo‘llanma qo‘lga kiritdi. Erkaklar terma jamoasi Olimpiadani 1-o‘rinda yakunlagani sababli Jahon kubogiga, ayollar terma jamoasi esa 13-o‘rinni egallagani sababli Ayollar o‘rtasidagi Jahon kubogiga yo‘llanma oldi.

FIDE qoidalariga ko‘ra, yo‘llanma Olimpiadada terma jamoa tarkibida ishtirok etgan shaxmatchilardan biriga beriladi. Agar barcha jamoa a’zolari boshqa yo‘l orqali allaqachon yo‘llanma olgan yoki ishtirok etishdan voz kechgan bo‘lsa, Federatsiya boshqa shaxmatchini tanlashi mumkin. Yakuniy vakillar 2027-yil 1–15-iyul kunlari tasdiqlanishi kutilmoqda.

Olimpiada natijalari asosida jami 83 ta federatsiya Open, 45 ta federatsiya esa ayollar yo‘nalishida 2027-yilgi Jahon kuboklariga yo‘llanma oldi.

Manba: FIDE

🕊Telegram 📱Instagram
🔹 Facebook 🌍Veb sayt
⁠
2,1200010
Uzbekistan chess federation logo
Uzbekistan chess federation

16-okt, 2026, 10:52

Photo1/6
Faxriylar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatiga start berildi

Bugun, 16-oktabr kuni, Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasida 50 yoshdan yuqori bo‘lgan erkak va ayol shaxmatchilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati boshlandi.

Musobaqaning ochilish marosimi soat 09:30 da o‘tkazildi. Shundan so‘ng ishtirokchilar 1-tur bahslarida shaxmat taxtasi qarshisida kuch sinashishni boshladi.

Chempionat Shveysarcha tizimda 9 tur davomida o‘tkaziladi. Shuningdek, 65 yoshdan yuqori erkak va ayol shaxmatchilar orasida ham alohida taqdirlash marosimi tashkil etiladi.

Faxriy shaxmatchilarimizga musobaqada omad va muvaffaqiyat tilaymiz! 🇺🇿

Manzil : 📍 Xalqaro shaxmat akademiyasi, 101-xona

🕊Telegram 📱Instagram
🔹 Facebook 🌍Veb sayt
4,2600013
Uzbekistan chess federation logo
Uzbekistan chess federation

15-okt, 2026, 17:34

Photo1/2
♟ Mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantira oldim — Nodirbek Yoqubboyev

Samarqandda bo‘lib o‘tgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu ulkan yutuqda terma jamoaning yorqin yulduzlari Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorov qatori Nodirbek Yoqubboyev ham muhim o‘rin tutdi.

Xususan, turnir taqdiriga ta’sir ko‘rsatgan Hindiston, Xitoy va AQShga qarshi bahslarda Yoqubboyevning g‘alabalari hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.

Kursiv Uzbekistan shu va boshqa mavzularda ikki karra Olimpiada chempioni Nodirbek Yoqubboyev bilan suhbatlashdi.

🔗 Batafsil o‘qish

📌 Manba : @kursivuz

🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
3,8800014
Uzbekistan chess federation logo
Uzbekistan chess federation

15-okt, 2026, 12:04

Ertaga, 16-oktabr kuni, Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasining 101-xonasida shaxmat bo‘yicha faxriylar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati start oladi.

Soat 09:30 da ochilish marosimi, 10:00 da esa 1-tur bahslari boshlanadi.

Musobaqada 50 yoshdan yuqori erkak va ayol shaxmatchilar ishtirok etadi. Shuningdek, 65 yoshdan yuqori ishtirokchilar orasida alohida taqdirlash ham o‘tkaziladi.

Barcha ishtirokchilarga musobaqada omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

Nizomi

Telegram

Shaxmat Nizomlari

Faxriylar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati

VIEW CHANNEL
3,450006
Uzbekistan chess federation logo
Uzbekistan chess federation

14-okt, 2026, 13:56

Photo1/2
FIDE yangi formatdagi U7–U17 Jahon chempionatini ilk bor o‘tkazmoqda

Ispaniyaning Roquetas de Mar shahrida FIDE U7–U17 yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati start oldi. Mazkur chempionat FIDE tomonidan yangi formatda tashkil etilayotgan ilk musobaqa bo‘lib, unda U7, U9, U11, U13, U15 va U17 yosh toifalarida Open va Girls yo‘nalishlari bo‘yicha bahslar o‘tkazilmoqda.

Musobaqa 11 turdan iborat Shveysarcha tizim asosida o‘tkaziladi. Vaqt nazorati — 45 daqiqa + har bir yurishga 30 soniya bo‘lib, ushbu qisqartirilgan vaqt nazorati mazkur yosh toifalarida ilk bor qo‘llanmoqda.

Jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini 13 nafar yosh shaxmatchi himoya qilmoqda:

Open:
U9 — Fazliddin Farkhodov, Sayfuddin Erkinboev
U11 — Akbar Mustafakulov
U13 — FM Ibrohim Jumanazarov
U15 — Biloliddin Obidov
U17 — FM Shahzodbek Hamzaev

Girls:
U7 — Malika Ikromova
U9 — Aminabonu Zoxirova
U11 — WFM Husnorakhon Khusnitdinova
U13 — WCM Lazizabonu Komiljonova, WFM Sarvinoz Begmuratova
U15 — Shaxrizoda Sattarova
U17 — WCM Mumtozbegim Mansurova

1-tur bugun, 14-oktyabr kuni soat 13:30 da Toshkent vaqti bilan boshlanadi. Musobaqa 21-oktyabrga qadar davom etadi.

🇺🇿 Yosh shaxmatchilarimizga jahon chempionatida omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

Manba: FIDE, FEDA, Info64

🕊Telegram 📱Instagram
🔹 Facebook 🌍Veb sayt
5,1900024
Uzbekistan chess federation logo
Uzbekistan chess federation

13-okt, 2026, 20:19

Photo1/2
⚡️ V “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirida ishtirok eting!

♟ Yurtimizdagi barcha shaxmatsevarlarni musobaqamizga taklif etamiz!

✊🏻 15-oktabr sanasigacha ro‘yxatdan o‘ting, turnirda ishtirok etib, pul mukofotlarini qoʻlga kiriting!

💵 Musobaqa sovrin jamg‘armasi - 620 million so‘m!

🖋 Musobaqa va unda ro‘yxatdan o‘tish tartibi haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin.

📹 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma bu yerda.

❗️Eslatma: “Zakovat-Gambit” turnirida faqat O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.
3,4800011
Uzbekistan chess federation logo
Uzbekistan chess federation

13-okt, 2026, 11:07

Photo1/6
Qozog‘istonning Atyrau shahrida 12-oktyabr kuni start olgan Atyrau Open 2026 xalqaro turnirining Masters guruhida O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etmoqda.

Musobaqada mamlakatimiz sharafini GM Shamsiddin Vokhidov, GM Jahongir Vakhidov va GM Khumoyun Begmuratov himoya qilmoqda.

Turnir Shveysarcha tizimda 9 tur davomida o‘tkazilib, vaqt nazorati 90 daqiqa + har bir yurishga 30 soniyani tashkil etadi.

Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 50 million tenge (taxminan 1,3 milliard so‘m), Masters guruhi uchun esa 45 million tenge (taxminan 1,2 milliard so‘m) etib belgilangan.

Bugun, 13-oktyabr kuni, musobaqaning 2-tur bahslari bo‘lib o‘tadi. Hamyurtlarimizga musobaqada omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

Manba: Chess-Results⁠

🕊Telegram 📱Instagram
🔹 Facebook 🌍Veb sayt
4,2800029
Uzbekistan chess federation logo
Uzbekistan chess federation

12-okt, 2026, 19:43

Photo1/2
FIDE klassik shaxmatdagi vaqt nazoratini qisqartirishni ma’qulladi

FIDE Bosh Assambleyasi klassik shaxmatda qisqaroq vaqt nazoratidan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi.

Asosiy taklif — 60+30 vaqt nazoratini klassik shaxmatda qo‘llash uchun maxsus FIDE tasdig‘ini talab qilmaslik. Shuningdek, ayrim musobaqalarda 45+30 formatidan foydalanish imkoniyati ham ko‘rib chiqilmoqda.

Muhimi, ushbu o‘zgarishlar hali kuchga kirgani yo‘q. Yakuniy qoidalar FIDE Council tomonidan ishlab chiqilib, tasdiqlanishi kerak.

FIDE ushbu o‘zgarishlar orqali klassik shaxmatni saqlagan holda, musobaqalarni qisqaroq va tashkiliy jihatdan qulayroq qilishni maqsad qilmoqda.

Manba: FIDE

🕊Telegram 📱Instagram
🔹 Facebook 🌍Veb sayt
4,7200021
Uzbekistan chess federation logo
Uzbekistan chess federation

10-okt, 2026, 22:11

Photo1/2
Baxromov Muhammadyusuf — ikki karra Osiyo chempioni!

O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi Baxromov Muhammadyusuf Rossiyaning Tula viloyatida o‘tkazilayotgan 20-Osiyo maktab o‘quvchilari shaxmat chempionatida yana bir bor g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

7 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi klassik shaxmat bahslarida 8/9 ochko bilan Osiyo chempioni bo‘lgan Muhammadyusuf bu safar blitz musobaqasida ham 1-o‘rinni egallab, 7,5 ochko jamg‘ardi.

Shu tariqa, yosh shaxmatchimiz 20-Osiyo maktab o‘quvchilari chempionatida klassik va blits yo‘nalishlarida Osiyo chempioni bo‘ldi.

Muhammadyusufni ushbu ajoyib natijalar bilan muborakbod etamiz va kelgusidagi musobaqalarda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🕊Telegram 📱Instagram
🔹 Facebook 🌍Veb sayt
4,5100066
Uzbekistan chess federation logo
Uzbekistan chess federation

04-sen, 2026, 09:06

Photo
https://ratings.fide.com/top_federations.phtml?utm_source=chatgpt.com

FIDE tomonidan shu yilning sentabr oyi uchun e’lon qilingan (yangilangan) reytingida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 6-o‘ringa ko‘tarildi.

➡️8-o‘rinda qayd etilgan O‘zbekiston sentyabr oyida ikki pog‘ona yuqorilab, dunyoning eng kuchli 6 federatsiyasi qatoridan joy oldi.

Top-10 shaxmatchilarimizning o‘rtacha reytingi 2628 ni tashkil etmoqda.

🕊📱 https://www.instagram.com/uzchessofficial?igsh=MTRxbjE2MW1jbjc3 🔹 https://www.facebook.com/uzchessofficial/?locale=ru_RU 🌍 https://uzchess.uz/oz/
3,2900019
Uzbekistan chess federation logo
Uzbekistan chess federation

04-sen, 2026, 09:06

Video
Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!
Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin!
Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin!
Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman.
Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin!
Yashasin O‘zbekiston Respublikasi!
Yashasin O‘zbekiston xalqi!

Shavkat Mirziyoyev,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti

#Mustaqillik35

🕊📱 https://www.instagram.com/uzchessofficial?igsh=MTRxbjE2MW1jbjc3 🔹 https://www.facebook.com/uzchessofficial/?locale=ru_RU 🌍 https://uzchess.uz/oz/
2,380006
Uzbekistan chess federation logo
Uzbekistan chess federation

04-sen, 2026, 09:06

Video
🇺🇿Prezidentimiz shaxmatchilarimizga ulkan zafarlar tiladi!

Mustaqilligimizning 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda Prezidentimiz yurtimiz shaxmatchilariga samimiy tilaklarini bildirib, ularga kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar va yangi g‘alabalar https://t.me/shmirziyoyev.

Bu ezgu tilaklar sportchilarimiz uchun katta ishonch va yuksak mas’uliyatdir.

Yosh shaxmatchilarimiz bayrog‘imizni yanada baland ko‘tarib, xalqimizni yangi g‘alabalar bilan quvontirishiga ishonamiz!

🕊📱 https://www.instagram.com/uzchessofficial?igsh=MTRxbjE2MW1jbjc3 🔹 https://www.facebook.com/uzchessofficial/?locale=ru_RU 🌍 https://uzchess.uz/oz/
10,2000033
Uzbekistan chess federation logo
Uzbekistan chess federation

04-sen, 2026, 09:06

Photo
🇺🇿 O‘zbekiston xalqaro arbitrlar soni bo‘yicha dunyo TOP-15 taligida!

FIDE’ning 2-Kengash yig‘ilishidan so‘ng yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston 100 nafar FA va IA bilan jahon reytingida 14-o‘ringa ko‘tarildi.

Malumot o'rnida 2024-yil aprel oyida O‘zbekistonda 39 nafar xalqaro toifadagi arbitr bor edi va 39-o‘rinda edi.

So‘nggi ikki yil davomida xalqaro toifadagi arbitrlar sonini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichini qayd etdi. Bu davrda arbitrlar soni 39 nafardan 100 nafarga yetib, 156,4% ga oshdi.

Ushbu natijaga erishishda arbitrlar tayyorlash va seminarlar tashkil etishga katta hissa qo‘shgan lektorlarimizga, shuningdek, barcha O‘zbekistonlik arbitrlarga tashakkur!

🕊📱 https://www.instagram.com/uzchessofficial?igsh=MTRxbjE2MW1jbjc3 🔹 https://www.facebook.com/uzchessofficial/?locale=ru_RU 🌍 https://uzchess.uz/oz/
3,3900023
Uzbekistan chess federation logo
Uzbekistan chess federation

04-sen, 2026, 09:06

⚡️“Green Hills Resort” musobaqasi ishtirokchilari diqqatiga!

Musobaqa dasturiga ko‘ra, 30-avgust kuni Rapid, 31-avgust kuni esa Blits bahslari o‘tkaziladi.

Ishtirokchilar uchun transport 30-avgust kuni soat 08:00 da Alisher Navoiy kinoteatri yaqinidan yo‘lga chiqadi. Kech qolgan ishtirokchilar uchun transport bilan ta’minlash kafolatlanmaydi.

➡️“New Star” guruhi ishtirokchilariga bir nafardan hamrohlik qiluvchi shaxs bilan birga borishga ruxsat beriladi. Qolgan ishtirokchilarning hamrohlik qiluvchi shaxslari uchun transportda joy ajratilishi kafolatlanmaydi.

https://maps.google.com/maps?q=41.644106,69.815373&ll=41.644106,69.815373&z=16

🤝Barcha ishtirokchilardan belgilangan vaqtda yig‘ilish joyiga yetib kelishlarini so‘raymiz.
2,590007
Uzbekistan chess federation logo
Uzbekistan chess federation

04-sen, 2026, 09:06

Photo
⚡️ “Chess Board Open Championship”da kimlar yetakchilik qildi?

“O‘zbekgidroenergo” AJ tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamkorligida vazirlik, idora va tashkilot xodimlari o‘rtasida “Chess Board Open Championship of Uzbekhydroenergo JSC” shaxmat musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqada turli vazirlik, idora va yirik tashkilotlar vakillari faol ishtirok etib, o‘zlarining shaxmat bo‘yicha mahoratlarini namoyon etdi.

Eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar:

“O‘zavtosanoat” AJ — 10 ball
“Asakabank” AJ — 9,5 ball
Ichki ishlar vazirligi — 9 ball
“Mikrokreditbank” ATB — 8,5 ball
“Xalq banki” ATB — 8,5 ball

Musobaqaning to‘liq reyting natijalari yuqoridagi posterda keltirilgan.

Ushbu chempionat shaxmatni ommalashtirish bilan birga, ishtirokchilarning mantiqiy fikrlash, strategik yondashuv va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

🕊📱 https://www.instagram.com/uzchessofficial?igsh=MTRxbjE2MW1jbjc3 🔹 https://www.facebook.com/uzchessofficial/?locale=ru_RU 🌍 https://uzchess.uz/oz/
2,800005
Uzbekistan chess federation logo
Uzbekistan chess federation

04-sen, 2026, 09:06

Photo
⚡️Abdumajid Botiraliyev — Xalqaro sport ustasi (IM) normasini bajardi!

O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi Abdumajid Botiraliyev Italiyada bo‘lib o‘tgan 24-Torneo Internazionale di Scacchi Spilimbergo xalqaro shaxmat turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Xalqaro sport ustasi (International Master — IM) unvoni uchun zarur bo‘lgan navbatdagi normani bajardi.

Shu yilning, 8–15-avgust kunlari o‘tkazilgan nufuzli xalqaro turnirda Abdumajidning munosib natija qayd etib, IM normasini qo‘lga kiritgani O‘zbekiston shaxmati uchun quvonchli voqeadir.

Abdumajid Botiraliyevni ushbu yutug‘i bilan samimiy muborakbod etamiz!

🕊📱 https://www.instagram.com/uzchessofficial?igsh=MTRxbjE2MW1jbjc3 🔹 https://www.facebook.com/uzchessofficial/?locale=ru_RU 🌍 https://uzchess.uz/oz/
3,4000025
Uzbekistan chess federation logo
Uzbekistan chess federation

04-sen, 2026, 09:06

Photo
⚡️O‘zbekistonlik shaxmatchilar “Bella Italia” xalqaro shaxmat festivalida munosib natijalarni qayd etdi!

Joriy yilning, 17–23 avgust kunlari Italiyaning Lignano Sabbiadoro shahrida 5° Festival Bella Italia xalqaro shaxmat festivali bo‘lib o‘tdi.

Klassik shaxmat formatida o‘tkazilgan festivalning Master guruhida O‘zbekiston sharafini GM Ortik Nigmatov, FM Abdumajid Botiraliev, CM Sheralijon Ravshanov va Hasan Akramov himoya qildi. Musobaqa yakunida GM Ortik Nigmatov 9 turda 7,5 ochko jamg‘arib, Master guruhida birinchi o‘rinni egalladi.

➡️Hasan Akramov 5,5 ochko bilan musobaqani yakunlab, 2 nafar grossmeysterni mag‘lub etdi va reytingiga 132 ochko qo‘shdi. CM Sheralijon Ravshanov ham 5,5 ochko jamg‘arib, reytingini 72 ochkoga yaxshiladi. FM Abdumajid Botiraliev esa reytingiga 16 ochko qo‘shdi.

➡️Open A guruhida O‘zbekiston nomidan Zafar Tolipov va Husan Akramov ishtirok etdi. Zafar Tolipov 7 turda 6,5 ochko jamg‘arib, guruh g‘olibiga aylandi. Husan Akramov esa 5,5 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Barcha shaxmatchilarimizni munosib natijalari bilan tabriklaymiz!

🕊📱 https://www.instagram.com/uzchessofficial?igsh=MTRxbjE2MW1jbjc3 🔹 https://www.facebook.com/uzchessofficial/?locale=ru_RU 🌍 https://uzchess.uz/oz/
2,7800025
Uzbekistan chess federation logo
Uzbekistan chess federation

04-sen, 2026, 09:06

Photo
⚡️Xalqaro shaxmat turniriga ro‘yxatdan o‘tish muddati uzaytirildi

Shu yilning, 29–31-avgust kunlari Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi Green Hills Resort majmuasida Rapid va Blitz yo‘nalishlarida xalqaro shaxmat turniri bo‘lib o‘tadi.

Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 35 000 AQSH dollarini tashkil etadi.

Ro‘yxatdan o‘tish muddati 27-avgustgacha uzaytirildi.

Ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga 1 kun qoldi. Ishtirok etish istagidagi shaxmatchilarni belgilangan muddatgacha ro‘yxatdan o‘tishga chorlaymiz.

Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot uchun: https://t.me/Sevara1223
3,720002
Uzbekistan chess federation logo
Uzbekistan chess federation

25-apr, 2026, 03:42

Video
🤚 Yangihayotda shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha, Yangihayot tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi.

👍 Musobaqaning ochilish marosimida Yangihayot tumani hokimi ishtirok etib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi hamda yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishda shaxmat sportining o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidladi.

🏆 Bellashuvlarda yangihayotlik yosh shaxmatchilar o‘zaro kuch sinashib, aql-zakovat va mahoratlarini namoyon etdi.Tadbir yakunida esa faxrli o‘rinni egallagan ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

#Beshtashabbus2026

🕊📱 https://www.instagram.com/uzchessofficial?igsh=MTRxbjE2MW1jbjc3 🔹 https://www.facebook.com/uzchessofficial/?locale=ru_RU 🌍 https://uzchess.uz/oz/
1,4400017
Uzbekistan chess federation logo
Uzbekistan chess federation

25-apr, 2026, 03:42

Photo
⚡️Javohir Sindarov Oʻzbekiston MOQga tashrif buyurdi

Tashrif davomida grossmeyster Sport vaziri hamda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati bilan uchrashib, yaqin rejalari bilan oʻrtoqlashdi. Shuningdek, u rasmiylarga oʻz imzosi tushirilgan esdalik shaxmat taxtalarini topshirdi.

Uchrashuv chogʻida rasmiylar Sindarovni tarixiy yutugʻi bilan tabriklab, jahon chempionligi uchun oʻtadigan masʼul musobaqalarda hamda joriy yilda Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga puxta tayyorgarlik koʻrish jarayonida har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini taʼkidlashdi.

🕊📱 https://www.instagram.com/uzchessofficial?igsh=MTRxbjE2MW1jbjc3 🔹 https://www.facebook.com/uzchessofficial/?locale=ru_RU 🌍 https://uzchess.uz/oz/
1,5500033
Uzbekistan chess federation logo
Uzbekistan chess federation

25-apr, 2026, 03:42

Video
✔️Andijonda shaxmatchilar kutib olindi

⚫️7 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan maktab o'quvchilari o'rtasida 23-30-aprel kunlari bo'lib o'tadigan shaxmat bo'yicha O'zbekiston chempionati musobaqalariga Andijon viloyati mezbonlik qiladi.

⚫️Viloyat markaziy temiryo'l vokzalida musobaqa ishtirokchilarini tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi. Unda viloyatdagi mutasaddi idora vakillari, faol va iqtidorli yoshlar qatnashib, musobaqa ishtirokchilarini andijoncha mehmondoʻstlik bilan kutib oldilar.

🕊📱 https://www.instagram.com/uzchessofficial?igsh=MTRxbjE2MW1jbjc3 🔹 https://www.facebook.com/uzchessofficial/?locale=ru_RU 🌍 https://uzchess.uz/oz/
6,6000025
Uzbekistan chess federation logo
Uzbekistan chess federation

25-apr, 2026, 03:42

Photo
⚡️Terma jamoa yig‘inlari qizg‘in davom etmoqda

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini belgilangan reja asosida yuqori tempda davom ettirmoqda.

Mashg‘ulotlar davomida sportchilarning umumiy jismoniy holatini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Dastur doirasida chidamlilik, tezkorlik va kuch ko‘rsatkichlarini oshirish, shuningdek, funksional tayyorgarlikni yanada takomillashtirish ustuvor vazifa sifatida olib borilmoqda.

Murabbiylar shtabi tomonidan yuklamalar har bir sportchining individual xususiyatlari va tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib aniq rejalashtirilmoqda.

➡️Ushbu yig‘inlar jamoaning yaqinlashib kelayotgan musobaqalarga tayyorgarligini kuchaytirish, optimal sport formasini saqlash hamda yuqori natijalarga erishishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

#teamUzbekistan

🕊📱 https://www.instagram.com/uzchessofficial?igsh=MTRxbjE2MW1jbjc3 🔹 https://www.facebook.com/uzchessofficial/?locale=ru_RU 🌍 https://uzchess.uz/oz/
3,5100039

Showing 29 of 29 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Uzbekistan chess federation Telegram kanali nima haqida?+

Uzbekistan chess federation (@uzbchessfederation) — tgdio da Esport toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 5 290 obunachi bor.

Uzbekistan chess federation (@uzbchessfederation) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @uzbchessfederation ga bepul obuna bo‘ling.

Uzbekistan chess federation yaxshi Esport kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Uzbekistan chess federation reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 5 290 obunachi bor. O‘xshash Esport kanallar bilan solishtiring.

Uzbekistan chess federation statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @uzbchessfederation sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.