Germaniyalik o'zbek Telegram channel photo

Germaniyalik o'zbek

@uzbek_europePublic Channel

🇩🇪Germaniyaga kelganlarda va kelmoqchi bo'lganlarda "bo'lishi shart" kanal. O‘qish. Ish. Immigratsiya va hayot — hammasi oddiy tilda. Aloqa uchun: @uzbek_europe_admin

379

Last views

2.4k (2,442 subscribers)
A'zolar
—
Rating
39
Total Posts
Oct 16, 2026, 10:06 PM
Yangilangan
Apr 21, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameGermaniyalik o'zbek
Username@uzbek_europe
CategoryVeb-seriallar
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar2,442
Channel TypePublic Channel
Created21-apr, 2026
Last Updated16-okt, 2026 • 5 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#38287+97
Til reytingi
#345-3
Toifa reytingi
#1062+2

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 2.4K30 Days growth: +1928.5%
09/1709/2209/2710/0210/0710/1210/16
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
17:09:20262,250
18:09:20262,250
19:09:20262,297
20:09:20262,297
21:09:20262,297
22:09:20262,297
23:09:20262,297
24:09:20262,297
25:09:20262,297
26:09:20262,297
27:09:20262,297
28:09:20262,297
29:09:20262,297
30:09:20262,297
01:10:20262,297
02:10:20262,297
03:10:20262,297
04:10:20262,297
05:10:20262,297
06:10:20262,297
07:10:20262,297
08:10:20262,297
09:10:20262,297
10:10:20262,297
11:10:20262,297
12:10:20262,297
13:10:20262,297
14:10:20262,297
15:10:20262,297
16:10:20262,442
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 20:04:20262,152
Week of 27:04:20262,152
Week of 04:05:20262,583
Week of 11:05:20262,583
Week of 18:05:20262,583
Week of 25:05:20262,583
Week of 01:06:20262,583
Week of 08:06:20262,583
Week of 15:06:20262,583
Week of 22:06:20262,583
Week of 29:06:20262,583
Week of 06:07:20262,419
Week of 13:07:20262,419
Week of 20:07:20262,419
Week of 27:07:20262,419
Week of 03:08:20262,419
Week of 10:08:20262,419
Week of 17:08:20262,346
Week of 24:08:20262,346
Week of 31:08:20262,284
Week of 07:09:20262,250
Week of 14:09:20262,297
Week of 21:09:20262,297
Week of 28:09:20262,297
Week of 05:10:20262,297
Week of 12:10:20262,442
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20262,152
May 20262,583
June 20262,583
July 20262,419
August 20262,284
September 20262,297
October 20262,442
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20262,442

So'nggi postlar

Germaniyalik o'zbek logo
Germaniyalik o'zbek

19-okt, 2026, 19:28

🇩🇪 Oila birlashuvi vizasi (2-qism)

Avvalgi postda oila birlashuvining umumiy shartlari haqida yozgandim. Bugun qanday hujjat topshirish kerakligini ko’rib chiqamiz.

Turmush o’rtog’i bilan oila birlashuvi
Bu viza nikoh allaqachon tuzilgan bo’lsa va Germaniyadagi turmush o’rtog’ingiz oldiga ko’chib o’tmoqchi bo’lsangiz kerak bo’ladi.

Kerakli hujjatlar:
Germaniyadagi turmush o’rtog’ining pasporti (shaxsiy ma’lumotlar sahifasi) nusxasi
Ikkala pasportning kirish-chiqish muhrlari qo’yilgan sahifalari nusxasi
Turmush o’rtog’i chet el fuqarosi bo’lsa, uning Aufenthaltstitel nusxasi
Turmush o’rtog’ining Meldebescheinigung’i
Nikoh guvohnomasi va uning notarial tasdiqlangan nemischa tarjimasi
Umumiy farzandlar bo’lsa, ularning tug’ilganlik guvohnomalari va tarjimalari
Nemis tili A1 sertifikati

💡 Ariza topshirishda tibbiy sug’urta talab qilinmaydi. Kerak bo’lsa, keyinroq so’raladi. Bundan tashqari Germaniya fuqarosining turmush o’rtog’i va farzandlari viza badalidan ozod etiladi.

A1 sertifikatisiz ham mumkinmi?
Ha, quyidagi hollarda A1 talab qilinmaydi:
Turmush o’rtog’ingiz Moviy (Blue) karta egasi bo’lsa
Turmush o’rtog’ingiz malakali mutaxassis (Fachkraft, §18a yoki §18b AufenthG) sifatida yashayotgan bo’lsa
Kasallik yoki nogironlik sababli til o’rganishning iloji bo’lmasa
Og’ir holatlarda (Härtefall), masalan, jiddiy urinishlarga qaramay A1 imtihonini topshirish imkoni bo’lmasa
Ba’zi hollarda oliy ma’lumotli arizachilar uchun

Farzandlar bilan oila birlashuvi
Voyaga yetmagan (18 yoshgacha) bolalar Germaniyada qonuniy yashayotgan ota-onasi oldiga borishi mumkin. Shuningdek, ota-onasi bilan birga ham ko’chib o’tishi mumkin, masalan, ish vizasi yoki turmush o’rtog’i bilan birlashish doirasida. Bunda Germaniyadagi ota yoki ona bolani tarbiyalash huquqiga ega bo’lishi kerak. Bola ariza topshirish uchun elchixonaga shaxsan kelishi shart!

Kerakli hujjatlar:
Bolaning pasporti, tug’ilganlik guvohnomasi va uning notarial tasdiqlangan nemischa tarjimasi
Tegishli bo’lsa: ota-onaning nikoh guvohnomasi
Tegishli bo’lsa: otalikni tan olish hujjati yoki ota haqidagi ma’lumot tug’ilganlik guvohnomasiga qanday asosda kiritilgani haqida FHDYo ma’lumotnomasi (4 haftadan eski bo’lmasin)
Bola faqat bitta ota yoki ona oldiga ketayotgan bo’lsa: ikkinchisining bolaning xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi (6 oydan eski bo’lmasin) yoki ota-onalik huquqidan mahrum etish haqidagi sud qarori
Germaniyadagi ota yoki onaning pasporti va Aufenthaltstitel nusxasi
Germaniyadagi ota yoki onaning Meldebescheinigung’i
Tegishli bo’lsa: 16 yoshdan oshgan va Germaniyada allaqachon yashayotgan chet ellik ota yoki onasi oldiga borayotgan bolalar uchun C1 darajadagi til sertifikati (ba’zi hollarda, masalan, bola ota-onasi bilan birga ko’chsa, bu talab qo’yilmaydi)

💡16 yoshgacha bo’lgan bolalardan til sertifikati talab qilinmaydi.

Hujjatlar tekshiruvi (barcha holatlar uchun muhim!)
Oilaviy munosabatlar fuqarolik holati dalolatnomalari (tug’ilganlik, nikoh guvohnomalari) orqali isbotlanadi. O’zbekistonda berilgan bunday hujjatlar odatda elchixona tomonidan qo’shimcha tekshiriladi. Bu haqda elchixona Ausländerbehörde bilan kelishgan holda qaror qabul qiladi. Bu jarayon ko’rib chiqish muddatini uzaytirishi mumkin.
Uchinchi davlatlarda berilgan hujjatlar esa vaziyatga qarab legalizatsiya qilingan yoki apostil qo’yilgan bo’lishi kerak.

📅 Uchrashuvga yozilish: digital.diplo.de

#VizaMasalasi

♻️ Germaniyalik o’zbek

Telegram

Germaniyalik o'zbek

🇩🇪 Germaniyada oila birlashuvi: Viza turlari va asosiy shartlarMenga kelayotgan savollar orasida oila birlashtirish haqidagilari talaygina. Ushbu katta mavzu bo'yicha batafsil ma'lumot tayyorlashga harakat qildim va postlar kanalda birma-bir chiqib boradi.…

VIEW CHANNEL
3790011
Germaniyalik o'zbek logo
Germaniyalik o'zbek

17-okt, 2026, 22:48

Nemis tili o'rganar ekanman, qiziqarli tomonlari ko'pligini anglab boryapman. Masalan, kolbasa bilan bog'liq maqollar, qiziqarli familiyalar, artikl tufayli so‘zning ma’nosi o'zgaradigan so'zlar va hokazo...

Bugun nemis tili lug'atining deyarli yarmini tashkil qiladigan birgina soʻz haqida gaplashamiz! 😅🇩🇪
Bu soʻz — '-zeug', yaʼni oʻzbekchaga tarjima qilganda "narsa / vosita" degan maʼnoni anglatadi. Nemislar deyarli har bir buyumga shu soʻz qoʻshimchasini qoʻshib qoʻya qolishgan:
✈️ Flugzeug = uchish narsasi (Samolyot)
🚗 Fahrzeug = haydash narsasi (Avtomobil / Transport)
🛠 Werkzeug = ishlash narsasi (Asbob-uskuna)
🥁 Schlagzeug = urish / zarb narsasi (Baraban)
🔥 Feuerzeug = olov narsasi (Zajigalka)
🧸 Spielzeug = oʻynash narsasi (Oʻyinchoq)

Lekin bu hali hammasi emas! Nemislar hayvonlarni nomlashda ham shunday usuldan foydalanishgan, faqat u yerda asosiy soʻz Schwein (choʻchqa)! 🐷
🌵 Stachelschwein = tikanli choʻchqa (Jayra / Porcupine)
🕳 Erdschwein = yer choʻchqasi (Chumolixo'r, burni uzun hayvon)
🐬 Schweinswal = choʻchqa kit (Dengiz choʻchqasi / Porpoise)
🐹 Meerschweinchen = kichik dengiz choʻchqasi (Gvineya choʻchqasi)

Nemis tilini C1 darajagacha oʻrganish uchun yillar kerak deyiladi. Lekin aslida bor-yoʻgʻi "-zeug" va "-schwein" soʻzlarini bilib olsangiz, lüğatning yarmiga egasiz! Boshqa tilkurslarga ortiqcha pul sarflab yurmang endi!

#NemisTili

♻️ Germaniyalik o'zbek

Telegram

Germaniyalik o'zbek

O'zimizda osh bilan bog'liq maqol va iboralar ko'p, masalan "O'zing pishirgan osh", "Oshing halol bo'lsa ko'chada ich", "O'ldirsa ham osh o'ldirsin", "Minnatli osh tatimas" va hk. Nemislarda ham milliy taomlaridan biri bo'lgan kolbasalar haqida maqol va iboralar…

VIEW CHANNEL
5610020
Germaniyalik o'zbek logo
Germaniyalik o'zbek

15-okt, 2026, 11:18

Photo1/12
🦋 Germaniyaning eng go‘zal 5 ta sayyohlik so‘qmoqlari

Germaniyadagi eng chiroyli ko'llar va o'rmonlardan haqidagi postlarimizdan keyin, navbatdagi manzil — tabiat qo‘ynida faol hordiq chiqarishni sevuvchilar uchun eng sara piyoda yo‘llari!

"Das Wandermagazin" jurnali e’lon qilgan yillik reytingdagi bir kunlik sayohat uchun eng mos yo‘nalishlar:
📸 Bavariya o‘rmonidagi Bodenmays yovvoyi suv so‘qmog‘i. 12 kilometrlik ushbu yo‘nalish go‘zal buloq bo‘ylab Bodenmays kurorti yaqinidagi mashhur Rislox sharsharalariga olib boradi. So‘qmoq asrlar davomida o‘sib yotgan daraxtlar va qoyali daralar bo‘ylab qo‘riqxona hududidan o‘tadi.
📸 Ayfeldagi "Maar baxti" o‘lkashunoslik so‘qmog‘i. Bu yo‘nalish "Ayfelning ko‘k ko‘zlari" deb ataluvchi uchta vulqon ko‘lini (maar) birlashtiradi. So‘qmoq tik krater qirg‘oqlari bo‘ylab o‘tloqlar orasidan o‘tadi. Uzunligi — 11 km.
📸 Pfalsdagi qoyali o‘rmon. Bu Pfals o‘rmoni bo‘ylab 13 kilometrdan ortiq masofani o‘z ichiga olib, mahalliy qumtosh qoyalari, jumladan, "Duoxon" (Gebetbuch) va "Kafedra" (Kanzel) formations oldidan o‘tadi.
📸 Bavariyadagi Ayxshtett panoramali so‘qmog‘i. Yo‘nalish Altmyul daryosi vodiysi yonbag‘irlari bo‘ylab barokko uslubidagi Ayxshtett shaharchasini aylanib o‘tadi. Soyali buk o‘rmonlari va archazor dashtlari orqali o‘tadi. So‘qmoqdan tarixiy markaz, sobor va Villibaldsburg qasrining ajoyib manzaralari ochiladi. Uzunligi — 11,5 km.
📸 Pfals ko‘shklari safari — beshta an’anaviy o‘rmon ko‘shklari — sayohatchilar mahalliy to‘yimli taomlardan tatib ko‘rishlari mumkin bo‘lgan o‘rmon oshxonalari orasidagi go‘zal so‘qmoq. Orensfels qoyasidagi kuzatuv maydonchasidan turib atrofdagi manzaralardan zavqlanish mumkin. Uzunligi — 11,5 km.

#VibeGermany

♻️ Germaniyalik o'zbek
8510014
Germaniyalik o'zbek logo
Germaniyalik o'zbek

12-okt, 2026, 17:24

Photo1/2
📢 DAAD stipendiyalari 2026/27 — Hujjat topshirish muddati tugashiga oz qoldi!

Germaniyaning va dunyoning eng nufuzli stipendiyalaridan biri boʻlmish DAAD uchun arizalar qabuli yopilishiga oz vaqt qolmoqda!

💰 Ushbu dastur taqdim etadigan asosiy imtiyozlar va ajratiladigan mablagʻlarni yana bir bor eslatib oʻtamiz:
Oylik stipendiya: 992 yevro
Tibbiy va shaxsiy sugʻurta: DAAD tomonidan toʻliq qoplanadi
Yoʻl xarajatlari: Aviachipta xarajatlari qoplanadi
Yillik oʻquv nafaqasi: 460 yevro
Qoʻshimcha imtiyozlar (dastur boshlangach):
- Oylik turar joy (ijara) subsidiyasi
- Oila aʼzolari bilan borilganda oylik qoʻshimcha nafaqa
- Imkoniyati cheklangan yoki surunkali xastaligi bor nomzodlar uchun qoʻshimcha xarajatlar qoplovi
- Green Mobility Top Up: Ekologik toza transportdan foydalanish uchun qoʻshimcha ragʻbat yoki aviaparvoz kompensatsiyasi
- Til kurslari va qoʻllab-quvvatlash: Germaniyaga ketishdan oldin 2, 4 yoki 6 oylik bepul nemis tili kursi (oʻquv dasturi nemis tilida boʻlsa, majburiy)
- Stipendiya davrida nemis tili kurslari uchun qoʻshimcha nafaqa
- TestDaF yoki DSH imtihon xarajatlarini qoplash

🗓 Muhim sanalar va muddatlar
- Hujjat topshirishning soʻnggi kuni: 02.11.2026 (shoshiling!)
- Saralash bosqichi: 2027-yil fevral–mart
- Oʻqish/Moliyalashtirish boshlanishi: 2027-yil oktyabr

📄 Kerakli hujjatlar roʻyxati
Hujjatlar DAAD portalida roʻyxatdan oʻtgach, "Attachments" boʻlimiga faqat PDF formatida yuklanadi:
- Rezyume (CV): Jadval shaklida (maks. 3 sahifa)
- Motivatsiya xati: Academic & personal reasons (1–3 sahifa)
- Qabul xati (Letter of Admission): Nemis universitetidan (agar hali olinmagan boʻlsa, oʻqish boshlangunga qadar topshirsa boʻladi)
- "Information about your preferred master programmes" formasi (Magistratura uchun)
- Baholar daftarchasi (Transcript): Hozirgi/soʻnggi oʻqish transkripti
- Oliy maʼlumot haqida diplom va ilovasi (agar hali bitirmagan boʻlsangiz, oʻqish boshlanguncha topshiriladi)
- Til bilish sertifikati: Dastur talabiga mos (3 yildan eski boʻlmasligi kerak)
- Tavsiyanoma (Letter of Recommendation): Universitet oʻqituvchisidan 1 ta
- Maktab shahodatnomasi va ilovasi
- Hujjatlar tarjimasi: Nemis yoki ingliz tiliga rasmiy tarjimalar
- Ixtiyoriy (Optional): Ish tajribasi, sertifikatlar yoki jamoat ishlaridagi faollikni tasdiqlovchi hujjatlar.

Til sertifikatlari boʻyicha muhim eslatma!
Odatda til sertifikatlari rasmiy muddat tugagunga qadar topshirilishi shart. Ayrim istisno hollardagina (dastur yoki regional idora qoidalariga bogʻliq holda) vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtish qogʻozi yoki MOI xati qabul qilinishi mumkin, ammo bu kafolatlanmagan.

🚀 Arizani topshirish tartibi:
Portalda roʻyxatdan oʻting: mein.daad.de saytida akkount oching.
Tavsiyanoma formasini yarating: Portalda shakllantirib, yuklab oling va oʻqituvchingizga toʻldirish uchun yuboring.
Arizani onlayn yuboring: Barcha hujjatlarni PDF formatida yuklab, tasdiqlang.

Agar sizga DAAD stipendiyasiga hujjatlarni toʻgʻri va sifatli tayyorlashda professional koʻmak hamda konsalting xizmati kerak boʻlsa, bizga murojaat qilishingiz mumkin! Murojaat uchun: @uzbek_europe_admin

👥 Germaniyada oʻqishni rejalashtirayotgan doʻstlaringizga ham ulashing!

#StudyInGermany

♻️ Germaniyalik o'zbek
1,1500013
Germaniyalik o'zbek logo
Germaniyalik o'zbek

11-okt, 2026, 11:31

Photo1/2
🌌 Muz ostidagi koinot siri: Olis galaktikalardan kelgan tilsiz va qudratli zarralar tarixi

Kanalni doimiy kuzatib borayotganlar Germaniyada fizika sohasida PhD qilayotganimni bilishadi. Yaqinda ilm-fan olamida eng muhim voqealardan biri — navbatdagi Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi!

2026-yilgi fizika bo‘yicha Nobel mukofoti belgiyalik olim Frensis Halsenga berildi — u "IceCube neytrino observatoriyasi ishiga hal qiluvchi hissa qo‘shgani hamda astrofizik kelib chiqishga ega yuqori energiyali neytrinolarni kashf etgani uchun" e’tirof etildi

Rasmda: Dunyoning eng hayratlanarli neytrino observatoriyalaridan biri — Yaponiyaning Kamioka observatoriyasi. U devorlari bo‘ylab minglab optik detektorlar joylashtirilgan ulkan silindrsimon sun’iy g‘ordan iborat. Detektorlarga xizmat ko‘rsatish uchun muhandislar g‘or ichida qayiqda suzishlariga to‘g‘ri keladi!

💡 Neytrino o‘zi nima va u nima uchun shunchalik muhim?
Neytrinolar uzoq vaqt davomida, ayniqsa koinotning olis chekkalaridan keluvchi turlari, deyarli ushlab bo‘lmaydigan "arvoh-zarralar" deb hisoblab kelingan. Yerda kosmik neytrino manbalarini topish o‘ta qiyin, chunki zarrachalarning mutlaq ko‘pchiligi Quyoshdan keladi yoki sayyoramiz magnit maydonida hosil bo‘ladi.
Shunga qaramay, olis koinot neytrinolarini tutishga erishildi! Bunga sovet fizigi Moisey Markov tomonidan 1960-yillarda taklif qilingan va so‘nggi o‘n yilliklarda Halsen tomonidan amalga oshirilgan hayratlanarli loyiha sabab bo‘ldi. Bu — Antarktidadagi qutb muzligining qoq markazida joylashgan IceCube observatoriyasidir. Va umuman olgan holda, ushbu zarralarni tadqiq qilish nima berishi mumkin? Batafsil matnda tahlil qilamiz 👇

Maqola Havolasi

O‘tgan yili fizika bo‘yicha Nobel mukofoti aynan nima uchun berilgani haqida ushbu postimda yozgan edim.

#PersonalBlog #OffTopic

♻️ Germaniyalik o'zbek
9590010
Germaniyalik o'zbek logo
Germaniyalik o'zbek

09-okt, 2026, 20:53

🇩🇪 Germaniyada qaysi kasblarda kadrlar tanqisligi yuzaga kelishi mumkin?

2036-yilga borib Germaniyada 4,3 million xodim yetishmasligi mumkin. Bunday prognozni Kyolndagi Nemis iqtisodiyoti instituti (IW) eʼlon qildi. Defitsitning sababi — bebi-bumerlar avlodining pensiyaga chiqishi va aholi sonining kamayishidir. Hozirning oʻzida ham FFRda ishlayotgan bebi-bumerlar ulushi ayniqsa yuqori boʻlgan va allaqachon kadrlar yetishmayotgan bir nechta kasblar mavjud. Kadrlar tanqisligi birinchi navbatda quyidagi sohalarga taʼsir qilishi mumkin:
🔵 Shahar jamoat transporti. Avtobus va tramvay haydovchilarining 44 foizini 55 yoshdan oshgan xodimlar tashkil etadi. Yaʼni shahar transporti rolidagilarning deyarli har ikkinchisi pensiyaga chiqish arafasida. Ularning oʻrnini kim egallashi esa hozircha nomalum.
🔵 Logistika va yuk tashish. Bu yerda 55 yoshdan oshgan haydovchilar ulushi allaqachon 39 foizni tashkil qilmoqda. Yoʻl-qurilish xizmatlari xodimlari orasida esa har uchinchi kishi 55+ yosh guruhiga kiradi.
🔵 Keksalar parvarishi. Katta ehtimol bilan, tez orada pensiyaga chiqadigan avlod birinchi navbatda defitsitga duch keladi. Zero, bebi-bumerlarni parvarish qila oladigan xodimlar hozirning oʻzida ham yetishmayapti. Ushbu sohada 55 yoshdan oshgan xodimlar ulushi ham oʻrtacha koʻrsatkichdan yuqori — 27%.
🔵 Koʻchmas mulk. Koʻchmas mulk va uy-joy fondlarini boshqarish sohasida ham vaziyat kam tashvishli emas. U yerda 55+ yoshdagi xodimlar ulushi 33 foizdan ortiq.

Kadrlar yetishmovchiligining yana bir omili — migratsiya siyosati sababli ishchi kuchining yetarli darajada oqib kelmayotganidir. Defitsit sohalardagi koʻplab xodimlar yo xorijliklar, yoki migratsion ildizlarga ega shaxslardir. Masalan, avtobus va tramvay haydovchilari orasida bundaylar 47%, goʻshtni qayta ishlash sohasida esa 46% ni tashkil etadi.

Tanqis kasblar va sohalarda 55 yoshdan oshgan xodimlarning ulushi:
Avtobus va tramvay haydovchilari — 44%
Yuk mashinasi haydovchilari — 39%
Qassoblar va goʻsht mahsulotlari sotuvchilari — 36%
Bogʻbonlar — 34%
Yoʻl xizmatlari xodimlari — 33%
Goʻshtni qayta ishlash — 30%
Gʻishtchilar (gʻisht teruvchilar) — 30%
Metallga ishlov berish — 29%
Oshpazlar — 29%
Keksalar parvarishi boʻyicha xodimlar — 27%
Sugʻurta xodimlari — 26%

Eslatib o'taman, Germaniyada qanday ish topish va bo'sh ish o'rinlariga oid postlarni bu yerdan topishingiz mumkin.

#GermaniyadaIsh #TeshaTegmaganNews

♻️ Germaniyalik o'zbek

Telegram

Germaniyalik o'zbek

💼 So‘nggi vaqtlarda kanalda chiqqan Germaniyada ish topish va vakansiyalar haqidagi postlarni bir joyga jamladim:- Doim vakansiyalari bor kompaniyalar ro‘yxati- Germaniyada ish topish rasman soddalashdi: Yangi platforma bilan tanishing- Germaniyada diplomni…

VIEW CHANNEL
1,040008
Germaniyalik o'zbek logo
Germaniyalik o'zbek

07-okt, 2026, 10:29

💰 Deutschlandticket chiptasi narxi 66,8 yevrogacha oshadi

Butun Germaniya boʻylab avtobuslar, metro, tramvaylar, shahar atrofi va mintaqaviy poyezdlarda yurish uchun moʻljallangan yagona oylik yoʻl chiptasining narxi 2027-yil 1-yanvardan boshlab 63 yevrodan 66,8 yevrogacha koʻtariladi.

Bunday qaror federal hukumat va yerlarning transport idoralari vakillaridan iborat koordinatsion kengash tomonidan qabul qilindi. Shu bilan birga, chiptaning boshqa imtiyozli versiyalari narxi ham oshadi: ish beruvchilar oʻz xodimlari uchun qisman toʻlab berishi mumkin boʻlgan Jobticket 63 yevro, talabalar uchun Semesterticket esa 40 yevro bo'ladi.

Deutschlandticket narxi birinchi marta siyosiy muzokaralar natijasida emas, balki maxsus formula boʻyicha belgilandi. Bu formula transport kompaniyalarining xarajatlari oʻsishini, birinchi navbatda, xodimlarning ish haqi va energiyaga boʻlgan xarajatlarni hisobga oladi.

Deutschlandticket chiptasidan taxminan 14,5 million kishi foydalanadi (shu jumladan bizning oila ham). U 2023-yildan beri uchinchi marta qimmatlashmoqda. Dastlab u oyiga 49 yevro turgan boʻlsa, keyin 58 yevro, 2026-yildan esa 63 yevro boʻlgan edi. Bu yerda Berlindan Deutschlandticket bilan bepul borish mumkin bo'lgan joylar to'plamini e'lon qilgandim.

Yaxshi tomoni, DB’dan 6,99€ evaziga Last Minute chiptalari aksiyasi 13-dekabrgacha uzaytirildi! Bu tizim qanday ishlashini eslatib o‘tamiz: chiptalar shanba va yakshanba kunlari keyingi hafta bo‘ladigan safarlar uchun sotuvga chiqadi. Bahncard chegirmasi saqlanib qoladi, ya'ni BC25 bilan nazariy jihatdan chiptani 5,2€ ga tutib olish mumkin. Fursat borida foydalanib qolamiz!

#TeshaTegmaganNews

♻️ Germaniyalik o'zbek

Telegram

Germaniyalik o'zbek

Germaniyada butun mamlakat boʻylab jamoat transportida (faqat tezyurar va xususiy poyezdlardan tashqari) sayohat qilish imkonini beruvchi yagona yoʻl bileti – Deutschlandticket yangi yildan boshlab oyiga 58 evrodan 63 evrogacha qimmatlashadi. Bu toʻgʻrida…

VIEW CHANNEL
1,1200018
Germaniyalik o'zbek logo
Germaniyalik o'zbek

05-okt, 2026, 16:34

Photo1/2
Navbatdagi muvaffaqiyatimiz! 🎉

Bizning yana bir mijozimiz — Ruslan Germaniyaga til kursi vizasini qo‘lga kiritdilar! 🇩🇪✈️️

Nima uchun aynan til kursi vizasi?
⚡️ Tez va oson yo‘l: Bu Germaniyaga ko‘chib o‘tishning eng tezkor usullaridan biridir. Viza olish uchun hatto A1 sertifikatining o‘zi kifoya qiladi!
💼 Qonuniy ishlash imkoniyati: Darslardan tashqari haftasiga 20 soatgacha qonuniy ishlashingiz va barcha xarajatlaringizni qoplashingiz mumkin (kamida $1200 oylik daromad).
🤝 Ish beruvchilar bilan yuzma-yuz muloqot: O‘zbekistonda turib ish qidirgandan ko‘ra, Germaniya ichida turib ish beruvchilar bilan bevosita suhbatlashish va ishga joylashish imkoniyati ancha yuqori.
🔄 Vizani almashtirish imkoniyati: Germaniyadan chiqib ketmasdan turib, til kursi vizasini ishchi, talabalik, Ausbildung yoki oila birlashtirish vizalariga oʻzgartirishingiz mumkin.
🇪🇺 Yevropa boʻylab erkin sayohat: Qo‘shimcha vizasiz Fransiya, Italiya, Niderlandiya kabi Shengen davlatlariga sayohat qilish va Yevropa hayot tarzi bilan tanishish imkoni.
🧠 Adaptatsiya va moslashuv: Kurs davomida Germaniyaning soliq, sug‘urta, transport tizimini va kundalik muloqot madaniyatini o‘rganasiz. Bu esa kelajakda ish faoliyatingizni "madaniy shok"siz boshlashingizga yordam beradi.

🌟 Nima uchun aynan Germaniyalik o'zbek?
✅ Toʻlov faqat natijadan soʻng: Xizmat haqini faqat viza ega boʻlganingizdan keyin toʻlaysiz!
🎁 Maxsus bonus: Xizmatlarimizdan foydalangan har bir mijozimizga Germaniyadagi ilk qadamlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 100$ sovg‘a qilamiz!
🎁 "Tavsiya et va mukofot ol" bonusi: Agar tanishlaringiz orasida Germaniyada til kursi vizasini olishda yordamga muhtoj kishilar boʻlsa, bizni ularga tavsiya qiling va har bir mijoz uchun 100$ mukofot puliga ega boʻling!

Siz ham Germaniya sari ilk qadamni tashlamoqchimisiz? 🚀
Biz sizga til maktabi tanlashdan tortib viza olguningizgacha yoningizda bo'lamiz! Shuningdek, samolyot chiptalari, turar joy, ish topish va Germaniyadagi rasmiy hujjatlashtirish ishlarida ham toʻliq koʻmaklashamiz.

📩 Murojaat uchun: @uzbek_europe_admin

#BizningNatija

♻️ Germaniyalik o'zbek
6,6300020
Germaniyalik o'zbek logo
Germaniyalik o'zbek

04-okt, 2026, 11:00

💰Germaniyada ipotekaga kvartira sotib olish

Ko'chmas mulk — pul jamg'arishning eng oddiy va konservativ usullaridan biridir. Ammo uni har doim ham sotib olavermaslik kerak va xatolarga yo'l qo'yish mumkin, ularni ushbu postda tahlil qilamiz.

Oldinroq Germaniyada deyarli 50% aholi ijarada yashaydi va ijarada turuvchilar uchun ham o'ziga xos qoidalar mavjudligi haqida yozgan edim. Bugun tanganing boshqa tomonini, o'z kvartirasiga ega bo'lganlar yoki bo'lmoqchilar haqida gaplashamiz. Umuman olganda, Germaniyada barqaror ishi bor odamga, ipotekaga kvartira sotib olish, unchalik qiyin ish emas.

Eng ommabop savolga javob beradigan bo'lsak — Germaniyada ipotekani nemis pasportisiz va hatto Doimiy Yashash Guvohnomasisiz (PMJ) ham olish mumkin (nisbatan qiyinroq bo'lsa ham). Bunda ipoteka oylik to'lovi uy xo'jaligi daromadining 35% idan oshmasligi kerakligini hisobga oling.

Qancha jamg'arma kerak?

Federal yer (viloyat)ga qarab, kvartira narxiga qo'shimcha ravishda 8-12% qo'shimcha xarajatlarini (soliq, notarius, rieltor) to'lashga to'g'ri keladi. Ipotekani tasdiqlash uchun eng minimal ko'rsatkich — ushbu 8-12% dir (men 3% boshlang'ich to'lov bilan kredit tasdiqlangani haqida eshitganman). Ammo mutaxassislar baribir ko'proq — 20-30% kiritishni tavsiya qilishadi, u holda tasdiqlash imkoniyati yuqoriroq bo'ladi.

O'zingiz uchun kvartira:

Ipoteka oylik to'lovi taxminan ijara narxiga teng bo'lsa, mutlaqo ideal variant bo'ladi. Siz uy-joy uchun o'sha pulni to'laysiz va shartli 25-30 yildan keyin kvartiraga egalik qilasiz. Agar ipoteka olmaganingizda, pensiyada ham ijara haqini to'lashda davom etgan bo'lar edingiz (katta shaharlarda bu pensiyadagilar uchun tobora og'irlashmoqda). 2026 yildagi joriy ko'chmas mulk bozorining paradoksi shundaki, katta shaharlarda kvartira sotib olish uni ijaraga olishdan ko'ra osonroq.

Investitsiya sifatida kvartira:

Ipotekaga kvartira sotib olib, uni ijaraga berishga hech narsa xalaqit bermaydi. Yaxshi investitsiya — bu ijara haqi ipoteka to'lovini qoplaydigan holatdir. Boshqacha aytganda, kvartirangiz uchun to'lovni ijarachi amalga oshiradi, uning oyiga shartli 800€ bo'lgan har bir to'lovi sizni ushbu summaga boyitadi. Shunday usulda o'nta kvartirani boshqaradigan odamlarni bilaman, lekin bunday holatda sizga bu full-time job aylanadi, chunki ko'chmas mulk — ba'zilar o'ylaganidek passiv investitsiya emas. Tuzukroq ijarachilarni topish, hamma komunal to'lovlarni to'lash, nosozliklarni tuzatish — barchasiga vaqt kerak. Soliqlarni ham unutmaymiz — kvartirani ijaraga berish sizni o'z vaqtida deklaratsiya topshirishga majbur bo'lganlar qatoriga o'tkazadi.

Ipoteka kreditini qanday olish mumkin:

Kvartira qidirishdan oldin, bank tomonidan dastlabki tasdiq bo'lishi uchun, ipotekani oldindan taxminiy obyektlar bo'yicha kelishishni boshlagan ma'qul. Qancha ko'p taklif olsangiz — shuncha yaxshi. Dastlab o'z bankingizdan ipoteka so'raymiz, bir vaqtning o'zida bir nechta banklarni tanlab bera oladigan agent-agregatorga murojaat qilish ham yaxshi. Masalan, Interhyp. Dastlabki takliflar uchun hech narsa to'lash shart emas, o'zingiz uchun eng yaxshi shartlarni tanlab olishingiz kerak. Stavka oxirgi uch yilda oshgan bo'lsada, so'nggi paytlarda u pasaymoqda, o'rtacha 3-4% ostida kredit olish mumkin. O'zbekistonda ushbu ko'rsatkich banklar va dasturlarga qarab odatda 16,5% dan 25% gacha boshlanadi.

Ko'pincha "kvartira narxining 40% ini jamg'armaganimcha, kredit berishmaydi" degan xato fikrlarni eshitaman. Bu unday emas, muayyan holatlarda siz hatto deyarli shaxsiy mablag'larsiz ham kvartira xarid qilishingiz mumkin:

▪️️ Kvartira narxining 20-30% qismi: bunda bank kredit bo'yicha eng maqbul shartlarni taklif qiladi.

▪️ 10% qismi: hozirgi kunda bu, qoida tariqasida, ipotekani tasdiqlash uchun minimal ko'rsatkichdir; bank taxminan Nebenkosten (har xil yerlarda 10-15%, Berlinda taxminan 11,5%) xarajatlarini qoplashi kerak

▪️ 0-5% qismi: 2022 yildagi foiz stavkalari oshganidan keyin bu kamdan-kam uchraydigan holat, lekin baribir bo'lib turadi; banklar bunday kreditlarni yuqori daromadga ega qarz oluvchilarga ajratishadi

Agar ko'p pul jamg'argan bo'lsangiz, mutaxassislar barcha mablag'ni kreditga sarflab yubormaslikni tavsiya qilishadi (pullar ta'mirlash yoki kutilmagan xarajatlar uchun kerak bo'lib qolishi mumkin).

Obyektni qanday topish kerak:

Eng yaxshi obyektlar uchun kurashishga to'g'ri keladi. Turar joy saytlarida qidiruvni sozlaymiz, bozorni tahlil qilamiz, kvartira ko'rishlarga boramiz, duch kelgan birinchi obyektni sotib olishga shoshilmaymiz. Lekin yaxshi kvartiralar tezda sotilib ketadi, shuning uchun hammasi joyida ekanligini tushunsangiz, tez va qat'iyat bilan harakat qilish kerak. Qidiruv uchun sizga makler kerak emas — bu ortiqcha xarajat (usiz ham, katta ehtimol bilan, sotuvchi tomondagi makler uchun to'lashga to'g'ri keladi). Bitimning huquqiy tozaligini notarius tekshiradi, ochiqchasiga firibgarlikka duch kelish qiyin (lekin imkonsiz emas).

Qayta sotish masalasi-chi?

Agar kvartirani sotmoqchi bo'lsangiz va u narxda o'sgan bo'lsa, muhim qoida bor: agar kvartira sotilgan yili va undan oldingi ikki yilda sizning asosiy yashash joyingiz bo'lgan bo'lsa, foyda solig'ini to'lash shart emas. Agar bu ijaraga berilgan sof investitsion kvartira bo'lsa, xarid qilingan paytdan boshlab 10 yil kutish kerak bo'ladi.

Umuman olganda, ko'chmas mulk — bu investitsiya portfelida bo'lishi kerak bo'lgan qurollardan faqat biri, barcha mablag' va kuchni faqat bitta obyektga tikish tavsiya etilmaydi. Daromadlilik barqaror, ammo eng yuqorisi emas. Investitsiyalar haqidagi turkumdan barcha postlarni bu yerdan topishingiz mumkin.

#FoydaliGermaniya

♻️ Germaniyalik o'zbek

Telegram

Germaniyalik o'zbek

​​Berlinlik ayol ijara haqining juda yuqoriligi uchun sudga murojaat qildi. Endi uy egasi unga 22 ming yevro qaytarishi kerak.Berlinda birinchi marta uy egasi ijarani asossiz oshirgani uchun jarimaga tortildi. U Friedrichshain-Kreuzberg tumanidagi 38 kvadrat…

VIEW CHANNEL
4,3900018
Germaniyalik o'zbek logo
Germaniyalik o'zbek

29-sen, 2026, 09:06

Germaniya yoshlari bugun qanday tilda gaplashmoqda?

Nemis tilini o'zi qiyin, zamon bilan o'zgarib yana ham qiyinlashib boryapti. Masalan, Germaniyadagi Langenscheidt lug'ati nashriyotchilari 18 yildan beri yilning yoshlar so'zini tanlab kelishmoqda. Bunda 11 yoshdan 20 yoshgacha bo'lganlar o'z variantlarini taklif qilishadi va keyin ularning o'zlari onlayn ovoz berish orqali g'olibni aniqlaydilar. Zamon bilan hamnafas yurish uchun ro'yhat bilan tanishamiz:

📣 "67", "siks-seven" Bu virusli internet-mem aynan nimani anglatishini xatto uni ishlatadiganlar ham tushuntirib bera olishmaydi. Bu ibora odatda jonglyorlikni eslatuvchi qo'l harakati bilan birga keladi. Ko'pincha qat'iyatsizlikni bildirish uchun ishlatiladi, masalan, "50 ga 50", "shundayroq" yoki "na unisi, na bunisi" kabi. Maktab o'qituvchilari agar 67-sahifa yoki mashq deb atalsa, bu trigger kabi ta'sir qiladi va o'quvchilar tom ma'noda aqldan ozishadi deb shikoyat qilishmoqda

📣 Crashout Agar siz butunlay o'zingizni yo'qotib, biron narsaga o'ta hissiyot bilan munosabat bildirsangiz, sizda "krashaut" yuz beradi. Eng yaqin ma'nolari — asabiy portlash, jahlga minish. Ko'pincha kimdir haddan tashqari dramatik reaksiya bildirganida hazil tariqasida ishlatiladi.

📣 Du bist gut genug "Sen yetarlicha yaxshisan". Xuddi shu nomdagi qo'shiqning bu qatori bir zumda virusdek tarqalib, memlarga aylanib ketdi. Asl nusxasi falsetto (ingichka ovoz)da ijro etilgan va Germaniyada bu ohangni kimlar parodiya qilmadi deysiz.

📣 Digga Yoshlar jargonining nemis klassikasi, "og'ayni", "jigar", "do'stim" deb tarjima qilinadi. Shimoliy Germaniyadagi "Dicker" so'zining buzilgan shaklidan kelib chiqqan bo'lib, so'zma-so'z "semiz" degan ma'noni anglatadi. Bir vaqtlar Gamburgda yaqin do'stlarni shunday atashgan.

📣 Gute Käse So'zma-so'z "yaxshi pishloq" degani, lekin "zo'r" yoki "qoyilmaqom" ma'nosida ishlatiladi. Bu faqat pishloq emas, balki har qanday narsaga — kinoga, taomga yoki kiyimga nisbatan aytilishi mumkin.

📣 Macker Eng yaqin ma'nolari — "macho", "maqtanchoq", "zo'r yigit" yoki shunchaki "og'ayni". Bu atama hatto katta avlodga ham tanish va hozir o'z ma'nosini saqlab qolgan holda qayta ommalashmoqda.

📣 Peak Inglizchada bu "cho'qqi", yoshlar slengida ham aynan shu ma'noni bildiradi. Agar biron narsa "peak" deb ta'riflansa, demak u eng zo'rlarining zo'ridir.

📣 Ragebait "Klikbeyt" tushunchasi bilan tanish bo'lganlar rejbeyt nima ekanligini osongina tushunishadi. Bu ijtimoiy tarmoqlardagi provokatsion kontent bo'lib, ataylab ma'lum bir munosabatni — qoida tariqasida g'azab yoki jahl uyg'otish uchun yaratiladi. Bunday postlar ko'pincha ko'plab izohlar to'playdi. Masalan, «Quyosh qilar jiz-jiz»...

📣 Schere Nemis tilidan so'zma-so'z tarjimasi — "qaychi", ammo yoshlar bu so'zni "men aybdorman" ma'nosida ishlatishadi. Bu ibora kibersportdan kirib kelgan bo'lib, u yerda ahmoqona xatodan keyin uzr so'rash uchun ishlatilgan. Biroq bu so'z kundalik vaziyatlarda ham qo'llanilmoqda.

📣 Süper Bu so'z nemis yoshlarining slengiga to'g'ridan-to'g'ri turk tilidan kirib kelgan, u turkchada ham xuddi shunday yoziladi va "super" degan ma'noni bildiradi. Arda Satchi ismli nemis ultramarafonchisi tufayli bu so'z chinakam memga aylandi. Eng og'ir yugurish musobaqalaridan biridan so'ng muxbirlar toliqqan sportchidan o'zini qanday his qilayotganini so'rashadi. Satchi charchagan, lekin mamnun ovozda: "Süper!" deb javob beradi va bu darhol TikTokda ommalashib ketdi.

👴 Shu so'zlarni o'qib, o'zimni birdan 80 yoshli qariyadek his qilib yubordim. "Bizning davrimiz baribir boshqacha edi-da... Hozirgi yoshlarga esa hayronsan" degisi ham kelarkan odamni beixtiyor.

#QiziqarliGermaniya #NemisTili

♻️ Germaniyalik o'zbek
Video Thumbnail
1,3300015
Germaniyalik o'zbek logo
Germaniyalik o'zbek

27-sen, 2026, 12:30

🇩🇪 Germaniyada oila birlashuvi: Viza turlari va asosiy shartlar

Menga kelayotgan savollar orasida oila birlashtirish haqidagilari talaygina. Ushbu katta mavzu bo'yicha batafsil ma'lumot tayyorlashga harakat qildim va postlar kanalda birma-bir chiqib boradi. Bugungi postda umumiy "Oila birlashuvi" (Familiennachzug) haqida bo'ladi. Keyingi postlarda ushbu viza turiga qanday hujjat va qay taribda topshirish haqida yozaman.

Demak, oila birlashuvi orqali Germaniyada doimiy yashash huquqini olishning asosiy sharti — bu mamlakatda yashovchi qarindosh yoki turmush o'rtog'iga ega bo'lishdir. Oila a'zosi Germaniya fuqarosi yoki Germaniyada yashash guvohnomasi yoki Yevropa Ittifoqining "Moviy kartasi"ni olgan chet el fuqarosi bo'lishi kerak.

Lekin, Germaniyada yashash guvohnomasini olish — oila birlashuvi uchun u yerda qarindoshning borligi yetarli emas, bir qator shartlarni bajarish kerak: nemis tilini bilishni, mamlakatda yashash uchun moliyaviy mablag'lar va yetarli o'lchamdagi uy-joy mavjudligini tasdiqlash. Ammo barcha shartlar bajarilgan taqdirda ham, viza berish to'g'risidagi yakuniy qarorni Xorijliklar va migratsiya masalalari bo'yicha federal idora qabul qiladi. Eng keng tarqalgan vaziyatlarni ko'rib chiqamiz:

Yashash guvohnomasi (VNJ) egalari uchun oila birlashuvi: oila birlashuvi turmush o'rtoqlar, voyaga yetmagan farzandlar va ba'zi hollarda ota-onalar uchun mumkin.
Birlashish uchun asosiy shartlar quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- Asosiy arizachida amaldagi VNJ mavjudligi
- Oila a'zolarini ta'minlash uchun yetarli daromad darajasi
- Mos keladigan uy-joyning mavjudligi
- Turmush o'rtoqlar uchun nemis tilini A1 darajasida bilish

Ishchi viza egalari uchun oila birlashuvi
Ushbu viza bo'yicha oila birlashuvi uchun quyidagilar zarur:
- Oilani ta'minlashga imkon beruvchi barqaror daromad mavjudligini tasdiqlash
- Qarindoshlik aloqalarini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish
- Oila a'zolarining Germaniyada yashashiga rozilik

Blue Card egalari uchun oila birlashuvi
Blue Card egalari uchun oila birlashuvi shartlari biroz soddalashtirilgan:
Agar asosiy arizachi yetarli daromadga ega bo'lsa, turmush o'rtoqlar til bilishini tasdiqlash zaruratisiz viza olishlari mumkin. Farzandlar ota-onalariga qo'shimcha cheklovlarsiz qo'shilishlari mumkin. Asosiy arizachining doimiy ish shartnomasiga ega bo'lishi muhim. Siz moviy karta uchun arizani oila birlashuvi arizasi bilan bir vaqtda topshirishingiz mumkin, shunda ikkala ariza birgalikda ko'rib chiqiladi. Yaqinlaringiz Germaniyaga kelganidan so'ng, ular ham xorijliklar ishlari bo'yicha idoradan (Ausländerbehörde) yashash uchun ruxsatnoma so'rashlari kerak bo'ladi.

"Imkoniyatlar kartasi" egalari uchun oila birlashuvi
Sizda turmush o'rtog'ingiz bilan birgalikda imkoniyatlar kartasini so'rash imkoniyati mavjud. Buning uchun siz hatto alohida ball olasiz. Agar turmush o'rtog'ingiz siz bilan bir vaqtda imkoniyatlar kartasini so'ray olmasa, hujjat egasi uchun oila birlashuvi jarayoni oson vazifa bo'lmaydi. Chunki eng muhim shartlardan biri shuki: oila a'zolaringiz birlashish uchun viza so'ragan vaqtda sizning yashash ruxsatnomangiz (Aufenthaltserlaubnis) kamida bir yil amal qilishi kerak. Imkoniyatlar kartasining o'zi dastlab faqat bir yil davomida amal qilganligi sababli, oila birlashuvida muammolar bo'lishi mumkin.

Boshqa viza turlari
Masalan talabalik yoki stajirovka vizalari kabi boshqa turdagi viza egalari uchun oila birlashuvi jarayoni murakkabroq bo'lishi mumkin. Bunday hollarda:
Moliyaviy jihatdan ta'minlanganlik isbotini taqdim etish zarur. Ba'zi hollarda til bilishni tasdiqlash talab qilinishi mumkin.

Barcha viza turlari ham oila birlashuviga imkon bermaydi, masalan, ish qidirish vizasi, Au-Pair va boshqalar.

#VizaMasalasi

♻️ Germaniyalik o'zbek

Telegram

Germaniyalik o'zbek

🇪🇺 Blaue Karte EU / YI Moviy kartasi 2025: Germaniya orqali qanday olish mumkin?EU Blue Card — yuqori malakali mutaxassislar (IT, muhandislar, shifokorlar va boshqalar) uchun ishlash va yashash ruxsatnomasi. Germaniyada 6+ oylik aniq ish taklifi (offer)…

VIEW CHANNEL
1,3800011
Germaniyalik o'zbek logo
Germaniyalik o'zbek

24-sen, 2026, 21:27

🇩🇪 Mashhur nemis familiyalari nimani anglatadi?

Nemis tilini o'zi qiziq. Ko‘pchilik buni bilmasligi mumkin, lekin ko‘plab nemis familiyalari aslida aniq va qiziqarli ma’nolarga ega. Keling, ba’zi mashhur sportchilarning familiyalari nimani anglatishini ko‘rib chiqamiz:

🏎 Mixael Shumaxer (Michael Schumacher) — Barcha davrlarning eng buyuk Formula-1 poygachilaridan biri, lekin uning familiyasi "poyabzal yasovchi" degan ma’noni anglatadi.

🏋️‍♂️ Arnold Shvarsenegger (Arnold Schwarzenegger) — Bodibilder va aktyor. Uning familiyasi Schwarz (qora) va Egg/Ecke (burchak yoki qoya) so‘zlaridan tashkil topgan — so‘zma-so‘z "qorong‘i burchakdan kelgan odam" ma'nosini beradi.

️⚽️ Manuel Noyer (Manuel Neuer) — Germaniya terma jamoasi darvozaboni, lekin uning familiyasi so‘zma-so‘z "yangi odam" (yangi kelgan) degan ma’noni bildiradi.

🎾 Rojer Federer (Roger Federer) — Tennis afsonasi. Uning familiyasi "pat/tuk sotuvchisi" degan ma’noni anglatadi.

⚽️ Bastian Shvaynshtayger (Bastian Schweinsteiger) — Uning familiyasi tarixan "cho‘chqaxona egasi" yoki cho‘chqa boqiladigan joy bilan bog‘liq.

⚽️ Tomas Myuller (Thomas Müller) — Uning familiyasi oddiygina "tegirmonchi" degan ma’noni bildiradi.

🎾 Boris Bekker (Boris Becker) — Tennis afsonasining familiyasi nemis tilidagi eski "novvoy" (baker) so‘zidan olingan.

🎾 Shteffi Graf (Steffi Graf) — Uning familiyasi unvoni bor zodagonlarni anglatadi, ya’ni "graf" (grafinya).

⚽️ Filipp Lam (Philipp Lahm) — Mashhur futbolchi. Uning familiyasi so‘zma-so‘z "sekin" yoki "cho‘loq/darg‘azab" degan ma’noni anglatadi.

🎾 Mixael Shtix (Michael Stich) — Uning familiyasi "sanchish" yoki "chaqish" degani (xuddi arining chaqishi kabi).

⚽️ Niklas Fyullkrug (Niclas Füllkrug) — Uning ismi-sharifi füllen (to‘ldirmoq) va Krug (ko‘za) so‘zlaridan olingan — ya’ni "ko‘zalarni to‘ldiruvchi".

P.s. Eslatib o'taman, bizda konkurs davom etyapti. Aktiv bo'ling va g'olib bo'ling!

#NemisTili #QiziqarliGermaniya

♻️ Germaniyalik o'zbek

Telegram

Germaniyalik o'zbek

O'zimizda osh bilan bog'liq maqol va iboralar ko'p, masalan "O'zing pishirgan osh", "Oshing halol bo'lsa ko'chada ich", "O'ldirsa ham osh o'ldirsin", "Minnatli osh tatimas" va hk. Nemislarda ham milliy taomlaridan biri bo'lgan kolbasalar haqida maqol va iboralar…

VIEW CHANNEL
1,4200010
Germaniyalik o'zbek logo
Germaniyalik o'zbek

22-sen, 2026, 08:45

Photo1/10
🏞 Germaniyaning eng yaxshi ko'llari — Bavariyada: yangi reytingning top-10 taligidan bir yo'la beshtasi o'rin oldi

Ko'l bo'yida dam olish — boshqacha, ayniqsa, katta va manzarali shirin suvli havzalari bilan mashhur bo'lgan Germaniya haqida gap ketganda. Ammo qayerga borishni qanday tanlash mumkin? "Ferienwohnungen" portali Google foydalanuvchilarining sharhlarini tahlil qilib chiqdi. Ularning fikricha, Germaniyaning o'nta eng yaxshi ko'lidan bir yo'la beshtasi Bavariyada joylashgan.

Ushbu beshtalikning birinchisi va top-10 talikning uchinchi o'rnini Eybze ko'li egalladi (1-foto) — 8484 ta sharh asosida 4,8 reyting. Undan keyingi o'rinda Kyoigsze ko'li bormoqda (2-foto) — 7275 ta sharh asosida xuddi shunday 4,8 ball. Beshinchi o'rinni Valxenze ko'li egallagan (3-foto) — 3708 ta sharh asosida yana 4,8 ball. Bavariya beshtaligini oltinchi o'rindag’i Hopfenze ko'li va 1950-yillarda Izar daryosida to'g'on qurilishi paytida tashkil etilgan sun'iy Silvenshtayn ko'li (to'qqizinchi o'rin) yakunlab beradi.

Shu bilan birga, dastlabki ikki o'rinni Sharqiy Germaniyadagi Grosse Pelitsze (4-foto) va Shmale Lutsin (5-foto) ko'llari Google'dagi eng yuqori — 4,9 ball bilan egallab turibdi. Ammo ushbu baholar ancha kam sondagi sharhlar asosida berilgan bo'lib, ularni atiga 98 va 83 kishi qoldirgan, xolos.

Sizga ushbu ko'llardan qaysi biri eng koʻp yoqdi?
🔥 — Eybze (1-koʻl)
❤️ — Kyoigsze (2-koʻl)
👍🏻 — Boshqa koʻllar
😁 — Oʻzimizning Chorvoqqa yetadigani yoʻq!

#VibeGermany

♻️ Germaniyalik o'zbek
1,6400023
Germaniyalik o'zbek logo
Germaniyalik o'zbek

05-sen, 2026, 00:41

Germaniya Bundestagi 2026-yilda deputatlar maoshini rejalashtirilganidek oshirmaslikka qaror qildi. 1-iyuldan boshlab barcha 630 nafar deputatning maoshi oyiga taxminan 500 yevroga oshib, 12 330 yevroga yetishi kerak edi (bu 2.5 barobar ko'p degani). Deputatlarning fikricha, ular "tejamkorlikka o‘z hissalarini qo‘shishlari" kerak. Oyiga 11 800 yevro maosh olib turib, uni oshirmagani uchun o‘zini "xalq bilan birga tejamkorlik qilyapmiz" deyish — samimiyatmi yoki shunchaki chiroyli populizm?)))

Deputatlar maoshining o‘sishi 2014-yildagi qonunga ko‘ra Germaniya fuqarolarining nominal daromadlari oshishiga bog‘langan. To‘lovlar faqat bir marta — 2021-yildagi pandemiya davrida — nemislarning daromadlari ortidan kamaytirilgan edi. 2020-yilda esa deputatlarning o‘zlari pandemiya sababli maosh oshirilishidan voz kechishgan. O‘tgan yili parlamentariylarga to‘lovlar oyiga taxminan 600 yevroga oshirilgan edi. Germaniya aholisi hozir deputatlar maoshini oshirish vaqti emasligiga rozi — YouGov so‘rovnomasi ma'lumotlariga ko‘ra, repondentlarning 85%i shunday hisoblaydi.

Aytganday, shuncha oylik oladigan deputatlarni ko'rish imkoniyati har bir kishida bor, shunchaki tekinga oldindan registratsiya qilib Bundestagga borishingiz mumkin. batafsil yozilgan.

Umuman olganda, Bundestag deputatlarida pul masalasida juda ko'p imkoniyatlar mavjud. Masalan:

- Har bir deputat asosiy maoshidan tashqari oyiga taxminan 4 700 yevrodan ortiq soliq solinmaydigan moddiy kompensatsiya (Kostenpauschale) oladi. Bu pul Berlin va o‘z okrugidagi ofis, ijara va vakillik xarajatlarini qoplash uchun beriladi.

- Barcha deputatlarga poyezdlarning 1-klassda butun Germaniya bo‘ylab cheksiz va bepul yurish huquqini beruvchi maxsus bilet taqdim etiladi.

- Deputatlar o‘z yordamchilari, ekspertlari va kotiblarining maoshi uchun o‘z cho‘ntaklaridan pul to‘lamaydi — Bundestag har bir deputatga xodimlarni yollash uchun oyiga 20 000 yevrodan ortiq alohida byudjet ajratadi.

Shu o'rinda Germaniya Kansleri Fridrix Merz qancha olishini aytib o'tmoqchiman. Oyiga brutto (soliqlar ushlanishidan oldin):
Kantsler maoshi — 19 435 €
Umumiy ustama — 31 €
Berlin ustamasi (Ortszuschlag) — 1 237 €
Kantslerning xizmat xarajatlari kompensatsiyasi — 1 023 €
Deputatlik maoshining 50%i — 5 148 €
Deputat xarajatlari kompensatsiyasi* — 3 544 €

Yiliga taxminan 365 000 € brutto, olishga arziydi. Va bu xizmat avtomobili, qo‘riqlash xizmati hamda boshqa davlat imtiyozlarini hisobga olmaganda.

Agar Merts kantsler lavozimida to‘liq (4 yil) qolsa, u kantslerlik pensiyasini olish huquqiga ega bo‘ladi. Amaldagi qoidalarga ko‘ra, u oyiga taxminan 6 700 € tashkil etadi.

Qizig'i Merts shundoq ham multimillioner: ko‘p yillar davomida korporativ yurist bo‘lib ishlagan, yirik kompaniyalarning direktorlar kengashi tarkibiga kirgan va BlackRock Germany kuzatuv kengashi raisi bo‘lgan. U ko‘chmas mulkka va ikkita samolyotga ega, ilgari o‘zi xususiy sektorda yiliga taxminan 1 mln € brutto ishlab topganini aytgan. Umuman olganda, agar uning boyligining real miqyosiga qaralsa, Merts uchun vazirlik maoshi — bu amalda Minijob (ramziy ish).

Xullas Merts aka - ko'pchilik uchratgan o'sha bizneslari bor taksist, taksichilik esa shunchaki "dlya dushi"🚕
❤️ — O'z mehnatiga yarasha, deputatlik katta mas'uliyat-ku!
😁 — Merts akaga qoyil! Boy bo'lsa ham xalq uchun "Minijob"da ishlayapti
🔥 — Menga deputatlik maoshi emas, o'sha 4 700 € 'kompensatsiya'ning o'zi ham yetardi!

#QiziqarliGermaniya #TeshaTegmaganNews
1,1400021
Germaniyalik o'zbek logo
Germaniyalik o'zbek

05-sen, 2026, 00:41

So‘nggi vaqtlarda kanalda chiqqan nemis tilini o'rganish oid postlarni bir joyga jamladim:

- ✅
- 🌭
- 📄
- ✍️
- 🏠
- ❗️
- 😊
- 🤓
- 🚀
- 🇩🇪

Boshqa postlarni #NemisTili heshtagi orqali topishingiz mumkin.

❤️ Foydali bo‘lgan bo‘lsa, postga reaksiyalar va kommentlarni portlashini kutib qolaman! Salkam bitta DSH kursining bazasi shu yerda-ku! 😉
978009
Germaniyalik o'zbek logo
Germaniyalik o'zbek

05-sen, 2026, 00:41

Photo
Germaniyaning chiroyli shaharlari haqidagi postlarimizni davom ettiramiz, bu safargi qahramon Rotenburg-ob-der-Tauber. Ushbu shahar turistlar orasida eng mashhur o‘rta asr nemis shahri deb atash mumkin. Buni turli tadqiqotlar va so‘rovnoma natijalari muntazam ravishda tasdiqlab kelmoqda. Masalan, Germaniya milliy turizm qo‘mitasining 2024-yilgi yuzta eng top diqqatga sazovor joylar an’anaviy reytingida u beshinchi o‘rinni egalladi. 2025-yilda Rotenburg Instagram’da tilga olinish chastotasi bo‘yicha Germaniyaning eng fotogenik kichik shaharlari kuchli uchligiga kirdi.

Har yili Rotenburg-ob-der-Tauberga butun dunyodan ikki milliondan ortiq turist tashrif buyuradi. Bu Rotenburgning tarixiy qismidagi 2500 nafar aholining har biriga 800 (!!!) tashrif buyuruvchi to‘g‘ri keladi degani. Bu nisbat hatto eng gavjum davrlarda Venetsiyadagidan ham ko‘proqdir. Rotenburg mashhurligining siri yuqoridagi rasmlarda ko‘rinib turibdi.

Tan olaman, 2 million sayyoh orasida hali men yo'qman... lekin tez orada bu statistikani o'zgartirmoqchiman! Sizningcha, Rotenburg haqiqatan ham Germaniyaning eng chiroyli shahrimi?

❤️ — Shubhasiz, xuddi ertakdagidek!
🤔 — Chiroyli-ku, lekin "eng-eng" deyishga biroz oshirib yuborildi...
🙏 — 2 mln turist? Mahalliy aholisiga sabr bersin!

#VibeGermany
1,2100022
Germaniyalik o'zbek logo
Germaniyalik o'zbek

05-sen, 2026, 00:41

Germaniyaning eng yaxshi universitetlari (Biznes va Iqtisodiyot)

Germaniyada o‘qishni rejalashtirayotganlar va qanday boshlashni bilmayotganlar uchun ro'yxatdagi universitetlar boshlang‘ich nuqtadir. Oldinroq va , ushbu postda biznes, keyingi postda esa computer science sohalari bo'yicha batafsil to'plamlar bo'ladi.

💸 Universität Mannheim, (Manxaym)
- Biznes-boshqaruv bo‘yicha yetakchi, menejment, moliya va iqtisodiyot bo‘yicha kuchli dasturlar
- Ingliz tilidagi ko‘plab magistratura dasturlari, bakalavriatning bir qismi ingliz tilidagi yo‘nalishlarga ega

💸 Ludwig-Maximilians-Universität München (LMU), Myunxen
- Iqtisodiyot bo‘yicha top darajada, nazariya va amaliyotning sifatli uyg‘unligi
- Iqtisodiyot va moliya bo‘yicha magistratura dasturlari ko‘pincha ingliz tilida

💸 Universität zu Köln, Kyoln
- Marketing, iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi va tadbirkorlik bo‘yicha kuchli kafedralar
- Ingliz tilidagi magistratura dasturlari mavjud (masalan, MSc Economics)

💸 WHU – Otto Beisheim School of Management, Vallendar / Dyusseldorf
- Bitiruvchilarining boshlang‘ich maoshi yuqori bo‘lgan elita xususiy biznes-maktabi
- Dasturlar asosan ingliz tilida, bitiruvchilarning kuchli tarmog‘iga ega

💸 Frankfurt School of Finance & Management, Frankfurt
- Moliya, bank ishi va boshqaruvga ixtisoslashgan; Yevroittifoq moliya sektori bilan mustahkam aloqalar
- Ingliz tilidagi bakalavriat va magistratura dasturlari

💸 Freie Universität Berlin, Berlin
- Xalqaro iqtisodiyot, siyosat va davlat boshqaruvi bo‘yicha kuchli
- Ingliz tilidagi bir qator iqtisodiy magistratura dasturlari

💸 TUM School of Management, Myunxen
- Muhandislik va texnologiyalar tutashuvidagi menejment, innovatsiyalar va startaplarga urg‘u berilgan
- Menejment va texnologiyalar bo‘yicha ingliz tilidagi magistratura dasturlari

💸 ESMT Berlin, Berlin
- Magistratura va MBA uchun elita maktab, strategik boshqaruv va barqaror rivojlanishga qaratilgan
- To‘liq ingliz tilidagi dasturlar, kuchli korporativ aloqalar

💸 Universität Bonn, Bonn
- Iqtisodiyot fani bo‘yicha yetakchi universitet, kuchli matematika maktabi, iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari bor
- Nazariy va amaliy iqtisodiyot bo‘yicha kuchli dasturlar, ingliz tilidagi magistratura yo‘nalishlari

💸 Universität Münster (WWU Münster), Myunster
- Biznes-ta’limning eng yirik va kuchli markazlaridan biri, ayniqsa marketing va menejment maktabi bilan mashhur
- Biznes bilan yaxshi aloqalar, magistratura bosqichida ingliz tilidagi dasturlar mavjud

#StudyInGermany
1,140008
Germaniyalik o'zbek logo
Germaniyalik o'zbek

05-sen, 2026, 00:41

Berlinda yashayotganimga deyarli 5 yil bo'ldi. Plyus va minuslari haqida

Berlinga 2021-yilning sentyabrida uchun ko'chib kelganman. Bunga qadar Berlinda biron marta ham bo'lmaganman, shahar men uchun butunlay yangi edi. Shuncha vaqt davomida shaharga moslashdim va bu yer 2-Vatanga aylandi. Shahar haqidagi taassurotlarim barqarorlashdi, ushbu postda shular haqida yozaman.

➕ Afzalliklari
Birinchisi va eng asosiysi — bu yerda hamma narsa bor. 4 million aholi (Yevropada 1-o'rinda), Germaniyaning poytaxti va kattaligi bo'yicha 1- shahri. Yaqin atrofimda (piyoda boradigan masofada) hamma narsa bor: supermarket, maktab, bog'cha, uy-ro'zg'or buyumlari do'koni, restoranlar, pochta. Yer usti metrosi (S-Bahn) uydan 12 daqiqalik yo'l. Vokzalgacha 40 daqiqa, aeroportgacha 20 daqiqa.
Madaniyat va oshxona: Festivallar, konsertlar, madaniy tadbirlar, maxsus texno-klub, andegraund san'at ko'rgazmasi yoki dunyoning istalgan burchagiga xos haqiqiy ko'cha taomlari, yana boshqa siz bilgan va bilmagan narsalar — Berlinda hammasi topiladi. Bu — doim qandaydir voqeliklar sodir bo'lib turadigan haqiqiy global shahar va buning ustiga ko'ngilochar joylarga borish odatda Myunxen yoki Frankfurtga qaraganda arzonroq.
va : Bu Germaniyaning texnologiya va startaplar poytaxtidir. Bavariyaning kichikroq shaharlaridan farqli o'laroq, bu yerda faqat ingliz tilida gaplashib ham bemalol yashash, muloqot qilish va yuqori darajadagi karyera qurish mumkin. Bundan tashqari, til bilmasdan va diplomsiz ishlab yurganlar qancha. Xulosa, Berlin — imkoniyatlar shahri )))
: Transport tarmog'i (U-Bahn, S-Bahn, tramvaylar, avtobuslar) a'lo darajada va dam olish kunlari ham 24/7 rejimida ishlaydi. Berlinda mashina haydashga ehtiyoj yo'q.
Yashil shahar: O'zining biroz sanoatlashgan nomiga qaramay, Berlin yashil shahar. U Tempelxofer Feld (uchish-qo'nish yo'laklarida velosiped uchish mumkin bo'lgan tashlandiq aeroport) kabi ulkan maydonlarga boy hamda o'rmonlar va ko'llar bilan o'ralgan.
Narxlar: Germaniya uchun ancha qulay. Myunxen, yoki Frankfurt shaharlari bir necha barobar kichik bo'lishiga qaramay, qimmatroq edi.

Kamchiliklari ➖
Turar joy uchun haqiqiy "jang": Bu yerda o'zining o'ta qiyinligi bilan nom chiqargan. Ijara narxlari , arzonroq kvartirani ko'rishga siz bilan birga yana 100 ta umidsiz odamning kelishi esa oddiy holat. Shunchaki Anmeldung (yashash joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tish) ni qo'lga kiritish uchun uchrashuv belgilash sahifasini oylab tinimsiz yangilab (refresh qilib) chiqishga to'g'ri kelishi mumkin.

Ulkan miqyos: Boshqa shaharlarda markazgacha odatda 20 daqiqalik yo'l. esa aniq bir markazning o'zi yo'q; u alohida tumanlarning keng tarqalgan majmuasidir. Shunchaki do'stlar bilan uchrashish uchun uchrashishga poyezdda 45 daqiqa yo'l bosish — mutlaqo odatiy hol.

Iflos va tartibsiz: Odatda nemis shaharlari vokzalida shubhali toifadagi odamlar yurishadi. Berlin buni butunlay boshqa darajaga olib chiqadi. Bu yer sezilarli darajada iflosroq, Aleksanderplats, Kotti yoki Gyorlitser Park kabi yirik transport uzellari esa ko'zga yaqqol tashlanadigan uysizlar va giyohvandlar muhitiga ega bo'lib, bu kishiga yoqimsiz ta'sir qilishi mumkin.

Byurokratiya va "Berliner Schnauze": Shahar ma'muriyatida xodimlar yetishmasligi va uning sekin ishlashi hammaga ma'lum. Ushbu ma'muriy qiyinchiliklarga uzoq, qorong'i, kulrang qish faslini va mahalliy aholining o'ziga xos qo'pol, gohida injiq muomalasini (Berliner Schnauze) qo'shsangiz, bu shahar sabringizni haqiqatdan ham jiddiy sinovdan o'tkazishi mumkin.

Xullas, har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh-u tarozu. Aytilgan + va - larni hisobga olib, siz ham Berlinda yashagan bo'larmidingiz?

❤️ - Ha
😢 - Yo'q

#PersonalBlog
1,2100037
Germaniyalik o'zbek logo
Germaniyalik o'zbek

05-sen, 2026, 00:41

💼💲Berlindagi ishlar

Berlinda maxsus malaka talab etilmaydigan davom ettiramiz (ba'zilarida nemis tilini bilish shart emas). Ish beruvchi bilan vakansiyani ustiga bosib bog'lanishingiz mumkin:

https://www.perzukunft.de/job/reinigungskraft-treppenhausreinigung-m-w-d-amtsgericht-1201610004946426
💶 Oylik maosh: 25,16 €/soat
Zina maydonchalarini tozalash: supurish, namlab tozalash, o‘rgimchak to‘rlarini olib tashlash, kirish hududini parvarish qilish, oynalarni yengil yuvish va muntazam ravishda axlatni olib chiqib tashlash. Ish rejimi — Vollzeit (to‘liq stavka). Boshlang‘ich tozalash ko‘nikmalari talab etilmaydi; Sohada tajribasi bo‘lmaganlar ham qabul qilinadi, joyida kirish amaliyoti (stajirovlka) ko‘zda tutilgan. Mehnatkashlik va uyushqoqlik talab etiladi.

https://www.perzukunft.de/job/gabelstaplerfahrer-m-w-d-berlin-bis-15-06-std-1201610004946778
💶 Oylik maosh: 15,06 €/soat
Metall omborida ishlash uchun yuklagich haydovchisi talab qilinadi. 2 smenali rejimda to‘liq stavkali (Vollzeit) ish, muddatsiz mehnat shartnomasi taklif etiladi.
Majburiyatlar: Yuklagich yordamida yuk mashinalarini ortish va tushirish, tovarlarni jo‘natishga tayyorlash, inventarizatsiya o‘tkazish, mahsulotlarni taxlash va tashish. Ombor va transport sohasida ish tajribasi hamda yuklagichni boshqarish bo‘yicha boshlang‘ich ko‘nikmalar talab qilinadi.

https://www.kleinanzeigen.de/s-anzeige/elektriker-m-w-d-schalte-deine-karriere-auf-on/3468299023-111-3520
💶 Oylik maosh: Soatbay haq 18 € dan boshlab
Elektronika sohasida qo‘l mehnati hamda qurilish maydonchalari va montaj ishlarida (Installationsarbeiten) elektrik vakansiyasi. Majburiyatlarga mijoz huzuridagi soha jamoalarini qo‘llab-quvvatlash va ob’yektlar uchun mas’uliyat kiradi. Muddatsiz mehnat shartnomasi, 30 kundan ortiq mehnat ta’tili va bepul ishchi кийими taklif etiladi. Ausbildung (kasbiy ta’lim) yoki hunarmandchilikda tajriba, ishonchlilik va amaliy ishga tayyorlik talab qilinadi.

https://www.perzukunft.de/job/koch-m-w-d-zuverlassiges-team-1201610004945357
💶 Oylik maosh: 17,00 €/soat
Oshpaz (Koch m/w/d) talab qilinadi. Majburiyatlarga menyu tuzish, oshxona jamoasiga ko‘maklashish, mehmonlarga xizmat ko‘rsatish va maslahat berish kiradi. Oshxonada ish tajribasi talab etiladi. Bandlik — to‘liq ish kuni (Vollzeit).

https://www.kleinanzeigen.de/s-anzeige/kino-security-m-w-d-auch-fuer-quereinsteiger-berlin-tegel/3443451321-109-26758
💶 Oylik maosh: 2.400 € - 3.000 €
Kinoteatrga qo‘riqchi talab qilinadi: majburiyatlar — tashrif buyuruvchilar va xodimlarning xavfsizligini ta’minlash, zallarni kuzatish, kirishni nazorat qilish, nizolarni hal qilish va favqulodda vaziyatlarga munosabat bildirib, birinchi yordam ko‘rsatish. Xavfsizlik xizmatida doimiy ish (Festanstellung im Sicherheitsdienst), Vollzeit va Teilzeit variantlari, 26–30 kunlik haq tolanaigan ta’til va xizmat formasi taqdim etiladi.
Ish beruvchi quyidagi sertifikatlarni taqdim etadi va haqini to‘laydi: birinchi yordam sertifikati (Ersthelferausbildung), qurol bilan ishlash guvohnomasi (Waffensachkunde §7), kasbiy yaroqlilik imtihoni (Sachkundeprüfung §34a GewO) va IHK malaka oshirish kursi (IHK-Weiterbildung).
Talablar: Nemis tili kamida B1 darajasida, Führungszeugnis (sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma) va haydovchilik guvohnomasi mavjudligi; IHK Sachkunde majburiy, uni ish beruvchi orqali o‘tish mumkin.

https://www.stepstone.de/job/7689406
💶 Oylik maosh: ko‘rsatilmagan
Fachkraft im Gastgewerbe (m/w/d) pozitsiyasi bo‘yicha kasbiy ta’lim (Ausbildung) o‘rni taklif etiladi. Majburiyatlar: xizmat ko‘rsatishga ko‘maklashish, taom va ichimliklarni tortish, zalni tayyorlash hamda yaxshi o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari bo‘lganda — shaxsiy xizmat ko‘rsatish stansiyasini boshqarish.
Talablar: Shkoyat qilmaydigan orasta tashqi ko‘rinish, kirishimlilik, odamlar bilan ishlash xohishi va nemis tilini yaxshi bilish.

https://www.stepstone.de/job/11570926
💶 Oylik maosh: ko‘rsatilmagan
Moslashuvchan grafik bilan Teilzeit rejimida ish; ertalabki, kunduzgi va kechki smenalar, jumladan dam olish kunlari ham ishlash ehtimoli bor.
Majburiyatlarga nonushta shved stolini tayyorlash va tashkillashtirish, oddiy sovuq taomlar (pishloq/go‘sht kesimlar, salatlar) va ichimliklarni tayyorlash, shuningdek, mehmonlarga taomlar tarkibi haqida ma’lumot berish kiradi.
Mehmonxona sohasida boshlang‘ich tajriba bo‘lishi ma’qullanadi; nemis va ingliz tillarini kamida A2-B1 darajasida bilish talab etiladi.

Agar sizga ish topishda yordam kerak bo'lsa, https://t.me/uzbek_europe_admin ga yozing. Germaniyada ish qidirib yurgan tanishlarga junatib quyamiz.

#GermaniyadaIsh

♻️
1,5700012
Germaniyalik o'zbek logo
Germaniyalik o'zbek

05-sen, 2026, 00:41

Photo
Navbatdagi muvaffaqiyatimiz! 🎉

Kanalimiz obunachisi Dilraboxon bizning yordamimiz bilan Germaniyadagi Martin Lyuter nomidagi Halle-Vittenberg universitetiga (Martin-Luther-Universität Halle-Wittenberg) Anglo-Amerika adabiyoti, tili va madaniyati yo'nalishi bo'yicha grant asosida magistraturaga qabul qilindilar! Obunachimizni ushbu katta qadam bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! 🥳

🏙 Shahar va universitet haqida qiziqarli ma'lumotlar:
“Oq oltin” ustiga qurilgan: Halle nomi kelt tilidagi “tuz” degan ma'noni anglatadi. O‘rta asrlarda shaharga tabiiy sho‘r suv manbalari katta boylik keltirgan va tuz ishlab chiqarish bilan Halloren deb ataluvchi afsonaviy tuzchilar gildiyasi shug‘ullangan. Bundan tashqari Halle 1804-yilda tashkil etilgan Halloren fabrikasi Germaniyadagi eng qadimiy shokolad fabrikasi hisoblanadi

Birinchi “zamonaviy” universitet: 17-asr oxirida Halle universiteti qat’iy diniy dogmalarni ilmiy izlanish va ratsionalizm bilan almashtirib, ilm-fanda yangi davrni ochib berdi. Masalan, professorlar ma’ruzalarni lotin tilida emas nemis tilida o‘qiy boshlagan Yevropadagi eng birinchi universitetlardan biri bo‘lgan. Mashhur bitiruvchilari va professorlari orasida matematik Georg Kantor (to‘plamlar nazariyasi asoschisi), kompozitor Georg Fridrix Hendel hamda Nobel mukofoti sovrindori, fizik Karl Ferdinand Braun (elektron-nurli tube muallifi) lar bor.

🔥 Siz ham Germaniyaning nufuzli universitetlarida ta'lim olishni istaysizmi? Unda https://t.me/uzbek_europe_admin murojaat qiling!

#StudyInGermany #BizningNatija
2,1600018
Germaniyalik o'zbek logo
Germaniyalik o'zbek

05-sen, 2026, 00:41

Maktabdan 1 kun qolish narxi — 2500 yevro!

Germaniyada haqida oldinroq yozgan edim. Yaxshi oʻqiydiganlar gimnaziyaga kirishlari mumkin – bu universitetga to'g'ridan to'g'ri kirish yoʻlidir. Qolganlar boshqa maktablarga borishadi va keyinchalik kasb-hunar taʼlimini olishadi yoki oliygohga kirish uchun qoʻshimcha oʻqishadi. Ammo koʻp narsa nafaqat baholarga, balki oilaga ham bogʻliq.

Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan bolalarning gimnaziyaga kirish uchun tavsiya olish ehtimoli 35 foizni, oʻrta qatlamnikida 60 foizni tashkil etadi, agar ota-ona boy boʻlsa – bu koʻrsatkich 79 foizga yetadi. Masalan, maktabda bir xil natijalarga erishgan taqdirda ham, boyroq oilalarning bolalarida faqat asosiy maktab shahodatnomasini olish (oliygohga kirish huquqisiz) ehtimoli 50% ga yuqori. Xullas Germaniyada ham boy bo'lgan yaxshi )))

Lekin har doim ham emas, adolat bor: oldinroq Germaniyada Meklenburg-Old Pomeraniya yerining adliya vaziri Jaklin Bernhard oilasi bilan taʼtilga vaqtliroq uchib ketishi uchun oʻgʻlini qishki taʼtil boshlanishidan bir kun oldin maktabdan olgani uchun tanqid ostida qolgandi.

"Buning nimasi yomon?" – deb soʻrashingiz mumkin. Gap shundaki, Germaniyada sababsiz dars qoldirish taqiqlangan. Oila aʼzosining vafoti, kasallik yoki yaqin qarindoshlarning toʻyi asosli sabablar hisoblanadi. Qolgan barcha hollar dars qoldirish qoidabuzarlik sanaladi. Qoidalarga rioya etilishi qattiq nazorat qilinadi. Masalan, aeroportda: maktab yoshidagi bolalari bor oilani politsiya xodimi toʻxtatib, bola nega darsda emasligini soʻrashi mumkin.

Qoidani buzgan har bir kishiga shahar va dars qoldirish chastotasiga qarab 80 dan 2500 yevrogacha jarima solinishi mumkin. Toʻgʻri, bu ota-onalarni toʻxtatib qolmayapti: tobora koʻproq germaniyalik maktab oʻquvchilari sababsiz dars qoldirmoqda. Oxirgi besh yilda dars qoldiruvchilar soni 45 foizga oshgan. Masalan, 2024-yilda Myunxen hokimiyati dars qoldirgan bolalarning oilalaridan taxminan 600 ming yevro jarima undirgan.

Nima deb o'ylaysiz: bunday qattiq tartib intizom rostdan ham shartmi yoki juda oshirib yuborishganmi?

❤️ - Ha
🔥 - Yo'q

#TeshaTegmaganNews
1,2000024
Germaniyalik o'zbek logo
Germaniyalik o'zbek

05-sen, 2026, 00:41

Photo
🖤 13 ming kishilik kichik shaharcha jamoasi «Elfersberg» – BUNDESLIGADA!

Kanalni doimiy kuzatayotgan bilishadi, futbol muxlisiman. Oldinroq B haqida yozgan edim, endi «Elfersberg» klubi haqida yozmoqchiman.

Ushbu klub bir yil ichida 4-ligadan BL2 (Ikkinchi Bundesliga)ga sakrab chiqqandi. 2023-yildan esa Bundesligaga qarab yo‘l oldi. Va mana, 2026-mavsum oxirida nihoyat yetib keldi! Buni kichik bir viloyat markazida ochilgan, bor-yo‘g‘i 15-20 kishi ishlaydigan kichik bir oilaviy korxona (masalan, milliy shirinliklar tayyorlaydigan sex) bir necha yil ichida to‘g‘ri menejment va investor yordamida dunyoning eng yirik riteylerlari (Amazon yoki Walmart) tarmog‘iga kirib borishiga o‘xshatish mumkin.

Qiziqarli tomoni shundaki, ularning 10 ming kishilik «Ursafarm-Arena» stadioni sig‘imi jihatidan Saar o‘lkasidagi ushbu shaharcha aholisi soni bilan deyarli teng. Klub — boy tarixga ega, u bir asrdan ziyod yoshga ega. Ammo so‘nggi o‘n yilliklarda yirik farmatsevtika (big-pharma) bilan bog‘liq: ularga Ursapharm konserni yordam beradi.

Saar o‘lkasidan chiqqan ushbu syurpriz-klubning muvaffaqiyati to‘g‘ri tanlangan yo‘l va samarali menejmentga asoslangan: ular yetarlicha baholanmagan futbolchilarni saralab olishadi hamda Bundesligada o‘yin amaliyoti yetishmayotgan iqtidorli yoshlarga imkoniyat berishadi.

Ushbu muvaffaqiyatga bevosita daxldor bo‘lgan inson bu Nils-Ole Bok dir. 7 yil ichida oddiy skautlikdan to jamoa direktorligigacha ko'tarilgan Nils-Ole hozirda «Borussiya D»da (Germaniyada 2-kuchli klub) ishlamoqda, biroq bu bosib o‘tilgan yo‘lning 90 foizi uning yutug‘idir.

Ayniqsa, Maksi Ror (laqabi Rorinyo) uchun juda xursandman — u kech ochilgan, lekin eng aqlli va texnikasi kuchli himoyachi. Ror yaqinda 27 yoshga to‘ladi, biroq u 2-Bundesliga darajasida faqatgina o‘tgan mavsumda debyut qildi. Germaniya uchun bu aql bovar qilmaydigan darajada kech, chunki bu yerda masalan Jud Bellingem 18 yoshigacha oliy ligada yuzga yaqin o‘yin o‘tkazishga ulgurgan edi. Kech rivojlanish — Rorning fiziologik xususiyatidir. Malumotlarga ko‘ra, bu yigit 18 yoshidan keyin (balki bir yil ichidadir, lekin bunga ishonish qiyin) 23 smga o‘sgan! Hozirda uning bo‘yi — 1,93 m. Bundan 11 yil oldin esa uni aynan jismoniy kamchiliklari va nimjonligi sababli «Karlsrue» akademiyasidan haydashgan edi.

P.s. Xullas, Bundesligada yangi mavsum oldidan o'zim fanatlik qiladigan yangi klub topdim. Sizda ham Bundesligada sevimli klub bormi?

🔥 - Ha
👍🏻 - Yo'q
🤡 - Shaxmatga qiziqmayman

#QiziqarliGermaniya #TeshaTegmaganNews
1,1500020
Germaniyalik o'zbek logo
Germaniyalik o'zbek

05-sen, 2026, 00:41

💰Germaniyada qanday qilib va nima uchun ETF sotib olish kerak. 2-qism.

1-qism .

ETF'ni qanday sotib olish mumkin?
ETF brokerlar va banklar orqali sotib olinadi. Buni Sparplan orqali qilish eng foydalidir – belgilangan kichik summa avtomatik ravishda investitsiya qilinadi va hatto komissiya ham olinmaydi. Germaniyada kabi klassik banklar ETF sotadi, ammo ko'pincha ularning ilovalari juda noqulay ishlaydi / bankka borish kerak bo'ladi, alohida xarid uchun komissiyalar juda yuqori. Shuning uchun ETF'ni neobanklardan biri orqali sotib olish osonroq, u yerda ilovani yuklab olish va Yashash guvohnomasi bilan onlayn verifikatsiyadan o'tish kifoya. Germaniyadagi eng mashhuri – Trade Republic, unda sparplansiz xarid uchun mikro-komissiyalar (1€) mavjud, agar orqali ro'yxatdan o'tsangiz, ikkalamizga ham 10€ dan berishadi.
ETF'larning o'zini qidiruv orqali WKN yoki ISIN raqamlari yordamida topish mumkin. Ular ko'pincha bir-birini takrorlaydi, men bu yerda iShares (BlackRock – dunyodagi eng yirik investitsiya kompaniyasi) va Amundi (Yevropadagi eng yirik investitsiya kompaniyasi) fondlarini keltiraman.
Masalan:
▪️ MSCI World: WKN A0RPWH, ISIN IE00B4L5Y983
▪️ S&P 500: WKN A0YEDG, ISIN IE00B5BMR087
▪️ DAX: WKN 593393, ISIN DE0005933931
▪️ Stoxx600: WKN LYX0Q0, ISIN LU0908500753
Boshqa ETF'larni (masalan, rivojlanayotgan bozorlar yoki MSCI World ex USA uchun) Trade Republic yoku boshqa brokerlar qidiruvidan topishingiz mumkin. Har doim nima sotib olayotganingizni tushunish uchun tavsifni diqqat bilan o'qib chiqish kerak – turli maqsadlar uchun minglab turli xil ETF'lar mavjud, shuning uchun xato qilmaslik muhimdir.

Nima noto'g'ri ketishi mumkin?
Asosiy xatar – bozorning pasayishi davrida vahimaga tushib ETF'laringizni sotib yuborish. Ko'pchilikda sarmoyalarini har kuni tekshirish odati paydo bo'ladi. Bunday qilmaslik yaxshiroq, bu yerda xavotirlanish yordam bermaydi. Aksiya va ETF'larga qilingan sarmoyalar, depozitlardan farqli o'laroq himoyalanmagan, ammo boshqa turli qonunlar bilan himoyalangan. Masalan, bank yoki broker bankrot bo'lgan taqdirda ETF'lar hech qayerga yo'qolib qolmaydi – ular alohida hisob raqamda saqlanadi.

Yana bir bor eslatib o'taman, men professional maslahatchi yoki investor emasman, bularning barchasi investitsiya maslahati emas, barcha qarorlarni o'zingiz qabul qiling. Va asosiy qoidani eslatib o'tish muhim – har qanday holatda ham barcha jamg'armalarni bitta ETF/aksiyalarga kiritish yaxshi fikr emas, bu faqat investitsiya qilishning bir yo'li. Qolganlari haqida keyingi postlarda aytib beraman.

#FoydaliGermaniya
1,090009
Germaniyalik o'zbek logo
Germaniyalik o'zbek

26-apr, 2026, 10:58

Photo
Schufa: Reytingingiz Pastligining 5 Ta Sababi

Germaniyada ijaraga kvartira qidirganlar yaxshi bilishadi, kerakli dokumentlar orasida albatta Schufa so'raladi. Schufa — bu xuddi kredit tarixiga o‘xshash narsa, faqat unda sizning qanchalik "ishonchli" inson ekanligingiz haqida ancha kengroq ma’lumotlar jamlanadi. Eng qitiq tomoni shundaki, bu — tijorat tashkiloti bo‘lib, u menga noma’lum bo‘lgan qandaydir sabablarga ko‘ra bank hisoblari, qarzdorliklar, kreditlar va hatto onlayn-do‘konlardagi akkauntlar bilan bog‘liq juda katta hajmdagi shaxsiy ma’lumotlarga kirish huquqiga ega. Schufa ma’lumotnomasini yilda https://www.meineschufa.de/lp/schufa-kostenlos-testen?etcc_med=SEA&etcc_par=Google&etcc_cmp=DE_SN_Brand_Performance_ABTest_MSK30dTrial&etcc_grp=&etcc_bky=schufakostenlos&etcc_mty=b&etcc_plc=&etcc_ctv=804127985919&etcc_bde=c&etcc_var=Cj0KCQjw-pHPBhCdARIsAHXYWP-h3DNa_bwbdpqLEPaeazVfYs2RgOXG8qelQUoHIo3oPSY_x2dxcg8aAuC_EALw_wcB&gad_source=1&gad_campaignid=23730772760&gbraid=0AAAAADwI3QapAqD31VQRhTct_FD0uchyt&gclid=Cj0KCQjw-pHPBhCdARIsAHXYWP-h3DNa_bwbdpqLEPaeazVfYs2RgOXG8qelQUoHIo3oPSY_x2dxcg8aAuC_EALw_wcB so‘rab olish mumkin, qolgan vaqtlarda esa u 30 yevro turadi.

Shunday qilib, Germaniyaning "Katta og‘asi" bo‘lmish Schufa nihoyat ko'pchilikning istaklariga quloq tutdi va yaqinda hisob-kitob tafsilotlarini ochiqladi. Men ham o‘z reytingimni va u nimadan tashkil topganini ko‘rib chiqdim.

Ochig‘ini aytsam, yaxshisi buni "qora quti" siriligicha qoldirishsa bo‘lardi. Xullas, men nimalar sababli ball yo‘qotgan ekanman:

Bank shartnomasi: Eng birinchi nemis bankidagi hisobimni 4,5 yil avval ochganman. Agar 20+ yil avval ochganimda — eng yuqori ballni olardim.

Bir joyda muqim yashash: Hozirgi kvartiramda ikki yildan ko‘proq vaqtdan beri yashayman, eng yuqori ball uchun esa 20+ yil kerak ekan.

Kredit karta: Menda u yo‘q. Agar 15+ yildan beri bo‘lganida — eng yuqori ball berilardi.

Muddatli to‘lov (Rassrochka): Uning yo‘qligi uchun 9 ball, muvaffaqiyatli to‘lab bo‘lingani uchun esa 19 ball.

Ipoteka: Agar u yo‘q bo‘lsa — ball ham yo‘q, agar bo‘lsa — 55 ball.

Bundan tashqari, yana quyidagi mezonlar bor:

To‘lovlar bilan bog‘liq muammolar (har qanday shartnomalar bo‘yicha) — hammasi joyida (o‘key).

Yangi kreditlar, muddatli to‘lovlar yoki kredit liniyalari — o‘key, lekin bular uchta alohida band. Nega hammasini bir xil qilib takrorlashgan, har bir toifani ballar bilan chegaralab qo‘ysa bo‘lmasmidi?

Shaxsni tasdiqlash — buni "ilovani yuklab olganingiz uchun beriladigan ballar" deb tushunsa ham bo‘ladi.

Kredit karta yoki bank hisob raqami ochish bo‘yicha so‘rovlar — birinchidan, hisob va kartalar haqida bu allaqachon uchinchi punkt. Ikkinchidan, nega so‘rov yuborishning o‘ziyoq salbiy holat hisoblanishi kerak?

Va boshqalar — qaysidir kompaniyalarning sizning xaridlaringiz yoki boshqa narsalar haqidagi sirli so‘rovlari.

Xulosa o‘rnida: Schufa’ning fikricha, "ideal fuqaro" — bu hech qayerga qimirlamaydigan va hayotida hech narsani o‘zgartirmaydigan ancha yoshi katta inson.

#FoydaliGermaniya

♻️
2420011
Germaniyalik o'zbek logo
Germaniyalik o'zbek

26-apr, 2026, 10:58

Photo
Fyussen — Bavariyadagi kichik shahar bo‘lib, u bir necha kilometr uzoqlikdagi qo‘shni Shvangau hududida joylashgan mashhur qirollik qasrlari — Noyshvanshtayn va Xoenshvangauga borish yo‘lida joylashgan.

Fyussenning o‘zida sayyohlarni o‘zining tarixiy qiyofasi va shinam muhitini saqlab qolgan Eski shahar, Yuqori qasr — Xoes Shloss Fyussen hamda sobiq benediktin abbatligi — Avliyo Magn monastiri kutmoqda. Fyussen, shuningdek, Vyursburgdan boshlanadigan 400 kilometrlik mashhur "Romantik yo‘l" sayyohlik yo‘nalishining yakuniy nuqtasi hisoblanadi.

Fyussen va uning atrofida sayr qilish uchun yuqoridagi fotogalereyani ko‘zdan kechiring.

#VibeGermany

♻️
4010015
Germaniyalik o'zbek logo
Germaniyalik o'zbek

26-apr, 2026, 10:58

Photo
🇩🇪💰 Konrad Adenauer Jamg‘armasi (KAS) Stipendiyasi

Demak Germaniyada mavzusini davom ettiramiz. Ushbu grantlar ko'pchilikni qiynaydigan masalasini hal qilishi mumkin.

📌 Kimlar hujjat topshirishi mumkin?
Stipendiya Germaniya universitetlarida kamida to‘rt semestr davom etadigan magistratura, PhD (doktorantura) yoki tadqiqot dasturlarida o‘qishni istagan, bakalavr darajasiga ega xalqaro talabalar uchun mo‘ljallangan. Qisqa qilib aytganda, oldin o'qishga kirasiz, keyin scholarshipga alohida hujjat topshirasiz.

Agar siz hozirda Germaniyada yashayotgan bo‘lsangiz, https://www.kas.de/en/web/begabtenfoerderung-und-kultur/international-talent-development portali orqali mahalliy tanlov jarayonida ishtirok etishingiz mumkin.

Stipendiya nimalarni o‘z ichiga oladi?
Dastur moliyaviy yordam, shaxsiy yo‘l-yo‘riqlar, seminar dasturlari va KAS tarmog‘iga (network) kirish imkoniyatini taqdim etadi:

Magistratura talabalari uchun: 2 yil davomida oyiga €992.

PhD talabalari uchun: 3 yil davomida oyiga €1,400.

Qo‘shimcha imtiyozlar: Tibbiy sug‘urta, oilaviy nafaqa, bolalar nafaqasi va o‘quv kurslari bilan bog‘liq to‘lovlar uchun subsidiyalar ajratilishi mumkin.

Asosiy talablar qanday?

Magistratura uchun nomzodlar:
- Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish.
- Yuqori akademik ko‘rsatkichlar.
- B2 darajasidagi nemis tili bilimi.
- Ijtimoiy-ko‘ngillilik ishlarida faol bo‘lish.
- Germaniyada kamida to‘rt semestr o‘qishni rejalashtirish.
- Keng dunyoqarash hamda demokratiya va inson huquqlarini qo‘llab-quvvatlash.

PhD nomzodlari uchun:
Yuqoridagi talablarga qo‘shimcha ravishda:
- Dissertatsiya mavzusining batafsil tavsifi.
- Ilmiy rahbaringizdan ikkinchi ilmiy tavsiyanoma.
- Doktorlik maslahatchisi (advisor) tomonidan nazorat qilinishi haqidagi tasdiqnoma.

Eslatma: Bakalavr talabalari ham o‘qishning ikkinchi semestrini tamomlagandan so‘ng hujjat topshirishlari mumkin.

Hujjat topshirish muddati (Deadline)
Germaniya ichidan topshiruvchilar uchun: Har yili 15-iyul.

KAS muddatlari yo'nalishga qarab farq qilishi mumkin. Shu sababli, batafsil ma’lumot olish uchun jamg‘arma vakolatxonasiga murojaat qilishingizni tavsiya qilaman.

#StudyInGermany

♻️
6380015
Germaniyalik o'zbek logo
Germaniyalik o'zbek

26-apr, 2026, 10:58

😊 Bo‘sh vaqtda YouTube

Nemis tilini uncha xohishi yo‘q, lekin qiziqarli ko‘rsatuvlar ko‘rishni juda istaydiganlar uchun YouTube-kanallar to‘plami:

➡️ https://www.youtube.com/@DieDaOben/videos – B2–C1, siyosat haqida

➡️ https://www.youtube.com/@ZDFSatire/videos – C1–C2, dolzarb mavzularda satira

➡️ https://www.youtube.com/@SproutsDeutschland – B2–C1, psixologiya

➡️ https://www.youtube.com/c/37Grad/about – B2–C1, filtrlarsiz hayot

➡️ https://www.youtube.com/@simpleclub_wirtschaft – B1–B2, iqtisod va ekonomika

➡️ https://www.youtube.com/@einHolzkopf/videos – B1+/B2, hayot haqida — hazil bilan

➡️ https://www.youtube.com/@MrWissen2goGeschichte – C1, tarix ixlosmandlari uchun

➡️ https://www.youtube.com/@MenschenundMuster/videos – C1–C2, hamma narsa haqida ilmiy-ommabop (nauchpop)

➡️ https://www.youtube.com/playlist?list=PLdPrKDvwrog6koR50MR9Pwg7AsyTriyz9 – C1–C2, dolzarb mavzularda debatlar

#NemisTili

♻️
7290021
Germaniyalik o'zbek logo
Germaniyalik o'zbek

26-apr, 2026, 10:58

Photo
Odatda Pasxa dam olish kunlari qayergadir sayohatga borishga harakat qilaman. Bu safar berliner-kichkintoyni bir yoshlik tug'ilgan kuni ham bayramga tog'ri keldi va Hamburgga bordik.

Gamburg — "Ozod va " — Germaniyaning aholi soni bo‘yicha (1,9 milliondan ortiq) Berlindan keyingi ikkinchi yirik shahri, Shimoliy va Boltiq dengizlariga yaqin, Elba daryosi bo‘yida joylashgan yirik shimoliy portidir.

"Dunyoga ochilgan darvoza" nomi bilan mashhur bo‘lgan ushbu shahar o‘zining keng suv yo‘llari, tarixiy omborxonalar tumanlari va jo‘shqin madaniy hayoti bilan ajralib turadi. Berlinga nisbatan ancha toza, ozgina sovuq va lekin elegant: haqiqiy nemischa shahar. Sayohat menga yoqdi, lekin tug'ilgan kun egasiga ko'p ham yoqmadi shekilli.

#PersonalBlog #VibeGermany

♻️
8860026
Germaniyalik o'zbek logo
Germaniyalik o'zbek

26-apr, 2026, 10:58

10. Fasad ishlari va deraza o'rnatish uchun xodimlar kerak
Ventilyatsiyali fasadlar, Derazalarni o'rnatish, Ish qiyin emas, minimal tajriba bilan ham bo'ladi. Turar joy bepul beriladi (xonada 2 kishidan), ishni zudlik bilan boshlash. Hujjatlar: Polsha vizasi, Karta pobytu, YI pasporti, §24 (vaqtinchalik himoya)
Kontakt: +48 889 967405 (WhatsApp / Viber)

#GermaniyadaIsh

♻️
9090011

Showing 30 of 39 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Germaniyalik o'zbek Telegram kanali nima haqida?+

Germaniyalik o'zbek (@uzbek_europe) — tgdio da Veb-seriallar toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 2 442 obunachi bor.

Germaniyalik o'zbek (@uzbek_europe) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @uzbek_europe ga bepul obuna bo‘ling.

Germaniyalik o'zbek yaxshi Veb-seriallar kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Germaniyalik o'zbek reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 2 442 obunachi bor. O‘xshash Veb-seriallar kanallar bilan solishtiring.

Germaniyalik o'zbek statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @uzbek_europe sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.