Uzbekistan.travel Telegram channel photo

Uzbekistan.travel

@uzbekistan_travelPublic Channel

Official account of the tourism promotion board of the Republic of Uzbekistan 🇺🇿 Official website: https://uzbekistan.travel Social networks: https://linktr.ee/uzbekistan.travel For inquiries: @uzbtravelsupport For advertisement: @Uzb_travel_reklama

626

Last views

14.2k (14,208 subscribers)
A'zolar
—
Rating
65
Total Posts
Oct 21, 2026, 5:23 PM
Yangilangan
Apr 3, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameUzbekistan.travel
Username@uzbekistan_travel
CategorySayohat va turizm
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar14,208
Channel TypePublic Channel
Created3-apr, 2026
Last Updated21-okt, 2026 • 2 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#414531-876
Til reytingi
#2094-15
Toifa reytingi
#3172-8

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 14.2K30 Days growth: -4813.3%
09/2209/2710/0210/0710/1210/1710/21
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
22:09:202614,689
23:09:202614,689
24:09:202614,689
25:09:202614,689
26:09:202614,689
27:09:202614,689
28:09:202614,689
29:09:202614,689
30:09:202614,689
01:10:202614,689
02:10:202614,689
03:10:202614,689
04:10:202614,689
05:10:202614,689
06:10:202614,689
07:10:202614,689
08:10:202614,689
09:10:202614,689
10:10:202614,689
11:10:202614,689
12:10:202614,689
13:10:202614,311
14:10:202614,311
15:10:202614,311
16:10:202614,311
17:10:202614,311
18:10:202614,311
19:10:202614,311
20:10:202614,311
21:10:202614,208
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 30:03:202617,805
Week of 06:04:202617,622
Week of 13:04:202617,344
Week of 20:04:202617,344
Week of 27:04:202617,135
Week of 04:05:202617,135
Week of 11:05:202617,135
Week of 18:05:202617,135
Week of 25:05:202617,135
Week of 01:06:202616,621
Week of 08:06:202616,621
Week of 15:06:202616,621
Week of 22:06:202616,183
Week of 29:06:202616,183
Week of 06:07:202616,183
Week of 13:07:202615,923
Week of 20:07:202615,923
Week of 27:07:202615,923
Week of 03:08:202615,715
Week of 10:08:202615,715
Week of 17:08:202615,356
Week of 24:08:202615,064
Week of 31:08:202615,064
Week of 07:09:202614,841
Week of 14:09:202614,689
Week of 21:09:202614,689
Week of 28:09:202614,689
Week of 05:10:202614,689
Week of 12:10:202614,311
Week of 19:10:202614,208
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 202617,135
May 202617,135
June 202616,183
July 202615,923
August 202615,064
September 202614,689
October 202614,208
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
202614,208

Top 10 posts

Most viewed posts from this channel

By views
  1. #1⛰ O‘zbekistonda qiziqarli sayohat yo‘nalishlari!4.4K
  2. #2🇺🇿Joriy yilning 5-6-may kunlari Xitoyning Gonkong shahrida “Made in 4.0K
  3. #3💹Xivada «Lazgi» xalqaro raqs festivali boshlandi3.2K
  4. #4💹“The Independent” bosh muharriri Jorj Greyg O‘zbekistonning turizm s3.0K
  5. #5🇺🇿Joriy yilning 14-16-oktyabr kunlari Rimini shahrida Italiyaning tu2.9K
  6. #6💹Qoraqalpog‘istonda “Orol balig‘idan 99 ta taom” xalqaro gastronomik 2.9K
  7. #7🍇 “O‘zbekiston enoturizmi va milliy taomlari” festivali2.9K
  8. #8🇺🇿Joriy yilning 24-27-sentyabr kunlari Tokio shahrida Yaponiyaning t2.8K
  9. #9🗺Bo‘stonliq tumanidagi ushbu qishloq sayyohlar orasida Tovoqsoy nomi 2.7K
  10. #10✈️ Из Ташкента в Измир теперь можно лететь без пересадок от 1,8 млн су2.7K

So'nggi postlar

Uzbekistan.travel logo
Uzbekistan.travel

21-okt, 2026, 11:22

Photo1/2
21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Turizm qo‘mitasi raisining tabrigi

Aziz yurtdoshlar!
Hurmatli turizm sohasi vakillari!

Sizlarni 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni, ona tilimizga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!

Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, boy tariximiz, madaniyatimiz va ma’naviy merosimizning bebaho xazinasidir. Uning sofligini asrash, nufuzini yuksaltirish va dunyoga keng targ‘ib etish barchamizning sharafli burchimizdir.

Turizm sohasi bu borada o‘ziga xos imkoniyatlarga ega. Zero, yurtimizga tashrif buyurgan har bir sayyoh tarixiy obidalarimiz, milliy an’analarimiz va mehmondo‘stligimiz bilan birga, o‘zbek tilining jozibasi va xalqimizning yuksak muomala madaniyatidan ham bahramand bo‘lishi muhim.

Shu maqsadda xorijiy sayyohlar uchun kundalik muloqotda eng ko‘p qo‘llaniladigan o‘zbekcha so‘z va iboralardan iborat maxsus lug‘at ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, turizm xizmatlari standartlariga xorijiy mehmonlarni o‘zbek tilida samimiy kutib olish, salomlashish, xushmuomalalik va milliy an’analarimizga xos takalluf ko‘rsatish madaniyati bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Ishonamizki, bunday tashabbuslar xorijlik mehmonlarning mamlakatimiz haqidagi iliq taassurotlarini boyitish bilan birga, o‘zbek tilining xalqaro miqyosda tanilishiga ham xizmat qiladi.

Aziz vatandoshlar!

Ona tilimizni e’zozlash, uni kundalik hayotimizda va kasbiy faoliyatimizda munosib qo‘llash orqali milliy qadriyatlarimizni yanada ulug‘laylik!

Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

Ona tilimizning qadri hamisha yuksak, uning jozibasi va shuhrati dunyo bo‘ylab taralsin!

O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,

А. Aqqulov
O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi
6260010
Uzbekistan.travel logo
Uzbekistan.travel

21-okt, 2026, 10:59

Video
21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!

Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, tariximiz va ma’naviyatimiz ko‘zgusi, uni asrab-avaylash, qadrlash va kelajak avlodlarga munosib meros qilib qoldirish barchamizning muqaddas burchimizdir.

Keling, ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtiromimizni amalda namoyon etib, uning nufuzini yanada yuksaltiraylik!
_________

21 октября — с праздником узбекского языка!

Родной язык — это отражение нашей национальной идентичности, истории и духовного наследия. Беречь его, ценить и передавать будущим поколениям как достойное наследие — наш священный долг.

Давайте проявлять любовь и уважение к родному языку и вместе повышать его престиж!

💬Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook 🤩Youtube 💬Whatsapp
2,1900019
Uzbekistan.travel logo
Uzbekistan.travel

20-okt, 2026, 11:07

Photo1/2
20 октября - День города Хивы 🌙

Хива — один из самых самобытных исторических городов Центральной Азии, что сохранил целостный архитектурный облик и атмосферу восточного средневекового города. Не зря его прозвали как город-музей под открытым небом.

За свою многовековую историю Хива стала настоящей сокровищницей культурного наследия Узбекистана. На территории города расположено более 120 архитектурных памятников, среди которых ворота Ота Дарвоза, крепость Кухна Арк, медресе Шергази-хана, Джума-мечеть и дворцовый комплекс Таш-Хаули, а также множество других уникальных сооружений.

📆 В 1990 году исторический центр Хивы — Ичан-Кала — был включён в Список всемирного наследия ЮНЕСКО. 20 октября 1997 года город торжественно отметил своё 2500-летие, ставшее важной вехой в сохранении и популяризации его богатого историко-культурного наследия.

В память об этом знаменательном событии 20 октября ежегодно отмечается День города Хивы — праздник, посвящённый его многовековой истории, архитектурному великолепию и культурным традициям.
________________

20-oktyabr — Xiva shahri kuni 🌙

Xiva — o‘zining betakror me’moriy qiyofasi, qadimiy obidalari va sharqona muhiti bilan ajralib turadigan, Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biri. Asrlar davomida o‘z tarixiy qiyofasini saqlab kelayotgan bu ko‘hna shahar bejizga “ochiq osmon ostidagi muzey” deb atalmagan.

Ko‘p asrlik tarixi davomida Xiva O‘zbekistonning madaniy meros xazinasiga aylangan. Shahar hududida 120 dan ortiq me’moriy yodgorlik mavjud. Ular orasida Ota Darvoza, Ko‘hna Ark qal’asi, Sherg‘ozixon madrasasi, Juma masjidi va Toshhovli saroy majmuasi alohida o‘rin tutadi. Shuningdek, shaharda o‘zining betakror me’moriy yechimi va tarixiy ahamiyati bilan ajralib turadigan ko‘plab boshqa obidalar ham mavjud.

📆 1990-yilda Xivaning tarixiy markazi — Ichan qal’a YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. 1997-yil 20-oktyabrda esa shahar o‘zining 2500 yillik yubileyini tantanali ravishda nishonladi. Ushbu sana Xivaning boy tarixiy-madaniy merosini asrab-avaylash va keng targ‘ib etishda muhim voqea bo‘ldi.

Ana shu tarixiy voqea xotirasiga har yili 20-oktyabr kuni Xiva shahri kuni nishonlanadi. Ushbu bayram shaharning ko‘p asrlik tarixi, betakror me’moriy obidalari va boy madaniy an’analariga ehtirom ifodasidir.

💬Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook 🤩Youtube 💬Whatsapp
2,620006
Uzbekistan.travel logo
Uzbekistan.travel

18-okt, 2026, 15:19

Video
18 октября - День города Самарканда! ✨

Эта памятная дата отмечается с 1996 года по инициативе Первого Президента Узбекистана И. А. Каримова. Именно в этот день городу был вручен орден Амира Темура, и эта дата теперь широко отмечается каждый год.

🕌 Самарканд — город с историей более 2 750 лет, ровесник Рима и свидетель великих эпох. Он был сердцем древней Согдианы, носил имя Мараканда, встречал войска Александра Македонского, принимал караваны Великого шёлкового пути и стал столицей империи Амира Темура. Здесь сменялись цивилизации, правители и династии, рождались новые знания и расцветали искусства. Каждая эпоха оставляла свой след, и все они сложились в историю одного великого города.

Сегодня Самарканд по-прежнему притягивает путешественников со всего мира. Его исторический центр включён в Список всемирного наследия ЮНЕСКО, а древние медресе, мавзолеи и узкие улочки бережно хранят память веков. Здесь можно не просто узнать историю, но и прикоснуться к ней: пройти по площади Регистан, услышать легенды старого города, почувствовать его атмосферу и увидеть своими глазами наследие, пережившее тысячелетия.

Этот город хранит больше историй, чем можно рассказать словами. И лучший способ узнать их — однажды оказаться здесь
___________

18-oktyabr — Samarqand shahri kuni! ✨

Ushbu sana 1996-yildan buyon O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan nishonlab kelinadi. Aynan shu kuni Samarqand shahri Amir Temur ordeni bilan taqdirlangan. O‘shandan buyon 18-oktyabr shaharning muhim sanalaridan biri sifatida har yili keng nishonlanadi.

🕌 Samarqand — 2 750 yildan ortiq tarixga ega, Rim bilan tengdosh, buyuk davrlar va sivilizatsiyalar guvohi bo‘lgan qadimiy shahar. U qadimgi So‘g‘diyonaning yuragi, Maroqanda nomi bilan mashhur bo‘lgan maskan, Aleksandr Makedonskiy qo‘shinlari kirib kelgan, Buyuk ipak yo‘li karvonlarini qarshi olgan va Amir Temur saltanatining poytaxtiga aylangan shahardir. Bu zaminda turli sivilizatsiyalar, hukmdorlar va sulolalar almashgan, yangi bilimlar dunyoga kelib, san’at va madaniyat ravnaq topgan. Har bir davr Samarqand tarixida o‘z izini qoldirgan va bularning barchasi bir buyuk shaharning betakror tarixini yaratgan.

Bugun ham Samarqand dunyoning turli burchaklaridan kelayotgan sayyohlarni o‘ziga maftun etmoqda. Shaharning tarixiy markazi YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Qadimiy madrasalar, maqbaralar va tor ko‘chalar esa asrlar xotirasini avaylab saqlab kelmoqda. Samarqandda tarixni shunchaki o‘rganish emas, balki uni his etish ham mumkin: Registon maydoni bo‘ylab sayr qilish, eski shaharning afsonalarini tinglash, uning betakror muhitidan bahramand bo‘lish va ming yillar sinovidan o‘tib, bugungi kungacha yetib kelgan tarixiy merosni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rish mumkin.

Samarqand bag‘rida so‘z bilan ifodalash qiyin bo‘lgan qanchadan-qancha hikoyalar yashiringan. Ularni kashf etishning eng yaxshi yo‘li esa  bir kun kelib, bu qadimiy shaharga tashrif buyurishdir!

💬Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook 🤩Youtube 💬Whatsapp
533003
Uzbekistan.travel logo
Uzbekistan.travel

15-okt, 2026, 15:12

Video
«Сияние ковров» в Хиве: искусство, традиции и ремесло

17–18 октября древняя Хива станет местом встречи мастеров ковроткачества и дизайнеров из Узбекистана и других стран. В комплексе «Арда Хива» пройдёт международная выставка «Сияние ковров», посвящённая одному из древнейших видов декоративно-прикладного искусства.

Гостей ждут встречи с мастерами ковроткачества, рассказ о значении традиционных узоров и о том, как древние орнаменты находят место в современном дизайне. В программе также международная конференция, выступления с традиционной хорезмской музыкой, показ этнических костюмов и экскурсия в Музей шёлка в Ичан-Кале.

Праздничную атмосферу дополнят народные гулянья, соревнования по курашу, выступления канатоходцев и кукольников.

📍 Комплекс «Арда Хива», Хива
📅 17–18 октября 2026 года
____________________

Xivada “Gilamlar jilosi”: san’at, an’analar va hunarmandchilik

17–18-oktyabr kunlari qadimiy Xiva O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardan kelgan gilamdo‘z ustalar hamda dizaynerlarni bir joyga jamlaydi. “Arda Xiva” majmuasida amaliy bezak san’atining eng qadimiy turlaridan biri — gilamdo‘zlikka bag‘ishlangan “Gilamlar jilosi” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir davomida mehmonlar gilamdo‘z ustalar bilan uchrashish, an’anaviy naqshlarning mazmun-mohiyati va qadimiy bezaklarning zamonaviy dizayndagi o‘rni bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar. Dasturdan xalqaro konferensiya, an’anaviy Xorazm musiqasi ijrosi, milliy liboslar namoyishi hamda Ichan qal’adagi Ipak muzeyiga sayohat ham o‘rin olgan.

Bayramona muhitni xalq sayillari, kurash musobaqalari, dorbozlar va qo‘g‘irchoqbozlarning chiqishlari yanada boyitadi.

📍 Manzil: “Arda Xiva” majmuasi, Xiva shahri
📅 Sana: 2026-yil 17–18-oktyabr

💬Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook 🤩Youtube 💬Whatsapp
1,260006
Uzbekistan.travel logo
Uzbekistan.travel

09-okt, 2026, 13:10

Video
Всего в 50 километрах от Ташкента начинается горный, зелёный и спокойный Кумушкон — это курортный посёлок в живописной горной местности, куда приезжают за чистым воздухом, природой и отдыхом вдали от городской суеты 🌳

Здесь можно провести несколько дней среди гор, прогуляться вдоль рек и озёр, остановиться в гостинице или гостевом доме, попробовать блюда национальной кухни и познакомиться с местными мастерами народно-прикладного искусства.

Для тех, кто хочет увидеть сельский Узбекистан с другой стороны, здесь работают комплексы агротуризма и творческие пространства.
________________

Toshkentdan atigi 50 kilometr uzoqlikda tog‘lar bag‘rida, yam-yashil tabiat qo‘ynida sokin va go‘zal Kumushkon qishlog‘i joylashgan. Musaffo havodan bahramand bo‘lish, tabiat qo‘ynida hordiq chiqarish va shahar shovqinidan bir muddat uzoqlashishni istaganlar uchun bu yer ayni muddao 🌳

Kumushkonda bir necha kunni tog‘lar bag‘rida o‘tkazish, daryo va ko‘llar bo‘yida sayr qilish, shinam mehmonxona yoki mehmon uylarida tunash mumkin. Shuningdek, milliy taomlardan bahramand bo‘lish va mahalliy xalq amaliy san’ati ustalarining ijodi bilan yaqindan tanishish imkoniyati mavjud.

Qishloq hayoti va O‘zbekiston tabiatini yangicha nigoh bilan kashf etishni istaganlar uchun bu yerda agroturizm majmualari hamda ijodiy maskanlar ham faoliyat yuritadi.

💬Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook 🤩Youtube 💬Whatsapp
1,910001
Uzbekistan.travel logo
Uzbekistan.travel

07-okt, 2026, 17:50

Video
Узбекистан — страна, где ремесленные традиции сохраняются из поколения в поколение.

Керамика, резьба по дереву, вышивка сюзане, чеканка, ювелирное дело и традиционные ткани — каждое направление имеет свои техники, орнаменты и региональные особенности.

Сегодня изделия узбекских мастеров можно увидеть не только в мастерских и на ремесленных базарах, но и на международных выставках и фестивалях.

Путешествуя по Узбекистану, загляните в ремесленные мастерские — здесь можно увидеть работу мастеров, познакомиться с традиционными техниками и выбрать изделие, созданное вручную.
____________________

O‘zbekiston — hunarmandchilik an’analari avloddan avlodga o‘tib, asrab kelinayotgan diyor.

Kulolchilik, yog‘och o‘ymakorligi, so‘zana kashtachiligi, kandakorlik, zargarlik va an’anaviy matolar — har bir yo‘nalish o‘ziga xos uslub, naqsh va hududiy xususiyatlarga ega.

Bugun o‘zbek hunarmandlari tomonidan yaratilayotgan noyob buyumlarni nafaqat ustaxonalar va hunarmandchilik bozorlarida, balki xalqaro ko‘rgazma va festivallarda ham uchratish mumkin.

O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilayotganingizda, hunarmandchilik ustaxonalariga kirib o‘ting. Bu yerda ustalarning ish jarayonini bevosita kuzatishingiz, an’anaviy hunarmandchilik usullari bilan tanishishingiz va o‘zingiz uchun qo‘lda yasalgan betakror buyumlardan xarid qilishingiz mumkin.

💬Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook 🤩Youtube 💬Whatsapp
1,850003
Uzbekistan.travel logo
Uzbekistan.travel

06-okt, 2026, 11:57

Video
🍇 “O‘zbekiston enoturizmi va milliy taomlari” festivali

14–15-oktabr kunlari Surxon vohasining go‘zal maskanlaridan biri — Oltinsoy tumanidagi “Xo‘jaipok” sanatoriysida “O‘zbekiston enoturizmi va milliy taomlari” festivali bo‘lib o‘tadi.

Festivalda Surxondaryo viloyatining uzumchilik va vinochilik an’analari, milliy taomlari, mahalliy mahsulotlari, hunarmandchiligi hamda turizm salohiyati keng namoyish etiladi.

Mehmonlarni gastronomik ko‘rgazma va degustatsiyalar, enoturizm yo‘nalishidagi taqdimotlar, milliy madaniyat va ijodiy dasturlar, shuningdek, turizm sohasi vakillari bilan uchrashuvlar kutmoqda.

🤝 Blogerlar, kontent yaratuvchilar, media vakillari, tadbirkorlar, turizm sohasi mutaxassislari va soha hamkorlarini festivalga taklif qilamiz!

Festival Surxondaryoning gastronomik va enoturizm salohiyatini keng targ‘ib qilish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, mahalliy mahsulot va xizmatlarni namoyish etish, shuningdek, hudud haqida qiziqarli va sifatli media kontent yaratish uchun yaxshi imkoniyatdir.

Surxonning boy gastronomik merosi, uzumchilik an’analari va mehmondo‘stligini birgalikda kashf etamiz!
📅 14–15-oktabr
📍 Oltinsoy tumani, “Xo‘jaipok” sanatoriysi
__________________

🍇 Фестиваль «Энотуризм и национальная кухня Узбекистана»

14–15 октября в одном из живописных уголков Сурхондарьинской области — санатории «Ходжаипок» в Алтынсайском районе — пройдет фестиваль «Энотуризм и национальная кухня Узбекистана».

На фестивале будут широко представлены традиции виноградарства и виноделия Сурхондарьинской области, национальная кухня, местные продукты, ремесла и туристический потенциал региона.
Гостей ждут гастрономическая выставка и дегустации, презентации направлений энотуризма, культурная и творческая программа, а также встречи с представителями туристической отрасли.

🤝 Приглашаем на фестиваль блогеров, контент-креаторов, представителей СМИ, предпринимателей, специалистов туристической отрасли и партнеров!

Фестиваль станет возможностью познакомиться с гастрономическим и энотуристическим потенциалом Сурхондарьи, установить новые партнерские связи, представить местные продукты и услуги, а также создать интересный и качественный медиаконтент о регионе.
Давайте вместе откроем для себя богатое гастрономическое наследие Сурхондарьи, традиции виноградарства и знаменитое гостеприимство региона!

📅 14–15 октября
📍 Алтынсайский район, санаторий «Ходжаипок»

💬Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook 🤩Youtube 💬Whatsapp
2,860008
Uzbekistan.travel logo
Uzbekistan.travel

01-okt, 2026, 09:10

Video
Дорогие учителя, уважаемые наставники!
От всей души поздравляем вас с 1 октября — Днём учителя и наставника!

Учителя — это люди, которые наполняют сердца светом знаний и просвещения, помогают найти верный путь в жизни, воспитывают стремление к добру и созиданию. Ваш благородный и самоотверженный труд, преданность профессии и душевная щедрость заслуживают самого глубокого уважения и признания.

В этот светлый и знаменательный день желаем вам крепкого здоровья, долгих и счастливых лет жизни, семейного благополучия и достатка. Пусть ваша благородная и ответственная деятельность по воспитанию и образованию молодого поколения всегда сопровождается успехами и достижениями!
Пусть успехи и достижения ваших учеников и детей всегда дарят вам чувство гордости, радости и счастья!

С уважением,
коллектив ГУ «Национальный PR-центр»

💬Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook 🤩Youtube 💬Whatsapp
2,040006
Uzbekistan.travel logo
Uzbekistan.travel

01-okt, 2026, 09:09

Video
Aziz ustozlar, hurmatli o‘qituvchi va murabbiylar!

Sizlarni 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Inson qalbiga ilm va ma’rifat nurini singdirib, unga hayot yo‘lini ko‘rsatadigan, ezgulik va bunyodkorlikka chorlaydigan ulug‘ zotlar — ustozlardir. Sizlarning zahmatli va sharafli mehnatingiz, fidoyiligingiz hamda mehringiz har qanday yuksak e’tirof va tahsinga munosib.

Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, uzoq va farovon umr, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaymiz. Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishdek ezgu va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar hamisha hamrohingiz bo‘lsin!
Shogirdlaringiz va farzandlaringizning kamolini, yutuqlari va baxtini ko‘rib, doimo faxr va quvonch bilan yashang!

Hurmat bilan,
“Milliy PR-markazi” DM jamoasi

💬Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook 🤩Youtube 💬Whatsapp
1,690003
Uzbekistan.travel logo
Uzbekistan.travel

30-sen, 2026, 18:40

Photo1/4
В октябре Бухара станет площадкой для Месяца французской культуры 🇫🇷

Со 2 по 31 октября в исторических пространствах города пройдут концерты классической музыки, хореографические спектакли, выставка, фестиваль французского кино и цифровой арт-проект с использованием искусственного интеллекта.

В программе — выступления французских музыкантов, спектакли танцевальной труппы Beau Geste, выставка «В свете Прованса и импрессионизма», шесть показов французских фильмов и проект Painting Mirror 🎥🎨

Отдельный блок посвятят сохранению и реставрации культурного наследия с участием французских и узбекских специалистов.
Мероприятия пройдут на таких площадках, как Арк, Пои-Калян, Ситораи Мохи-Хоса и медресе Кукельдаш.

📍 Полная программа и расписание — на нашем сайте 👈🏻
________________

Oktabr oyida Buxoroda Fransiya madaniyati oyligi bo‘lib o‘tadi 🇫🇷

2–31 oktabr kunlari shaharning tarixiy maskanlarida klassik musiqa konsertlari, xoreografik spektakllar, ko‘rgazma, fransuz kinosi festivali va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan raqamli san’at loyihasi namoyish etiladi.

Dasturdan fransiyalik musiqachilarning chiqishlari, Beau Geste raqs truppasi spektakllari, «Provans va impressionizm nurida» ko‘rgazmasi, oltita fransuz filmi namoyishi va Painting Mirror loyihasi o‘rin olgan 🎥🎨

Dasturning alohida qismi fransuz va o‘zbekistonlik mutaxassislar ishtirokida madaniy merosni asrash va restavratsiya qilish masalalariga bag‘ishlanadi.
Tadbirlar Ark, Poyi Kalon, Sitorai Mohi Xosa va Ko‘kaldosh madrasasi kabi maskanlarda o‘tkaziladi.

📍 To‘liq dastur va tadbirlar jadvali — saytimizda 👈🏻

💬Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook 🤩Youtube 💬Whatsapp
1,600005
Uzbekistan.travel logo
Uzbekistan.travel

30-sen, 2026, 11:26

Video
В самом центре Ташкента открылось ICHKARI — новое культурное пространство, созданное Фатимой Арифджановой, искусствоведом и культурным продюсером, и Максудом Аскаровым, исследователем культуры памяти и куратором. Их идея заключалась в том, чтобы сохранить традиционный узбекский дом как живое пространство и открыть его для всех, кто хочет ближе познакомиться с культурой и искусством Узбекистана.

Сам дом практически не меняли: сохранили планировку, комнаты, внутренний двор и сад, а каждое помещение получило свою функцию. Поэтому знакомство с ICHKARI начинается не с обычного музейного зала, а с самого пространства дома, в котором культура Узбекистана раскрывается через искусство, историю, гастрономию и повседневную жизнь.

В одной из комнат разместилась постоянная экспозиция, в другой проходят временные и сезонные выставки, для которых можно приобрести билет. Есть пространство для интерактивных проектов, открытая библиотека и Darcha — кафе, где современные блюда готовят на основе исторических рецептов и кулинарных традиций разных регионов Узбекистана. А в центре дома находится большой двор с садом, который объединяет всё пространство.

Пройти по ICHKARI можно с аудиоспектаклем «Тени моего дома». Голоса его героев рассказывают о доме, старом Ташкенте и привычках его жителей, постепенно погружая посетителя в их повседневную жизнь. Аудиоспектакль доступен на узбекском, русском и английском языках, а также имеет версию с сурдопереводом.

Коллекция ICHKARI формировалась семь лет и пополнялась историческими и семейными предметами, которые возвращались в Узбекистан из разных стран благодаря их владельцам и коллекционерам. При этом пространство обращается не только к прошлому: здесь проходят программы, посвящённые современному искусству, а арт-резиденция принимает художников и мастеров со всего мира, которые приезжают изучать культуру Узбекистана и создавать новые проекты.

Если бы вы оказались в ICHKARI впервые, с чего начали бы знакомство с домом?✍🏻

💬Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook 🤩Youtube 💬Whatsapp
1,700004
Uzbekistan.travel logo
Uzbekistan.travel

28-sen, 2026, 19:22

Video
Плов в Узбекистане отличается от региона к региону — и теперь попробовать сразу несколько его традиционных вариантов можно в рамках одного гастрономического фестиваля!

С 28 сентября по 18 октября во всех ресторанах Lali проводится «Фестиваль плова», посвящённый кулинарным традициям разных регионов Узбекистана.

В меню — семь вариантов плова из Ташкента, Ферганской долины, Бухары, Кашкадарьи, Самарканда, Навои и Андижана. Среди них — бухарский Ош Софи с казы, самаркандский плов с айвой, навоийский Учкудук с гранатом и другие региональные версии.

Загляните в Lali и попробуйте несколько региональных вариантов плова за один гастрономический маршрут!
__________

O‘zbekistonda palov har bir hududda o‘ziga xos usulda tayyorlanadi. Endi esa uning bir nechta an’anaviy turlarini bitta gastronomik festival doirasida tatib ko‘rish mumkin! 🇺🇿

28-sentyabrdan 18-oktyabrgacha barcha “Lali” restoranlarida O‘zbekistonning turli hududlariga xos palov tayyorlash an’analariga bag‘ishlangan “Palov festivali”ni o‘tkazmoqda.

Festival taomnomasidan Toshkent, Farg‘ona vodiysi, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy va Andijon hududlariga xos yetti xil palov o‘rin olgan. Ular orasida qazi qo‘shib tayyorlanadigan Buxorocha Oshi Sofi, behi qo‘shilgan Samarqand palovi, anor bilan tayyorlanadigan Navoiycha Uchquduq palovi va boshqa hududlarga xos palov turlari ham bor.

“Lali”ga tashrif buyuring va bir gastronomik sayohat davomida O‘zbekistonning turli hududlariga xos bir nechta palov turlarini tatib ko‘ring! 💃🏻

💬Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook 🤩Youtube 💬Whatsapp
1,810003
Uzbekistan.travel logo
Uzbekistan.travel

27-sen, 2026, 18:44

Photo1/2
Butunjahon turizm kuni muborak bo’lsin! 🎉
______

Поздравляем с Международным Днем туризма! 🎉

💬Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook 🤩Youtube 💬Whatsapp
1,9300013
Uzbekistan.travel logo
Uzbekistan.travel

24-sen, 2026, 11:53

Photo1/2
✈️ Из Ташкента в Измир теперь можно лететь без пересадок от 1,8 млн сумов!

Компания SunExpress запустила прямые рейсы между Ташкентом и Измиром, и теперь путешествие к Эгейскому побережью стало проще. Рейсы выполняются трижды в неделю на Boeing 737, а полёт занимает около 5 часов 35 минут.

Стоимость билета в одну сторону начинается от 1,8 млн сумов. В тариф уже входят 20 кг багажа и 8 кг ручной клади, а во время онлайн-регистрации можно бесплатно выбрать место в салоне. Питание в стоимость не входит, но его можно заранее заказать за дополнительную плату.

Приятный бонус: Для путешественников, которые планируют гольф-тур, у SunExpress предусмотрены специальные условия: бесплатная перевозка комплекта для гольфа, трансфер до гольф-клуба и помощь с бронированием игры.

Напоминаем, что прямое сообщение между Самаркандом и Измиром SunExpress выполняет уже около трёх лет. Теперь у путешественников из Узбекистана стало ещё больше возможностей добраться до Эгейского побережья напрямую.

Билеты на новый маршрут уже доступны для покупки. Успейте выбрать удобные даты для поездки по низким ценам!
_______________

✈️ Toshkentdan Izmirga endi 1,8 million so‘mdan boshlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchish mumkin!

SunExpress aviakompaniyasi Toshkent va Izmir o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Endilikda Egey dengizi sohillariga sayohat qilish yanada qulaylashdi. Parvozlar haftasiga uch marta Boeing 737 samolyotlarida amalga oshiriladi. Parvoz davomiyligi esa taxminan 5 soat 35 daqiqani tashkil etadi.

Bir tomonlama aviachiptalar narxi 1,8 million so‘mdan boshlanadi. Tarifga 20 kg yuk va 8 kg qo‘l yuki kiritilgan. Shuningdek, onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida samolyot salonidagi o‘rindiqni bepul tanlash mumkin. Ovqatlanish xizmati chipta narxiga kiritilmagan, biroq uni qo‘shimcha to‘lov evaziga oldindan buyurtma qilish mumkin.

Yoqimli bonus: Golf sayohatini rejalashtirayotgan yo‘lovchilar uchun SunExpress golf jihozlarini bepul tashish, golf klubigacha transfer hamda o‘yin uchun joy band qilishda yordam ko‘rsatish kabi maxsus shartlarni taklif etadi.


Ma’lumot uchun, SunExpress Samarqand va Izmir o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni qariyb uch yildan buyon amalga oshirib kelmoqda. Toshkent–Izmir yo‘nalishining yo‘lga qo‘yilishi O‘zbekistondan Egey dengizi sohillariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetib borish imkoniyatlarini yanada kengaytirdi.

Yangi yo‘nalish bo‘yicha chiptalar allaqachon sotuvga chiqarilgan. Sayohatingiz uchun qulay sanalarni tanlab, hamyonbop narxlarda chipta xarid qilishga shoshiling!

💬Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook 🤩Youtube 💬Whatsapp
2,660004
Uzbekistan.travel logo
Uzbekistan.travel

24-sen, 2026, 10:08

Photo1/4
‼️ Узбекистан показал самый высокий рост турпотока среди европейских направлений

По данным UN Tourism, в январе–июне 2026 года международный туристический поток в Узбекистан вырос на 25% по сравнению с аналогичным периодом 2025 года.

🌍 По темпам роста международных туристических прибытий Узбекистан занял 1-е место среди европейских направлений и 8-е место в мире. Для сравнения: за тот же период мировой турпоток вырос всего на 0,4%, а в Европе — на 3%.

✈️ За первые шесть месяцев 2026 года страну посетили более 6,6 млн туристов.

Росту способствуют расширение транспортного сообщения, упрощение въездных процедур, развитие новых туристических продуктов и продвижение Узбекистана на международных рынках.
__________

‼️O‘zbekiston Yevropa yo‘nalishlari orasida sayyohlar oqimining eng yuqori o‘sishini qayd etdi

BMT Turizm ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonga kelgan xalqaro sayyohlar oqimi 2025-yilning shu davriga nisbatan 25 foizga oshgan.

🌍 Xalqaro sayyohlar tashrifi o‘sish sur’atlari bo‘yicha O‘zbekiston Yevropa yo‘nalishlari orasida 1-o‘rin, dunyo miqyosida esa 8-o‘rinni egalladi.
Taqqoslash uchun, shu davrda dunyo bo‘yicha xalqaro turizm oqimi atigi 0,4 foizga, Yevropada esa 3 foizga oshgan.

✈️ 2026-yilning dastlabki olti oyida O‘zbekistonga 6,6 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurgan.

Turizm oqimining o‘sishiga transport qatnovlarining kengayishi, mamlakatga kirish tartib-taomillarining soddalashtirilishi, yangi turistik mahsulotlarning rivojlantirilishi hamda O‘zbekistonning xalqaro bozorlarda faol targ‘ib qilinishi ta’sir ko‘rsatmoqda.

💬Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook 🤩Youtube 💬Whatsapp
2,070002
Uzbekistan.travel logo
Uzbekistan.travel

23-sen, 2026, 10:12

Video
📍Комплекс Бурханиддин Маргинани — новая туристическая достопримечательность Ферганской области

Открытый в апреле 2026 года комплекс, спроектированный турецкой Studio Vertebra, посвящён наследию выдающегося исламского правоведа и мыслителя Бурханиддина Маргинани.

Здесь находятся гостиница, караван-сарай, центр ремесла, торговые и сервисные пространства, а также музейные и поэтические экспозиции. Комплекс объединяет историю, архитектуру и традиции Ферганской долины в одном пространстве.

Добавьте комплекс в свой маршрут по Ферганской области и откройте для себя ещё одну страницу культурного наследия Узбекистана ✨
______________

📍Burhoniddin Marg‘inoniy majmuasi — Farg‘ona viloyatining yangi sayyohlik maskani

2026-yil aprel oyida foydalanishga topshirilgan mazkur majmua Turkiyaning Studio Vertebra arxitektura studiyasi tomonidan loyihalashtirilgan bo‘lib, buyuk islom huquqshunosi, faqih va mutafakkir Burhoniddin Marg‘inoniyning ilmiy va ma’naviy merosiga bag‘ishlangan.

Majmua tarkibidan mehmonxona, karvonsaroy, hunarmandchilik markazi, savdo va xizmat ko‘rsatish maskanlari, shuningdek, muzey hamda she’riyatga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar o‘rin olgan. Mazkur maskan Farg‘ona vodiysining ko‘p asrlik tarixi, me’moriy an’analari va boy madaniy merosini yagona makonda mujassam etadi.

Majmua Farg‘ona viloyatining tarixiy-madaniy salohiyatini namoyon etuvchi yangi sayyohlik maskanlaridan biri sifatida tashrif buyuruvchilarga hududning boy merosi bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

Farg‘ona viloyati bo‘ylab sayohat yo‘nalishingizga Burhoniddin Marg‘inoniy majmuasini ham kiriting va O‘zbekistonning boy tarixiy hamda madaniy merosining yana bir muhim sahifasini kashf eting. ✨

💬Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook 🤩Youtube 💬Whatsapp
1,830004
Uzbekistan.travel logo
Uzbekistan.travel

22-sen, 2026, 19:08

Video
O‘zbekiston Parijda ilk bor gastronomik festivalda milliy stend bilan ishtirok etdi 🇫🇷

2026-yil 10–13-sentabr kunlari Parij shahridagi Konkord maydonida (Place de la Concorde) X Xalqaro gastronomik festival — Village International de la Gastronomie bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning ishtiroki “Milliy PR-markazi” DM tomonidan tashkil etildi.

Festival mehmonlari o‘zbek milliy taomlari, an’anaviy hunarmandchilik va madaniyatimiz bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Tadbir maydonida ochiq olovda palov, somsa va manti tayyorlanib, mehmonlarga o‘zbek shirinliklari hamda choyi tortiq qilindi. Miniatyura san’ati, to‘qimachilik mahsulotlari, kulolchilik buyumlari va choy to‘plamlari ham festival ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Buxorolik miniatyurachi rassom Xondamir Bo‘ronov festival doirasida mahorat darslarini o‘tkazib, tashrif buyuruvchilarga an’anaviy miniatyura san’ati va uni yaratish jarayoni haqida ma’lumot berdi.

O‘zbek milliy taomlariga ham qiziqish yuqori bo‘ldi. Jumladan, festivalda ishtirok etgan “Plov & Samsa” restorani tomonidan kuniga 1 000 tagacha somsa sotildi. Taomlar va ichimliklarga bo‘lgan talab shu qadar yuqori bo‘ldiki, ayrim mahsulotlar festival ish vaqti yakunlanishidan oldin tugab qoldi.

O‘zbekistonning festivalda ishtiroki Fransiyaning keng jamoatchiligiga mamlakatimizni milliy gastronomiya, an’anaviy hunarmandchilik va bevosita madaniy muloqot orqali keng tanishtirish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi.
____________________

Узбекистан впервые представил национальный стенд на гастрономическом фестивале в Париже 🇫🇷

С 10 по 13 сентября 2026 года на площади Согласия (Place de la Concorde) в Париже прошёл X Международный гастрономический фестиваль Village International de la Gastronomie. Участие Узбекистана было организовано ГУ «Национальный PR-центр».

Гости фестиваля познакомились с узбекской кухней, традиционными ремёслами и культурой. На площадке готовили плов на открытом огне, самсу и манты, подавали узбекскую пахлаву и чай. Особый интерес вызвали миниатюрная живопись, текстиль, керамика и чайные наборы.

Художник-миниатюрист из Бухары Хондамир Боронов проводил мастер-классы и рассказывал посетителям о традиционной технике создания миниатюр.

Высокий интерес вызвала и узбекская кухня: Plov & Samsa продавал до 1 000 самсы в день, а блюда и напитки регулярно заканчивались ещё до завершения работы фестиваля.

Участие стало возможностью представить Узбекистан широкой французской аудитории через гастрономию, ремёсла и живое культурное общение.

💬Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook 🤩Youtube 💬Whatsapp
1,700004
Uzbekistan.travel logo
Uzbekistan.travel

09-sen, 2026, 20:41

Video
🕌 Бухара — место, где время словно замедляется.
Древние стены, купола и минареты, узкие улочки старого города и тихие дворики создают ту самую атмосферу, ради которой сюда хочется приехать.

Здесь история ощущается не только в памятниках архитектуры, но и в ремеслах, традициях, местной кухне и гостеприимстве.

А за пределами Бухары открываются новые точки для путешествий. Среди них — туристическая деревня Ушот в Джандарском районе, где гостей ждут гостевые дома, ремесленные мастерские, «Дом культуры узбекского хлеба» и возможность познакомиться с жизнью и традициями региона 🌱
______________

🕌 Buxoro — go‘yo vaqt sekinlashadigan maskan.
Qadimiy devorlar, muhtasham gumbazlar va minoralar, Eski shaharning tor ko‘chalari hamda sokin hovlilari bu yerga xos o‘zgacha muhitni yaratadi.

Bu yerda tarixni nafaqat me’moriy obidalarda, balki hunarmandchilik, milliy an’analar, mahalliy taomlar va samimiy mehmondo‘stlikda ham his etish mumkin.

Buxorodan tashqarida ham sayohatchilarni o‘ziga chorlaydigan qiziqarli maskanlar ko‘p. Shulardan biri — Jondor tumanidagi Ushot turizm qishlog‘i. Bu yerda mehmon uylari, hunarmandchilik ustaxonalari, “O‘zbek noni madaniyati uyi” mavjud bo‘lib, sayohatchilar hududning hayoti va an’analari bilan yaqindan tanishishlari mumkin 🌱

💬 🌐 https://www.instagram.com/uzb_travel/?hl=ru 🌐 https://www.facebook.com/uzbekistan.tourism 🤩 https://www.youtube.com/c/UzbekistanTravel 💬 https://whatsapp.com/channel/0029VaHUNXs3mFYEotedQV1l
933006
Uzbekistan.travel logo
Uzbekistan.travel

09-sen, 2026, 20:41

Photo
Самарканд принял одного из самых известных пианистов мира — Ланг Ланга 🎶

6 сентября на площади Регистан он выступил вместе с Национальным симфоническим оркестром Узбекистана под управлением Алибека Кабдурахманова.

Музыка Рахманинова прозвучала на фоне легендарного Регистана — объекта Всемирного наследия ЮНЕСКО 🏛
_________________

Samarqand dunyoning eng mashhur pianinochilaridan biri — Lang Langni qarshi oldi! 🎶

6-sentyabr kuni u Registon maydonida O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri hamrohligida, dirijyor Aliбек Kabdurahmonov boshchiligida konsert berdi.

Raxmaninov musiqalari YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan afsonaviy Registon maydonida yangradi 🏛


💬 🌐 https://www.instagram.com/uzb_travel/?hl=ru 🌐 https://www.facebook.com/uzbekistan.tourism 🤩 https://www.youtube.com/c/UzbekistanTravel 💬 https://whatsapp.com/channel/0029VaHUNXs3mFYEotedQV1l
1,170005
Uzbekistan.travel logo
Uzbekistan.travel

09-sen, 2026, 20:41

Video
6-sentyabr kuni Toshkentda O‘zbekistonning yangi doimiy zamonaviy san’at markazi — CCA Tashkent o‘z faoliyatini boshladi.

Bu yerda zamonaviy san’at ko‘rgazma zallari, kutubxona, ijod mahsulotlari do‘koni, restoran, ta’lim makonlari va ochiq jamoat hududlari orqali turli shakllarda taqdim etiladi.
Markazning ilk ko‘rgazmasi doktor Sara Raza kuratorligidagi “Hikmah” loyihasi bo‘ldi. Ko‘rgazma mahalliy an’analar, ma’naviy meros va zamonaviy san’at o‘rtasidagi bog‘liqlikni ochib beradi.

CCA Tashkent O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan. Markaz dasturidan ko‘rgazmalar, ma’ruzalar, munozaralar, konsertlar, badiiy ijrolar, kino namoyishlari va ta’lim loyihalari o‘rin olgan.

📍 Toshkent shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 23A/2

Manzilni saqlab qo‘ying va zamonaviy san’at bilan yaqindan tanishish uchun bugunoq tashrif buyuring!
_____________

6 сентября в Ташкенте открылся CCA Tashkent — новый постоянный центр современного искусства Узбекистана.

Здесь оно представлено в разных форматах: выставочные залы, библиотека, концепт-стор, ресторан, образовательные пространства и открытые общественные зоны.

Первой выставкой центра стала «Hikmah» под кураторством доктора Сары Раза. Экспозиция исследует связь между локальными традициями, духовным наследием и современным искусством.

CCA Tashkent создан Фондом развития культуры и искусства Узбекистана. В программе центра — выставки, лекции, дискуссии, концерты, перформансы, кинопоказы и образовательные проекты.

📍 Шахрисабз, 23А/2, Ташкент

Сохраняйте адрес и начните знакомство с современным искусством уже сегодня!

💬 🌐 https://www.instagram.com/uzb_travel/?hl=ru 🌐 https://www.facebook.com/uzbekistan.tourism 🤩 https://www.youtube.com/c/UzbekistanTravel 💬 https://whatsapp.com/channel/0029VaHUNXs3mFYEotedQV1l
1,120005
Uzbekistan.travel logo
Uzbekistan.travel

09-sen, 2026, 20:41

Photo
🇺🇿 Приглашаем всех посетить стенд Узбекистана на MATTA Fair 2026!

С 4 по 6 сентября в Куала-Лумпуре проходит одна из крупнейших туристических выставок Малайзии — MATTA Fair. Узбекистан представляет на выставке свой туристический потенциал и знакомит посетителей с возможностями путешествий по стране.

Туристические связи между Узбекистаном и Малайзией активно развиваются, а для малайзийских путешественников действуют специальные условия для поездок в Узбекистан:

• 🇲🇾 безвизовый въезд в Узбекистан на срок до 30 дней;
• 🕌 уникальные комбинированные программы «Умра Плюс», объединяющие паломничество с культурными, гастрономическими и другими путешествиями;
• 🍽 развитая халяль-инфраструктура;
• 🎟 специальные скидки для малайзийских туристов на посещение исторических объектов, музеев и памятников архитектуры, а также на проживание и питание в межсезонье.

📍 Посетите стенд Узбекистана на MATTA Fair 2026 — наши представители расскажут подробнее о возможностях путешествий и ответят на все ваши вопросы.

Для представителей туристического бизнеса мы публикуем отдельные объявления, информацию о международных выставках, B2B-мероприятиях и другие полезные новости в сфере туризма на нашем B2B-канале:
🔗 B2B Tourism Uzbekistan 👈🏻✅
_________________

🇺🇿 MATTA Fair 2026: O‘zbekiston stendiga tashrif buyuring!

4–6-sentyabr kunlari Kuala-Lumpur shahrida Malayziyaning eng yirik turizm ko‘rgazmalaridan biri — MATTA Fair bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston ko‘rgazmada o‘zining turizm salohiyatini namoyish etib, tashrif buyuruvchilarni mamlakatimiz bo‘ylab sayohat qilish imkoniyatlari bilan tanishtirmoqda.

O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi turizm aloqalari jadal rivojlanmoqda. Malayziyalik sayohatchilar uchun O‘zbekistonga tashrif buyurishda qator qulay shart-sharoitlar mavjud:

• 🇲🇾 O‘zbekistonga 30 kungacha vizasiz kirish imkoniyati;
• 🕌 ziyoratni madaniy, gastronomik va boshqa sayohatlar bilan uyg‘unlashtiruvchi noyob “Umra Plus” dasturlari;
• 🍽 rivojlangan halol turizm infratuzilmasi;
• 🎟 mavsumdan tashqari davrda malayziyalik sayyohlar uchun tarixiy obyektlar, muzeylar va me’moriy yodgorliklarga tashrif buyurish, shuningdek, joylashtirish va ovqatlanish xizmatlaridan foydalanishda maxsus chegirmalar.

📍 MATTA Fair 2026 ko‘rgazmasida O‘zbekiston stendiga tashrif buyuring! Vakillarimiz mamlakatimiz bo‘ylab sayohat qilish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berib, barcha savollaringizga javob beradilar.

Turizm sohasi vakillari uchun alohida e’lonlar, xalqaro ko‘rgazmalar, B2B tadbirlari va turizm sohasidagi boshqa foydali yangiliklarni B2B-kanalimizda muntazam e’lon qilib boramiz:
🔗 B2B Tourism Uzbekistan 👈🏻✅
1,290008
Uzbekistan.travel logo
Uzbekistan.travel

09-sen, 2026, 20:41

Photo
🏛 Неделя музеев в Узбекистане!

Со 2 по 8 сентября граждане Узбекистана могут бесплатно посетить 114 государственных музеев.

Отправляйтесь за новыми впечатлениями: музеи-заповедники, дома-музеи и коллекции с уникальными экспонатами открыты для бесплатного посещения гражданами Узбекистана.

Самое время познакомиться с историей, искусством и культурным наследием страны — возможно, совсем рядом есть музей, в котором вы ещё не были.

📌 И приятный бонус: государственные музеи также можно бесплатно посещать в первое воскресенье каждого месяца.
__________________

🏛 O‘zbekistonda muzeylar haftaligi

2–8-sentyabr kunlari O‘zbekiston fuqarolari 114 ta davlat muzeyiga bepul tashrif buyurishlari mumkin.

Yangi taassurotlar sari yo‘l oling: muzey-qo‘riqxonalar, uy-muzeylar va noyob eksponatlarga boy kolleksiyalar O‘zbekiston fuqarolari uchun o‘z eshiklarini ochdi. Mamlakatimiz tarixi, san’ati va boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishishning ayni vaqti keldi - balki, siz hali kirmagan muzey yoningizdadir?

📌 Yana bir yaxshi yangilik: davlat muzeylariga har oyning birinchi yakshanbasida ham bepul tashrif buyurish mumkin.

💬 🌐 https://www.instagram.com/uzb_travel/?hl=ru 🌐 https://www.facebook.com/uzbekistan.tourism 🤩 https://www.youtube.com/c/UzbekistanTravel 💬 https://whatsapp.com/channel/0029VaHUNXs3mFYEotedQV1l
1,550002
Uzbekistan.travel logo
Uzbekistan.travel

09-sen, 2026, 20:41

Video
Представьте: бескрайняя солончаковая пустыня, масштабные арт-объекты, музыка, свет и люди со всего мира — и всё это посреди уникального ландшафта Узбекистана 🏜

Это YONAR — новый экспериментальный арт-фестиваль, который объединяет художников, архитекторов, инженеров, музыкантов, дизайнеров и путешественников, чтобы на несколько дней создать автономное пространство искусства в самом сердце природы 🔥

Здесь нет зрителей — каждый участник становится частью команды и вносит свой вклад в создание проекта. Станьте участником и Вы!

📍 Солончак Барсакелмес
📅 16–19 сентября 2026 года

Вход свободный! Главное: не забудьте палатки, вкусняшки и тёплую одежду 😉
__________________

Tasavvur qiling: cheksiz cho‘l, ulkan san’at obyektlari, musiqa, chiroq va butun dunyodan kelgan odamlar - bularning barchasi O‘zbekistonning betakror manzarasida 🏜

Bu YONAR - rassomlar, me’morlar, muhandislar, musiqachilar, dizaynerlar va sayyohlarni bir necha kun davomida tabiat bag‘rida mustaqil san’at makonini barpo etish uchun birlashtiruvchi yangi eksperimental san’at festivali 🔥

Bu yerda tomoshabinlar yo‘q - har bir ishtirokchi jamoaning bir qismiga aylanadi va loyihani yaratishga o‘z hissasini qo‘shadi. Siz ham ishtirok eting!

📍 Borsakelmas sho‘rxokligi
📅 2026-yil, 16-19-sentyabr

Kirish bepul! Asosiysi: chodir, shirinlik va issiq kiyimlarni unutmang 😉

💬 🌐 https://www.instagram.com/uzb_travel/?hl=ru 🌐 https://www.facebook.com/uzbekistan.tourism 🤩 https://www.youtube.com/c/UzbekistanTravel 💬 https://whatsapp.com/channel/0029VaHUNXs3mFYEotedQV1l
1,460004
Uzbekistan.travel logo
Uzbekistan.travel

09-sen, 2026, 20:41

Video
❗️ Hurmatli O‘zbekistonning turizm sohasi vakillari!

🇺🇿 Turizm qo‘mitasi sizlarni Ozarbayjon Respublikasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan “Joint Silk Road Highlights Tour” — Buyuk Ipak yo‘lining diqqatga sazovor maskanlari bo‘ylab qo‘shma tur loyihasida ishtirok etishga taklif etadi.

Road show tadbirlari quyidagi davlatlarda bo‘lib o‘tadi:

19-oktyabr — Berlin, Germaniya
20-oktyabr — Myunxen, Germaniya
21-oktyabr — Stokgolm, Shvetsiya
22-oktyabr — Xelsinki, Finlyandiya

Tadbir doirasida O‘zbekistonning turizm salohiyati taqdimoti, shuningdek, ushbu mamlakatning yetakchi turoperatorlari va turistik agentliklari bilan B2B uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu esa ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish hamda yangi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish uchun noyob imkoniyat yaratadi.

Mazkur tadbirlar O‘zbekistonning boy turizm salohiyati va madaniy merosini xalqaro maydonda targ‘ib etishda muhim qadam bo‘ladi.

Arizalar qabul qilish muddati: 10-sentyabr

Ishtirok etish va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi aloqa vositalari orqali bog‘lanishingiz mumkin:
📨 Elektron pochta manzili: [email protected]
📞 Tel.: +998 78 129 0990
✈️ Yaqinlaringizga ulashing!

❗️ Уважаемые представители туристической отрасли Узбекистана!

🇺🇿 Комитет по туризму приглашает вас принять участие в совместном туристическом проекте «Joint Silk Road Highlights Tour», реализуемом совместно с Республикой Азербайджан и посвящённом достопримечательностям Великого Шёлкового пути.

Мероприятия Road Show пройдут в следующих странах:

19 октября — Берлин, Германия
20 октября — Мюнхен, Германия
21 октября — Стокгольм, Швеция
22 октября — Хельсинки, Финляндия
В рамках мероприятия запланирована презентация туристического потенциала Узбекистана, а также проведение B2B-встреч с ведущими туроператорами и туристическими агентствами данной страны. Это создаст уникальную возможность для расширения деловых связей и налаживания новых партнёрских отношений.
Данные мероприятия станут важным шагом в продвижении богатого туристического потенциала и культурного наследия Узбекистана на международной арене.

Срок подачи заявок: 10 сентября

Для участия и получения дополнительной информации вы можете связаться с нами по следующим контактным данным.
📨 Электронная почта: [email protected]
📞 Тел.: +998 78 129 0990
✈️Поделитесь с друзьями!

💬 🌐 https://www.instagram.com/uzb_travel/?hl=ru 🌐 https://www.facebook.com/uzbekistan.tourism 🤩 https://www.youtube.com/c/UzbekistanTravel 💬 https://whatsapp.com/channel/0029VaHUNXs3mFYEotedQV1l
1,150000
Uzbekistan.travel logo
Uzbekistan.travel

09-sen, 2026, 20:41

Photo
🇺🇿 O‘zbekiston Venetsiyada bo‘lib o‘tayotgan Homo Faber 2026 ko‘rgazmasida zamonaviy hunarmandchilik merosini namoyish etmoqda

1–30-sentyabr kunlari Venetsiyada Michelangelo Foundation for Creativity and Craftsmanship tomonidan tashkil etilgan zamonaviy badiiy hunarmandchilikka bag‘ishlangan xalqaro Homo Faber 2026: An Island of Light ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston ko‘rgazmada O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (ACDF) ko‘magida ishtirok etib, mamlakatimizning boy hunarmandchilik merosi va uning zamonaviy taraqqiyotini namoyish etmoqda.

Fondazione Giorgio Cini ekspozitsiyasida 70 dan ortiq mamlakatdan 500 nafardan ziyod hunarmand tomonidan yaratilgan 700 dan ortiq ijodiy ishlar namoyish etilmoqda.

O‘zbekiston nomidan to‘rt nafar hunarmand ishtirok etmoqda. Ekspozitsiyadan Sanjar Kubayev va Alisher Nazirovning Moonjar nomli sopol kompozitsiyalari, shuningdek, Buxorolik temirchi ustalar sulolasi — Kamolovlar tomonidan an’anaviy usullardan foydalangan holda qo‘lda tayyorlangan besh juft badiiy qaychi o‘rin olgan.

Madina Qosimboyeva tashrif buyuruvchilar uchun so‘zana san’ati bo‘yicha ochiq mahorat namoyishlari o‘tkazib, an’anaviy kashtachilik usullari bilan tanishtirmoqda.

Hunarmandlarning yangi avlodi vakillari Diyorbek Abdullayev va Sabina Jo‘rayeva esa 23 mamlakatdan saralangan 90 nafar Young Ambassadors safida ishtirok etmoqda.

O‘zbekistonning ushbu tadbirdagi ishtiroki ACDF va Michelangelo Foundation o‘rtasida 2022-yilda boshlangan hamkorlikning izchil davomi hisoblanadi. O‘sha yili O‘zbekiston Homo Faber Guide loyihasiga qo‘shilgan Markaziy Osiyodagi birinchi mamlakat bo‘lgan. Bugungi kunda qo‘llanmada O‘zbekistondan 15 nafar usta haqida ma’lumot berilgan.

Homo Faber 2026 — O‘zbekistonning ushbu ko‘rgazmadagi ketma-ket ikkinchi ishtiroki bo‘lib, milliy hunarmandchiligimizning xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
_________

🇺🇿 Узбекистан представит современное ремесленное наследие на Homo Faber 2026 в Венеции

С 1 по 30 сентября в Венеции проходит Homo Faber 2026: An Island of Light — международная выставка современного художественного ремесла, организованная Michelangelo Foundation for Creativity and Craftsmanship.

Узбекистан участвует в выставке при поддержке Фонда развития культуры и искусства Узбекистана (ACDF), представляя богатое ремесленное наследие страны и его современное развитие.

В экспозиции в Fondazione Giorgio Cini представлены более 700 работ свыше 500 мастеров из более чем 70 стран.

Нашу страну представляют четыре мастера. Среди работ — керамические композиции Moonjars Санжара Кубаева и Алишера Назировa, а также пять художественных ножниц бухарской династии кузнецов Камаловых, выполненных вручную с использованием традиционных техник.

Мадина Касымбаева проводит открытые демонстрации искусства сюзане, знакомя посетителей с традиционными техниками вышивки.

Представители нового поколения — Диёpбек Абдуллаев и Сабина Жураева — вошли в число 90 Young Ambassadors из 23 стран.

Участие продолжает сотрудничество ACDF и Michelangelo Foundation, начавшееся в 2022 году. Тогда Узбекистан стал первой страной Центральной Азии, присоединившейся к Homo Faber Guide. Сегодня в гиде представлены 15 узбекских мастеров.

Homo Faber 2026 — второе подряд участие Узбекистана в выставке, укрепляющее международное присутствие национального ремесла.

💬 🌐 https://www.instagram.com/uzb_travel/?hl=ru 🌐 https://www.facebook.com/uzbekistan.tourism 🤩 https://www.youtube.com/c/UzbekistanTravel 💬 https://whatsapp.com/channel/0029VaHUNXs3mFYEotedQV1l
1,320001
Uzbekistan.travel logo
Uzbekistan.travel

25-avg, 2026, 16:57

Photo
Не знаете как провести 4 праздничных дня? Приглашаем Вас в Бустонлык! 🤩

Мы собрали маршрут по самым интересным местам Бустонлыка.
Горы, озёра, археологические памятники и незабываемые приключения – все это ждет Вас в одном из популярных туристических районов Ташкентской области! 🏞

🚗 Как добраться?
· На автомобиле или такси
· На автобусе №1226
· На электропоезде Ташкент–Чиноркент
Бустонлык находится недалеко от Ташкента, поэтому это удобное направление для короткого путешествия.

День 1
📍Угам-Чаткальский природный парк
Один из крупнейших природных парков Центральной Азии, включённый в список Всемирного наследия ЮНЕСКО.
Горы, водопады, озёра, живописные долины и туристические тропы.
Здесь обитают снежный барс, тянь-шаньский бурый медведь, сурок Мензбира, чёрный аист и другие редкие виды.

📍Нефритовые озёра Урунгач
Их главное украшение – необычный нефритовый оттенок воды.
Идеальное место, чтобы насладиться тишиной, горными пейзажами и чистой природой.

День 2
📍Путешествие сквозь тысячелетия
В Бустонлыке находятся древние археологические памятники и стоянки первобытных людей.
Некоторые из них свидетельствуют о присутствии человека в регионе более 40 000 лет назад.
Пещеры и стоянки Пальтау, Обирахмат, Ходжикент и Кульбулак, а также наскальные рисунки в урочище Карасау позволяют прикоснуться к истории региона.

📍Плато Пулатхан
Одно из самых впечатляющих горных мест Бустонлыка – высокогорное плато с отвесными скалами, панорамными видами и маршрутами для любителей горных походов.
Здесь можно почувствовать настоящую атмосферу дикого Тянь-Шаня.

День 3
Отправляйтесь навстречу горам
📍Чимган – популярное направление для горного туризма, пеших маршрутов и отдыха среди живописных пейзажей Тянь-Шаня. Высота Большого Чимгана достигает 3 309 метров над уровнем моря.
📍Amirsoy Mountain Resort – современный всесезонный горный курорт с канатными дорогами и разнообразными активностями для отдыха в горах.
🚁Вертолётные туры – воспользуйтесь услугой и увидьте Чимган, Чарвак и живописные горные пейзажи Бостанлыка с высоты птичьего полета.

День 4
🧗🏻Чарвак – для любителей экстрима
Окрестности Чарвакского водохранилища являются популярным местом для экстремального туризма.
Парапланеризм, альпинизм, скалолазание и ледолазание.
Помимо этого, здесь можно с ветерком покататься на скутере или же осмотреть окрестности на катамаране.
А главное – потрясающий вид на бирюзовую воду Чарвака и окружающие горы.

🏨Где остановиться?
В Бустонлыке легко найти вариант под любой формат отдыха:
· гостевые дома
· зоны отдыха
· отели и курортные комплексы
· места для отдыха на природе

🥘Что попробовать?
Гастрономические особенности района
Мастава – ароматный наваристый суп с мясом, рисом и овощами.
Шашлык – сочное мясо, приготовленное на углях.
Самса – хрустящая выпечка с сочной мясной начинкой.
Курт – традиционный кисломолочный продукт с насыщенным соленоватым вкусом.

Сохраняйте 4-дневный маршрут и отправляйтесь в праздничные выходные в Бустонлык! 🏞

💬 🌐 https://www.instagram.com/uzb_travel/?hl=ru 🌐 https://www.facebook.com/uzbekistan.tourism 🤩 https://www.youtube.com/c/UzbekistanTravel 💬 https://whatsapp.com/channel/0029VaHUNXs3mFYEotedQV1l
755001
Uzbekistan.travel logo
Uzbekistan.travel

25-avg, 2026, 16:57

Photo
4 kunlik bayram ta’tilini qanday o‘tkazish mumkin?
Bo‘stonliqqa yo‘l oling! 🤩

Biz Bo‘stonliqning eng qiziqarli maskanlari bo‘ylab marshrut ishlab chiqdik.
Tog‘lar, ko‘llar, arxeologik yodgorliklar va unutilmas sarguzashtlar – bularning bari sizni Toshkent viloyatining mashhur sayyohlik tumanlaridan birida kutmoqda!

🚗 Qanday borish mumkin?
•  Shaxsiy avtomobil yoki taksida
•  324M, 325M mikroavtobuslari Chinorkent – Beldersoy orqali
•  Amirsoy va Chimyon orqali“Toshkent–Chinorkent” elektropoezdida
Bo‘stonliq Toshkentga yaqin joylashganligi sababli u qisqa sayohat uchun qulay yo‘nalish hisoblanadi.

1-kun
📍Ugam-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i
Markaziy Osiyodagi eng yirik tabiat bog‘laridan biri bo‘lib, YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Tog‘lar, sharsharalar, ko‘llar, go‘zal vodiylar va sayyohlik so‘qmoqlari.
Bu yerda qor qoploni, Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i, Menzbir sug‘uri, qora laylak va boshqa noyob jonivorlar yashaydi.

📍Urungach nefrit ko‘llari
Ularning asosiy jozibasi – suvining g‘ayrioddiy nefrit rangida ekanligidir.
Sukunat, tog‘ manzaralari va toza tabiatdan bahramand bo‘lish uchun ideal maskan.

2-kun
📍Mingyilliklar osha sayohat
Bo‘stonliqda qadimiy arxeologik yodgorliklar va ibtidoiy odamlar makoni joylashgan.
Ularning ayrimlari ushbu hududda 40 ming yil avval ham inson yashaganidan dalolat beradi.
Paltov, Obirahmat, Xo‘jakent va Ko‘lbuloq g‘orlari va manzilgohlari, shuningdek, Qorasoy darasidagi qoyatosh suratlari hudud tarixi bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

📍Po‘latxon platosi
Bo‘stonliqning eng hayratlanarli tog‘li joylaridan biri – tik qoyalar, go‘zal manzaralar va tog‘ sayohati ishqibozlari uchun mo‘ljallangan yo‘nalishlarga ega baland tog‘ platosidir.
Bu yerda Tyan-Shanning asl muhitini his qilishingiz mumkin.

3-kun
Tog‘lar sari otlaning
📍Chimyon – tog‘ turizmi, piyoda sayr qilish va Tyan-Shanning go‘zal manzaralari qo‘ynida hordiq chiqarish uchun mashhur yo‘nalish. Katta Chimyonning cho‘qqisining balandligi dengiz sathidan 3309 metrga yetadi.

📍Amirsoy Mountain Resort – osma yo‘llari va tog‘da dam olish uchun turli xil mashg‘ulotlari mavjud bo‘lgan zamonaviy, yil davomida xizmat ko‘rsatuvchi tog‘-chang‘i kurorti.

🚁Vertolyotda sayr – bu xizmatdan foydalanib, Chimyon, Chorvoq va Bo‘stonliqning go‘zal tog‘ manzaralarini qush parvozi balandligidan tomosha qiling.

4-kun
🧗🏻Chorvoq – ekstremal sport ixlosmandlari uchun.
Chorvoq suv ombori atrofi ekstremal turizm uchun mashhur maskan hisoblanadi.
Paraplanda uchish, alpinizm, qoyaga va muzga chiqish shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, bu yerda suv skuteri sayridan bahramand bo‘lish yoki katamaranda atrofdagi manzaralarni tomosha qilish mumkin.
Eng asosiysi – Chorvoqning moviy suvi va atrofidagi tog‘larning ajoyib manzarasi.

🏨Qayerda tunash mumkin?
Bo‘stonliqda har qanday dam olish usuliga mos turar joy topish oson:
• mehmon uylari
• dam olish maskanlari
• mehmonxonalar va kurort majmualari
• tabiat qo‘ynida hordiq maskanlari

🥘Nimalarni tatib ko‘rish kerak?
Hududning o‘ziga xos taomlari:
Mastava – go‘sht, guruch va sabzavotlardan tayyorlanadigan xushbo‘y va to‘yimli sho‘rva.
Shashlik – cho‘g‘da pishirilgan go‘sht.
Somsa – sersuv qiyma solingan qarsildoq xamirli pishiriq.
Qurt – o‘ziga xos sho‘r ta’mga ega an’anaviy qatiq mahsuloti.


4 kunlik sayohat rejasini saqlab qo‘ying va bayram kunlari Bo‘stonliqqa yo‘l oling! 🏞

💬 🌐 https://www.instagram.com/uzb_travel/?hl=ru 🌐 https://www.facebook.com/uzbekistan.tourism 🤩 https://www.youtube.com/c/UzbekistanTravel 💬 https://whatsapp.com/channel/0029VaHUNXs3mFYEotedQV1l
679002
Uzbekistan.travel logo
Uzbekistan.travel

25-avg, 2026, 16:57

Video
Tonna uzum, quvonch va yorqin taassurotlar — Zarkent qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan "Uzum sayli" festivalidan qisqacha lavha!

Ikki kun davomida festival mehmonlari hudud mahsulotlarini tatib ko‘rish, uzumchilik an’analari bilan yaqindan tanishish va bayram tadbirlarida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldilar.

"Eng yaxshi pavilon" nominatsiyasida esa Surxondaryo viloyati vakillari g‘olib bo‘ldi!

Bunday festivallar O‘zbekistonni yangicha kashf etish uchun ajoyib imkoniyat. Tadbirlar taqvimini kuzatib boring, o'zingizga mos yo‘nalishinni tanlang va mamlakat hududlari bilan ularning ta’mi, an’analari va madaniyati orqali tanishing.
________________

Тонны винограда, веселье и яркие эмоции — коротко о том, как прошёл фестиваль «Узум сайли» в селе Заркент!

За два дня гости попробовали продукцию региона, узнали больше о традициях виноградарства и приняли участие в праздничных активностях.

А в номинации «Лучший павильон» победили участники из Сурхандарьинской области!

Такие фестивали — отличный повод открыть для себя Узбекистан с новой стороны. Следите за календарём событий, выбирайте направление и отправляйтесь знакомиться с регионами страны через их вкусы, традиции и культуру.

💬 🌐 https://www.instagram.com/uzb_travel/?hl=ru 🌐 https://www.facebook.com/uzbekistan.tourism 🤩 https://www.youtube.com/c/UzbekistanTravel 💬 https://whatsapp.com/channel/0029VaHUNXs3mFYEotedQV1l
770004

Showing 30 of 65 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Uzbekistan.travel Telegram kanali nima haqida?+

Uzbekistan.travel (@uzbekistan_travel) — tgdio da Sayohat va turizm toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 14 208 obunachi bor.

Uzbekistan.travel (@uzbekistan_travel) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @uzbekistan_travel ga bepul obuna bo‘ling.

Uzbekistan.travel yaxshi Sayohat va turizm kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Uzbekistan.travel reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 14 208 obunachi bor. O‘xshash Sayohat va turizm kanallar bilan solishtiring.

Uzbekistan.travel statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @uzbekistan_travel sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.