🙂 Uzbekistan Airways tarixining bir qismiga aylangan insonlar
Uzbekistan Airways’da alohida uchrashuv bo‘lib o‘tdi – rahbariyat va hamkasblar parvoz faoliyatini yakunlayotgan uchuvchilarga aviatsiya va aviakompaniyamizga bag‘ishlagan yillari uchun minnatdorchilik bildirish uchun yig‘ildilar.
"Uzbekistan Airways" AJ Boshqaruv raisi Shuxrat Xudaykulov uchuvchilarga murojaat qildi. U har bir xodimga professionalligi, mas’uliyati va o‘z ishiga fidoyiligi uchun minnatdorchilik bildirar ekan, parvozlar faoliyatining yakunlanishi aviakompaniya bilan xayrlashishni anglatmasligini alohida ta’kidladi. Ularning har biri Uzbekistan Airways jamoasining bir qismi bo‘lib qolmoqda, ularning bilim va tajribasi esa hamon talabga ega – jumladan, yosh uchuvchilarni tayyorlash va boshqa sohalarda.
Shu kuni to‘rtta uchuvchiga minnatdorchilik so‘zlari bildirildi:
👨✈️Oleg Serverovich Yagyaev – fuqarolik aviatsiyasida bir necha o‘n yillik tajribaga ega bo‘lib, ikkinchi uchuvchidan havo kemasi komandiri va uchuvchi-yo‘riqchi darajasiga ko‘tarilgan. Umumiy parvoz vaqti – 19 696 soat.
👨✈️Aleksandr Valentinovich Shabanov – Yak-40, RJ-85, Airbus A320 va Boeing, jumladan Boeing 787 samolyotlarida parvoz tajribasiga ega. 2022-yilda “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
👨✈️Muxtor Makkamdjanovich Komiljonov – Yak-40 va Il-62 dan Boeing 757/767 gacha bo‘lgan katta kasbiy yo‘l, ikkinchi uchuvchi va havo kemasi komandiri bo‘lib ishlagan.
👨✈️Daniil Mendeleyevich Simayev – ikkinchi uchuvchidan samolyot komandiri va Boeing 767 da uchuvchi-yo‘riqchi darajasiga ko‘tarildi.
Uchrashuv yakunida uchuvchilarga esdalik sovg‘alari va gullar topshirildi. Ammo bu kunning eng muhimi oddiy va samimiy “rahmat” so‘zi bo‘ldi.
Oleg Serverovich, Aleksandr Valentinovich, Muxtor Makkamdjanovich, Daniil Mendelevich – mehnatingiz, tajribangiz va aviatsiyaga bag‘ishlagan yillaringiz uchun rahmat. Uzbekistan Airways eshiklari siz uchun doimo ochiq.
https://www.uzairways.com/uz/press-center/news/uzbekistan-airways-tarixining-bir-qismiga-aylangan-insonlar🙂 Люди, ставшие частью истории Uzbekistan Airways
В Uzbekistan Airways состоялась особая встреча — руководство и коллеги собрались, чтобы поблагодарить пилотов, завершающих лётную деятельность, за годы, отданные авиации и нашей авиакомпании.
К пилотам обратился Председатель Правления АО «Uzbekistan Airways» Шухрат Худайкулов. Он поблагодарил каждого за профессионализм, ответственность и преданность своему делу, подчеркнув: завершение лётной деятельности не означает расставания с авиакомпанией. Каждый из них остаётся частью команды Uzbekistan Airways, а их знания и опыт по-прежнему востребованы — в том числе в подготовке молодых пилотов и других направлениях работы.
В этот день слова благодарности звучали в адрес четырёх пилотов:
👨✈️Олег Серверович Ягяев — несколько десятилетий в гражданской авиации, путь от второго пилота до командира воздушного судна и пилота-инструктора. Общий налёт — 19 696 часов.
👨✈️Александр Валентинович Шабанов — опыт полётов на Як-40, RJ-85, Airbus A320 и воздушных судах Boeing, включая Boeing 787. В 2022 году награждён орденом «Дўстлик».
👨✈️Мухтар Маккамджанович Камилджанов — большой профессиональный путь от Як-40 и Ил-62 до Boeing 757/767, работа вторым пилотом и командиром воздушного судна.
👨✈️Даниил Мендельевич Симаев — прошёл путь от второго пилота до командира воздушного судна и пилота-инструктора на Boeing 767.
В завершение встречи пилотам вручили памятные подарки и цветы. Но главным в этот день было простое и искреннее слово — «спасибо».
Олег Серверович, Александр Валентинович, Мухтар Маккамджанович, Даниил Мендельевич — спасибо за ваш труд, опыт и годы, отданные авиации. Двери Uzbekistan Airways всегда открыты для вас.
https://www.uzairways.com/ru/press-center/news/lyudi-stavshie-chastyu-istorii-uzbekistan-airways#uzbekistanairways