Robot soʻzi qayerdan kelib chiqqan?
🇺🇿
Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o‘tkazilgan "FIRST Global Challenge 2026" robototexnika bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi oltin medalni
qo‘lga kiritdi.
🥱 Yosh
muhandislar 16 ta o‘yinda 637 ball to‘plab, g‘alaba qozondi. Bunday yutuqlar zamirida
muhandislik bilimlari, texnologik izlanishlar va amaliy tajriba muhim ahamiyat kasb etadi.
🇨🇿 Bugungi kunda
robototexnika jadal rivojlanayotgan sohalardan biri hisoblanadi. "
Robot" atamasi 1920-yilda chex yozuvchisi
Karel Chapekning "R.U.R." pyesasi sababli
ommalashgan.
🙏 Bu so‘zning ildizi chex tilidagi mehnat ma’nosini anglatuvchi robota so‘ziga borib taqaladi. Asarda
robotlar insonlar o‘rniga mehnat qiladigan sun’iy ishchilar sifatida
tasvirlangan.
👍 Hozirda
robotlarning ko‘plab turlari mavjud bo‘lib, ular turli maqsad va muhitlarda
qo‘llaniladi. Tuzilishi esa mexanik qismlar, elektron komponentlar va dasturiy ta’minotdan iborat.
Siz ham oʻzbekcha Vikipediyadagi robotexnikaga oid mavjud maqolalar sifatini oshirishda oʻz hissangizni qoʻshishingiz mumkin.
Telegram |
Instagram |
Facebook |
YouTube