1/10Bugun Xoʻjayli tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimining koʻp yillik fidoyi mehnat faxriylari uchun tumanimizning eng tabarruk va tarixiy maskanlaridan biri boʻlmish "Mizdaxqon" majmuasiga maʼrifiy ziyorat tashkil etildi.
Ushbu xayrli tadbir davomida koʻp yillar davomida xalq salomatligi va osoyishtaligi yoʻlida mehnat qilgan faxriylarimiz majmuadagi ziyoratgohlarni tavof qilib, oʻtganlar ruhiga Qurʼon tilovat qildilar. El-yurtimiz tinchligi, obodligi hamda xalqimiz salomatligi tilab ezgu duolar qilindi.
Uzoq yillar birga yelkama-yelka mehnat qilgan nuroniylarimiz oʻzaro samimiy suhbat qurib, oʻtmish xotiralarini yodga oldilar hamda koʻtarinki kayfiyat va katta taassurotlar bilan qaytdilar. Bunday eʼtibor va gʻamxoʻrlik uchun mehnat faxriylari tashkilotchilarga oʻzlarining chuqur minnatdorchiligini bildirishdi.
Faxriylarimiz – bizning faxrimiz va bebaho boyligimizdir!
https://t.me/xojeli_ruwxiy









