1/2لا
Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, qadrli hamkasblar va ona tilimiz fidoyilari!
Sizlarni 21-oktyabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 37 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Ona tili — millatning ruhi, xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy boyligining bebaho timsolidir. Tilimizda ajdodlarimizning asriy orzu-intilishlari, boy madaniy merosi, ezgu qadriyatlari va xalqimizning betakror tafakkuri mujassam.
1989-yil 21-oktyabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi milliy davlatchiligimiz va ma’naviy hayotimiz tarixida muhim voqea bo‘ldi. Bu tarixiy sana ona tilimizning nufuzi va mavqeini yuksaltirish, uni asrab-avaylash hamda kelajak avlodlarga sof va boy holda yetkazish borasidagi mas’uliyatimizni yana bir bor eslatadi.
Bugungi globallashuv davrida ona tilimizning sofligini saqlash, uning imkoniyatlaridan samarali foydalanish, yoshlar qalbida milliy qadriyatlarga hurmat va tilga muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlash har birimizning sharafli burchimizdir. Zero, tilga ehtirom — millatga ehtirom, ona tilini qadrlash esa Vatanga bo‘lgan muhabbatning yorqin ifodasidir.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyati bo‘limi jamoasi nomidan barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, ezgu ishlaringizda muvaffaqiyat va ona tilimiz ravnaqi yo‘lidagi faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.
O‘zbek tilimizning nufuzi hamisha yuksak, qadri va jozibasi abadiy bo‘lsin! Ona tilimizni asrash, ardoqlash va kelajak avlodlarga yetkazishdek sharafli vazifada barchamiz hamjihat bo‘laylik!
Til bayramimiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
Andijon viloyati bo‘limi rahbari
N. Qashqabayeva


![НАБОР В АДМ× 𝒀𝒖𝒓𝒊 𝑪𝒐𝒏𝒇𝒆𝒔𝒔𝒊𝒐𝒏 & 𝑫𝒂𝒊𝒍𝒚 ✿ [🔪💜] Telegram channel](https://cdn.tgdio.com/channels/2026/08/YuriDDLCConfession.webp)






