1/2Agar siz Germaniyada haydovchilik guvohnomasini olishni rejalashtirayotgan, ammo narxi qimmatligi sababli o‘qishni ortga surayotgan bo‘lsangiz, yaqin orada vaziyat o‘zgarishi mumkin.
Germaniya transport vaziri Shteffen Bilger avtomaktablar islohotidan kutilayotgan aniq o‘zgarishlarni ma’lum qildi. Yangi qoidalar tufayli B toifasidagi haydovchilik guvohnomasini olish bir necha yuz yevroga arzonlashishi, ayrim hollarda esa tejamkorlik 1000 yevrogacha yetishi mumkin.
Hozirda haydovchilik guvohnomasini olish o‘rtacha qariyb 3400 yevroga tushmoqda.
Ya'ni:
1.Nazariy imtihon savollari bazasini qisqartirish.
2.Nazariyani onlayn formatga o‘tkazish. O‘quvchilar avtomaktabdagi barcha nazariy darslarga majburiy qatnashmasdan, materialni masofadan o‘rganishlari mumkin bo‘ladi.
3.Majburiy amaliy mashg‘ulotlar, jumladan, avtobandagi va tungi vaqtdagi maxsus haydash soatlarini qisqartirish.
4. Belgilangan talablarga rioya qilingan taqdirda, qarindoshlar hamrohligida amaliyot o‘tashga ruxsat berish.
Shu bilan birga, bu tashabbus bahslarga sabab bo‘lmoqda. Avtomaktab vakillari majburiy tayyorgarlikning qisqartirilishi hamda noprofessional instruktorlar bilan o‘quv mashg‘ulotlariga ruxsat berilishi yo‘l harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
O‘zgarishlar qachon kutilmoqda
Islohot kuchga kirishi uchun tegishli qonunchilik tartib-taomillari yakunlanishi zarur. Agar muddatlarga to‘liq amal qilinsa, yangi qoidalar 2027-yil boshidan amal qila boshlashi mumkin.
Shuni hisobga olish kerakki, islohot yakuniy tasdiqlangunga qadar uning shartlari va muddatlariga yana o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
🇺🇿🇩🇪Ekspat/Musofir kundaligi











