Shukronalik
Bugungi dorilamon kunlarga shukrona
Bugun yurtimizning qaysi bir hududiga nazar tashlamaylik, inson qadri, xalq farovonligi va odamlarning hayotini yanada yaxshilashga qaratilgan bunyodkorlik ishlari davom etayotganini ko‘ramiz.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlar odamlar hayotida, mahallalar qiyofasida va butun hududlar taraqqiyotida o‘z aksini topmoqda. Xususan,
https://t.me/chiroqchi_press ilgari og‘ir toifadagi hududlardan biri bo‘lgan “Zarbdor” mahallasida ko‘chalar obod bo‘lib, yo‘llar asfaltlashtirildi, elektr tarmoqlari yangilandi. Aholining uzoq yillik orzularidan biri bo‘lgan markazlashgan toza ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari ham boshlandi.
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi esa energetika sohasidagi yirik loyihalardan biri bo‘lgan Rabat GES foydalanishga topshirildi. Bu kabi zamonaviy loyihalar hududning energetik salohiyatini oshirish, aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash va kelajak taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qilmoqda.
esa inson qadri va ijtimoiy himoyaga qaratilgan amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda. E’tibor va ko‘makka muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatilib, ular uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini ta’minlash va farzandlarining sifatli ta’lim olishi uchun imkoniyatlar yaratilmoqda.
Bularning barchasi Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan islohotlarning xalqimiz hayotidagi amaliy ifodasidir.
https://gov.uz/oz/qashqadaryo| https://t.me/qashvilhokimligi| https://www.youtube.com/channel/UCOZydXk6DYT-w0kGprxIfwg| https://www.facebook.com/qashvilhokimlik| https://instagram.com/qashvilhokimligi| https://twitter.com/qashvilhokimlik