O‘zbek tilining nufuzini oshirish, uni qadrini yuksaltirishda tarixda bobolarimiz, yozuvchi, shoirlar, har bir millat vakili o‘z jasoratini ko‘rsatgan.
Orada tilimiz kesildi, cheklandi. Lekin yana qayta dunyoga kuch, jasorat bilan kirib keldi. Bu jasorat har birimizning qonimizda bo‘lishi, uni avaylab-asrashimiz eng katta mas’uliyatimizdir.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbek tili bayrami kuni belgilandi, jahon minbarlarida yangray boshladi. Ilm, texnika, raqamli tilga aylanmoqda.
Bayram arafasida biz o‘zbek tilining kechasi va bugunini shoirlarimiz satrlari orqali ifodalashga harakat qildik.
Alisher Navoiy, Rauf Parfi, Xurshid Davron, Halima Xudoyberdiyeva, Muhammad Yusuf, Erkin Vohidovning satrlarini bir qo‘shiqqa jamladik.
Sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda yaratilgan qo‘shiq va videorolik zamonaviy texnologiyalar hamda ona tilimizning ko‘p asrlik taraqqiyoti uyg‘unligining go‘zal namunasidir.
Bugun bayram arafasi yaqinlaringizga bu media mahsulotimizni ulashing, bayram bilan tabriklang.
Sifatli formatda bu yerda ko‘rishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=ipPyTus6LS4
@otabek_khasanov











