Yaponiya bugungi madaniyatga qanday erishgan?
Yaponiyaning toza ko‘chalari, tartibli jamiyati va o‘ziga xos turmush tarzi haqida gap ketganda, ko‘pincha bu xalqning yuksak madaniyati bilan izohlanadi. Ammo ularda ham doim bunday tartib bo‘lmagan.
Ko‘pchilik havas qiladigan yapon madaniyatining ortida yillar davomida ishlagan butun boshli tizim turibdi.
Ya’ni, jamiyatdan madaniyat talab qilishning o‘zi yetarli bo‘lmagan. Qoida ham bo‘lgan, nazorat ham, javobgarlik ham. Shu bilan birga, odamlarning o‘z hududi va jamoat joylariga munosabatini o‘zgartiradigan mexanizmlar yaratilgan.
Bu masala O‘zbekiston uchun ham dolzarb. Ko‘chani tozalashga qancha kuch va mablag‘ sarflanmasin, uni iflos qilish odat bo‘lib qolaversa, muammo yana qaytib kelaveradi.
Yaponiya odamlarni tozalik va tartibga qanday o‘rgatgan — batafsil videoda.
https://t.me/alisher_sadullaev