1/2Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon oziq-ovqat dasturi (WFP) xalqaro donorlar moliyalashtirishni keskin qisqartirgani sababli Gʻazo sektorida 500 ming nafar aholini oylik oziq-ovqat koʻmagidan mahrum qilishga majbur boʻlayotganini rasman maʼlum qildi.
Tashkilot hisobotiga koʻra, qahraton qish mavsumi kirib kelayotgan bir paytda yordam oluvchilar soni 1,6 milliondan 1,1 million nafarga tushirilgan, kundalik tarqatiladigan issiq ovqatlar soni esa 100 mingtaga kamaytirilgan. Bugungi kunda Gʻazo aholisining uchdan ikki qismi — 1,4 million inson oʻtkir oziq-ovqat inqirozida yashayotgan boʻlsa, yana 200 ming nafari agar shoshilinch oziq-ovqat yetkazib berilmasa, toʻgʻridan-toʻgʻri ochlikdan halok boʻlish xavfi ostida turibdi.
Bir burda quruq nonga zor boʻlib, qorin toʻygʻazish ilinjida navbatda turgan bolakaylar va goʻdaklarini boqishga ojiz onalarning dardi har bir toʻq inson qalbini larzaga solishi shart. Oʻz uyimizda issiq dasturxon atrofida, toʻkin neʼmatlar qurshovida oʻtirgan har bir kunimiz qanchalik bebaho ekanini mana shunday ogʻir haqiqatlar oldida chuqur anglaymiz.
Birovning och qornini toʻydirish, bir oilaning oʻchgan oʻchogʻiga iliqlik kiritish inson iymoni va mehr-oqibatining eng goʻzal ifodasidir. Oʻzgalar dardiga darmon boʻlish har birimizning qoʻlimizdan keladigan eng xayrli amallardandir.
💝 Siz ham muhtoj xonadonlarga iliqlik ulashish va bir oilaning qozonini qaynatishga yordam bermoqchi boʻlsangiz:
💳 Yurakamri-ehson sayti orqali Oziq-ovqat yoʻnalishiga ehson qilishingiz mumkin
❤️❤️❤️ rasmiy sahifalari:
✈️ Telegram • 📸 Instagram • ▶️ Youtube











