🇺🇿 ZARBDORDA MUSTAQILLIK BAYRAMI TANTANALI NISHONLANDI
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Zarbdor tumanida bayram tantanasi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tadbirda viloyat va tuman hokimligi vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari mas’ullari, nuroniylar, faxriylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Bayram dasturidan Vatanimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch va farovon hayoti, milliy qadriyatlarimiz hamda istiqlol yillarida erishilgan yutuqlarni tarannum etuvchi badiiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari o‘rin oldi.
Taniqli san’atkorlarning chiqishlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, bayram shukuhini yanada oshirdi.
Tantanali bayram dasturida namoyish etilgan rang-barang chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va unutilmas lahzalarni JizzaxTRK orqali yana bir bor tomosha qiling!
📺 Bugun | 29-avgust | 18:30
🎥
https://t.me/JizzaxTRK🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
https://gov.uz/oz/zarbdor| https://t.me/Zarbdor24kanal| https://www.facebook.com/groups/284110530016022| https://www.instagram.com/zarbdortumanhokimligi/| https://www.youtube.com/channel/UC85kR-asu37tc9yRbSfXD2g https://www.youtube.com/channel/UCYJSWs5icLrlLXbhouBIKdQ https://t.me/Zarbdor24kanal