Ziyo🕊️ Telegram channel photo

Ziyo🕊️

@ziyotargibotiPublic Channel

Andijon viloyati Qo'rg'ontepa tumani Ma'naviyat va Ma'rifat bo'limi islohatlari va muhim habarlari.

Ma'naviyato‘zbekOʻzbekiston

5

Last views

5.4k (5,356 subscribers)
A'zolar
—
Rating
35
Total Posts
Oct 17, 2026, 4:00 PM
Yangilangan
Apr 29, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameZiyo🕊️
Username@ziyotargiboti
CategoryMa'naviyat
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar5,356
Channel TypePublic Channel
Created29-apr, 2026
Last Updated17-okt, 2026 • 4 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#306511-689
Til reytingi
#1534-8
Toifa reytingi
#2082+3

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 5.4K30 Days growth: -701.3%
09/1809/2309/2810/0310/0810/1310/17
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
18:09:20265,426
19:09:20265,426
20:09:20265,544
21:09:20265,544
22:09:20265,544
23:09:20265,544
24:09:20265,544
25:09:20265,544
26:09:20265,544
27:09:20265,544
28:09:20265,544
29:09:20265,544
30:09:20265,544
01:10:20265,544
02:10:20265,544
03:10:20265,544
04:10:20265,544
05:10:20265,544
06:10:20265,544
07:10:20265,544
08:10:20265,544
09:10:20265,544
10:10:20265,544
11:10:20265,544
12:10:20265,544
13:10:20265,544
14:10:20265,544
15:10:20265,544
16:10:20265,544
17:10:20265,356
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 27:04:2026828
Week of 04:05:20265,771
Week of 11:05:20265,771
Week of 18:05:20265,771
Week of 25:05:20265,771
Week of 01:06:20265,771
Week of 08:06:20265,771
Week of 15:06:20265,771
Week of 22:06:20265,771
Week of 29:06:20265,771
Week of 06:07:20265,564
Week of 13:07:20265,564
Week of 20:07:20265,564
Week of 27:07:20265,564
Week of 03:08:20265,564
Week of 10:08:20265,564
Week of 17:08:20265,493
Week of 24:08:20265,493
Week of 31:08:20265,471
Week of 07:09:20265,426
Week of 14:09:20265,544
Week of 21:09:20265,544
Week of 28:09:20265,544
Week of 05:10:20265,544
Week of 12:10:20265,356
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 2026828
May 20265,771
June 20265,771
July 20265,564
August 20265,493
September 20265,544
October 20265,356
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20265,356

So'nggi postlar

Ziyo🕊️ logo
Ziyo🕊️

21-okt, 2026, 09:12

Photo1/2
Она тилимизга эҳтиром — муқаддас бурчимиз
Ўзбек тили — бой тарихга, бетакрор ифода имкониятларига ва улкан адабий меросга эга бўлган қадимий тиллардан бири. Алишер Навоий каби буюк мутафаккирларимиз ўз ижоди билан тилимизнинг гўзаллиги ва имкониятларини бутун оламга намоён этганлар.
Бугунги кунда давлат тилининг нуфузини ошириш, унинг софлигини асраш, адабий тил меъёрларига риоя қилиш, расмий ҳужжатлар ва жамоатчиликка тақдим этиладиган ахборотларда саводхонликни таъминлаш ҳар биримиздан масъулият талаб этади.
Айниқса, ёш авлод қалбида она тилига муҳаббат ва ҳурмат туйғусини шакллантириш, уларни тўғри ва равон сўзлашга, китоб мутолаасига, миллий адабиётимиз ва маънавий меросимизни ўрганишга ундаш муҳим аҳамиятга эга.

БАЙРАМИНГИЗ МУБОРАК АЗИЗ ЮРТДОШЛАР!

Тилагим ўзбек тилининг қадри ва нуфузи янада юксалсин.
Хар бир хонадонда она тилимизга меҳр ва эҳҳтиром устивор бўлсин!

Самимий қутлов ила
Республика маънавият ва маърифат маркази Қўрғонтепа туман бўлинмаси раҳбари Гулбаҳор Қосимова.
5000
Ziyo🕊️ logo
Ziyo🕊️

21-okt, 2026, 08:50

Video
#OnaTilim
#jonajon_tilim

ONA TILIM — MILLATIM FAXRI! 🇺🇿
Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va bebaho qadriyatimiz timsoli. Har bir so‘zida tariximiz, har bir ohangida xalqimizning qalbi mujassam bo‘lgan o‘zbek tilimizni sevish, asrash va uning nufuzini yuksaltirish barchamizning sharafli burchimizdir.
Ushbu she’riy video orqali ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtiromimizni izhor etamiz!
Ona tilimiz doimo barhayot, ravnaqimiz va faxrimiz bo‘lib qolsin!
✅Bizning kanalga  obuna bo‘ling va  kuzatishda davom eting. 👇

Telegram | Instagram | Facebook| Youtube |
9000
Ziyo🕊️ logo
Ziyo🕊️

21-okt, 2026, 08:19

Photo1/2
TILIMIZ — MILLATIMIZ G‘URURI, MA’NAVIYATIMIZ KO‘ZGUSI!
لا
Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, qadrli hamkasblar va ona tilimiz fidoyilari!

Sizlarni 21-oktyabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 37 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Ona tili — millatning ruhi, xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy boyligining bebaho timsolidir. Tilimizda ajdodlarimizning asriy orzu-intilishlari, boy madaniy merosi, ezgu qadriyatlari va xalqimizning betakror tafakkuri mujassam.

1989-yil 21-oktyabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi milliy davlatchiligimiz va ma’naviy hayotimiz tarixida muhim voqea bo‘ldi. Bu tarixiy sana ona tilimizning nufuzi va mavqeini yuksaltirish, uni asrab-avaylash hamda kelajak avlodlarga sof va boy holda yetkazish borasidagi mas’uliyatimizni yana bir bor eslatadi.

Bugungi globallashuv davrida ona tilimizning sofligini saqlash, uning imkoniyatlaridan samarali foydalanish, yoshlar qalbida milliy qadriyatlarga hurmat va tilga muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlash har birimizning sharafli burchimizdir. Zero, tilga ehtirom — millatga ehtirom, ona tilini qadrlash esa Vatanga bo‘lgan muhabbatning yorqin ifodasidir.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyati bo‘limi jamoasi nomidan barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, ezgu ishlaringizda muvaffaqiyat va ona tilimiz ravnaqi yo‘lidagi faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.

O‘zbek tilimizning nufuzi hamisha yuksak, qadri va jozibasi abadiy bo‘lsin! Ona tilimizni asrash, ardoqlash va kelajak avlodlarga yetkazishdek sharafli vazifada barchamiz hamjihat bo‘laylik!

Til bayramimiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
Andijon viloyati bo‘limi rahbari
N. Qashqabayeva
12000
Ziyo🕊️ logo
Ziyo🕊️

21-okt, 2026, 08:18

Video
АССАЛОМУ АЛАЙКУМ.

МУРОДБАХШ ЧОРШАНБА ТОНГИ МУБОРАК БЎЛСИН АЗИЗЛАРИМ! 🌸

🌿🏖️ Дастурхонингиздан қут барака аримасин,  Аллоҳим ризқингизни
кенг қилсин!

🍂Ғам-алам ҳамиша
остонангиздан йироқ бўлсин!
11000
Ziyo🕊️ logo
Ziyo🕊️

20-okt, 2026, 19:55

Video
“Janob Prezident, siz mamlakatingizni dunyoga ochdingiz” — Marko Rubio

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investisiya kengashining yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev islohotlariga yuqori baho berdi.


Rasmiy sahifalarimiz👇
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram
28000
Ziyo🕊️ logo
Ziyo🕊️

20-okt, 2026, 19:34

Jamiyat o‘zgarishi uchun ziyolilar so‘zi va tashabbusi muhim

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati ekspertlari, taniqli olimlar, yozuvchilar va ziyolilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda jamiyatning ma’naviy holati, axloq va oila qadriyatlari, farzand tarbiyasi, ota-ona mas’uliyati, shuningdek, milliy yuksalishning kelgusi o‘n yilligidagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi. Ishtirokchilar mavjud muammolar yuzasidan fikr almashib, ularning yechimiga qaratilgan amaliy takliflarni ilgari surdilar.

Shuningdek, oktyabr-dekabr oylarida hududlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan "Ma’rifat haftaligi" doirasidagi loyihalar, ularning mazmun-mohiyati va amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Asosiy maqsad – ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, ziyolilar va jamoatchilik hamkorligini mustahkamlash, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhit va yuksak mas’uliyat tuyg‘usini qaror toptirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram
31000
Ziyo🕊️ logo
Ziyo🕊️

20-okt, 2026, 15:44

Photo1/12
#sayoxat

Qorasuv shahar axborot-kutubxona markazida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Tilga ehtirom — elga ehtirom” nomli kitob ko‘rgazmasiga òquvchi yoshlar ishtirokida sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida ishtirokchilarga o‘zbek tilining boy tarixi, betakror jozibasi, milliy qadriyatlarimiz va ma’naviy merosimizdagi o‘rni haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ko‘rgazmadan o‘rin olgan ona tilimizga bag‘ishlangan kitoblar, badiiy asarlar hamda tilshunoslikka oid adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirildi.

|Facebook |Instagram |Telegram |Twitter
37000
Ziyo🕊️ logo
Ziyo🕊️

20-okt, 2026, 08:52

Photo1/20
Андижон — туркий халқлар маданияти, санъати ва ижодий ҳамкорлиги марказига айланмоқда.

Хабарингиз бор, Андижон шаҳрида IV ТУРКСОЙ халқаро театр фестивали, ТУРКСОЙ театр раҳбарларининг учрашувлари, V Туркий дунё музейлари учрашуви ҳамда ТУРКСОЙ музейлар уюшмасининг V даврий йиғилишини ўтказиш белгиланган.

Айни дамда халқаро фестиваль доирасида XII ТУРКСОЙ театр раҳбарларининг йиғилиши бўлиб ўтмоқда. Унда Қозоғистон, Туркия, Озарбайжон, Туркманистон ва Қирғизистон давлатларининг театр санъати соҳаси вакиллари иштирок этмоқда.

Мазкур нуфузли анжуман туркий халқларнинг бой маданий мероси ва саҳна санъати анъаналарини ўзаро уйғунлаштириш, ижодий алоқаларни мустаҳкамлаш ҳамда театр санъатининг истиқболларини белгилаш йўлидаги муҳим мулоқот майдонига айланмоқда.

Йиғилиш давомида театрлар ўртасида тажриба алмашиш, замонавий саҳна ижодининг долзарб масалалари, томошабин қалбига йўл топадиган, жамиятни ўйлашга ва мушоҳада қилишга ундайдиган асарларни яратиш борасидаги фикр-мулоҳазалар ўртага ташланмоқда. Шунингдек, соҳадаги мавжуд муаммолар ва уларнинг ечимлари юзасидан амалий таклифлар илгари сурилмоқда.

Зеро, театр — халқлар қалбини бирлаштирувчи, маънавиятни юксалтирувчи ва миллатлар ўртасидаги дўстликни мустаҳкамловчи бебаҳо санъатдир.

Андижонда ўтаётган мазкур халқаро учрашув ҳам туркий халқлар ўртасидаги маданий ҳамжиҳатликни янада мустаҳкамлаш, театр санъатини янги ижодий ғоялар ва ҳамкорлик ташаббуслари билан бойитишга хизмат қилади.

Andijan.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
44000
Ziyo🕊️ logo
Ziyo🕊️

03-sen, 2026, 14:17

Photo
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari, keksa avlod vakillari, ijtimoiy ko‘makka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ezgulik karvoni” xayriya aksiyasini o‘tkazish, shuningdek, mahalla va nuroniylar bilan birgalikda “Ezgulik karvoni” xayriya aksiyasini o‘tkazish vazifalari belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘rg‘ontepa tumanida mahalla va nuroniylar bilan birgalikda “Ezgulik karvoni” xayriya aksiyasi tashkil etildi.
Aksiya doirasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari, keksa avlod vakillari hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarning holidan xabar olinib, ular bilan samimiy suhbatlar o‘tkazildi. Fuqarolarning muammo va ehtiyojlari o‘rganilib, ularga ma’naviy va amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
Shuningdek, aniqlangan muammolarni hal etish, keksa avlod vakillari va ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mahalla va nuroniylar bilan birgalikda zarur choralar belgilab olindi.
5000
Ziyo🕊️ logo
Ziyo🕊️

03-sen, 2026, 14:17

Photo
Республика маънавият ва маърифат маркази Қўрғонтепа туман бўлими раҳбари томонидан Пайшанба ёшлар куни муносабати билан Қўштепа МФЙ худудида ёшлар билан учрашув ташкил этилди.
Учрашувда ёшлар муаммолари , уларни бартараф этиш чоралари тўғрисмда фикрлар билдирди.
Айниқса тадбиркорлик, ўзини ўзи банд қилиш масаласида кредитлар олиш , тўғри режа орқали фаолиятини бошлаш тўғрисида керакли тавсиялар берилиб, МФЙ еттилиги орқали чоралар белгилаб олинди.
11000
Ziyo🕊️ logo
Ziyo🕊️

03-sen, 2026, 14:17

Photo
2026-yil 2-sentabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘linmasi mutaxassisi A. Usmonov “Ma’naviy ko‘makchi” sifatida o‘ziga biriktirilgan A. Yassaviy MFY hududida joylashgan 57-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida shaxsan ishtirok etdi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yangi o‘quv yili munosabati bilan yo‘llagan tabrigi o‘quvchilar, ustozlar va tadbir ishtirokchilariga o‘qib eshittirildi.
Shuningdek, “Ma’naviy ko‘makchi” tashabbusi doirasida o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida maktab kutubxonasi fondiga badiiy kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.
18000
Ziyo🕊️ logo
Ziyo🕊️

03-sen, 2026, 14:17

Photo
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga https://president.uz/oz/lists/view/9571

Aziz farzandlarim!
Qadrli ustoz va murabbiylar!
Hurmatli ota-onalar!

Barchangizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ bayramiga uyg‘un va hamohang holda o‘tayotgan Bilimlar kuni bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman.

Ushbu quvonchli ayyomda beg‘ubor nigohlarida hayrat va hayajon uchqunlari porlab, katta orzu-intilishlar bilan maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan 800 ming nafarga yaqin o‘g‘il-qizlarimizga, ota-onalar va pedagoglar jamoatchiligiga o‘zimning ezgu tilaklarimni bildiraman.

Yangi o‘quv yili mamlakatimizning butun ta’lim tizimida, maktab, litsey, texnikum va oliygohlarimiz hayotida yangi ma’rifiy yuksalish yili bo‘lsin!

Hurmatli bayram ishtirokchilari!

Keyingi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlarimiz tufayli Yangi O‘zbekiston maktablari butunlay yangicha qiyofa kasb etib, ta’lim sifati takomillashib borayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz.

Ana shunday muhitda ulg‘ayib, kamolga yetayotgan, o‘qish, kasbiy ta’lim, “Ay-ti”, ijodiy izlanishlar, sport, jamoat ishlarida dastlabki yutuqlari bilan ota-onalar va ustozlarni xursand qilayotgan o‘g‘il-qizlarimiz – bizning nurli kelajagimiz, oltin fondimizdir.

Bunday bilimli, zukko, tirishqoq va intiluvchan, saflari yil sayin kengayib borayotgan farzandlarimiz timsolida biz Uchinchi Renessans nihollarini ko‘ramiz. Ularning har birini gurkirab o‘sadigan azim daraxt, yorug‘ istiqbolimiz ustunlari etib tarbiyalash – muqaddas vazifamizdir.

Hech shubhasiz, bunday ulug‘ maqsadlarga yetishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladigan ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirishga biz bundan buyon ham ustuvor ahamiyat qaratamiz. Maktab bag‘ridan katta hayotga yo‘llanma oladigan farzandlarimiz puxta bilim bilan birga, albatta kamida bitta zamonaviy kasb-hunarni egallab chiqishi uchun barcha sharoitlarni yaratamiz. Buning uchun hududlarda “Kasblar shaharchalari”ni yaratib, zamonaviy tajriba hamda ilg‘or mutaxassislarni jalb etamiz.

Aziz farzandlarim, sizlarga baxtli va saodatli hayot eshiklarini ochadigan kalit ham, umr yo‘llaringizda paydo bo‘ladigan murakkab savollarning yechimi, sinov va mashaqqatlarni yengib o‘tishning kafolati ham faqat bilim, bilim va bilimdir. Go‘zal yoshlikning har bir daqiqasini qadrlab, yangi ilm, g‘oya va innovatsiyalarni, kasb va hunarlarni, ona tilimiz, boy tariximiz va madaniyatimiz asoslarini puxta egallang. Jahon tarixi va xorijiy tillarni ham astoydil o‘rganing. Izlanish va harakatdan hech qachon to‘xtamang.

Ajdodlarimizdan meros bo‘lgan tabarruk zaminimizni butun qalbingiz, yuragingiz bilan seving, xalqimiz va Vatanimizga cheksiz sadoqat tuyg‘ulari bilan yashang!

Shu yo‘lda mehribon ustozlaringiz, ota-onalaringizni eng yaqin do‘st va maslahatchi deb biling!

Sizlarga yangi o‘quv yilini a’lo baholar bilan boshlab, har bir o‘quv choragini muvaffaqiyatli yakunlashni, sihat-salomatlik, omad va zafar yor bo‘lishini tilayman.

Bilimlar bayrami barchangizga muborak bo‘lsin, aziz farzandlarim!

Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

https://president.uz/| https://www.facebook.com/Mirziyoyev/| https://www.instagram.com/mirziyoyev_sh/| https://www.youtube.com/channel/UC61Jnumjuz8NXhSuLoZD2xg| https://x.com/president_uz
24000
Ziyo🕊️ logo
Ziyo🕊️

03-sen, 2026, 14:17

Photo
2026-yil 2-sentabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘linmasi rahbari Gulbahor Qosimova “Ma’naviy ko‘makchi” sifatida o‘ziga biriktirilgan Sharhonsay MFY hududida joylashgan 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida shaxsan ishtirok etdi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yangi o‘quv yili munosabati bilan yo‘llagan tabrigi o‘quvchilar, ustozlar va tadbir ishtirokchilariga o‘qib eshittirildi.
2026–2027-o‘quv yilida mazkur maktabning 1-sinfiga 280 nafar o‘quvchi qabul qilingani ma’lum qilindi. Tadbirda 2200 nafarga yaqin o‘quvchi, shuningdek, maktab rahbariyati, pedagogik jamoa hamda ota-onalar ishtirok etdi.
Shuningdek, “Ma’naviy ko‘makchi” tashabbusi doirasida o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida maktab kutubxonasi fondiga badiiy kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.
26000
Ziyo🕊️ logo
Ziyo🕊️

03-sen, 2026, 14:17

Photo
🇺🇿 E’TIROF VA E’ZOZ — MEHNATGA YUKSAK BAHO!

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimiz taraqqiyoti, ma’naviy-ma’rifiy hayotini yuksaltirish yo‘lida fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir guruh soha va hudud rahbarlari yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldilar.

🎖 Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyati bo‘limi rahbari hamda bir guruh tuman va shahar rahbarlari Prezidentimiz tomonidan ta’sis etilgan ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Ushbu mukofot — Vatanga sadoqat, xalq xizmatiga daxldorlik va ma’naviy-ma’rifiy sohadagi samarali mehnatning munosib e’tirofidir.

🏅 Yuksak e’tirof muborak bo‘lsin!
🇺🇿 Yurt ravnaqi, xalq farovonligi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lidagi ezgu faoliyatlaringiz bardavom bo‘lsin!
https://www.instagram.com/reel/DcooAp0otSL/?igsi=MWdqbDY0cnl3bjBmcQ==
✅Bizning kanalga  obuna bo‘ling va  kuzatishda davom eting. 👇

https://t.me/Andijonim_fidoyilarii | https://www.instagram.com/andijonim_fidoyilari?utm_source=qr&igsh=Zjl0bTJraWxsNjZj | https://www.facebook.com/share/1G1GzMwArH/| https://youtube.com/@andijon_fidoyilari?si=Y5tS23BMq1Ht8LOo |
34000
Ziyo🕊️ logo
Ziyo🕊️

03-sen, 2026, 14:17

Video
🇺🇿 Ўзбекистоннинг 10 йиллик йўли

Мамлакат мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган ушбу аудио-визуал асарда сўнгги 10 йил давомида босиб ўтилган машаққатли, аммо шарафли йўл ҳақида ҳикоя қилинади.

Кўринг ва тафаккур қилинг!

https://t.me/Tafakkur3
29000
Ziyo🕊️ logo
Ziyo🕊️

01-sen, 2026, 06:05

Video
🇺🇿Бундан роппа-роса 34 йил аввал, 1991-йил, 31-август:

“Мен шу бугундан эътиборан 1-сентябрни Мустақиллик куни – умумхалқ байрами деб эълон қилишни таклиф этаман!” – Ислом Абдуғаниевич Каримов

https://www.instagram.com/reel/DcooAp0otSL/?igsi=MWdqbDY0cnl3bjBmcQ==#Mustaqillik
#UZB_35

35 yoshing muborak bo'lsin, O'ZBEKISTONIM!

✅Bizning kanalga  obuna bo‘ling va  kuzatishda davom eting. 👇

https://t.me/Andijonim_fidoyilarii | https://www.instagram.com/andijonim_fidoyilari?utm_source=qr&igsh=Zjl0bTJraWxsNjZj | https://www.facebook.com/share/1G1GzMwArH/| https://youtube.com/@andijon_fidoyilari?si=Y5tS23BMq1Ht8LOo |
22000
Ziyo🕊️ logo
Ziyo🕊️

01-sen, 2026, 06:05

Video
#Xayrli_tong

🌞Assalomu alaykum! Dushanba tongi muborak bo‘lsin!

🌺Kirib kelgan yangi kun, yangi hafta barchaga muborak bo‘lsin!

🌺Uyingizga nur, oilangizga baxt tilayman!

31 avgust, dushanba

✅Bizning kanalga  obuna bo‘ling va  kuzatishda davom eting. 👇

https://t.me/Andijonim_fidoyilarii | https://www.instagram.com/andijonim_fidoyilari?utm_source=qr&igsh=Zjl0bTJraWxsNjZj | https://www.facebook.com/share/1G1GzMwArH/| https://youtube.com/@andijon_fidoyilari?si=Y5tS23BMq1Ht8LOo |
25000
Ziyo🕊️ logo
Ziyo🕊️

01-sen, 2026, 06:05

Photo
#TABRIK
#MUSTAQILLIK_35

MUSTAQILLIK — MILLIY G‘URURIMIZ VA BUYUK TAYANCHIMIZ

Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, qadrli vatandoshlar!

Sizlarni xalqimizning eng ulug‘ va eng qadrli ayyomi — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Mustaqillik — biz uchun oddiy bir sana emas. U millatning o‘zligini namoyon etgan, qalblarimizga erkinlik tuyg‘usini, kelajakka ishonch va Vatanga daxldorlik mas’uliyatini singdirgan buyuk ne’matdir.

Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorliklar, yoshlarimizning ilm-u hunarga intilishi, xalqimizning farovon hayoti — istiqlol bergan imkoniyatlarning yorqin ifodasidir.

Yurtimizning osmoni hamisha musaffo, bayrog‘imiz hamisha baland, Mustaqilligimiz esa mangu va bardavom bo‘lsin!

35 yillik qutlug‘ Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!

Qashqabayeva Nigora Baxtibekovna
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyati bo‘limi rahbari


https://t.me/Andijonim_fidoyilarii | https://www.instagram.com/andijonim_fidoyilari?utm_source=qr&igsh=Zjl0bTJraWxsNjZj | https://www.facebook.com/share/1G1GzMwArH/| https://youtube.com/@andijon_fidoyilari?si=Y5tS23BMq1Ht8LOo |
34000
Ziyo🕊️ logo
Ziyo🕊️

01-sen, 2026, 06:05

Video
#Xayrli_tong

🌞Assalomu alaykum! Dam olish kuningiz, Yakshanba tongi muborak bo‘lsin!

🌺Bugungi dam olish kuningiz fayzli va barokatli bo‘lsin!

🌺Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat tark etmasin!

🌺Baxt va omad hamisha hamrohingiz bo'lsin!

30 avgust, yakshanba

✅Bizning kanalga  obuna bo‘ling va  kuzatishda davom eting. 👇

https://t.me/Andijonim_fidoyilarii | https://www.instagram.com/andijonim_fidoyilari?utm_source=qr&igsh=Zjl0bTJraWxsNjZj | https://www.facebook.com/share/1G1GzMwArH/| https://youtube.com/@andijon_fidoyilari?si=Y5tS23BMq1Ht8LOo |
32000
Ziyo🕊️ logo
Ziyo🕊️

01-sen, 2026, 06:05

Video
#live
Айни дақиқаларда Бобур шаҳрида Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг 35 йиллик айёмига бағишланган улкан шодиёна ва тантанали маданий дастур старт олиш арафасида турибди.

Мажмуа атрофида байрамона муҳит ҳукм сурмоқда, ҳудудда юксак тайёргарлик ишлари якунига етказилиб, кенг жамоатчилик вакиллари, соҳа фидойилари ҳамда мартабали меҳмонлар йиғилишмоқда.

Қўрғонтепа туман ҳокимлиги ахборот хизмати

Саҳифа: https://t.me/kurgantepa_press

https://youtube.com/@kurgantepaPress?si=flw86NnGg-q8H0YI | https://www.facebook.com/profile.php?id=61557180135787&mibextid=L | https://www.instagram.com/kurgantepa_press?igsh=aXZ1enNmcDkwbXpo&utm_source=qr
32000
Ziyo🕊️ logo
Ziyo🕊️

01-sen, 2026, 06:05

Video
#Xayrli_tong

🌞Assalomu alaykum! Shanba tongi  muborak bo‘lsin!

🌺Allohim tongingizni nurafshon,
🌺Ko‘nglingizni xotirjam,
🌺Chehrangizni nurli qilsin.
🌺Tanangizni salomatlik,
🌺Yuzingizni esa tabassum bezab tursin!
🌺Baxt,omad, muvaffaqiyat, mehr-muhabbat hamisha hamroxingiz bo‘lsin!

29 avgust, shanba

✅Bizning kanalga  obuna bo‘ling va  kuzatishda davom eting. 👇

https://t.me/Andijonim_fidoyilarii | https://www.instagram.com/andijonim_fidoyilari?utm_source=qr&igsh=Zjl0bTJraWxsNjZj | https://www.facebook.com/share/1G1GzMwArH/| https://youtube.com/@andijon_fidoyilari?si=Y5tS23BMq1Ht8LOo |
34000
Ziyo🕊️ logo
Ziyo🕊️

01-sen, 2026, 06:05

Photo
Қўрғонтепа туманида ўтказилган Мустақиллигимизнинг 35 йиллигига бағишланган байрам тадбирлари шукуҳи ва қувончга бой "Salute show" – мушакбозлик билан ўз ниҳоясига етди.

Қўрғонтепа туман ҳокимлиги ахборот хизмати

Саҳифа: https://t.me/kurgantepa_press

https://youtube.com/@kurgantepaPress?si=flw86NnGg-q8H0YI | https://www.facebook.com/profile.php?id=61557180135787&mibextid=L | https://www.instagram.com/kurgantepa_press?igsh=aXZ1enNmcDkwbXpo&utm_source=qr
33000
Ziyo🕊️ logo
Ziyo🕊️

08-may, 2026, 06:56

Photo
#Kazbek #Taqdimot

📣 Joriy yilning 9-may kuni soat 18:00da “O‘ZBEK ARSLONI” badiiy filmining katta taqdimot marosimi bo’lib o’tadi

🎬 “O‘ZBEK ARSLONI” — jasorat va insoniylik haqida kuchli tarixiy drama

Ikkinchi jahon urushi fonida yaratilgan ushbu film oddiy qishloq yigitining buyuk sinovlar yo‘lidagi taqdirini hikoya qiladi. Asar markazida — Mamadali Topivoldiyev. U frontda mislsiz jasorat ko‘rsatib, dushman ortidagi xavfli operatsiyalarda qatnashadi. Og‘ir yaralansa-da, iroda va do‘stlik uni tirik saqlab qoladi. Partizanlar safida esa u “Kazbek” laqabi bilan afsonaga aylanadi.

Filmda jang maydonidagi qahramonlik bilan birga, insoniy rishtalar ham chuqur ochib beriladi. Vanya Rilkov bilan samimiy do‘stlik, begona yurtda ham ona mehrini topish kabi lavhalar tomoshabinni befarq qoldirmaydi.

Urushdan keyin Mamadali tinchlikning haqiqiy qadrini anglab, qishloqni tiklash yo‘lida kurashadi. Kolxoz raisi sifatida u nafaqat iqtisodiy, balki ma’naviy yuksalish — maktablar, klublar qurish, odamlar qalbiga umid berishni o‘z oldiga maqsad qiladi. Ammo bu yo‘lda ham u shubha, hasad va adolatsizlikka qarshi kurashishga majbur bo‘ladi.

“Qahramonlik faqat jangda emas — tinchlikni asrashda ham namoyon bo‘ladi.”

📌 “KAZBEK” — bu nafaqat urush qahramoni haqida hikoya, balki haqiqiy g‘alaba inson qalbi va jamiyatni tiklashda ekanini eslatuvchi ta’sirchan drama.

✅ Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
🌐 https://uzbkino.uz/ 🔵 https://www.facebook.com/uzbekkino.uz/
📷 https://www.instagram.com/uzkinematografiya_official 🚀 https://t.me/uzbekkinopress
9000
Ziyo🕊️ logo
Ziyo🕊️

08-may, 2026, 06:56

Photo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-308-son qarorida vazirlik va idoralarga yuklatilgan vazifalar ijrosini amalga oshirish yuzasidan nazorat-rejaning 32-bandida qaror va dastur ijrosini nazorat qilish va bajarilgan ishlar haqida ma’lumot kiritib borish vazifasi yuklangan.
Ushbu qaror ijrosini ta`minlash maqsadida viloyati bo‘limi hamda tuman (shahar) bo‘linmalari, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkilot va korxonalardagi ish hujjatlari, aholi
gavjum joylarga o‘rnatilgan reklama va targ‘ibot bannerlarining davlat tili me’yorlariga amal qilinganlik holati o‘rganish.
Qo’rg’ontepa tumanidagi tadbirkorlik qilayotgan fuqarolarni do’konlari pechtog’idagi yozuvlarni o’rganish ishlari olib borildi.
28000
Ziyo🕊️ logo
Ziyo🕊️

08-may, 2026, 06:56

Шунингдек МФЙ фахрий нуронийлари ва ўқувчи ёшлар билан мактаб кутубхонасида китобхонлик дебти ўтказилиб, қизиқарли давра сухбати ташкил этилди.
24000
Ziyo🕊️ logo
Ziyo🕊️

08-may, 2026, 06:56

Республика маънавият ва маърифат маркази Қўрғонтепа туман бўлинмаси раҳбари томонидан Пайшанба ёшлар куни муносабати билан Устоз ва Ибн Мино МФЙлари худудидаги 1-умумий ўрта таълим мактаби ёшлари ўртасида маънавий ва маърифий тадбирлар ўтказилжи.
Тадбирда Андижон вилоят Адлия бошқармаси бошлиғи Отабек Бозоров иштирок этиб, ўқувчи ёшларга китобхонлик сирлари хақида сўзлаб, ушбу мактаб кутубхонасига "Китоб карвони" лойиҳаси асосида 30 та жаҳон ва ўзбек бадиий-адабий китобларини совға қилди.
15000

Showing 30 of 35 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Ziyo🕊️ Telegram kanali nima haqida?+

Ziyo🕊️ (@ziyotargiboti) — tgdio da Ma'naviyat toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 5 356 obunachi bor.

Ziyo🕊️ (@ziyotargiboti) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @ziyotargiboti ga bepul obuna bo‘ling.

Ziyo🕊️ yaxshi Ma'naviyat kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Ziyo🕊️ reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 5 356 obunachi bor. O‘xshash Ma'naviyat kanallar bilan solishtiring.

Ziyo🕊️ statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @ziyotargiboti sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.