Guljamol Asqarova Telegram channel photo

Guljamol Asqarova

@guljamol_asqarovaPublic Channel

Cho‘g‘ ustida raqs tushamiz❤️🤗

DJ mikslario‘zbekOʻzbekiston

124

Last views

4.3k (4,350 subscribers)
A'zolar
—
Rating
50
Total Posts
Oct 18, 2026, 4:35 PM
Yangilangan
Jul 30, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameGuljamol Asqarova
Username@guljamol_asqarova
CategoryDJ mikslari
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar4,350
Channel TypePublic Channel
Created30-iyl, 2026
Last Updated18-okt, 2026 • 5 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#94263+168
Til reytingi
#696+6
Toifa reytingi
#1498-7

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 4.3K30 Days growth: +962.3%
09/1909/2409/2910/0410/0910/1410/18
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
19:09:20264,254
20:09:20264,254
21:09:20264,308
22:09:20264,308
23:09:20264,308
24:09:20264,308
25:09:20264,308
26:09:20264,308
27:09:20264,308
28:09:20264,308
29:09:20264,308
30:09:20264,308
01:10:20264,308
02:10:20264,308
03:10:20264,308
04:10:20264,308
05:10:20264,308
06:10:20264,308
07:10:20264,308
08:10:20264,308
09:10:20264,308
10:10:20264,308
11:10:20264,308
12:10:20264,308
13:10:20264,308
14:10:20264,308
15:10:20264,308
16:10:20264,308
17:10:20264,308
18:10:20264,350
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 27:07:20264,278
Week of 03:08:20264,278
Week of 10:08:20264,278
Week of 17:08:20264,278
Week of 24:08:20264,226
Week of 31:08:20264,217
Week of 07:09:20264,254
Week of 14:09:20264,254
Week of 21:09:20264,308
Week of 28:09:20264,308
Week of 05:10:20264,308
Week of 12:10:20264,350
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
July 20264,278
August 20264,226
September 20264,308
October 20264,350
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20264,350

So'nggi postlar

Guljamol Asqarova logo
Guljamol Asqarova

22-okt, 2026, 00:04

Photo1/2
Özbek tili fidoyilari “Mötabar ayol” kökrak nişoni bilan taqdirlandi

Ona tili! Nega aynan ona?

🖌Çunki, mohiyatan avlodlar davomiyligini, millatning yaşovçanligini farzandlarni dunyoga keltirişdek muqaddas vazifa bilan siylangan onalar ta’minlaydilar.

Xotin-qizlarning özbek tili mavqeyini mustahkamlaşdagi roli beqiyosdir, çunki tilning yaşab qolişi, sofligi va avloddan avlodga ötişi eng avvalo oila hamda onaga boğliq.

Oila va xotin-qizlar qömitasi tomonidan Özbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37-yilligi munosabati bilan bir guruh fidoyi xotin-qizlar “Mötabar ayol” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.

Mukofotlanganlar qatoridan tilimiz nufuzini oşirişda çinakam ibrat bölayotgan olimalar, tilşunos ziyolilarning rafiqalari hamda hududlardagi fidoyi ona tili va adabiyot öqituvçilari örin olgan.

“Mötabar ayol” kökrak nişoni bilan taqdirlanganlar bilan tanişing!

1. Ğaniyeva Suyima – Özbekiston Qahramoni, atoqli özbek adabiyotşunosi, navoiyşunos olima, professor (marhum, 1932–2018 yillar);

2. Asqarova Mazluma Asqarovna – Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi, özbek tilşunosi, filologiya fanlari doktori, professor (marhum, 1924–2010 yillar);

3. Xolmonova Zulxumor Turdiyevna – Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti professori;

4. Qurbonova Muhabbat Matyaqubovna – filologiya fanlari doktori, professor;

5. Teşaboyeva Ziyodaxon Qodirovna – filologiya fanlari doktori, professor;

6. Mirzayeva Zulxumor Inomovna – filologiya fanlari doktori, professor;

7. Xudoyberganova Durdona Sidiqovna – filologiya fanlari doktori, professor;

8. Adizova Iqboloy Istamovna – filologiya fanlari doktori, professor;

9. Qurbonova Muxayyo Xoldarbekovna – filologiya fanlari doktori, professor Munavvara Qurbonovani onasi;

10. Sabirova Karima Sabirovna – Törtköl tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabining özbek tili va adabiyoti öqituvçisi;

11. Qobulova Komila Akyulovna – Andijon viloyati, Andijon davlat universiteti qoşidagi akademik litseyning ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi;

12. Asadova Muxabbat Xolmurotovna – Buxoro viloyati, Kogon tumanidagi 1-umumiy örta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi;

13. Alibayeva Barno Musurmonovna – Jizzax viloyati, Döstlik tumanidagi 10-umumiy örta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi;

14. Temirova Sadoqat Salimovna – Qaşqadaryo viloyati, Qarşi tumanidagi 1-umumiy örta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi;

15. Şodiyeva Dilrabo Baxtiyorovna – Navoiy viloyati, Karmana tumanidagi 1-umumiy örta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi;

16. Kaxarova Rayxona Pulatjanovna – Namangan viloyati, Kosonsoy tumanidagi 46-umumiy örta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi;

17. Suvonova Jumagul Raşidovna – Samarqand viloyati, Şarof Raşidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Özbek tili va adabiyoti kafedrasi professori;

18. Maxmaraimova Şoxista Tuxtaşevna – Surxondaryo viloyati, Termiz davlat universitetining özbek tilşunosligi kafedrasi öqituvçisi;

19. Turdiboyeva Feruza A’zamovna – Sirdaryo viloyati, Xovos tumanidagi 16-umumiy örta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti öqituvçisi;

20. Usmanova Gulnoza Kadirovna – Toşkent viloyati, Ohangaron tumanidagi 1-umumiy örta ta’lim maktabi öqituvçisi;

21. Vaxobova Irodaxon Vaxobovna – Farğona viloyati, Qöqon şahridagi “Turon – ilm xazinasi” NTM ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi;

22. Akramova Guliya Botirxonovna – Toşkent şahri, Bektemir tumanidagi 291-maktabning özbek tili fani öqituvçisi (rusiyzabon guruhlar uçun);

23. Xudayberganova Muxabbat Kenjayevna – Toşkent şahri, nafaqadagi pedagog-öqituvçi.

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹 Linkedin
124002
Guljamol Asqarova logo
Guljamol Asqarova

21-okt, 2026, 20:36

Video
“Til bayrami kunida Abdulla Oripovni eslashimiz tabiiy” — Prezident

Prezidentimizning yoshlar va qamashilik faollar bilan samimiy gurungidan ayrim iqtiboslar:

“Mana shu Til bayrami kunini nishonlashimizda Abdulla Oripovni eslashimiz tabiiy, deb o‘ylayman. Men har safar ziyolilar bilan uchrashsam, menga Erkin Vohidov, Halima Xudoyberdiyeva, Abdulla Oripov yetishmaydi, deyman”.

“Men ularning uchalasi bilan ham sirdosh bo‘lganman. Erkin Vohidov bilan kunduzi uchrashish mumkin emas edi, kechalari uchrashib, piyoda yurardik. Abdulla Oripov bilan Zomin seminarini tashkil qilganman. Hech kim topshiriq bermagan, sharoit ham, imkoniyat ham yo‘q edi. Vagon qo‘yib, yoshlarni yig‘ardik. Halima Xudoyberdiyeva bilan ham shunday dardkash edik”.

“Hozir shunday zamon keldiki, tilimizga bo‘lgan e’tiborimiz, ehtiromimiz — millatimizga bo‘lgan ehtiromimiz, o‘zligimizga bo‘lgan ehtiromimizdir”.

“Mana, ‘o‘zligimizniki, o‘zimizniki’ degan gaplarni yuzaga chiqardim men. Nimaga desangiz, odamlar unutib yuboryapti-da, bu osmondan tushgan deb o‘ylaydi. Bu osmondan tushgani yo‘q. Chimda shunday sharoitlar bo‘lishi — iqtisodiyot barqarorligidan, yurtda tinchlik borligidan dalolat”.

“Bir paytlar kitob do‘konlari yo‘q edi. Kitob yozishni unutib yuborgan edik, sharoit yo‘q edi. Talab bo‘lgani uchun do‘kon ko‘paydi, kutubxona ko‘paydi. Odamlar kitob o‘qishga shasht bilan kirishdi, ota-bobosidan qolgan merosni tikladi”.

“Ochiq gap, charchagan edim. Sizlarni ko‘rib, charchoqlarim ham chiqib ketdi”.

Uchrashuvning yana bir ta’sirli jihati — yosh ijodkorlar va kitobxon oilalarga ko‘rsatilgan e’tibor bo‘ldi.

Prezident yosh yozuvchi Javlon Jovliyevning ijodiy mehnatini alohida e’tirof etib, unga Toshkent shahridan ikki xonali uy ajratish bo‘yicha topshiriq berdi. Respublika “Kitobxon oila” tanlovida sovrindor bo‘lgan oilaga ham poytaxtdan ikki xonali uy beriladigan bo‘ldi.

“O‘zingiz bormasangiz ham, u uylar sizniki bo‘ladi. Kelajakda farzandlaringiz musofirchilik ko‘rmaydi. Ota-onasidan katta sovg‘a oladi”.

Prezidentimiz bugun ertalab soat 9:00 da Toshkentdan Qarshiga uchgan edi. Hozir soat 20:00 ga yaqinlashmoqda. Shu vaqt davomida davlatimiz rahbari 10 ta tadbirda ishtirok etdi, turli manzillarda bo‘ldi. Kortej esa hamon yo‘lda.
3500014
Guljamol Asqarova logo
Guljamol Asqarova

21-okt, 2026, 19:50

Video
"Онам кутиб турса бўлди..." (2006йилги шеър)

✍🏻Гулжамол Асқарова шеъри
🔉Достон Саидмуродов ижроси.

Достонжон жияним бўлади. 🫠 Ўқитувчи, сухандон, тил бўйича ўқув маркази раҳбари, либослар рекламачиси, уй ремонти хизмати билан ҳам шуғулланувради. 😄
Қисқаси, холасига,яъни менга ўхшаб кўпқиррали🫠😄

Инстаграм тармоғидаги саҳифасини кузатиш менга мароқли 😊
Тавсия айлайман❤🙏😉

https://www.instagram.com/doston_teacher?dlrf=NXBxczNjdGFjY2Uy

@Guljamol_Asqarova
5010010
Guljamol Asqarova logo
Guljamol Asqarova

21-okt, 2026, 12:38

Video
"Англамаяпсиз" (1999 йилги шеър)

✍🏻Гулжамол Асқарова шеъри
🔉Сайёра Аъзамжоновна ижроси

@Guljamol_Asqarova
6190013
Guljamol Asqarova logo
Guljamol Asqarova

21-okt, 2026, 08:35

Video
Кеча ва бугун

Ўйлар эдим: ҳаёт бизни сийлайди деб,
Биз куйлаган қўшиқларни куйлайди деб.
Бугун бўм-бўш юрагимни сийлаяпман,
Ҳаёт қандай айтса, шундай куйлаяпман.

Ўйлар эдим: сўнмас менинг ғурурларим,
Кўксимдаги ҳайратларим, сурурларим,
Бугун қолдим икки ўтнинг озорида.
Йиғлаяпман ғуруримнинг мозорида.

Ўйлар эдим: дўстларим бор дил чоғ этар,
Йўлимдаги чоҳларимдан огоҳ этар,
Ёраб, бугун бу ўйинда ўзиб чиқдим.
Дўстим ташлаб кетган чоҳдан ўзим чиқдим.

Ўйлар эдим: севган ёрим ташлаб кетмас!
Жондай севар, кўзларимни ёшлаб кетмас!
Ўйлар эдим: мен деб ундай адо йўқдир,
Бугун ундан садо йўқдир, садо йўқдир!

Ўйлар эдим: тоғдек баланд яшайман деб,
Қирчаларга қандоқ назар ташлайман деб.
Тоғдек чўкдим, нелар ларза солди менга?
Бугун тоғлар, қирдек бўлиб қолди менга.

Дунё экан тоғларингни қир қилгувчи!
Дунё экан осмонларинг ер қилгувчи!
Келишмадим тоши ёлғон савдо билан,
Она-бола бўлолмадим дунё билан!

Дунё экан...Дунё экан...Ай дунё-я

2004 йил

@Guljamol_Asqarova
6300022
Guljamol Asqarova logo
Guljamol Asqarova

20-okt, 2026, 14:46

Photo1/2
🇺🇿Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun onlayn qabul yakunlanmoqda

Eslatib o‘tamiz, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun 9 ta yo‘nalish bo‘yicha nomzodlarni onlayn ro‘yxatga olish jarayoni bugun, 20-oktabr kuni soat 23:59 da yakuniga yetadi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar 21–22-oktabr kunlari o‘z hujjatlarini doimiy yashash joyidagi tuman (shahar) Oila va xotin-qizlar bo‘limlariga taqdim etishlari lozim.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun havola

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹 Linkedin
780004
Guljamol Asqarova logo
Guljamol Asqarova

20-okt, 2026, 10:12

Video
"Миннатдорман"
✍🏻Гулжамол Асқарова шеъри
🔉Одинахон Абдикаримова ижроси

@Guljamol_Asqarova
8040013
Guljamol Asqarova logo
Guljamol Asqarova

19-okt, 2026, 14:01

Video
"Мастлик" шеъримиз AI ижросида экан. Фейсбукдош дўстимиз Ахтам ака Ниёзов юборибдилар.

Бунақа шеърларни қўшиққа айлантириш учун китоб ўқиган, ҳақиқий санъаткорлар керак. Шоу бизнесчилар аҳволи маълум. Шу боис сунъий интеллект айтганигаям майли, деймиз. 😔😄

@Guljamol_Asqarova
9860019
Guljamol Asqarova logo
Guljamol Asqarova

18-okt, 2026, 22:51

Video
"Ҳаммаси учун раҳмат"
✍🏻Гулжамол Асқарова шеъри
🔉Баҳора Абдуалимова ижросида

@Guljamol_Asqarova
8660020
Guljamol Asqarova logo
Guljamol Asqarova

18-okt, 2026, 16:18

Video
#siz_uchun

Guljamol Asqarovaning «Mastlik» she’ri shoiraning o‘z ijrosida.


🎙 Ijro: Guljamol Asqarova
🎬 Video muallifi: Mehriddin

📜 «Mastlik»

✨✨✨✨✨✨✨✨✨
@Guljamol_Asqarova
9100015
Guljamol Asqarova logo
Guljamol Asqarova

18-okt, 2026, 12:22

Video
АБАДИЯТ ЙЎЛИ

Самарқандга қайтмасам бўлмас,
Бу йўлларнинг бари ўткинчи...
Эй сен, қачон келасан, мени
Абадимга олиб кетгувчим!

Қишлоғимда юраги қонаб,
Сарғайиблар кутгувчи гул бор.
Менинг учун, биламан, фақат
САМАРҚАНДДА АБАДИЙ ЙЎЛ БОР!

Дўстларимдай панд берар кунлар,
Кунларимдай тахир бу ғамлар.
Барчангизга мен ғам бўламан,
Эй ғамимдан узоқ одамлар!

Бибим, мени чорланг, бораман!
Кўзларимни куй билан юминг.
Мен юрагим устида ўлсам,
Сиз юрагим ичига кўминг.

Ахир қачон юксаламан мен?!
Мева бергум қачон боғ бўлиб.
Ё кўксингда қабр бўламан,
Ё қоламан улкан тоғ бўлиб.

Самарқандга қайтмасам бўлмас!
Юрагимда қадимий титроқ.
Мени чорлаяпти Бибихон,
Ахир мени кутяпти тупроқ.

Самарқандда ўлмасам бўлмас!

1999 йил

@Guljamol_Asqarova
8700020
Guljamol Asqarova logo
Guljamol Asqarova

18-okt, 2026, 11:37

Photo1/2
САМАРҚАНД.
КАТТАҚЎРҒОН.

Баҳодир Йўлдошга

Самарқанд осмони тирик мўъжиза,
Мен юртдан узоқлаб оғритдим жонни.
Бу кичик қўрғонда зерикдим жуда,
Кўнгил қўмсаётир Каттақўрғонни.

Буюклар бегона юртники азал,
Ким ҳам бузарди бу қадим армонни.
Агар Самарқандга қайтмоқчи бўлсак,
Бирга об кетайлик Хуршид Давронни.

Тошкентга келгандим пойини тахт деб,
Яқинроқ бўлайин девдим осмонга.
Эй сиз, Тошкентдаги буюк қўрғоним,
Биз қачон қайтамиз Каттақўрғонга?

2005 йил
8760021
Guljamol Asqarova logo
Guljamol Asqarova

18-okt, 2026, 01:25

Video
Умидланиш

Сайрлар бор, ҳали ишқли сайрлар бор,
Сор бургутлар —қанотлари чайирлар бор,
Кўп ғам чекма, биз беш кунлик меҳмонмизку,
Мезбонимиз атаб қўйган хайрлар бор.

Севсанг, кузда хазонлар ҳам гулга ўхшар,
Чўксанг, чўп ҳам узатилган қўлга ўхшар,
Йўл йўқотиб, йўл излабон йўлга чиқсанг,
Кафтларингни чизиқлари йўлга ўхшар.

Беш кунликда бешак жони жазмдаман,
Ҳар кун беш бор ишқ аталмиш базмдаман,
Севиб бўлмас одам эдим, кўп севдилар,
Кимки мени севган бўлса, таъзимдаман.

Саломим бор, иқрор бўлиб, тонганларга,
Севиб, иқрор бўлолмайин ёнганларга,
Саломим бор, ёр йўлида қонлар ютиб,
Бағри қонаб, ўз қонига қонганларга.

Гул умримиз—бир илоҳий туш, кетамиз,
Кўнгил бўм-бўш ва қўлимиз бўш кетамиз.
Дўст-ағёрлар кўп ҳавотир олмасинлар,
Дунёсига хуш келгандик—хуш кетамиз.

Сайрлар бор, ҳали ишқли сайрлар бор,
Сайрларда бир ҳузурли хайрлар бор...

17.10.2026 йил
Жиззах.

@Guljamol_Asqarova
9320036
Guljamol Asqarova logo
Guljamol Asqarova

18-okt, 2026, 00:36

Video
Ajrim yechimmi bolalarchi, ularga kim mas’ul…

✅Viloyat hokimi hamda viloyat sudi tomonidan nizoli, nikohni bekor qilish uchun ariza bergan oilalar bilan individual ishlash dasturi belgilandi.

✅Shunga ko’ra, Respublika Oila va xotin-qizlar qo’mitasi vakili G.Asqarova hamda viloyat hokimi o’rinbosari G.Normurodova Sh.Rashidov tuman mas’ullari, sudyalar hamda jamoatchilik vakillari birgalikda ushbu toifadagi oilalar bilan suhbatlar olib bordi.

‼️❗️Nikohni bekor qilishdan avval bolalar taqdiri muhim ekanligini unutmang.

Jizzax viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi matbuot xizmati

https://t.me/oilaxotinqizlar
811004
Guljamol Asqarova logo
Guljamol Asqarova

17-okt, 2026, 23:53

Video
Nikohga kirayotgan yangi juftliklar bilan suhbat…

✅Bugun Oila va xotin-qizlar qo’mitasi vakili G.Asqarova nikoh qurish arafasida bo’lgan yosh yigitlar va qizlar uchun tashkil etilgan o’quv seminarida ishtirok etdi.

Jizzax viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi matbuot xizmati

https://t.me/oilaxotinqizlar
772007
Guljamol Asqarova logo
Guljamol Asqarova

17-okt, 2026, 22:06

Video
Rahmat qo‘llarimdan tutganing uchun,
Tashakkur qorlarda kutganing uchun.
Ming shukur ko‘ksimni nurlarga ko‘mib,
Taqdirim yo‘lidan o‘tganing uchun...

Va yana taqdirga ta’zim, azizim,
Yaxshi-yomonimda yorliging uchun.
Peshonamda isming yozilgani va
Kaftim chizig‘ida borliging uchun.

✍ Guljamol Asqarova
🎙Qizlarxon Joʻrayeva

Mehr ila:@Guljamol_Asqarova
8570017
Guljamol Asqarova logo
Guljamol Asqarova

30-avg, 2026, 05:53

Photo
Бир келдик...

Машрабнинг этагидан "ҳаю ҳайт" тўкилади,
Ухласам ҳам руҳимдан шеъру байт тўкилади,
Гар тақдир оғир келса жон нопайт тўкилади,
Бир келдик, бир яшайлик, бизга ҳам имкон беринг.

Дунёсини кўрай деб, жаннатдан қайтиб келдим,
Чин ёрнинг васлин тилаб, рамазон айтиб келдим,
Дийдор тилаб ер надур, аршларда  дайдиб келдим,
Жуда очман азизлар, дийдор деган нон беринг!

Олмос ҳам ярқирамас, аслланиб турмаса,
Ошиққа ором борми, васлланиб турмаса,
Дарахт яшай оларми яшилланиб турмаса?
Менга яшил эҳтирос ҳам яп-янги қон беринг!

Кўнглимизда кўшки бор, кўнгил олиб бўлганнинг,
Севги сабоқларида телба толиб бўлганнинг,
Қизиғи кўп камаяр ҳадеб ғолиб бўлганнинг,
Бу ишқ ўйинларинда бизга ҳам бир ён беринг!

Китобларда қолгувчи мангу ёд истасангиз,
Оро берар оромбахш бир баёт истасангиз,
Ёлғон дунёларинда чин ҳаёт истасангиз,
Ёр йўлида жон олиб, ёр қўлида жон беринг!

Бир келдик, бир яшайлик!

26.08.2026 йил
8140035
Guljamol Asqarova logo
Guljamol Asqarova

30-avg, 2026, 05:53

Photo
#оромбахш_одамлар бор дунёда. Толиққан руҳингга мадор берувчи, қалбинг яраларига меҳри билан малҳам қўйувчи камёб ва ноёб қалбинг одамлари бор. Бугун Офтобим (Хуршидахоним) синглим меҳри билан менга ҳаётбахш қувват бахш этди.
Озгина суҳбат, гўзал гулдаста, меҳрли опа деган сўз...
Минг кучли бўлсанг ҳам одамга шу меҳр тафти жуда керак.
Бугунги ёруғлик ва меҳр тафти учун раҳмат Офтобим ❤🙏

Сизнинг борлигингиз нақадар яхши ❤🙏
Дунёда гулларнинг борлиги каби...
7510032
Guljamol Asqarova logo
Guljamol Asqarova

30-avg, 2026, 05:53

Photo
🇺🇿 Муносиб эътироф

Мамлакатимиз мустақиллигининг 35 йиллиги арафасида Янги Ўзбекистон тараққиёти, халқ фаровонлигини юксалтириш ва жамиятимиз ривожига муносиб ҳисса қўшиб келаётган бир гуруҳ юртдошларимиз юксак эътироф этилди.

Улар қаторида Олий Мажлис Сенатининг Фан, таълим ва соғлиқни сақлаш масалалари қўмитаси аъзоси Гулнора Маъруфова «Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллиги» эсдалик нишони билан тақдирланди.

Ушбу эътироф сенаторнинг кўп йиллик самарали меҳнати, аҳоли манфаатларини таъминлаш, ижтимоий соҳаларни ривожлантириш ҳамда мамлакатимиз тараққиётига қўшаётган ҳиссасининг муносиб баҳосидир.

Юксак мукофот билан Гулнора Маъруфовани самимий табриклаймиз. Келгуси фаолиятида янги ютуқлар, куч-ғайрат ва муваффақиятлар тилаймиз!
7230018
Guljamol Asqarova logo
Guljamol Asqarova

30-avg, 2026, 05:53

Photo
Ҳол

Ўзим ўзимнинг назаримдан қолганман,
Ва севмай қўйганман руҳимни.
Кўнглим боғидан дуру марваридлар термай қўйганман.
Аллақачонлар алмисоқ бўлиб бўлгандек ақлим, вужудим.
То бегона мени севмагунича
ўзим ўзимни севолмайман.
Дарахтман шекилли,
ташқи бир таъсирсиз гуллай олмайдиган.
Коинотга уйғунман, не қилай?

Ўтинаман:
Тўлқин бер юрагимга!
Ва нур!
Сев, севдир!
Ўз назаридан қолганни
Ўз назарингга ол,
Худо!

26.08.2026 йил
8770045
Guljamol Asqarova logo
Guljamol Asqarova

30-avg, 2026, 05:53

Video
#Ўзбеклигим -ўзлигим нодавлат нотижорат ташкилоти раҳбари Моҳира Султон хоним таклифига кўра ушбу чиройли тадбирдамиз.
8960016
Guljamol Asqarova logo
Guljamol Asqarova

30-avg, 2026, 05:53

Video
ИЛТИМОС

Сенга додим етмас мени,
Ишқ бағримдан кетмас мени,
Қўй, баҳримдан ўтма мени,
Гуноҳимдан ўт, илтимос.

Не бўлса жим кузатдим-ку,
Хатоларим тузатдим-ку,
Умид билан узатдим-ку,
Қўлларимдан тут, илтимос.

Гар кўчангдан ўтаринг кўп,
Сен деб ғамлар ютаринг кўп,
Бу дунёда кутаринг кўп,
Мени ҳам бир кут, илтимос.

Маликаман, чиқар тахтга,
Гуллаш орзу ҳар дарахтга,
Ғамга ҳечам етма, бахтга
Мендан олдин ет, илтимос.

Майли қаср, сарой солдир,
Лекин ишқсиз жон уволдир,
Мени…
Худо билан қолдир
Сен ўртадан… Кет, илтимос❗

2010 йил

✍️Гулжамол Асқарова
🎙Дилноза Кубаева ўқиди
8560031

Showing 30 of 50 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Guljamol Asqarova Telegram kanali nima haqida?+

Guljamol Asqarova (@guljamol_asqarova) — tgdio da DJ mikslari toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 4 350 obunachi bor.

Guljamol Asqarova (@guljamol_asqarova) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @guljamol_asqarova ga bepul obuna bo‘ling.

Guljamol Asqarova yaxshi DJ mikslari kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Guljamol Asqarova reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 4 350 obunachi bor. O‘xshash DJ mikslari kanallar bilan solishtiring.

Guljamol Asqarova statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @guljamol_asqarova sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.